Научная статья на тему 'ARIX FANIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YOXUD RAQAMLI TARIX'

ARIX FANIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YOXUD RAQAMLI TARIX Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

148
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sanjarbek Saidmurod O’g’li Shoyimov

Globallashayotgan sivilizatsiya davri – bu davr o‟zining ajabtovur texnologik o‟zgarishlar hamda fanda inqilob yasagan raqamli texnologiyalari bilan xarakterlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARIX FANIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YOXUD RAQAMLI TARIX»

g

TARIX FANIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

YOXUD RAQAMLI TARIX

Globallashayotgan sivilizatsiya davri - bu davr o'zining ajabtovur texnologik o'zgarishlar hamda fanda inqilob yasagan raqamli texnologiyalari bilan xarakterlidir.

Hozirgi davr fani - bu zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda o'quvchilar uchun interfaol usullar orqali darslarni tashkil etishni dolzarb vazifa sifatida qo'ydi. Chunki, ta'lim oluvchi yoshlar yoshligidan boshlab, texnika vositalari bilan hamohang ravishda o'sib ulg'aymoqda. Bunday fanga qiziquvchi yoshlar o'z ustozlaridan ham fanni zamonaviy texnika yutuqlaridan foydalangan holda o'tishlarini talab etishadi va umuman olganda bugungi kun har bir soha raqobatbardosh mutaxassisi ta'lim berayotgan fanini zamonning ilg'or texnikaviy vositalaridan va yangiliklardan foydalangan holda darsni tashkil etishi lozim.

Xuddi biz ham hozirgi kunda ta'lim muassasalarida o'qitib kelayotgan tarix fani ham mana shunday raqamli formatsiyaga muhtoj. Albatta, savollar tug'ilishi tabiiy, tarix fani o'tgan davrni arxeologik manbalar, tarixiy asarlar, yodgorliklar, muzey eksponatlari, arxivlar va boshqa tarixiy faktlar orqali o'rgansa, bu fanda raqamli texnologiyalardan foydalanishni yoki raqamli tarixni nima keragi bor? deb o'ylashi mumkin. Biz aytmoqchimizki, aynan tarix fani ishqibozlarini ushbu fan yutuqlarini bugungi kun zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda o'rganish - ya'ni tarix fanini o'qitish, o'rganishni modernizatsiya qilish - ushbu fanda judda katta inqilob(o'zgarish) yasaydi. Masalan, birgina misol o'sha siz va biz tashrif buyuradigan milliy va tarix muzeylarimizdagi eksponatlarning 3D modelini yasash orqali birinchi navbatda biz jonsiz tarixni jonlantiramiz, yani tiriltiramiz, bu tarix ishqibozlari, turistlar va ko'ngilli kishilarni jalb qilishning bir vositasi o'laroq, ushbu muzey va eksponatlarni jahonga mashhur qilishimiz mumkin.

Ya'ni buning uchun fan mutaxassisidan 2 ta muhim narsa talab qilinadi:

1. Sohaviy intellekt.

2.Zamonaviy texnologiya yutuqlaridan foydalana olish.

Raqamli texnologiyalar (ing., Digital technology) -signallarni uzluksiz spektr shaklida emas, balki analog darajadagi

Sanjarbek Saidmurod o'g'li Shoyimov

Toshkent moliya instituti, Toshkent, O'zbekiston sanj arbekshoyimov@gmail .com

diskret signallar bilan ishlaydi. Hozirda raqamli texnologiyalar

October 20, 2023

g

bu ma'lumot "raqamlashtirilgan", ya'ni universal raqamli shaklda taqdim etiladigan texnologiyalar bo'lib, ular muammolarni tezda hal qilish uchun axborotni kodlash va uzatish usullariga asoslanadi. Xuddi shu texnologiyalar tarix fanida qo'llash bo'yicha ishlar amalga oshirilgan va amalga oshirilmoqda.

Raqamli tarix (ing.,Digital History) - ushbu ibora ommalashayotganligiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, asosan, G'arb va boshqa rivojlangan mamlakatlarda ommalashib ulgurdi.

