Научная статья на тему 'PО‘LAT MО‘MIN IJODIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI'

PО‘LAT MО‘MIN IJODIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
3461
193
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vaqtni tejash / do’stlik / sadoqat / uztozga hurmat / oqibat

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Ikromjon Habibjonov

Ushbu maqolada betakror ijodkor, o’zbek bolalar adabiyotining yetuk vakili Po’lat Mo’minning ijodi haqida to’xtalib o’tilgan. Unda, asosan, yosh qalb egalarining ilm olishga, odob-axloq o’granishga, kattalarni hurmat qilishga qaratilgan she’rlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PО‘LAT MО‘MIN IJODIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI»

PO'LAT MO'MIN IJODIDA ODOB-AXLOQ MASALALARI

Ikromjon Habibjonov mybooks91 @mail.ru

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada betakror ijodkor, o'zbek bolalar adabiyotining yetuk vakili Po'lat Mo'minning ijodi haqida to'xtalib o'tilgan. Unda, asosan, yosh qalb egalarining ilm olishga, odob-axloq o'granishga, kattalarni hurmat qilishga qaratilgan she'rlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Vaqtni tejash, do'stlik, sadoqat, uztozga hurmat, oqibat.

ETHICAL ISSUES IN THE WORK OF A STEEL MUMIN

Ikromjon Habibjonov mybooks91 @mail.ru

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article focuses on the work of Polat Momin, a unique artist and a leading figure in Uzbek children's literature. It focuses on the poems of young people, aimed at education, morality, respect for adults.

Keywords: Save time, friendship, loyalty, respect for the teacher, consequences.

Po'lat Mo'min adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U o'zining quvnoq she'rlari, zavqli qo'shiqlari, qiziqarli doston va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biri bo'lib qolgan. 1992-yilda unga O'zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. Po'lat Mo'min 1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

U 1922-yil 24-dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. So'ng, Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), o'qituvchilik qiladi. 1948-1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951-1952 yillarda O'zbekiston Davlat nashriyotida bolalar adabiyoti bo'limining mudiri bo'lib ishlaydi. 1954-1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962-1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi San'at ishlari boshqarmasida xizmat qiladi. Po'lat Mo'minning adabiyot oldidagi xizmatlari xalq va hukumat tomonidan yuqori baholangan. 1992-yilda unga O'zbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 1998-yilda esa «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

1949-yilga kelib uning «Sayrang, qushlar» nomli ilk to'plami chop etiladi. Ketma-ket «Bo'l, tayyor!», «Tish cho'tkasi ertagi» (1955), «Hunardan unar» (1958),

«To'g'ri o'sgan gul bo'lar» (1960), «Aql qayerda bo'lar?» (1962), «Oltin nay» (1967), «Rahmatga rahmat!» (1969), «Eson va Omon» (1971), «Odob va oftob» (1971), «Yaxshilarga o'xshasam», «Gul va Piyoz», «Kuldi xiyol», «Men sevaman, sen sevasanmi?», «Oltin boshoqlar», «66 oltin qo'l», «Ertaqdan ertakka» (1990), «Fardlar kitobi» (1993) va boshqa to'plamlari nashr etiladi. Uning so'nggi «Bolajon, bolajonim» kitobi 2004-yilda kitobxonlar qo'liga tegdi.

Po'lat Mo'min dramaturg sifatida ham «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» (1970), «Suqatoy va Konfetvoy», «Bahodirning jasorati» kabi asarlarini yaratgan.

U, ayniqsa, mohir qo'shiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning «Indamadi», «Onadur ul, onadur», «Senga bir gap aytaman» kabi o'nlab qo'shiqlari o'zining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan o'rin olgan.

U mohir tarjimon sifatida A.S.Pushkin, V.Mayakovskiy, S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, N.Nosov asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.

U 2003-yilda vafot etgan.

