Научная статья на тему 'TIZIMLI ESDA SAQLAB QOLISHDA MNEMONIK USULLARNING AHAMIYATI'

TIZIMLI ESDA SAQLAB QOLISHDA MNEMONIK USULLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
187
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Mojor” tizimi / tizim / xotira / mnemonik usul / tasavvur / takrorlash / informatsiya / ehtiyoj / eslab qolish / assotsiatsiya / qiziqish / diqqat / система «Можор» / система / память / мнемонический метод / воображение / повторение / информация / потребность / припоминание / ассоциация / интерес / внимание

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soatov Asadulloh Jabborovich

Maqolada axborot asrida informatsiyalarning inson xotirasiga ta’siri, xotira imkoniyatlaridan unumli foydalanishda mnemonik bilimlarning roli va ikki xonali sonlarni eslab qolishda “Mojor” tizimidan foydalanishning ilmiy hamda amaliy ahamiyati ochib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ МНЕМОНИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В СИСТЕМАТИЧЕСКОЙ ПАМЯТИ

В статье раскрывается влияние информации на память человека в информационный век, роль мнемонических знаний в эффективном использовании памяти, а также научная и практическая значимость использования системы «Можор» для запоминания двузначных чисел.

Текст научной работы на тему «TIZIMLI ESDA SAQLAB QOLISHDA MNEMONIK USULLARNING AHAMIYATI»

Soatov Asadulloh Jabborovich,

Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Pedagogika, psixologiya va ta'lim menejmenti" kafedrasi katta o'qituvchisi, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktoiri (PhD)

TIZIMLIESDA SAQLAB QOLISHDA MNEMONIK USULLARNING AHAMIYATI

UO'K: 155.3 (045) DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_3_3

SOATOVA.J. TIZIMLI ESDA SAQLAB QOLISHDA MNEMONIK USULLARNING AHAMIYATI

Maqolada axborot asrida informatsiyalarning inson xotirasiga ta'siri, xotira imkoniyatlaridan unumli foydalanishda mnemonik bilimlarning roli va ikki xonali sonlarni eslab qolishda "Mojor" tizimidan foydalanishning ilmiy hamda amaliy ahamiyati ochib berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: "Mojor" tizimi, tizim, xotira, mnemonik usul, tasavvur, takrorlash, informatsiya, ehtiyoj, eslab qolish, assotsiatsiya, qiziqish, diqqat.

СОАТОВ А.Ж. ЗНАЧЕНИЕ МНЕМОНИЧЕСКИХ МЕТОДОВ В СИСТЕМАТИЧЕСКОЙ ПАМЯТИ

В статье раскрывается влияние информации на память человека в информационный век, роль мнемонических знаний в эффективном использовании памяти, а также научная и практическая значимость использования системы «Можор» для запоминания двузначных чисел.

Основные понятия: система «Можор», система, память, мнемонический метод, воображение, повторение, информация, потребность, припоминание, ассоциация, интерес, внимание.

SOATOV A.J. THE SIGNIFICANCE OF MNEMONIC METHODS IN SYSTEM MEMORY

The article reveals the influence of information on human memory in the information age, the role of mnemonic knowledge in the efficient use of memory, as well as the scientific and practical significance of using the Moyor system for memorizing two-digit numbers.

Basic concepts: Major system, system, memory, mnemonic method, imagination, repetition, information, need, recall, association, interest, attention.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

Kirish. Informatsiyalar ko'lami kundan-kun ken-gayib borayotgan bugungi axborot asrida xotira-sidan nolimaydigan kishilar kamchilikni tashkil qilmoqda. Bunga asosiy sabablardan biri sifa-tida internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanib borishi evaziga ma'lumotlar hajmining kundan-kunga oshib borayotganligini misol qilib keltirish mumkin.

O'tgan asrda yashagan o'rtacha dara-jadagi ijtimoiy faol shaxs ehtiyoji darajasidagi ma'lumotlarni olish uchun yangiliklarni gazeta, jurnal radio va televideniye orqali ola bil-gan. Bu jarayonda ma'lumotlarga ega bo'lish hajmi cheklangan. Chunki insonlar o'qiyotgan gazeta va jurnalining sahifalari tugashi bilan ma'lumotlarni olish jarayoni yakunlangan yoki radio orqali eshitayotgan ma'lumoti, televizor orqali ko'rayotgan axboroti tugashi bilan jarayon oxiriga yetgan.

Bugungi axborot asrida esa dunyo bo'yicha global internet tarmoqlariga har kuni milliardlab matnli, audio shaklga va video ko'rinishga ega bo'lgan ma'lumotlar joylanmoqda. Bugungi o'rtacha darajadagi ijtimoiy faol shaxs qiziqish-lari va kasbiy ehtiyojiga oid ma'lumotlarni olish uchun har kuni katta hajmdagi ma'lumotlar oqimiga duch keladi. Uning ichidan o'zi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni minglab sayt hamda kanallar ichidan saralab olishiga to'g'ri keladi.

Yuqoridagi taqqosdan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, ma'lumotlar hajmining kengligi psixik jihatdan aqliy faoliyatimizga sezilarli darajada o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu jarayonda mavjud psixik sifatlarimizning (idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat) imkoniyat-laridan unumli foydalanishni to'g'ri yo'lga qo'ya bilishimiz nihoyatda muhim hisoblanadi. Ayniqsa xotira xususiyatlarimizdan (esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurish) unumli foydalana olishi-miz uchun bu sifat judayam muhimdir.

