Scientific Journal Impact Factor
MAHMUD ZAMAXSHARIYNING "RABI' AL-ABROR" ASARIDA IJTIMOIY, AXLOQIY VA FALSAFIY MASALALAR TALQINI
To'raev Laziz Abdivali o'g'li,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti, [email protected] Nizomova Nigora Qosimjonovna, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA.
"Xorazm faxri" bo'lgan Mahmud Zamaxshariy kelajak avlod uchun muhim bo 'lgan 80 dan ortiq asar yozgan. Ulardan biri jamiyatdagi barcha sohalarni o'zida qamrab olgan, hajm jihatdan katta bo'lgan "Rabi' al-abror" asaridir. Mahmud Zamaxshariy "Rabi' al-abror"da tabiat, jamiyat, tabobat, nabotot va hayvonot olamiga oid ko 'plab iqtiboslardan unumli foydalangan. Mazkur maqolada asarda keltirilgan arab, fors va yunon faylasuflarining ba 'zi ijtimoiy, axloqiy va falsafiy iqtiboslari tarjimasi va tahlili amalga oshiriladi.
Kalit so'zlar. Ijtimoiy, falsafiy, axloqiy, iqtibos, fazilat, do'stlik, mu'taziliylik, donolik, boylik, aql, ilm, jahl, g'azab, saxovat.
АННОТАЦИЯ
«Гордость Хорезма» Махмуд Замахшари написал более 80 произведений, важных для будущих поколений. Один из них «Раби алъ-Абрар», который охватывает все аспекты жизни общества. Махмуд Замахшари использовал множество цитат из природы, общества, медицины, растения и животные «Раби алъ-Абрар». В этой статье переводятся и анализируются некоторые социальные, моральные и философские цитаты арабских, персидских и греческих философов, цитируемых в пьесе.
Ключевые слова: Социальный, философский, моральный, цитата, добродетель, дружба, мутазилизм, мудрость, богатство, интеллект, наука, гнев, ярость, щедрость.
ABSTRACT
Mahmud Zamakhshari, the "Fakhru Khorezm", has written more than 80 works that are important for future generations. One of them is "Rabi' al-Abrar", which covers a wide range of areas of society and is large in size. Mahmud Zamakhshari in "Rabi' al-Abrar" successfully used many quotations on nature, society, medicine, flora and fauna. This article translates and analyzes some of the social, moral, and
philosophical quotations of the Arabic, Persian, and Greek philosophers cited in the work.
Keywords: Social, philosophical, moral, quote, virtue, friendship, mutazilism, wisdom, wealth, intelligence, science, anger, rage, generosity.
KIRISH
"Rabi' al-abror" asari muhim tarixiy-geografik manba bo'lishi bilan bir qatorda u jamiyatdagi qator munosabatlarni qamrab olgan muhim ijtimoiy-falsafiy manba hamdir. Shu jihatdan asar yolg'iz o'zi yaratilgan davrning, qolaversa, bugungi ijtimoiy masalalarni o'z ichiga olganligi bilan bebaho ahamiyatga ega. Asarda ijtimoiy, axloqiy masalalar bilan bog'liq iqtiboslar mavzu jihatdan keng qamrovli va turli-tuman. Insonning kamoloti uchun zarur bo'lgan fazilatlar to'g'risidagi iqtiboslar asarning katta qismini tashkil qiladi. U keltirgan iqtiboslarda kishining rivojlanishi, inson bo'lib shakllanishi, kamolotiga yo'naltirilgan ta'limiy-tarbiyaviy bog'liqlikni ko'rish mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Asarning faqatgina insoniy fazilatlariga xos bo'lgan iqtiboslarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin:
Insonning yaxshi va yomon fazilatlariga oid iqtiboslar;
Do'stlik, birodarlik va vatanga bo'lgan muhabbat haqidagi iqtiboslar;
Ilm-ma'rifat, donishmandlik, so'zga chechanlik (hozirjavoblik) masalalariga oid iqtiboslar;
Din va diniy tartibotlar to'g'risidagi iqtiboslar;
Tarixiy shaxslarning ibratli hayotiga oid iqtiboslar.