Oltindan qadrli, javhardan qimmatli bir narsa bor bo'lsa, u ham bo'lsa vaqtdir. Vaqt bizning har turli ishni qilishga kuchimiz yetadigan fursatdir. Bir soatning bekor o'tgani - ixtiyorimizda bo'lgan fursatning zoye bo'lganini bildiradi. Holbuki, shu fursat ichida foydali ishlarga ixtiyorimiz bor edi. Fursatni g'animat bilgan odam vaqtidan unumli foydalana oladi. Vaqt qadrini bilgan odam havoyi nafsdan tiyila oladi. Vaqt qadrini bilgan odam buyuk bo'lishga haqlidir. Aqlsizlikning eng yomon ko'rinishi - vaqtni bekor o'tkazishdir.

Miqdori ko'p narsa qadr-qiymatini tez yo'qotadi. Har bir musulmon uchun vaqt eng qimmat tushunchadir. Ammo aql egalari uchun vaqt hech qachon qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatga ega bo'lsa, soat yoki daqiqaning qadri ham shu kabidir. Vaqt odamiga qarab eng qimmat yoki eng arzon matohdir.

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom: "Ikki narsa borki, ko'pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri - sog'lik, ikkinchisi esa - bo'sh vaqt", deb marhamat qilganlar.

Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog'liqqa muvofiq mashg'ulotlar bilan to'ldirishi kerak, toki qayg'u-alam bosh suqadigan bo'sh joy qolmasin.

Odamlarning o'zaro muomalalarida "bo'sh vaqt" degan ibora tez-tez tilga olinadi. Aslida vaqtning ham isrofi bo'lib, vaqtning isrofi bu - umrning isrofidir. Umr behuda sarf bo'ldimi, demak odam yaxshi ishlarni amalga oshira olmabdi. Insonlar uchun, jamiyat uchun foyda bermabdi. Vaqtning isrofi xuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir.

Vaqtdan oqilona foydalanishni hamma o'zicha belgilaydi. Birov kitob o'qishni yaxshi ko'rsa, yana boshqasi sportdan bahra oladi.

Olimlarimiz: "Vaqt hayotdir. Inson hayoti esa uning tug'ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o'tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotini manfaatli ishlar bilan to'ldirgan odamdir", deganlar.

Hasan Basriy hazratlari shunday degan ekanlar: "Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kuningni ketishi, umringni bir qismi ketishi demakdir".

Bu yorug' dunyoda inson umri qanchalik uzun bo'lmasin, modomiki o'lim har tiriklikning nihoyasi ekan, baribir u qisqadir.

Nuh alayhissalom ming yildan ortiqroq umr ko'rganlaridan keyin u kishini jonlarini olish uchun o'lim farishtasi kelib: "Ey payg'ambarlarning eng uzun umr ko'rgani, siz dunyoni qanday tushundingiz?", deb so'radi. Shunda Nuh alayhissalom: "Bu dunyo go'yoki bir hovlining ikki eshigi bo'lib, ularning biridan kirib, boshqasidan chiqib ketdim", degan ekanlar.

Bizning "vaqt o'tmoqda" degan o'yimizda ozgina xatolik bor, vaqt emas, o'zimiz o'tib boryapmiz. Aslida yomonlikning eng katta alomati bu - vaqtni zoye ketkazishdir.

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam: "Vaqt bir qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi", deb marhamat qilganlar.

Xulosa o'rnida Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning aytgan so'zlarini keltirmoqchimiz: "Men bir kunning quyoshi botib, ajalim bilan oramizdagi masofa qisqarib, o'sha kunlik yaxshi ishlarim ko'paymaganiga qilgan pushaymonimdek qattiq pushaymon qilmadim. Agar kun o'tgan va men o'zimni Allohga yaqin qiladigan ilmimni ziyoda qilmagan bo'lsam, shu kunning chiqqan quyoshi men uchun barakali bo'lmagandir", degandilar.

