Научная статья на тему 'MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIХI RASHIDIY” ASARI MARKAZIY OSIYO TARIХIGA OID MUHIM MANBA'

MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIХI RASHIDIY” ASARI MARKAZIY OSIYO TARIХIGA OID MUHIM MANBA Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
640
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Tarixi rashidiy” / Mirzo Muhammad Haydar / dug`lot / “История Рашиди” / Мирза Мухаммад Хайдар / Дугулот.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Сиёваш О. Хафизов

Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi rashidiy” asari XIV-XVI asrlar Movarounnahr, Xuroson va Mo‘g‘uliston tarixi bo‘yicha ma’lumot beruvchi muhim manba bo‘lib, tadqiqotda ushbu asarning ilmiy ahamiyati va qo‘lyozma nusxalari haqida so‘z boradi. Tadqiqotda asarning tarixiy ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“ИСТОРИЯ РАШИДИ” МИРЗЫ МУХАММАДА ХАЙДАРА ЯВЛЯЕТСЯ ВАЖНЫМ ИСТОЧНИКОМ ПО ИСТОРИИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

“История Рашиди” Мирзы Мухаммада Хайдара является важным источником информации по истории Моваруннахра, Хорасана и Монголии в XIV-XVI веках. Исследование раскрывает историческую значимость произведения.

Текст научной работы на тему «MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING “TARIХI RASHIDIY” ASARI MARKAZIY OSIYO TARIХIGA OID MUHIM MANBA»

Oriental Journal of History, Politics and Law SJIF: 2022-5.777, SJIF: 2023-6.676

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND

LAW

journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl

"THE HISTORY OF RASHIDI" BY MIRZA MUHAMMAD HAYDAR IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE HISTORY OF CENTRAL ASIA

Siyovash O. Hafizov

Student

Tashkent State University of Oriental Studies

Tashkent, Uzbekistan

E-mail: siyovashhafizov@,gmailcom

_ABOUT ARTICLE_

Key words: "History of Rashidi", Mirza Abstract: Mirza Muhammad Haydar's

Muhammad Haidar, Dugulot. "History of Rashidi" is an important source of

information on the history of Movarunnahr, Received: 21.02.23 Khorasan and Mongolia in the XIV-XVI AccePted: 23.02.23 centuries. The research reveals the historical Published: 25.02.23_significance of the work._

MIRZO MUHAMMAD HAYDARNING "TARIXI RASHIDIY" ASARI MARKAZIY

OSIYO TARIXIGA OID MUHIM MANBA

Siyovash O. Hafizov

Student

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent, O'zbekiston

E-mail: siyovashhafizov@,gmail.com

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: "Tarixi rashidiy", Mirzo Annotatsiya: Mirzo Muhammad Muhammad Haydar, dugTot Haydarning "Tarixi rashidiy" asari XIV-XVI

asrlar Movarounnahr, Xuroson va Mo'g'uliston tarixi bo'yicha ma'lumot beruvchi muhim manba bo'lib, tadqiqotda ushbu asarning ilmiy ahamiyati va qo'lyozma nusxalari haqida so'z boradi. Tadqiqotda

_asarning tarixiy ahamiyati ochib berilgan._

"ИСТОРИЯ РАШИДИ" МИРЗЫ МУХАММАДА ХАЙДАРА ЯВЛЯЕТСЯ ВАЖНЫМ ИСТОЧНИКОМ ПО ИСТОРИИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Сиёваш О. Хафизов

Студент

Ташкентский государственный университет востоковедения

Ташкент, Узбекистан

E-mail: siyovashhafizovagmail.com

_О СТАТЬЕ_

Ключевые слова: "История Рашиди", Аннотация: "История Рашиди" Мирза Мухаммад Хайдар, Дугулот. Мирзы Мухаммада Хайдара является

важным источником информации по истории Моваруннахра, Хорасана и Монголии в XIV-XVI веках. Исследование раскрывает историческую значимость _произведения._

