Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorligi
jort^
gi
RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI TARIX FANIDA QO'LLASH
Qunduz Ikromboy qizi Islamova
Chirchiq davlat pedogogika unversiteti gumanitar fanlar fakulteti tarix yo'nalishia
2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Maqolada raqamli tarix nima ekanligi, zamonaviy axbarot texnalogiyalarini ta'lim sohasida qo'llashning samaradorligiga to'xtalib o'tilgan. Raqamli tarixning tarixiga nazar solinib, bugungu kunda qo'llanilish darajasi haqida so'z boradi. Tarixni raqamlashtirish orqali ma'lumotlarni qiyinchiliksiz topish va ilmiy ishlarda foydalanish borasida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar. Raqamli tarix, zamonaviy texnalogiyalar, tarixchi va kompyuter, internet,xarita, diagramma, jadval.
ABSTRACT
The article discusses what digital history is, the effectiveness of using modern information technologies in the field of education. Looking at the history of digital history, we will talk about the level of use today. There is talk about easy access to information and its use in scientific work through the digitization of history
Keywords. Digital history, modern technologies, historian and computer, internet, map, diagram, table.
Ta'lim bu har bir davlatning qurilish asoslaridan va yurtning tayanch poydevoridir. Bu haqiqatni anglagan davlatlar kundan-kunga ta'limga katta e'tibor bermoqdalar. Xususan, ta'lim sohasida eng so'nggi ilg'or texnalogiyalarni qo'llash, zamonaviy ta'lim metodlaridan samarali foydalanish zamon talabiga aylanganligini ko'rish mumkin. Axbarot texnalogiyasi bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo'lib, ular yordamida ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan turli-tuman masalalarni hal etish mumkin. Ayniqsa raqamli texnalogiyalarni fan tarmoqlari bo'yicha to'g'ri qo'llash juda yaxshi va samarali natijalarga olib keladi. Har bir sohada bo'lgani kabi ta'limda ham zamonaviy texnalogiyalar kirib kelib ilmiy yangiliklar yaratilishiga sabab bo'layotganligiga guvoh bo'lmoqdamiz. Shu jumladan tarix fanida zamonaviy texnalogiyalar tarixchini yanada qiziqarli va mazmunli izlanishlar olib borishga undamoqda. Tarixiy ma'lumotlarni saralash, ajratish, aniqlik kiritish bilan bog'liq
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
963
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
jort^
bo'lgan jarayonlarda zamonaviy texnalogiyalar juda yaxshi ko'makchi bo'lishi mumkin. Oxirgi paytlarda raqamli tarix atamasi tez-tez uchrab turibdi. Xo'sh bu raqamli tarix deganda nimani tushunishimiz kerak? Raqamli tarix bu tarixchilarning arxiv materiallarini raqamlashtirish va ularni internetga kirish imkoni bo'lgan foydalanuvchilarga taqdim etish uchun zamonaviy kompyuter va komunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanishi tushuniladi.[1] Raqamli tarix onlayn ma'lumotlar bazasiga havolalar beradi, raqamli tarixchilarning ilmiy sohada rolini tushuntiradi va hozirgi zamonaviy ilm-fanda tarixchi nimalarga tayyor turishi kerakligi tushuntirib o'tadi. Keng ma'noda bu tushunchaga ilmiy aniq ta'rif bo'lmasada, umumiy qabul qilingan tushunchalarga muovofiq tarixiy dalillarni to'plash, miqdorini aniqlash, talqin etish va baham ko'rishda kompyuter texnalogiyalaridan foydalanish nazarda tutiladi. Raqamli tarixning eng katta yutuqlaridan biri onlayn arxiv bo'lib, unda izlanuvchi olimlar tartibga solingan hujjatlar orasidan o'ziga kerakli ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida olib foydalanishi mumkin bo'ladi. Onlayn videolar orqali keng ommani tarixga qiziqishini orttirib ilm olishga qiziqtirish imkoni ham katta. Ijtimoiy tarmoqlar orqali qisqa va qiziqarli videolar qo'yish zamonaviy ilm oluvchilarni jalb etishi turgan gap. XX asrning 80-90-yillarida tarix fanida kompyuterlardan ilmiy ishlarni terish va tahrirlash ishlarida foydalangan bo'lishgan bo'lsa, keyinchalik manbalar bilan ishlashdagi yangicha uslublarda ham qo'llana boshlandi. [2]. Manbalar matnlari va boshqa tasvirlar skanerlar yordamida kompyuter xotirasiga kiritila boshlandi, ayni vaqtda optik disklarning paydo bo'lishi bilan kopmyuterlarning juda katta hajmga ega ma'lumotlarni saqlash imkoniyati oshib bordi. 