Har nafasimiz, har kunimiz uchun Allohga shukur qilib, uni qadriga yetaylik. Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir. Bu borada "Fursat - g'animat" she'ri qimmatga ega.

Nafasmi olganing fursat - g'animat

Davrada qilganing suhbat - g'animat.

Luqmai haloling, noning - g'animat,

Tomirda yugurgan qoning - g'animat.

Shirin o'tayotgan vaqting - g'animat,

Qo'lingga tutganing naqding - g'animat,

Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo'lar ekan, ularning o'rtasida mehr oqibat va o'zaro ishonch bo'lsagina hayotlari yanada go'zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha boy-badavlat yoki mansabdor bo'lmasin, u insonni mehr-oqibati bo'lmasa, qadr-qimmati, obro'si bo'lmaydi.

Inson mehr-oqibatni avalo o'z ota-onasidan oladi, o'rganadi va yaqinlariga ota-onasiga o'sha olgan mehrini qaytaradi. Mehr ko'rmay katta bo'lgan kishilarda mehr berish ham kamroq bo'ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak bemehr inson bo'ladi. Unday insonlarga yaqinlari tomonidan ko'proq e'tibor, ko'prok mehr berilsa, yaxshi tomonga o'zgaradi inshaa Alloh. Paygambarimiz Muxammad sallollohu alayhi vasallamdan bir kuni sahobai kiromlar so'radilar: "Dunyoni nima qutqaradi ey Allohning rasuli?" Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam; "Dunyoni mehr, rahm-shafqat qutqaradi", dedilar.

Hatto, gul yoki ko'chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr oqibatimizni darig' tutmaylik. Sarvari olam, Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning bir hadislarida shunday rivoyat qilinadi: "Rasululloh sallollohu alayhi vassalam sahobalar bilan birga o'tirganlarida, bir guruh odamlar tobutda mayyitni ko'tarib o'tib qoldilar. Shunda ul zot kim vafot etganini suradilar va mayyitni kim ekanligini bildilar. Shunda mayyit yaxshi sifatlar bilan eslandi. Bu holatni kuzatib turgan Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: "vojib bo'ldi", dedilar. Yana boshqa safar ham xuddi shunday bir guruh odamlar tobutda bir mayyitni ko'tarib o'tdilar. Faqat bu safar u mayitni yomon fe'l va xulqlari aytildi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam yana: "vojib bo'ldi", dedilar. Shunda: "nima vojib bo'ldi ey Allohning rasuli", deb so'radilar. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: "Birinchi marta olib o'tilgan mayitni yaxshiliklari haqida guvohlik berdilaringiz, u mayyitga jannat vojib bo'ldi. Ikkinchi marta olib o'tilgan mayyit haqida yomonliklarini zikr qildingiz, unga do'zoh vojib bo'ldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisizlar", dedilar.

Shunday ekan, Yaratganimiz bizni suyib inson qilib yaratdi, iymonli bandalaridan qildi. Shunga munosib yashab, o'zimiz va farzandlarimizga namuna bo'laylik, yashab o'tgan umrimizdan yaxshi iz qoldiraylik: Ahli insonga zarur dunyoda mehr-u oqibat, Rostlikni isbot etur ijroda mehr-u oqibat. Bu sifat insondagi oliy hamiyat ramzidir, Do'stligin mangu etur oshnoda mehr-u oqibat. Oqibat qilgan kishi izzatda bo'lur har qachon, Ketmasin rahna tushib asnoda mehr-u oqibat. Kim agar Hotam misol dong yoysa elga, soz erur, Deydilar oftobcha bor zukkoda mehr-u oqibat. O'z-o'zin maqtash bilan ovvora bo'lsa ba'zilar , Bormikan unday tili burroda mehr-u oqibat Yaxshi do'stlar mehriga mehringni payvand aylagin. Bo'lmagay, bilsang sira tilloda mehr-u oqibat.

Imtihon aylab, Mo'min, bergay senga zimdan baho,

Odob-u andishasi a'loda mehr-u oqibat.