KIRISH

Tarixni o'rganish o'zlikni anglashga, ota-bobolari kim ekanligini fahmlashga va ularga har tomonlama loyiq bo'lish uchun harakat qilishga yetaklaydi. Bu tarixni xolis hamda xalq tushunadigan tilda yetkazib berish tarixchi olimlarimizning vazifalari hisoblanadi desak, xato qilmagan bo'lar edik. Ushbu mavzu mintaqa tarixiga oid muhim ma'lumotlarni o'z ichiga olishi bilan alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Asarning dolzarb ahamiyatga ega ekanligi uning boshqa manbalarga qaraganda aniqligi va xolisligidadir. Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar asarni yozishda o'zidan oldingi zabardast tarixchi olimlar asarlar va usullaridan, jumladan, Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Ato Malik Juvayniyning "Tarixi Jahonkushoy" va boshqalardan samarali foydalangan. Asarda mintaqa hududlarining XIV-XVI asrlardagi bayon etilgan bo'lib, boshqa manbalarda duch kelinmaydigan faktlar bilan o'ziga xos ahamiyatga egadir. Tarixchi olim asarni yozish davomida bevosita o'sha davr jonli muhitini kitobxonlarga his qildirishga harakat qilgan. Tarixiy yurishlar bilan birgalikda mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va ra'iyatning ahvoli ham bayon etilgan.

ASOSIY QISM

Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asarlari qator tarixchi olimlar tomonidan o'rganilgan. Asar yaratilgandan beri o'tgan davr mobaynida ko'plab turli saviyadagi kotiblar nusxalar ko'chirishgan, tarjimonlar bir necha marotaba turkiy tilga o'girganlar. Ana shu jarayonda nusxalararo farqlar tobora ko'paya borgan. Ko'plab olimlar tomonidan ushbu asar o'rganilib o'z ona tillariga tarjima qilingan. Jumladan: Muhammad Sodiq Koshg'ariy, Mullo Muhammad Niyoz Abdulg'afur o'g'li, ingliz olimlari Uilyam Erskin, Tomas Arnold, Amerika olimi Uiler Tekston, frasuz olimi Rene Grosse, Eron olimlari Husayn Razmjo', Qozi Ahmad Tataviy, o'zbek olimlari Hamidulla Hasanov, Bo'riboy Ahmedov, Asomiddin O'rinboyev va boshqalar. "Tarixi Rashidiy" asarini rus olimlaridan V.V. Bartold, V.V. Velyaminov Zernov o'z tadqiqotlarida asosiy manba sifatida foydalanishgan. "Tarixi Rashidiy" 1 daftarining Muhammad Niyoz bin Abdug'afur tarafidan 1837-1838 yillari qilingan turkiy tarjimasi ekanligi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. Qo'lyozma muqaddimasida tarjima Xo'tan hokimi Muhammad Aziz Vong farmoni bilan nasr va nazmda bajarilgani to'g'risida ma'lumot berilgan. Shunday qilib, ushbu tarixiy manba ko'plab

davlatlarning tarixiy davrlarini ochib berganligi bois ko'plab tillarga tarjima qilingan va chuqur tahlillar asosida o'rganilgan.

"Tarixi Rashidiy"ga bo'lgan qiziqish tobora ortib borganini Ross tarjimasi ikkinchi marta 1898-yili Londondagi "Curzon" nashriyotida hech qanday o'zgarishlarsiz bosilib chiqqanidan ham ko'rish mumkin. 1973-yili esa Patnadagi "Academica Asiatica" nashriyotida uchinchi nashr amalga oshirildi (Ikkinchi va uchinchi nashrlar ham har biri 535 betdan iborat). Ikkisida ham xarita berilgan. Xaritaning mashhur Buyuk Britaniya jug'rofiy jurnalida ham alohida bosilib chiqishi naqadar ahamiyatli ekanini ko'rsatadi. 1970-yili 1898-yilgi nashr, bu safar xaritasiz, Nyu-Yorkdagi "Prager" nashriyotida bosib chiqariladi. "Tarixi Rashidiy"ning 696 sahifadan iborat nusxasi 2008-yili beshinchi marta, Nyu-Yorkdagi "Cosimo Inc." bosmaxonasida chop etildi. Bu nashr "A History of Moghuls of Central Asia: The Tarikh-i" deb nomlangan. 1996-yili professor U. Takston "Tarixi Rashidiy"ni inglizchaga to'liq o'giradi, kirish so'zi yozib, izohlar, ko'rsatkichlar, xarita ilova qiladi va Harvard universitetidagi Yaqin Sharq tillari va madaniyati fakultetida nashr etadi. Tarjimon asardagi she'riy parchalarni ham inglizchaga ag'darib, kursivda bergani e'tiborga molik. Nashr "Mirza Haydar Dughlat's Tarikhi-i-Rashidi: A History of the Khans of Moghulistan" deb nomlangan.