Xorij tarixshunosligida mazkur terminning tadbiq etilishi asosan XX asrning 90-yillarida AQShda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bog'liq. Ammo "Digital History" tarixchilar (tadqiqotchilar va o'qituvchilar) orasida emas, balki muzeylar, arxivlar va boshqa tarixiy-madaniy merosni saqlab qolish muassasalarda IT-ilovalar bilan shug'ullanib tegishli materiallarni raqamlashtirish va ularga kirish, ya'ni ulardan foydalanishni ta'minlash bo'yicha amaliy vazifalarni hal etuvchi "amaliyotchilar" doirasida yuzaga kelgan. "Raqamli tarix" (ing., "Digital History") -raqamli gumanitar fanlarning bir bo'limi bo'lib, o'tmishni o'rganish va taqdim etish uchun raqamli media, kompyuter va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llaydi va ulardan foydalanishni o'rganadi. Keng ma'noda uni tarixiy materiallarni to'plash, miqdorini aniqlash, talqin qilish va baham ko'rishga yordam beradigan komputer, Internet tarmog'i va dasturiy tizimlarning yangi kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlaydigan o'tmishni o'rganish, tasvirlash va sharhlash usuli sifatida tushunish mumkin. Raqamli samaradorligi quyidagilardan iborat: raqamli arxivlar, onlayn taqdimotlar, ma'lumotlar vizualizatsiyasi, interaktiv xaritalar, vaqt jadvallari, audio fayllar va virtual olamlar tarixni foydalanuvchiga qulayroq qilish. So'nggi raqamli tarix loyihalari ijodkorlik, hamkorlik va texnik innovatsiyalar, ma'lumotlarni intellektual tahlil qilish, korpus lingvistikasi, tarmoq tahlili, 3D modellashtirish va katta ma'lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan[3].

Raqamli tarix bilan shug'ullanish, albatta, o'tmishni raqamlashtirishdir, ammo bu bundan ham ko'proq. Bu texnologiya orqali odamlarning boshdan kechirishi, o'qishi va asosiy tarixiy muammo haqidagi argumentni kuzatishi uchun asos yaratishdir[5].

Ma'lumki, "Digital History"ning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni AQShda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bog'liq. Jumladan, 1997-yilda amerikalik tadqiqotchi Edvard Linn Eyers (ing., Edward Lynn "Ed" Ayers) va Uilyam G. Tomas III (ing., William G. Thomas III) tomonidan ilk marotaba "Digital History" termini qo'llanilib, AQShning

Virginiya universitetida "Virginia Center for Digital History,

October 20, 2023

g

g

VCDH" ("Virginiya raqamli tarix markazi") markazi tashkil etilgan [2]. Ushbu olimlar o'z tadqiqotlari orqali raqamli tarix atamasiga quyidagi ta'riflarni bergan. Edvard L. Eyers "The Pasts and Futures of Digital History" ("Raqamli tarixning o'tmishi va kelajagi", 1999) nomli maqolasida tarixchilarni o'z ishini yanada rivojlantirish uchun raqamli vositalardan foydalanishga undaydi. Uning ta'kidlashicha, "Raqamli tarix tarixning ko'proq adabiy turini yaratishda ham katalizator, ham vosita bo'lishi mumkin" Muallif tarixchilarni "elektron ekranda dinamik ravishda o'zaro bog'langan matn" imkonini beradigan gipermatnli hikoyalarni ishlab chiqishga chaqiradi[3].