Do'stlik insonlar o'rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar yaqinligi o'zaro bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir.

Do'stlik insonni ma'naviy qo'llab-quvvatlovchi, uning og'irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko'taruvchi, o'ziga ishonch orttiruvchi kuchdir. Insonda do'stlik, birodarlik, o'zaro ishonch tuyg'ulari darhol yuzaga kelib, o'z-o'zidan mustaxkamlanib qolmaydi. Hayotda haqiqiy sadoqatli do'st topish inson uchun katta baxtdir. Inson har qanday holatda ham yonida o'ziga yaqin insonlar ota-onasi, qarindosh-urug'lari bilan bir qatorda do'stlarining ham bo'lishini ich-ichidan xohlaydi. Hayotda haqiqiy do'stlar bilan bir qatorda soxta do'stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma'lum bir maqsadni ko'zlab, o'zlarini do'st qilib mahoratli artist bo'ladilar. Uzoq yillar yonma-yon o'qish, mehnat qilish, boshqa biror tashvish tushganda hamdard, hamfikr bo'lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do'stlashib qoladilar.

Do'stlik millat, diniy e'tiqod, mansab, boylik, chiroy, yosh tanlamaydi, chegara bilmaydi. Do'stlikning muhim shartlaridan biri vafodir. Do'stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Kishilarning o'zaro do'stlashishida ularning xarakteri, qiziqishlari, saviyasi va iqtidori ham muhim o'rin tutadi. Do'stni yanada qalinroq do'st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o'zidir.

Kaykovus do'stlarni ikki toifaga ajratadi: non do'stlar, or va nomus do'stlar.

Do'stlik muqaddas tuyg'udir. Do'stlik tog'lardan baland, zilol suvdek toza tuyg'udir. Har bir inson tug'ilib ulg'ayibdiki, albatta yonida mehribon do'sti bo'lishi kerak. Shu do'st umr bo'yi yonimizda hamroh, sirdosh, ishongan insonimiz bo'lib ketadi. Do'stlikning qadriga do'st topgan biladi. Shuning uchun har birimiz do'stlarimizning qadriga yetaylik, chunki ko'p inson do'st topishda qiynaladi, topganida esa aldanadi. Shunday muqaddas tuyg'uni, do'stlik deya atalmish bir tog'ni yaratdikmi, uning qadriga yetib yuraylik, yer bilan bitta qilib payhon qilmaylik. Do'stlarga hamma vaqt sodiq bo'lish uchun ularni izzat-hurmat qilish, yaxshi-yomon kunlarida ularga ko'maklashish zarur. Chin do'stdan faqat foyda tegadi. U kishiga yomonlik sog'inmay, ziyon-zahmat yetkazmaydi. Agar u qattiq gapirsa ham, bundan xafa bo'lmaslik kerak. Chunki u kishini noto'g'ri yo'ldan qaytarmoq maqsadidagina kuyunganidan shunday qiladi. Shuning uchun ham: "Do'st achitib gapirar, dushman kuldirib", "Do'st so'zini tashlama, tashlab boshing qashlama", "Dushman siringni o'g'irlaydi, do'st xatongni to'g'irlaydi", "Do'st kuyinar, dushman suyunar", "Do'sting bilan dildosh bo'l, qilar ishda qo'ldosh bo'l" kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do'stlar ko'p bo'lsa, turmush yaxshi o'tadi va, aksincha, do'stsiz kechirilgan hayot bema'ni o'tadi.

Shuning uchun ko'proq do'st orttirishga da'vat etiladi.

Yomon kunida yonida dalda bo'ladigan, dardini tushunadigan do'st bilan hamma ham faxrlansa kerak. Men ham o'z do'stim bilan faxrlanaman, chunki u har qanday vaziyatimda menga hamroh bo'ladi va o'z maslahatlarini mendan ayamaydi. Dardlarimni xuddi o'zining dardidek tushunadi, menga yelkadosh u bilan faxrlanaman. U men uchun juda qadrli aziz insonim. "Do'stsiz boshim - tuzsiz oshim".

