Научная статья на тему 'TARIX TA’LIMIDA RAQAMLI TEHNALOGIYALARGA BO’LGAN EHTIYOJ'

TARIX TA’LIMIDA RAQAMLI TEHNALOGIYALARGA BO’LGAN EHTIYOJ Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

31
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mavluda Saxobidinova

XXI asr insoniyat tarixiga tehnika va tehnalogiyalar asri bo‟lib kirib keldi. Bugungi kunda jamiyatning har turli sohasida yangi innavatsion tehnalogiyalarga talab kun sayin ortib bormoqda.Raqamli tehnalogiyalar insoniyat faoliyat yo‟nalishlarishining sifatini oshirib, yoshlarning ulardan foydalangan holda, o‟zlari qiziqqan yo‟nalishlar bo‟yicha tez va oson ma‟lumotlar to‟plashiga xizmat qilmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX TA’LIMIDA RAQAMLI TEHNALOGIYALARGA BO’LGAN EHTIYOJ»

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

TARIX TA'LIMIDA RAQAMLI TEHNALOGIYALARGA BO'LGAN

EHTIYOJ

Mavluda Saxobidinova

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti

XXI asr insoniyat tarixiga tehnika va tehnalogiyalar asri bo'lib kirib keldi. Bugungi kunda jamiyatning har turli sohasida yangi innavatsion tehnalogiyalarga talab kun sayin ortib bormoqda.Raqamli tehnalogiyalar insoniyat faoliyat yo'nalishlarishining sifatini oshirib, yoshlarning ulardan foydalangan holda, o'zlari qiziqqan yo'nalishlar bo'yicha tez va oson ma'lumotlar to'plashiga xizmat qilmoqda.

Kunimizda raqamli tehnalogiyalar yordamida ilm-fanning yangi yo'nalishlari vujudga kelmoqda.Ulardan biri "Raqamli tarix" ("Digital History") -tarix fani doirasidagi ilmiy yo'nalish sifatida raqamli gumanitar fanlar ("Digital Humanities" DH)ning bir bo'limi bo'lib,o'tmishni o'rganish va taqdim etish uchun raqamli media, kompyuter va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tehnalogiyalarini qo'llaydi va ulardan foydalanishni o'rganadi [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning farmoniga binoan O'zbekiston Respublikasida tarix fani sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko'zda tutilgan. Ushbu konsepsiyaning amalga oshiriladigan ustuvor yo'nalishlari sifatida ham quyidagilar aytib o'tilgan:

- tarixiy mavzudagi multimediya mahsulotlarini yaratish va muzeylar hamda mahsus veb-saytlar orqali tarqatish;

- o'zbek xali va davlatchiligi tarixi, o'zbek millati va davlatining turli yo'nalishlarda kishilik sivilizatsiyasida tutgan tengsiz o'rnini yoritish orqali xalqimiz,ayniqsa yoshlarda millat va yurtsevarlik tuyg'ularini yanada kuchaytrib boorish,o'zbeklar va O'zbekistonni dunyo bo'yicha tanitish maqsadida "O'tgan kunlar" internet -portali (veb sayitini) yaratish;

- "O'zbekiston tarixi"telekanali faoliyatini tubdan yaxshilash,ko'rsatuvlarning ilmiylik,ommaboplik,tayyorlash bo'yicha sifatini oshirish,tarixiy tafakkurni shakklantirishdagi ta'sirchanligini kuchaytirish;

- tarixiy shaxslar voqealar,jumladan o'zbek xalqining, ilm-fan, madaniyat sohasidagi olamshumul yutuqlari bilan bog'liq mavzular asosida kompyuter o'yinlarini yaratish [2].

Demak biz yuqorida aytib o'tganimiz raqamli tehnalogiyalar yordamida tariximizni jonlantirish bugun shu soha

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

909

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

vakillari oldiga qo'yilgan eng ustuvor vazifalardan biri ekan. Bundan tashqari bugungi kunda tehnalogiya yopiq va osmon ostidagi ochiq muzeylarga sayohat qilishda yuz beradigan vaqt, mablag' va masofa muammosini ham hal qilishga ulgurgan. Negaki muzeylarning 3D modeli ishlab chiqilmoqda va endi insonlar istalgan vaqtda turgan joylaridan muzeylarga sayohani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Konsepsiyada shuningdek ilmiy tadqiqotchilar uchun ham yetarlicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilish ko'zda tutilgan. Xususan, tarixchi biror davrni o'rganar ekan unga obektiv yondashuv zarur. Buning uchun esa unga o'sha davrda yozilgan birlamchi manbalar yordam beradi. Bilamizki manbalar juda ham ko'p va ularning ko'pchiligi arxivlarda saqlanadi. Bugun esa vaqt va zamon talabidan kelib chiqib arxivlar ham electron shaklda shakllantirib chiqilmoqda.