Raqamli tarix iborasini Edvard Linn Eyers birinchi bo'lib qo'llagan bo'lsa-da, ushbu sohaning rivoji ulkan hissa qo'shgan olim bu - Roy Alan Rozenzveyg (19502007) amerikalik tarixchi edi. U raqamli tarixni o'rganish va uni ommalashtirish bo'yicha juda ko'plab, konferensiyalar uyushtirdi. U Tarix va Yangi Media Markazi (CHNM) asoschisi va direktori sifatida u AQSh tarixi, tarixiy tafakkur, Fransiya inqilobi, fan va texnologiya tarixi, 2001 yil 11 sentyabr xurujlari, jahon tarixi kabi turli xil raqamli tarix loyihalarida ishtirok etgan. Bularning barchasi CHNM veb-sayti orqali mavjud. Raqamli tarixdagi ishi 2003-yilda "gumanitar fanlar bo'yicha stipendiya va o'qitishni rivojlantirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi ajoyib yutug'i" uchun (Milliy gumanitar fanlar markazi va Rokfeller jamg'armasi tomonidan berilgan) Richard V. Layman, "tarixni o'qitish va o'rganishga qo'shgan ulkan hissasi uchun" Amerika Tarix Assotsiatsiyasining Jeyms Xarvi Robinson mukofotlariga sazovor bo'lgan. Uning o'limidan so'ng markaz uning sharafiga Roy Rozenzveyg tarixi va yangi media markazi deb o'zgartirildi[7].

Bugungi kunda uning ishini Duglas Seefeldt va Uilyam G. Tomas raqamli tarix amaliyoti uchun veb-resurs bo'lgan Digital History (http://digitalhistory.unl.edu/ ) muharrirlari sifatida davom ettirishmoqda[4]. Rossiyada kiber tarixchi Igor Yakovlev shu sohada faoliyat olib bormoqda.

Raqamli tarix faoliyatiga quyidagilar kiradi: ^ onlayn raqamli arxivlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish; ^ katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish;

^ ma'lumotlarni vizualizatsiya qilishdan foydalangan holda munosabatlarni o'rganish;

^ matnni tahlil qilish;

^ og'zaki suhbatlarni raqamli qayta ishlash va saqlash;

October 20, 2023

gL

^ tarixiy ma'lumotlarni xaritalar (eski va yangi) bilan birlashtirish va GIS (Geografik axborot tizimlari)dan foydalanish;

^ tarixiy natijalarni veb-sahifalarda taqdim etish va boshqalar [3]. Raqamli tarix bo'yicha ko'plab nashrlarni tahlil qilgan holda, biz uning ikki asosiy yo'nalishda ish olib borishini ko'rsatishimiz mumkin: 1) Internet auditoriyasini, ya'ni tarmoq foydalanuvchilarining tarixiy bilimlarini chuqurlashtirish. Bunda ularni raqamli arxivlar, interfaol xaritalar, voqealar xronikasi (yilnomalar), vaqt jadvallari bilan tanishtirish; 2) Tarixchi olimlar uchun tarixni fan sifatida rivojlantirishga yordam beradigan yangi tadqiqot vositalarini yaratish

Tarix uchun, kelajakdagi raqamli muhit bizning ba'zi an'anaviy usullarimizga, ehtimol bizning intizomimizning hunarmandchilikka yo'naltirilgan amaliyotlariga qarshi chiqishi mumkin. Kelajakda bizning manbalarimiz deyarli butunlay raqamli bo'ladi - lahzali xabarlar, elektron pochta xabarlari, hujjat fayllari, pdf-lar, raqamli videolar, podkastlar va ma'lumotlar bazalari. Ularning ko'lami va murakkabligi tarixchilardan o'zlarining raqamli manbalarini yaratish va boshqalar tomonidan yaratilganlardan foydalanish uchun hali amaliyotimizning bir qismi bo'lmagan vositalar va usullardan foydalanishni talab qiladi.

Dunyoda mashhur raqamli tarix markazlari:

❖ Jorj Meyson universitetining Tarix va yangi media markazi

❖ Merilend universiteti gumanitar fanlar bo'yicha Merilend texnologiya instituti

❖ Virjiniya universitetidagi Virjiniya raqamli tarix markazi

❖ Virjiniya universiteti qoshidagi Gumanitar fanlar bo'yicha ilg'or texnologiyalar instituti

❖ Illinoys universiteti gumanitar fanlar, san'at va ijtimoiy fanlar bo'yicha hisoblash instituti .