Uzma do'stlik torini, bog'lash qiyin, Ranjisa, do'st ko'nglini chog'lash qiyin. So'zda do'stingman deya oqlash qiyin, Do'st bo'lish oson, uni saqlash qiyin, Uzma do'stlik torini, bog'lash qiyin. Chin qadrdonlar tug'ishganday zarur, Yaxshi oshno dilga sochgay shu'la, nur, Bir tilakdir, bir yurakdir, bir umr, Do'st bo'lish oson, uni saqlash qiyin, Uzma do'stlik torini, bog'lash qiyin.

Bizga saboq bergan, hayot so'qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni har qancha e'zozlasak ham kam. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga maktabgacha talim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o'quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Farzandlar talim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga etkazishga alohida etibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulug', degan purhikmat naqlida ham o'qituvchi va murabbiylarga bo'lgan samimiy ehtirom namoyon. Bugungi kunda ustozlarga berilayotgan ulkan e'tibor, o'zining bilim va tajribasi, iste'dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko'z nuri va qalb qo'ri, butun borlig'ini ayamasdan, ma'rifat yo'lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir:

Mehr nuri yog'ar doim ko'zingizdan, ustozlar, Yursam deyman shu tabarruk izingizdan, ustozlar. Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz, Odob ila bilim oldim so'zingizdan, ustozlar. Qalbingizning yo'q g'ubori, mehribonsiz shunchalar, Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar. Fan bog'ining bog'bonisiz, charog'bonsiz ko'ngilga, Ming ehtirom o'g'lingizdan qizingizdan, ustozlar. Joy oldingiz bir umrga shogird yurak to'ridan, Mo'min hayot darsin o'qir o'zingizdan, ustozlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shavkat Mirziyoyev, "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz", Toshkent, "O'zbekiston" nashriyoti, 2018-yil.

2. Islom Karimov, "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch", Toshkent, "Ma'naviyat" nashriyoti, 2008-yil.

3. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 20 jildlik, 1 -,3-,4-,7-,16-j ildlar

4. Najmiddin Komilov, "Tasavvuf', Toshkent, "Movarounnahr" nashriyoti hamda "O'zbekiston" NMIU, 2009-yil.

5. Anvar Hojiahmedov, She'riy san'atlar va mumtoz qofiya, Toshkent, "Sharq", 1998-yil.

6. Habibjonov, I. (2020). Tax system terms in kokand khanate. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2906-2909. doi:10.5373/JARDCS/V12I2/S20201359

7. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915. doi:10.5373/JARDCS/V12I2/S20201360

8. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927. doi:10.5373/JARDCS/V12I2/S20201363

9. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

10. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

11. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

12. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

13. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

14. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

15. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

16. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ДАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

17. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикртчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

18. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

19. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

20. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

21. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

22. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

23. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

24. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

25. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

26. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

27. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

28. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

29. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

30. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

31. Солиева, X. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

32. Омоновна, С. X,. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

33. Омоновна, С. X. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахдмияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

34. Омоновна, С. X. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

35. Омоновна, X. С. (2020). ТАРИХИЙ КУЛЁЗМА МАНБАЛАРНИ КОНСЕРВАТЦИЯ-РЕСТАВРАЦИЯ КИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, (V).

36. Омоновна, С. X. (2021). Глобаллашув жараёнида ахборот окимининг ёшлар маънавиятига таъсири хусусида. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

37. Омоновна, С. X. (2021). Маданият ва маънавият масалаларида тарихий илдизлар излари. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

38. Парпиев, А. (2021). ЖАДИДЧИ ОБИДЖОН МАXМУДОВНИНГ ФАОЛИЯТИДАГИ ЯНГИ КИРРАЛАР. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.