Bugungi kunda dunyo bo'ylab tarixchilar oldida turgan eng katta masala tarixni o'quvchi, o'rganuvchi uchun qanday qilib samarali usullar yordamida o'qitish, o'rgatishdir. Buning uchun dunyoning turli joylarida turli xil loyihalar ishlab chiqilib, tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan,_ Constitute (https://www.constituteproject.org ): Ushbu raqamli tarix loyihasi odamlarga dunyodagi deyarli har bir mustaqil davlatning konstitutsiyalarini o'qish, qidirish va ularni o'zaro solishtirish imkonini beradi. U har bir davlat konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlar va o'zgarishlarni interaktiv vizual tarzda aks ettiruvchi xronologik jadvalini o'z ichiga oladi. Loyiha yaratuvchilari tomonidan konstitutsiyaga bog'liq voqea va hodisalarning xronologiyasini tuzish, ingliz tilida bo'lmagan konstitutsiya matnlarini ingliz tiliga tarjima qilish kabi ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, loyiha yaratuvchilari ma'lumotlarni to'plash va solishtirish uchun xalqaro yuridik va konstitutsiyaviy bilimlarga ega mutaxassislardan maslahatlar olishgan.

Smithsonian Learning Lab (https://learninglab.si.edu ): Bu loyiha doirasida Smitsonianning 19 ta muzeyi, 9 ta yirik tadqiqot markazlari va Milliy hayvonot bog'ida joylashgan millionlab arxiv ma'lumotlarni, jumladan, yozuvlar, matnlar va videolarni tadqiq qilish, o'rganish va muhokama qilish uchun interfaol sayt platformasi yaratilgan. Ushbu raqamli loyiha Smitson jamoasini tarix, san'at va madaniyat sohalari bo'yicha bilimlarni o'zaro almashishga undaydi.

Hind okeani jahon tarixi sahifalarida (https://www.indianoceanhistory.org): Ushbu raqamli tarix loyihasi odamlarga Hind okeanidagi turli davrlardagi savdo aloqalari tarixini va buyuk geografik kashfiyot davrini aks ettiruvchi hujjatlar va yozma manbalarni, artefaktlarni o'rganish imkonini beradi. Saytda interaktiv xarita, o'qituvchilar uchun dars

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

910

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

rejalari va video sayohatlar mavjud. Sayt manbalari orasida o'tmishdagi sayohatchilarning yozma hisobotlari, hukmdorlar farmonlari va turli shartnomalar kabi siyosiy va iqtisodiy hujjatlar yoki arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan artefaktlar birlamchi manba sifatida muhim o'rin tutadi [3]. Bu va bunga o'xshash ko'plab loyilar dunyoning turli nuqtalarida tinimsiz ravishda ishlab chiqilmoqda.Ko'zlangan maqsad esa tarixni bugungi kun bilan bog'lash,faqatgina kitobdagi yoki arxivdagi ma'lumotlarni o'qib emas zamonaviy tehnalogiyalarni tarixni o'rganishda ham samarali qo'llay olish mumkin ekanligi ko'rsatish. Chunki endi sana yodlash,eslatmalar olish,atlas yoki xaritadan foydalanish eskirgan va samarasiz usul bo'lib qoldi.