Bu guruhlar tabiiyki o'z ichiga ko'plab axloqiy kategoriyalar, xususan, muhabbat, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, ilm va ilmsizlik, g'am-tashvish, vafo va xiyonat, rostgo'ylik va yolg'onchilik, adolat, vijdon, burch, or-nomus, qadr-qimmat, hayot ma'nosi, baxt, omad kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Bu tushunchalarning barchasi inson ma'naviy olamiga ta'sir etuvchi tushunchalardir. Mazkur axloqiy tushunchalarning barchasi Mahmud Zamaxshariy keltirgan pand-nasihatlar, ibratli o'gitlarda o'z ifodasini topadi.
Mahmud Zamaxshariy davr va ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan holda, jamiyat rivoji uchun o'rinli deb hisoblagan, kishilar ehtiyoj sezadigan ko'plab iqtiboslardan o'z asarida foydalangan.
Keltirilgan iqtiboslar kishining go'zal fazilatlarni egallashga, yaxshi amallarni bajarishga va yomon ishlarni bajarmaslikka chaqiradi. Qolaversa, asarda insonlarni
mehr-muhabatli bo'lishga, halollikka, xayr-saxovatga, oqillikka, to'g'riso'zlikka, saxiylikka, birodarlikka, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo'lishlikka undaydigan minglab nasihatlarga alohida urg'u berilgan. Mahmud Zamaxshariy o'z asarida birinchi bo'lib ijtimoiy masalalar sifatida do'stlik, birodarlik mavzulariga o'z e'tiborini qaratadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Alloma insoniyat uchun muqaddas qadriyat bo'lgan do'stlik fazilatiga to'xtalib, kimlar bilan do'st tutinish, do'stlarni qanday sinash haqidagi iqtiboslarni asarning "Birodarlik, muhabbat, do'stlik, aka-ukalar o'rtasidagi munosabatlari, Alloh uchun sevishlik va yomon ko'rishlik, qo'shnichilik haqida"gi 12 bobida keltiradi. Zero jamiyatda kishilar kimningdir yordamiga muhtoj bo'ladi, o'zaro munosabat orqali hamda insonlarning bir-biriga yordam berishi natijasida ijtimoiy munosabatlar hosil bo'ladi. Mahmud Zamaxshariy do'stlikka doir hikmat sohibi hisoblangan Luqmon Hakimdan iqtiboslar keltiradi. Ma'lumki, Luqmoni Hakim Dovud payg'ambar davrida ming yil yashagan, undan ko'p hikmatlarni o'rgangan, mingta payg'ambarga shogird tushgan va yana shuncha payg'ambarga ustozlik qilgan shaxsdir.
Luqmoni Hakim: "Uch toifali insonlar uch holatda bilinadi, ular g'azab chiqqanda yumshoq va muloyim bo'la oladigan, urushda jasoratli bo'la oladigan va muhtojlik paytda do'st bo'la oladigan insonlardir", deya ta'kidlaydi1.
Demakki jamiyatda har bir inson o'zini haqiqiy inson deb hisoblashi uchun donishmand fikricha yuqoridagi uch xususiyatga ega bo'lmog'i va uni amalda bajarmog'i lozim. Bunday kishilar jamiyatda boshqalarga o'rnak bo'lishi va shu orqali ijtimoiy munosabatlar rivojiga ham hissa qo'shgan bo'ladi.
Mahmud Zamaxshariy do'stlikka oid iqtiboslarni davom ettirib, asarning 25 bobida Luqmoni Hakim va Safvandan kishilar qanday fazilatlarga ega bo'lgan insonlarni o'zlariga do'st tutmoqliklari va kimlarni haqiqiy do'st deb bilishl mumkinligiga oid iqtiboslar keltiradi:
"Luqmoni Hakim aytadi: Kimsa bilan do'stlashmoqchi bo'lsang, uni jahlini chiqarib sina, agar jahli chiqqanda ham insof qilsa, demak u bilan aka-uka tutin, yo'qsa, undan ehtiyot bo'l"2.