Asarning birinchi faslida hazrati Odam alayhissalomdan to hazrati Muhammad Rasulullohgacha o'tgan ajam podshohlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi. Asarning II-VII fasllarida Temuchin Chingizxonning nasabi, uning avlodi Ugaday (O'la) qoon, Jo'chixon, Chig'atoyxon, To'luxon, G'ozonxonlar to'g'risida ma'lumot berilgan.

"Tarixi Rashidiy" ning birinchi daftari Qoshg'ar, Qozog'iston, shuningdek, Movarounnahr va Turkistonning XIV-XVI asr boshlaridagi siyosiy tarixini mukammal qamrab olishi bilan qimmatlidir. Ikkinchi daftar esa birinchisidan keskin farqli o'laroq muallifning esdaliklaridan, ya'ni voqealarga boy jo'shqin hayoti davomidagi ko'rgan-kechirgan xotiralarining jonli va ta'sirli bayonidan iborat. Bu ma'lumotlar Qoshg'ar, Movarounnahr, Afg'oniston hamda Shimoliy Hindistonning XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini o'rganishda asosiy va qimmatli manbalardan hisoblanadi. "Tarixi Rashidiy" ning o'rganilishi haqida turli tillardagi tarjimasini nashrga tayyorlagan olimlar kirish so'zlarida ancha to'xtalib o'tilgan. Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy" asari yozilganidan keyin bir asr o'tar-o'tmas Sharq tarixchilari va geograflari o'z asarlarini yozishda undan foydalana boshlaganlar. Natijada bu muhim manbaning keng tarqalishiga zamin hozirlangan edi. Fikrimizni asar nusxalari ko'pgina qo'lyozmalar xazinalarida saqlanayotganligi ham tasdiqlaydi.

O'zbekiston va jahon tarixchi olimlari "Markaziy Osiyo haqidagi yagona mukammal asar" deb bir og'izdan tasdiqlagan. "Tarixi Rashidiy" nafaqat Mo'g'uliston, ayni paytda O'rta Osiyoning o'sha davrdagi yirik shaharlari Andijon, Toshkent, Xo'jand, Sayram, Turkiston, O'ratepa,

Samarqand, Buxoro, Qarshi, Hisor, Qunduz, Marv va boshqa mamlakatlar: Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Sharqiy Turkiston va Kashmirning XV-XVI asrlardagi tarixini o'rganishda birlamchi asosiy manbalardan bo'lib xizmat qiladi. Bejiz emaski, mashhur yapon olimi Eyji Mano XV-XVI asrlardagi Markaziy Osiyo tarixini Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" va Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asarlari tadqiqi asosida yaratish mumkinligini "Bobur va uning davri" fundamental monografiyasi bilan isbotladi. "Chig'atoy va mo'g'ullar tarixini tadqiq qilish uchun biz foydalangan asosiy tarixiy manbalar - Boburning "Boburnoma"si hamda Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asaridir ... - deb yozadi u, - Markaziy Osiyo Bobur hayotligida mo'g'ul, chig'atoy, o'zbek, qozoq hamda uyratlardan tashkil topgan oltoy xalqlariga mansub bo'lgan kishilarning faoliyatlariga guvoh bo'lgan.

Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asarining yalpi voqea-hodisalar ko'lami xususida bu kitobning turkiy tarjimoni Muhammadniyoz ibni Abdulg'afurning fikrlari bizga ma'qul bo'lgani uchun tabarrukka shu matnni keltiramiz: "Tarixi jahonkushoy", "Majma' at-tavorix" (Tarixlar to'plami), "Tarixi guzida" (Saralangan tarix), "Tarixi manzuma" (She'riy tarix), "Zafarnoma" va yana bir qancha mashhur tarixiy kitoblarning hammasi Iroq, Xuroson, Movarounnahr olimlarining asarlari bo'lib, bularda faqat o'sha yerlardagi podshohlarning ahvollari yozilgan, xolos, ulardan boshqa voqealar tilga olinmagan. Mo'g'ul xonlarining zikri va nasl-nasablari, hol-ahvollarini bayon qiladigan biror kitob yozilmagan. Faqat "Tarixi Rashidiy" kitobigina Mirzo Muhammad Haydar ko'ragon ibni Muhammad Husayn ko'ragon ( Alloh taolo ularning go'rlarini nurafshon qilsin)ning asari bo'lib, uni hijriy 951 yili Tarixi Rashidiy Abdurashidxon ibni Sulton Saidxon nomiga bag'ishlab yozgan. Unda Tug'luq Temurxon zikridan to Abdurashidxon va Humoyun podshoh haqidagi voqealargacha bo'lgan ahvollar artibi bilan yozilgan va tutgan o'rni e'tibori bilan har qaysi xon va podshohning ahvoli tafsiloti bayon qilingan. Shuningdek, Mo'g'uliston zaminining kengligi, ob-havosi va Koshg'ar, Yorkand, Xo'tan viloyatlaridagi shahar, imo rat, qabriston, sahro, bog'lar, daryolar, tog'u cho'llari hamda bu joylardagi xalqlarning urf-odatlari, rasmu-qoidalari imkon boricha tekshirilib, kuzatilib va aniqlanib batafsil bayon qilingan. Shu narsa aniqki, bu viloyatlarning ta'rifl va mo'g'ul xonlarining zikri boshqa birorta kitobda tilga olingan emas. Garchi ba'zi tarixiy asarlarda tasodifiy uncha muncha aytilgan bo'lsa-da, bular juda qisqa ma'lumotlardir. "Tarixi Rashidiy"da bo'lsa, maxsus mo'g'ul xonlari haqidagi hikoyalar va Mo'g'ulistondagi voqealar shunchalik mufassal o'z ifodasini topganki, undan ortig'ini tasavvur qilish mumkin bo'lmasa kerak".

"Tarixi Rashidiy» asarida avvalo podshoh va xonlarning olti sulola silsilasi keng ufqlarda juda ustalik bilan tiziladi va ularning tutashuv halqalariga alohida ahamiyat beriladi: Temuriy, boburiy, shayboniy, mo'g'ul xonlari, qozoq xonlari va safaviylar shajaralari uzviy muntazam tarixiylikda yoritiladi.