Dunyo o'zgaruvchan, inson ertaga nima bilan qarshilashini bilmaydi. Shunday ekan har on har qanday holatga o'zyini tayyorlashi lozim. 2019 yil dunyo bo'ylab yoyilgan virus sababli boshlangan pandemiya ta'lim jarayoniga ham sezilarli ta'sir o'tkazdi. Ma'sofaviy ta'lim o'qituvchilarni onlayn platformalar,mobil ilovalar va veb saytlar orqali darslarni yangicha uslubiy yondavlar bilan o'tishini talab qildi. Bu bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi va platformalar ishlab chiqildi. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirib o'tishimiz mumkin;

Coursera onlayn ta'lim platformasi.Coursera onlayn ta'lim platformasida xorijiy universitetlar vakillari tomonidan o'qitiladigan turli kurslar o'tkaziladi. Shu bilan birga, afzallik shundaki, ko'plab kurslar ingliz tilida bo'lib, bu lingvistik va kommunikativ kompetentsiyalarni rivojlantirishga hissa qo'shadi. Ushbu onlayn ta'lim platformasidan tarixni o'rganish uchun foydalanish mumkin, chunki u turli davrlar va mamlakatlar tarixini o'rganish kurslarini taqdim etadi, o'qituvchilar tarixni o'rganish uchun yordamchi material sifatida foydalanishlari mumkin.

"Khan Academy" onlayn platformasi. "Khan Academy" onlayn platformasi nazariy bilimlarni amalda qo'llashga qaratilgan, chunki unda nazariyani namoyish qiluvchi mashqlar va videolar mavjud. Afzalligi-tarix haqidagi nazariy materiallarni mashq qilish va tasavvur qilish qobiliyatidir. Kamchiligi-platformada onlayn darslarni o'tkazishning mumkin emasligi, chunki foydalanuvchilar faqat tayyor materiallarni yuklab olishlari va ishlatishlari mumkin.

Google Classroom Platformasi. Google Classroom-bu foydalanuvchilarga ma'lum bir mavzuni o'rganayotgan o'qituvchi va talabalar kirishi mumkin bo'lgan virtual sinfni yaratishga imkon beradigan interaktiv o'quv muhiti. Platformada o'qituvchi tarix haqidagi ma'ruzalar, turli tarixiy voqealar haqidagi video yoki audio yozuvlar bilan bo'lishishi, shuningdek testlar yoki boshqa baholash topshiriqlarini ishlab chiqishi mumkin.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

911

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

m

Shunga muvofiq, talabalar topshiriq va uni bajarish muddati to'g'risida elektron pochta orqali xabar olishadi; ular topshiriqlarini yuklaydilar va olingan baholarni ko'rishlari mumkin. Kamchilik-bu onlayn darslarni o'tkazishning mumkin emasligi.

Udemy onlayn platformasi. Udemy onlayn platformasi turli kurslarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, bu nafaqat kasbiy malakalarni oshirishga, balki umumiy ko'nikmalarni oshirishga imkon beradi, bu esa talabalarga yo'naltirilgan o'qitish yondashuvidan foydalanishni ko'rsatadi. Ushbu platformaning afzalligi tarix o'qituvchilariga turli tarixiy voqealar haqida onlayn darslar o'tkazish, audio va video yozuvlarni namoyish etish, shuningdek dizayn testlarini o'tkazish va ularni talabalarga etkazish imkonini beruvchi o'ziga xos xususiyatlardir [4].

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki bugungi kunda interaktiv raqamli tehnalogiyalardan foydalanish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Ushbu raqamli tehnalogiyalardan foydalangan holda o'qitish esa bilim va ko'nikmalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shuningdek raqamli tehnalogiyalarning tarixchi uchun qanchalik muhim ekanligi,arxivlarning,kutubxonalarning raqamlashtirilganligi, manbalarni topishda tezkorlikni ta'minnlash bilan bir qatorda,tarixiy manbalarning video va audio formatda o'rganuvchiga yetkazilishi ham unda tarixga bo'lgan qizishini oshirishga ximat qiladi.Ishlab chiqilayotgan saytlar mobil ilovalar va online platformalar zamonaviy dunyodagi eng samarali usullardan biridir va ularga doim ehtiyoj ortib boradi.

REFERENCES

[1]. Husanboy Mo'minov.Raqamli tarix.T. "Nurafshon business".2022.-B 6.

[2]. https://regulation.gov.uz/uz/d/31751 Demak

[3]. Toyloqov Tuychiboy._RAQAMLI TARIX NIMA? RAQAMLI TARIXIY LOYIHALAR._Oriental Renaissance: Innovative,Educational, Natural And Social Sciences. _October 2022.B425-426

[4]. https : //www.ncbi.nlm.nih. gov/pmc/articles/PMC9305347/.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.