1986-yilda "tarixchi va kompyuter" nomli xalqaro assatsatsiya tuzildi va 1992-yilda uning tarkibiga bir qator MDH davlatlari tarixchilari ham kiritildi. [3] Texnalogiyalar zamonaviylashib hazirgi kunga kelib har qanday inson o'zi yoki bajariyotgan ishlari haqida istalgan joydan turib internet orqali ma'lum qilishi mumkin. Tarixchi olim shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari orqali olib borgan izlanishlari haqida ommaga xabar berishi mumkin. O'z navbatida bu ma'lumotlardan boshqa izlanuvchilar ham foydalanish imkonini beradi. Dunyo bo'ylab izlanuvchi olimlarning hamkorligini mustahkamlash ishlarini ham raqamli tarix orqali samarali olib boorish mumkin. Bundan tashqari olimlar o'z ilmiy ishlarini turli xil jadval, diagramma xaritalarni kiritib mukammalroq tushuntirib berish imkoniyatini qo'lga kiritgan holda ilmiy ishlarning darajasini yuksaltirishlari mumkin bo'ladi. Xorijiy o'lkalarda bu yo'nalish XXasrning 90-yillarida AQSHda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan bog'liq. Qiziq tomoni bu soha dastlab tarixchilar orasida emas balki muzeylar, arxivlarda mavjud materiallarni raqamlashtirish ya'ni ulardan foydalanishni
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
964
Technologies^n^heEducationMproces^
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
ta'minlash bo'yicha amaliy vazifalarni hal etuvchi amaliyotchilar doirasida vujudga kelgan.[4].Oxirgi yillarda kompyuter texnalogiyalarini tarix ilmiga qo'llashning an'anaviy sohasi manba-ma'lumotlarni matematik statistik qayta ishlashda yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi. Statistik dasturiy paketlar tarixchilar uchun qulaylashtirilib, ko'p o'lchovli tahlil va vizuallash vositalari bilan boyitiladi.[5]. Bunda oddiylikdan murakkablik tomon borib diagrammalar, jadval va xaritalar aniqlashib bordi. Biror tarixiy voqeylikni yoritishda aniqroq tasavvur berish uchun raqamli texnalogiyalardan to'g'ri va o'z o'rnida qo'llay olish tarixni o'rganishda muhim qadam bo'lib hisoblanadi.zamonaviy reallikning beqarorligi, ehtimoliyligi murakkablik barcha jabhada namoyon bo'lmoqda. Shu sababli insoniyatga zamonaviy murakkab makonda faoliyat olib borishi uchun yangi usullarni bilishi zarurdir. [5]. Yurtimizda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilib, ta'lim sohasi xususan gumanitar fanlarda qo'llash bo'yicha izlanishlar olib borilmoqda. Ta'limda raqamli texnalogiylarni qo'llay olish naqadar katta natijalarni berishini anglagan holda, eng samarali uslublarni ishlab chiqish bugunning dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda.
Xulosa
Zamonaviy texnalogiyalar kirib kelmagan soha qolmagan. Shu jumladan tarix fani ham bundan holi emas. Yuqorida raqamli tarixning ijobiy tomonlarini ko'rib chiqdik. Dunyo ilm-fanida o'z o'rnini mustahkam egallashga ulgurgan raqamli tarix yurtimizda ham samarali qo'llanmoqda. Yaqin kelajakda vatanimiz tarixini yoritishda yanada aniqroq yondashgan holda yangidan-yangi manba turlarini yaratish imkoniga egamiz. Bu imkoniyatlardan to'g'ri foydalanib tarixni yoritishda zamonaviy uslublarni qo'llab, amaliyotga tatbiq etib borishimiz zarurdir.
REFERENCES
1. T. Toyloqov. Raqamli tarix nima? https: //cyberl eninka.ru
2. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti. Tarix fanining nazariy asoslar. Toshkent-2020.145-bet.
3. Alimova. D. A. Tarix fani metadologiyasi. Toshkent-2018.234-bet.
4. Xusanboy Mo'minov. Mavlonbek Komolov. Raqamli texnalogiyalar va raqamli tarix. https://www.researchgate.net
5. Sanobar Shadmanova. Tarixiy tadqiqotlarning metadalogiyasi va zamonaviy usullar. Toshkent-2018. 60-bet.
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
965