"Tarixi Rashidiy"ning boshqa tarixiy asarlardan farq etuvchi xususiyati shundaki, unda hukmdorlar tarixi talqini bilan uzviy ravishda turli davrlardagi diniy-ruhoniy peshvolik vakillari -pir-murshidlarining ham o'ziga xos sulolalari faoliyati o'z aksini topgandir. Chingiz tomonidan Qoraqurumga ko'chirilgan Mavlono Shujo'iddin Mahmuddan boshlab, Tug'luq Temurxonni islomga keltirgan Mavlono Arshadiddin, uning avlodidan Xoja Tojiddin, Xoja Muhammad Yusuflargacha bu tarixda ma'lumotlar bor. Ularning eng mashhurlari Xoja Ubaydulloh Ahror va Xoja Nuro bo'lib hisoblanadilar. Xoja Ubaydullohning sodiq muridi - Xoja Nuro nafaqat diniy-ruhiy jabhaning buyuk arbobi, ayni paytda o'z zamonining mislsiz hoziq tabibi ham bo'lib hisoblanadi. Chunki u Sharq mamlakatlarining ilm-fan markazlarida bo'lib, tibbiyot sohasining eng mo'tabar ustozlaridan saboq olgan va birga xizmat ham qilgan. Muhammad Haydar Mirzo u kishining karomatu tabobati haqida juda ko'tarinki ruhda fikr yuritadi. "Tarixi Rashidiy" muallifi o'z kitobida ko'pgina diniy arboblar va ularning asarlariga o'rin ajratadi. Ularning faoliyatini el-yurt xaloskorligini ta'minlashda, ma'naviy-ma'rifiy jabhada shohu gadoga teng ta'sir o'tkazishda kuzatadi. O'z e'tiqodi manbai va shaxsiy yutuqlarini shu piri murshidlar faoliyatlari sharofatidan ko'radi. Biz biror tarixiy asarda diniy ustozlarga bu darajada keng o'rin ajratilganini bilmaymiz. Voqea-hodisalar talqinining izchilligi, muallifning og'zaki ishonarsiz ma'lumotlarni asarga kiritmasligi, tarixiy arboblar shaxsiyatiga haqqoniy oqilona munosabat, hatto diniy nuqtai nazardan o'zi la'natlab turgan shaxs va uning so'zlari, maktublari mazmuni haqqoniyatiga erishish, talqinda fikr tiniqligi, balandparvoz murakkab jumlalardan qochish, samimiylik tarixchi va adib Muhammad Haydar Mirzoning uslubini belgilaydi. Mirzo Haydar O'rta Osiyo tarixnavisligining an'analariga sodiq qolgan holda tarixchi sifatida bu sohaga fors tilida memuar janrini singdirish singari Boburona yangilikni kiritdi. Uning ikkinchi ixtirosi: bir tarixiy asarni boshdan-oxirigacha atayin ikki marotaba bir-birini to'ldirib yaratish tajribasini sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazdi.

Endi asarning o'ziga xosligi, boshqa tarixiy asarlardan tubdan farqiga kelsak: tarixiy shaxslar tarjimai holini ixcham jumlalarda mukammal berish; shaxsiy qiyofasini axloqiy-ma'naviy nuqtai nazardan to'la-to'kis yaratishdir. Bizningcha, bu xususiyatni muallif "Boburnoma"dan o'rgangan va mufassallikda ba'zan undan ham oshib tushgan desak, mubolag'a bo'lmas. Ikkinchi o'ziga xosligi, "Tarixi Rashidiy"da o'z shaxsi, tarjimai holi bilan bog'liq voqea-hodisalarning ham kam bo'lsa-da, berilishidir. Go'yo u bu ishi bilan o'zining ham bir tarixiy shaxs bo'lib qolishiga umid qilgan.

"Tarixi Rashidiy" asarining bizgacha bir necha qo'lyozma nusxalari yetib kelgan. Asarning tarixiy ahamiyatini uning bir necha nusxalarda zamonamizgacha yetib kelganligidan ham bilishimiz mumkin. Olim o'zing asarini XVI asr o'rtalarida fors tilida yozgan. Keyinchalik ushbu asar turli tillarga tarjima qilingan. Asar Yevropa olimlarini ham ancha qiziqtirib qo'ygan. Ba'zi