"Safvandan 3 so'radilar: Qanday do'st yaxshi? U shunday dedi: Kamchiliklarimni to'ldiradigan, xatolarimni kechiradigan va uzrlarimni qabul qiladigan do'st, yaxshi do'stdir"4.
1 Y3P OA fflH. 2384. 436 ca*H$a
2 Y3P OA fflH. 2384. 95a ca^a
3 xo^ha h6h Ca^BaH apa6.napHHHr Mamx,yp oïïhmh Ba boh3h.
268
Asarning "Axloq, yaxshi va yomon odatlar, g'azab va mehribonlik, zo'ravonlik va muloyimlik, shafqatsizlik, yengil va og'ir tabiatlilik haqida"gi 25 bobida insonlarning odob-axloqlarini ulug'lanishiga, go'zal sifatlarga ega bo'lishlik masalalariga alohida urg'u berilgan. E'tibor beradigan bo'lsak, axloqqa doir keltirilgan ko'plab iqtiboslar yuqorida ta'kidlanganidek, hadislar bilan bog'liq. Jumladan 25 bobda keltirilgan birinchi iqtibos shuning jumlasidandir.
"Ibrohim ibn Al-Abbos aytadi5: Allohga qasamki, agar Rasulullohning (s.a.v.) so'zlari insonlarning yaxshiliklari bilan tarozini ikki pallasiga qo'yilsa, albatta, Rasulullohning so'zi og'ir keladi. Ul zot shunday dedilar: "Sizlar odamlar orasida molu-dunyolaringiz bilan emas, odob-axloqlaringiz bilan ulug'lanasizlar"6 .
Haqiqatdan ham axloq shaxs hayoti hamda jamiyat taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan insoniy fazilatdir. Inson axloqi orqali kamolotga erishadi, uning kamlototga erishishi o'z navbatida jamiyat rivojiga hissa qo'shadi. Mahmud Zamaxshariy fikrini davom ettirgan holda, inson taqdiriga oid quyidagi iqtibosni keltiradi.
Rasululloh (s.a.v.): "Go'zal xulq Allohning rahmatidan, rizoligidan bo'lgan yugandir (jilov), u o'z sohibining burnidan o'tkazilgandir. Bu yugan Allohning qo'lida, Alloh uni yaxshilikka, ezgulikka yetaklaydi, yaxshilik va ezgulik esa, uni jannat sari yetaklaydi. Yomon xulq esa, Allohning azobidan, g'azabidan yasalgan yugandir va u o'z sohibining burnidan o'tkazilgan. Bu yugan Shaytonning qo'lidadir. Shayton uni yomonlikka undaydi, yomonlik esa o'z sohibini do'zax sari yetaklaydi"7 .
Ushbu bayonda Mahmud Zamaxshariy o'z dunyoqarashini ham aks ettirgan deyish mumkin. Asarning 25 bobi allomaning mu'taziliylik diniy e'tiqodidan kelib chiqqan holda mazkur iqtibos bilan boshlangan. Ma'lumki, mu'taziliylar beshta asosiy tartibga amal qilishadi. Bular At-tavhid, Al-adl, Al-va'd val-va'id, Al-manzila baynal manzilatayn va Al-amru bil ma'ruf van-nahyi 'anil-munkar. Mu'taziliylar aqidasiga, xususan Al-va'd val-va'id tamoyiliga ko'ra inson qilgan yaxshi amallari uchun Allohdan mukofot va aksincha yomon amallari uchun jazo oladi. Mazkur iqtibosda ham xayrli va ezgu amallar, yaxshiliklar hamda yetuk axloqqa ega bo'lgan insonlar uchun ularga Alloh jannatni va'da qilsa, ba'zi bir insonlarning axloqsizligi, bilib-bilmay qilgan xato va gunohlari, qilgan yomon amallari uchun Alloh tomonidan azoblanishi va natijada Shayton uni do'zaxga yetaklanishi ta'kidlanmoqda.