❖ Klivlend shtat universitetidagi jamoat tarixi va raqamli gumanitar fanlar markazi

❖ London King's kollejining raqamli gumanitar fanlar bo'limi

❖ Umea universitetidagi HUMlab, Shvetsiya[6].

Tarix fanida raqamli texnologiyalardan foydalanish quyidagi afzalliklarga olib keladi:

S Birinchi navbatda, fanning modernizatsiya bo'lishi tufayli fanning rivojlanishi, zamon talablariga javob berishi hamda eng asosiysi, fanning o'z tomoshabinlarini yanada ko'payishiga, tarix o'qitish va o'rganishning sifati oshishiga;

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

311

jort^

¿L

S Ikkinchidan, raqamli texnologiyalarni qo'llash natijasida fanga doir materiallar hajmining ortishi hamda ulardan fan auditoriyasining bemalol foydalana olish mumkinligi;

S Fanni rivojlantirish maqsadida ilg'or xorijiy mamlakatlarning raqamli tarix markazlari bilan hamkorlik qilish va b.q.

Xususan, O'zbekistonda ham tarix fani va uni bugungi kun zamon talablari darajasida rivojlantirish bo'yicha hukumat tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Jumladan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi" ning 77-maqsadida: "O'zbekiston tarixini o'rganish va uni targ'ib qilishni rivojlantirish" belgilandi. Shuningdek, 2023-yilning 11-sentabr kuni qabul qilingan "O'zbekiston - 2030" strategiyasining 1.5 bandi "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha islohotlar" deb nomlanib, unda tarix fani sohasida quyidagi o'zgarishlar amalga oshirish rejalashtirildi:

S Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat va san'at yo'nalishlaridagi ilmiy dasturlar uchun 2 trillion so'm ajratish.

S 2,5 million muzey ashyosini raqamlashtirish.

S Milliy qahramonlar haqida 10 ta multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish.

S Dunyodagi eng ommabop 10 ta internet platformasiga milliy filmlarni joylashtirish[1].

Yuqoridagi rejalardan ko'rinadiki, hukumat ma'naviy taraqqiyotni ta'minlashda tarix fani rolining beqiyosligini anglagan holda ushbu sohani rivojlantirish uchun homiy sifatida qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligidan dalolatdir.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish, birinchidan, o'qitishning samaradorligini taminlash, ikkinchidan, dars jarayonlariga oid turli ilyutratsiya, video roliklar, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash, uchinchidan, o'qituvchi-pedagoglarning multimedia maxsulotlari, kompyuter texnikasi, Internet vositalaridan foydalanish va ularni dars jarayonida qo'llash malakalarini oshirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi xulosalarimizdan kelib chiqib quyidagi: birinchidan, o'qituvchilarni raqamli texnologiyalardan foydalanish malakalarini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz metodik xizmat tizimini yaratish; ikkinchidan, raqamli texnologiyalardan oqilona va maqsadli foydalanish

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

312

g

g

hamda ta'lim jarayoni ishtirokchilarining raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan darslarga moslashuvchalik qobiliyatini shakllantirish kabi zarur tavsiyalarga amal qilish talab etiladi.

REFERENCES

[1] "Yangi O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida, PF - 158 sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 2023 yil 11 sentabr. regulation.gov.uz

[2] Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida PF-60 sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. 2022 yil 28 yanvar. https://lex.uz/uz/docs/-5841063

[3] H.Mo'minov, M.Kamolov. Raqamli texnologiyalar va raqamli tarix. // Общество и инновации - Society and innovations, Andijan: 2023. 14-16 betlar.

[4] Douglas Seefeldt, William G. Thomas III. What is Digital History? A Look at Some Exemplar Projects. Faculty Publications, Department of History. 98. May, 2009. - P.2. URL: https://digitalcommons.unl.edu/historyfacpub/98

[5] O.To'xtayev, J.Oripov. Ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb jihatlari va ahamiyati. Science and innovation international scientific journal volume 1 issue 6 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337. 311 bet.

[6] https://en.wikipedia.org/wiki/Digital_history

[7] https: //en.wikipedia.org/wiki/Roy_Ro senzweig

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.