manbalardagi ma'lumotlarga ko'ra "Tarixiy Rashidiy" o'z davri voqelarini eng aniq faktlarga asoslanib gavdalantirgan tarixiy manba hisoblanadi. Ushbu asar XIX asr oxirlari va XX asr boshlaridan boshlab bir necha marta ingliz tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik boshqa Yevropa tillariga ham tarjimalar amalga oshirilgan. "Tarixiy Rashidiy" nodir qo'lyozmalaridan biri Toshkentda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanib kelinmoqda. "Tarixi Rashidiy" asari o'zning boshqa manbalarga qaraganda xolis va bevosita muallif o'z ko'zi bilan ko'rgan voqealar bayon etilganligi bilan alohida xarakterga ega hisoblanadi. Bobur bilan zamondosh bo'lgan Muhammad Haydar tarixiy vaqealarni gavdalantirishda nafaqat o'zidan oldingi tarixchi olimlar asari balki Boburning "Boburnoma" sidagi ma'lumotlardan ham foydalangan. "Tarixi Rashidiy" asarida voqealar To'g'luq Temurxondan boshlanib to Abdurashidxongacha bo'lgan tarix bayon etilgan va asar Abdurashidxonga taqdim qilingan. Asarda bevosita Movarounnahr, Xuroson va Mo'g'uliston hududlaridagi siyosiy kurashlar, hukmdorlarning harbiy yurishlari, ra'iyatning ahvoli, Dashti Qipchoqdagi "O'zbek"lar davlati, ularning O'rta Osiyo hududlariga yurishlari singari muhim tarixiy jarayonlar ustalik bilan bayon etilgan. Asar tilining soddaligi bilan asrlar davomida o'quvchilarni o'ziga jalb qilib kelmoqda.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Mirzo Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asari O'rta Osiyo, Xuroson, Hindiston va Sharqiy Turkistonning XV asr oxirlari - XVI asr birinchi yarmidagi tarixi, madaniy, etnik munosabatlarini o'rganishda o'rganishda muhim manba hisoblanadi. Asarda o'sha davr madaniy-ma'naviy hayotigaoid ma'lumotlar ham ko'p bo'lib, mashhur shoirlar, olimlar, san'atkorlar hayoti va ijodi haqida g'oyat muhim ma'lumotlar keltirilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, Mirzo Muhammad Haydar bolalik paytidan boshlaboq o'sha davrning ko'pgina mashhur kishilari bilan muloqot qilgan va ularning ba'zilariga shogird bo'lgan. 15411546 yillarda yozilgan "Tarixi Rashidiy" asari ikki jild (daftar)dan iborat. Tug'luq Temurxon (1348-1363) dan to Abdurashidxon (1533-1560) gacha bo'lgan davr tarixi yoritilgan. Tarixchi olim Muhammad Haydar Ayoziy o'zining "Tarixi Rashidiy" asarida Sohibqiron Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Bobur davriga oid qator muhim voqealar keltirilgan. Asarda Amir Temurning hayot yo'liga to'xtalish bilan birga, harbiy yurishlariga ham katta e'tibor berilgan. Sohibqironning Mo'g'uliston safari va mintaqadagi boshboshdoqlarni bir markaziy hukumat ostida birlashtirish yo'lida olib borgan kurashlari asarda faktlar asosida gavdalantirilgan. Muallif asarda Zahiriddin Muhammad Bobur siymosiga ham to'xtalib o'tgan va Bobur haqidagi voqealar o'zining aniqligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Chunki, tarixchi Muhammad Haydar bevosita Boburning xolavachchasi hisoblangan. Muhammad Haydar bir necha yil Bobur bilan birgalikda bo'lgan. Shu sababli ham "Tarixi Rashidiy" va "Boburnoma" da keltirilgan tarixiy

voqealar bir biriga juda ham yaqin hisoblanadi. Muallif Boburning Movarounnahrdagi muvaffaqiyatsizligi, undan Afg'oniston hududlariga yurishlari, keyinchalik Hindiston sari lashkar tortishi asarda gavdalantirilgan.

FOTDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Мирзо Мухаммад Хайдар Аёзий. Тарихи Рашиди. Нашрга тайёрловчилар: С.А. Азимжонова, А.Уринбоев, О.Х. Жалилов. - Тошкент, 1999, - 709. Б

2. Мирзо Улугбек. Турт улус тaриxи. Б.Ахмедов кириш сузи, изoxлaри Ba тaxрири oстидa. Форс тилидaн Б.Ахмедов, Н.Норкулов Ba М.Хужaевлaр тaржимaси. - Т., 1994, - 356. Б

3. Muhammad Niyoz Аbdulg'afur o'g'li. Tarixi Rashidiy, 1837-yil uyg'urcha (Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo'limi) (inv. № 120, №121, №192)

4. Ахмедов Б. Узбекистон тарихи манбалари. - Т.: Укитувчи, 2001, - 230. Б

5. Мaдрaимoв A., Фузaилoвa Г. Мaнбaшунoслик. Т., Фaн, 2007, - 174. Б

6. Жалилов О. X,. Мирзо Мухаммад Хайдарнинг "Тарихи Рашидий асарининг туркий кулёзма нусхаси // Шаркшунослик 1997, - 678. Б

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.