Asarda axloqqa doir yana bir hadisdan iqtibos keltiriladi:
4 Y3P OA fflH. 2384. 446 ca^a
5 H6pox,HM h6h A.n-A66oc (176-243 x,u®phh) Mamxyp moHp, ac^H Ke^u6 HH^Hma TypKHH 6y^raH, CynHH HOMH 6u^aH u^og K;H.nraH Myra^aKKHp.
6 Y3P OA fflH. 2384. 926 ca^a
7 Y3P OA fflH. 2384. 926 ca^a
Scientific Journal Impact Factor
Hasan ibn Ali (r.a) rivoyat qiladi, "Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: "Albatta kishi yaxshi xulqi bilan kunduzi ro'za tutib, kechasi namoz o'qib chiqqan kishining darajasiga erishadi"8.
Mazkur hadis insonlarni yaxshi xulqli bo'lishlikka chaqirib, odob-axloqi go'zal inson farz amallarni bajarish maqomiga erishishni ko'rsatmoqda. Barcha farz amallarni bajarib, ammo xatti-harakati, xulqida kamchiligi bo'lgan kishi mukammal inson bo'la olmasligini mazkur hadis dalolat qilib turibdi.
Mahmud Zamaxshariy yunon faylasuflarining ezgu fazilatlar va yaxshi xislatlar haqidagi qarashlaridan ham iqtiboslar keltiradi. Asarning "Baxt, iqbol, tole, muvaffaqiyatsizlik, umidsizlik va yo'qotish haqida"gi 14 bobidan Aflotundan iqtibos keltiradi:
"Aflotundan so'rashibdi: Nega donolik va boylik birlashmaydi? U dedi: Mukammallik hurmati uchun"9. Bundan ko'rinadiki donolik va boylik bir-biriga zid omillar. Har ikkisini ortidan quvgan inson o'z maqsadiga erisha olmaydi. Bu ikki omilning birlashishi birining mukammalligiga putur yetkazadi.
Alloma Mahmud Zamaxshariy ilm masalasida ham qator faylasuflardan iqtiboslar keltiradi:
"Bir faylasuf: sendan ilmda ustun bo'lgan hamda jaholatda bo'lgan kishi haqqiga duo qil"10. Bu yerda alloma o'zining falsafiy qarashlarini bayon etgan holda ilm yo'lida sendan o'zib ketgan, olim inson haqiga va ilmsiz, ma'rifatsiz kishi haqiga duo qilishlikka, zora ikkinchi toifadagi kishilar ham oqil, dono va ma'rifatli insonlar bo'lishlikka da'vat etadi.
"Bir kishi Aflotundan so'rabdi: Qanday qilib shuncha bilim egallagansiz? Aflotun: Men umr bo'yi ichgan ichimligimdan ko'ra sham chirog'im uchun moyni ko'proq sarf qilganman"11. Bu bilan alloma tugal bilimga inson uluksiz o'qish va davomiy ilm olish bilan yetishi mumkinligini ta'kidlagan.
"Ilm va unga amal qilish ruh va tana birligi sifatlari kabi bir-biriga foyda keltiradi"12. Bu yerda ilm va unga amal qilish bamisoli ruh tanani tiriltirgani singari amal ilmni tiriltirishi g'oyasi ilgari surilgan.
Bundan tashqari asarda farzandning ilm olishiga otaning beqiyos o'rni haqida alohida iqtibos keltirilgan:
8 Y3P OA fflH. 2384. 926 ca*H$a
9 Y3P OA fflH. 2384. 536 ca*H$a
10 Y3P OA fflH. 2384. 294a ca*H$a
11 Y3P OA fflH. 2384. 295a ca^a
12 Y3P OA fflH. 2384. 2956 ca^a
"Galen (Jolinus) Afina xalqiga o'z o'g'liga ilm o'rgatmagan otaga o'g'li uchun otalik haqi yo'q dedi"13.
Mahmud Zamaxshariy Xusrav I Anushervonning vaziri Buzurgmehrdan14 ham iqtiboslar keltiradi. Asarning "Taajjub, qiziq voqealar va ajoyibotlar haqida"gi 55 bobida Buzurgmehr aytadi:
"Buzurgmehrdan so'rashibdi, Dunyodagi eng bilimdon inson kim? U dedi: Dunyodan kim boshqalardan ko'ra kamroq ta'jub qilsa o'sha inson oqil insondir"15.
