Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023
Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
RAQAMLI TARIX MUKAMMAL XOTIRA ASOSI SIFATIDA.
Mahfuza Husenovna Sa'dullayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta'lim jayonlarida xotirani o'tkirlash va charxlash mnemonik usullardan foydalanish va mukammal xotira shakillantirish usullari haqida so'z ketadi. Talabalar va ularda mavjud xotira bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish yo'llarini ochib berishga harakat qilindi.
Kalit so'zlar: Pedagog, mnemonika, xotira, texnologiya, raqamli avlod, material, mnemonic usul, svilizatsiya, potensial, innovatsion, kreatif yondashish. Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.[1.2016]
Bugun ayni hayot sur'atlari tezlashgan zamonda inson omili uchun xizmat qlishi lozim bo'lgan ko'plab jihatlar raqamlashtirilmoqda. Zero dunyoning kuzatuvchisi sifatida inson o'zgarish va yangiliklarni o'rganishi, ulani qayta ishlashi va eslab qolishi muhim. Bu jaroyon albatta insondan ruhiy va jismoniy mehnat talab etadi. Biz pedagoglar esa talabalarimiz duch kelayotgan ana shunday muammolar ustida tahliliy va tartibli faoliyat olib borishimiz juda muhim. Zero, talabalarga ketma-ketlikda berilgan o'quv materiallari, tarixiy voqealar ularni barchasini eslab qolishlari uchun qiyinchilik tug'diradi. Talabalarda berilgan ma'lumotlarni anglab, eslab qolishlari uchun xotira mashqlarini, mnemonik texnikalardan foydalangan holda olib borish lozim. Mnemonik mashqlar bilan bir qatorda darslarni vizual, 3d formatda, prezintatsiyalar asosida tashkillashtirish maqsadga muofiq. Raqamli tarix jarayoni mnemonik texnologiyaga singdirilgan holda tashkillashtirilgan darslar mukammal xotirani shakllantirishi aniq.
Bugungi kun talabasi albatta mukammal xotira egasi bo'lishi, zamonaviy talaba sifatida "raqamli avlod" ko'zgusini o'zida paydo qilmog'i lozim. Xotiraning mukammalligi talaba yoshlarni qiychiliklardan qutqaradi Masalan "Jahon tarixi" yoki, "O'zbekiston tarixi"dagi mavzularni oladigan bo'lsak bu mavzularda qanchalab raqamlar, joy nomlari, tarixiy shaxslar nomlari va voqelik jarayonlarini o'z ichiga oladi. Ularni barchasini eslab qolish uchun vizualizatsiya qilamiz yoki raqamlashtirib chiqamiz.
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
73
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
jort^
Bu mashq jarayonlarini mnemonik metodlarning biridan foydalangan holda boshlasak ham bo'ladi. Biz mnemonik metod qanchalik mahoratli bo'lishidan qat'i nazar, talabaga biroz vaqt beramiz chunki, bunga vaqt sarflamasdan yangi materialni o'zlashtira olmaydi. Umumiy vaqt gipotezasiga ko'ra, yodlangan material miqdori sarflangan vaqt miqdoriga to'g'ri keladi, shu sababli biz talaba bir zumda yodlashni kutishimiz xato uni xotira saroylariga joylashiga, mustahkamlashiga yo'l qo'yib berishimiz lozim.
Takrorlash usuli. To'plash va taqsimlash qonuniga ko'ra, cheklangan takrorlashlar bilan vaqt bo'yicha taqsimlangan takrorlashlar bir martalik takrorlashlarga qaraganda samaraliroq eslab qolishga imkon beradi bu g'oya xotira tadqiqotchisi G.Ebbingxaus [2.2019] tomonidan ilgari surilgan. Bu metodga berilgan manbani qayta-qayta tez-tez tanaffus bilan takrorlab turish lozim. Tarixni o'rganish, yodlash, takrorlab turish zarur, bu talabalar uchun muammo, qiyin jarayon kabi anglashiladi. Shu sabab ham o'quvchilarga mnemonik usullardan qulay va samarali foydalanishda dastlab motivatsiyalar berish zarur [3.472]. Tarixni o'qitishda faol izlanish usuli dolzarbdir. Ushbu so'zlar bilan dasturni va qo'shimcha tarixiy materialni qayta ishlash va tushunish bo'yicha doimiy ishlarni tushunish kerak, ham o'qituvchi, ham uning shogirdlari tomonidan. Ayniqsa, hozirgi siyosiy va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda. O'qituvchi zamonaviy ilm-fanni yoritishda ko'rinib turganidek, bolalarni tarix olami bilan tanishtirishi va shu bilan birga tarix zamonaviy sivilizatsiya poydevorini tashkil etuvchi bugungi kun uchun tirik ekanligini ko'rsatishi kerak.
Fikrlashni rivojlantirish bo'yicha ishlar katta hajmdagi bilimlarni samarali o'zlashtirishni ta'minlash va ijodiy rivojlangan shaxsni shakllantirish imkonini beradi. Bu borada
Ushbu tavsiyalarni har qanday yangi materialni o'zlashtirishingiz kerak bo'lgan holatlarda qo'llash yodlash samaradorligini oshiradi.
Imtihonda qiyin savolga javob berasizmi, omma oldida improvizatsiya qilasizmi, murakkab ma'lumotlarni tahlil qilasizmi yoki taqdimot qilasizmi, ma'lumotni tezda qayta ishlash qobiliyati hayotiy mahoratdir. Agar siz birinchi jumlani ikkilanmasdan o'qigan bo'lsangiz va unda nima deyilganini darhol tushungan bo'lsangiz, unda sizning ish xotirangiz bilan nisbiy tartib mavjud. Aks holda, uni yaxshilash uchun ba'zi samarali strategiyalar va texnikalar bilan qurollanishingiz kerak. "Tizim o'z oldiga hududlar sohalar kesimida har tomonlama yuksalishiga munosib hissa qo'sha oladigan o'rta bo'g'in kadrlarni tayyorlash yoshlarrni malakali mehnat orqali o'z
https://cspi.uz/
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
74
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi
g
я
hayot faravonliigini ta'minlashga o'rgatish, o'z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreatif yondashish, yaratuvchanlik, ma'naviy potensialni rivojlantirish kabi vazifalarni qo'yadi" [4.3-4]
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. 12.12.2016
2. Герман Эббингауз" : Британника. 2019 июль 27 июнь, Британника: //britannica.com .
3. Sa'dullayeva Mahfuza. Tarix ta'limida mnemonika: xotiradan to'g'ri va noto'g'ri foydalanish.// Ta'lim, fan va innovatsiya. 2023.2-son 471-473-betlar.
4. Xolmuxammedov M.M. "Professional ta'lim tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida modernizatsiya qilish"//Uzluksiz ta'lim ilmiy-uslubiy jurnal. 2021.6-son 3-4-betlar.
https://cspi.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
October 20, 2023