Asarning "Aql, farosat, olijanoblik, fikr-mulohaza, tajriba va oxirgi natijasiga qarash haqida"gi 57 bobida Buzurgmehrdan yana iqtibos keltiriladi:
"Aql sharafidan boshqa sharaf va ruh boyligidan boshqa boylik yo'q"16. Mazkur keltirilgan iqtibos ham mu'taziliylik aqidasi tamoyillariga mos keladi, bunday iqtiboslarni alloma Mahmud Zamaxshariy ataylab, o'z e'tiqodidan kelib chiqib, ulardan unumli foydalangan.
"Buzurgmehrden so'radilar: Eng mukammal inson kim?" U dedi: "Yomon ishlarga bajarishga his-tuyg'ularini jilovlay oladigan va o'zining juda aqlli ekanligidan bexabar insonlar mukammal insonlardir"17.
Mahmud Zamaxshariy asarda insondagi yomon illatlar bo'lgan jahl va g'azab haqida ham bir nechta iqtiboslar keltiradi, jumladan:
"Ahnaf aytadilar: Jahlni bosishga sarflangan kuch intiqom olish uchun sarflangan kuchdan afzalroqdir. Jahlni bosishga qilingan sabr erkaklik sanaladi. Kimda kim bir so'zga sabr etmasa bir necha so'zlar eshitadi"18.
Mahmud Zamaxshariy jamiyatga bir nafi tegmaydigan, biror bir fazilatga ega bo'lmagan insonni qoralab, asarda shunday iqtibos keltiradi:
"Podshoh vaziridan so'rabdi: Inson uchun eng qadrli narsa nima?
Vazir aytibdi: Uning aqli.
Podshoh: Agar aqli bo'lmasachi?
Vazir: Uning odob-axloqi.
Podsho: Bu deganlari ham bo'lmasachi?
Vazir: Unda uning boyligi (Bu yerda boylik orqali boshqalarga yaxshilik qilish va saxovat ko'rsatish nazarda tutilmoqda).
Podsho: Agar uning boyligi ham bo'lmasachi?
13 Y3P OA fflH. 2384. 295a ca*H$a
14XycpaB I AHymepBOHHHHr H^M-^aHra эtтн6орн Kyn^H ôynraH goH Ba3HpH, gaB.naT ap6o6u
15 Y3P OA fflH. 2384. 199a ca*H$a
16 Y3P OA fflH. 2384. 2026 ca^a
17 Y3P OA fflH. 2384. 2036 ca^a
18 Y3P OA fflH. 2384. 95a ca^a
Scientific Journal Impact Factor
Vazir: Undan ko'ra chaqmoq yaxshi, chunki chaqmoq u insonni kuydirib, u inson yashaydigan mamlakatni va uning aholisini unday insondan qutqargan bo'ladi"19. Umuman olganda, har bir inson yuqorida keltirilgan fazilatlarga ega bo'lmog'i lozim.
Ilm egallash, ta'lim olish Mahmud Zamaxshariy asarida markaziy nuqtada turadi. Har bir inson o'z o'rniga, hurmatga va obro'-e'tiborga ega bo'lmoqchi bo'lsa albatta ilmli bo'lishi lozim. Mahmud Zamaxshariy asarning "Ilm-hikmat, odob, kitob, qalam va shular bilan bog'liq narsalar haqida"gi 60-bobida Buzurgmehrdan yana iqtibos keltiradi:
Buzurgmehrdan: "Nima uchun ustozingni otangdan afzalroq hurmat qilasiz? -deb so'radilar. Chunki otam meni o'tkinchi dunyoga, hayotga olib kelgan bo'lsa, ustozim menga boqiy, oxirat hayotini ato etdi"20.
"Salafiylar ilm to'rt xil bo'ladi deydilar: Din uchun fiqh (huquqshunoslik), tana uchun tibbiyot, vaqt uchun yulduzlar (astronomiya) va til uchun nahv (grammatika)"21. Abbosiylar davrida ilm mazkur to'rt guruhga bo'lingani va o'sha davr allomalari ilmlar tasnifini mana shu to'rt sohaga qarab ajratishgan.
Bundan tashqari hijriy IV asrda yozilgan, shialar orasida mashhur hadis manbasi bo'lgan Ibn Shu'ba al-Harroniyning "Tuhaf al-u'qul"22 kitobida ham ilmlar tasnifini ko'rish mumkin. Mazkur kitobda ilmlar uch guruhga ajratilgan. Ular din uchun fiqh, tana uchun tibbiyot va til uchun nahv (grammatika).
"Yunonlar qiz va o'g'illariga dinni meros qilib qoldirishdi va ular aytadilar: bilim olish unga boylik keltiradi, ilm izlash pul to'plashdan afzaldir, ibratli o'git va hikmatli so'zlar va ularga amal qilish va ilm egallash ularga turli ne'matlarni va imkoniyatlarni beradi"23.
"Suqrotdan so'rashdi, Odob-axloqli kishidan odob-axloqsiz kishini qanday farqi bor? Suqrot aytdi: Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvonni o'rtasidagi farq"24. Mahmud Zamaxshariy yunon faylasuflarining ushbu iqtiboslarini keltirib, o'zining ham ilmiy-falsafiy qarashlarini shular orqali ifoda etgan.
"Rabi' al-abror" asarida mehr-muruvvat, xayr-saxovat kabi fazilatlar ulug'langan iqtiboslar ham ko'plab uchraydi. Mahmud Zamaxshariy saxiylik
19 Y3P OA fflH. 2384. 676 ca*H$a
20 Y3P OA fflH. 2384. 3026 ca*H$a
21 Y3P OA fflH. 2384. 294a ca*H$a
22 http://shiaonlinelibrary.com/ .208-^ .Jjä*^ of'
23 Y3P OA fflH. 2384. 3016 ca^H^a
24 Y3P OA fflH. 2384. 3016 ca^a
borasida islomgacha bo'lgan davrda yashagan, arab shoiri va mutafakkiri Aqsam ibn Sayfiyning o'gitlaridan ham iqtiboslar keltiradi:
"Saxiylikdan kechmang, u obro'-e'tibor, hurmatning boshlanishidir"25. Bu ibratli o'git orqali Mahmud Zamaxshariy insonlarni yuksaklarga ko'taruvchi, ulug' maqomlarga erishishda asosiy omil bo'lgan saxiylikka chaqiradi.
Mahmud Zamaxshariy Xusrav I Anushervondan ham iqtiboslar keltiradi.
"Anushervondan so'rashibdi, "Barchaga birdek saxiylik qilish deganda nima tushunasiz? Bu barchaga yaxshi tilaklarni bildirish va ularga tabassum qilish, degan ekan"26.
XULOSA
"Rabi' al-abror" asarida berilgan axloq va ijtimoiy masalalar bilan bog'liq mavzular faqat o'z zamonasi uchun muhim bo'lib qolmasdan bugungi kunda ham dolzarb ekanligini o'tib borayotgan vaqtning o'zi ko'rsatmoqda. Asardan yuqoridagi kabi iqtiboslarni tarjima qilish, ularni talqin etib, keng kitobxonlarga yetkazish jamiyatimizda mehru oqibat, sahovat, bilim, ta'lim olish singari masalalarni yechishga ham ko'mak beradi.
Muhimi asarda to'plangan iqtiboslar orqali Mahmud Zamaxshariy o'z zamonasi va o'zigacha bo'lgan allomalarning ma'lumotlarini avlodlarga yetkazishda tarixiy ko'prik vazifasini bajarib berganligi ham e'tiborga molik.
REFERENCES
1. Mahmud Zamaxshariy. "jW^Vl ^j^jj jljjVl ¿^j" "Rabi' ul-abror va nusus ul-axbor". O'zR FA Sharqshunoslik instituti kutubxonasi. № 2384.
2. http: //shiaonlinelibrary.com
25 Y3P OA fflH. 2384. 204a ca^a
26 Y3P OA fflH. 2384. 3496 ca^a