Xotira imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olish uchun esa muayyan ko'nikma va qonuni-yatlarga tayanishimiz lozim bo'ladi. Ushbu ko'nikma va qonuniyatlar bizdagi ma'lumotlarni tartibli ravishda o'ziga bog'liq bo'lgan boshqa tushunchalarga tayangan holda o'rinli esda saqlab qolishimiz uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, biz uchun ma'no anglatmaydigan ko'p xonali sonlarga ko'zimiz tushganida shunday qonuni-yatlarga yanada ko'proq ehtiyoj tug'iladi. Bun-day qonuniyatlar psixologiyaning xotira va uning

imkoniyatlarini o'rganuvchi mnemonika soha-sida keng o'rganiladi1.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda hay-otimizni raqamlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Oddiy ish harakatimizdan tortib, murakkab funksiyalarni bajarish jarayonida ham raqamlar bilan hisoblashishga majbur bo'lamiz. Ma'lumki, boshqa bilimlar, tushunchalar, voqealar va ma'lumotlarga nisbatan raqamlarni eslab qolish anchayin murakkab. Ayniqsa, raqamlarning soni oshib borgani sari ularni eslab qolishimiz ham qiyinlashib boraveradi2.

Shuning uchun raqamlarning soni qanchalik katta bo'lishidan qat'i nazar ularni puxta eslab qolish uchun qo'llaniladigan mnemonik usul "Mojor" tizimini bilish har bir inson uchun foy-dali hisoblanadi. Mojor tizimi ikki xonali sonlarni undosh tovushlarga bog'lash va tovushlarning bosh harflaridan so'z tuzish, so'zlardan esa noo-datiy voqea tuzish orqali sonlarni yaxshi eslab qolish uchun qo'llaniladigan mnemonik usuldir. Ushbu tizimni o'zlashtirish orqali sonlarni esda saqlab qolishda qiyinchiliklarga duch keluv-chi kishilar o'zi uchun zarur bo'lgan ikki xonali sonlarni osonlik bilan esda saqlab qola olish ko'nikmasiga ega bo'ladi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asar-lari qisqacha tahlili. Bu tizim yevropalik olim Yohan Vilkenman tomonidan 1648 yilda ish-lab chiqilgan. Major tizimi va uning samara-dorlik dajasi bugungi kungacha chet el olimlari Toni Buzan, D.O'breyn. A.Safronov, S.Matveyev kabi olimlar tomonidan ilmiy o'rganilgan. Usul nafaqat xotira sifatlarini rivojlantirishga, balki, idrok, tafakkur, tasavvur, nutqiy faoliyatning ham rivojlanishida ijobiy ta'sir ko'rsatishi tajribalarda aniqlangan. Mamlakatimizda yosh mnemonistlar Sh.Rahmonov, M.Abdullayev, Sh.Abduraimova, S.Muydinovlar tomonidan "Mojor" tizimi amaliy o'rganilgan. Tadqiqotlar jarayonida sinaluvchi-larning ma'lumotlarni qisqa muddatli xotiradan uzuq muddatli xotiraga o'tkazib saqlab qola olish darajasining samaradorligi o'rganilgan[3].

Maqolaning ilmiy mohiyati. ilmiy jihatdan "Mojor" tizimini talabalarga o'rgatish

1 Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. Qarshi: Fan va ta'lim. 2022. - 111 b.

2 Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish. Ped.fan.fal.dok. ...dis. - Qarshi: QarDU, 2021. - 95 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

1-jadval. Raqam va harflar bog'liqligi jadvali

Raqam Tovush Raqamlar va tovushlar o'rtasidagi bog'liqlik

0 S-C "C" harfining Aylanasi 370 gradus bo'lganligi uchun nolga o'xshatish mumkin, bunda "C" harfining o'ng tomonida ozgina ochiq joy borligini hisobga olish kerak bo'ladi.

1 T Bunda asosiy mantiq "T" harfining bitta ustundan iboratligi

2 N Bunda esa "N" ning ikki ustundan iboratligi

3 Z-Z Kirill alifbosidagi "Z" harfining 3 raqami bilan o'xshashligini hisobga olish

4 R Inglizcha 4 raqamining oxirgi harfidan (Four)

5 L Rim raqam sistemasida 50 aynan "L" harfi bilan belgilanadi

6 B "B" kichik harflar bilan yozilganda 6 raqamiga o'xshab qoladi

7 K "K" harfiga e'tibor bilan qaralsa, unda ikkita 7 raqamini birlashtirilganini sezish mumkin

8 F "F"harfining yozma shakli qisman bo'lsa-da 8 raqamini eslatib turadi

9 g "g" harfining ham yozma shakli 9 raqamiga yaqin hisoblanadi

orqali ularning bilish jarayonlarini yanada faol-lashtirishga erishish mumkin. jumlardan, ularda diqqat konsentratsiyasini kuchaytirish, aniq va ravshan tasavvur qila olish ko'nikmasini shak-llantirish, zarur ma'lumotlar bilan ishlash orqali tezkor fikrlay olish, muntazam o'z ustida ishlash orqali irodaviy sifatlarini shakllantirish va hikoya tuzish ko'nikmasini shakllantirish orqali nutqiy sifatlarini yaxshilash mumkin.

Tadqiqotning ob'yekti. Tadqiqotning ob'yekti sifatida universitet talabalari tanlan-gan. Usul orqali talabalarda tizimli fikrlash, xotira xususiyatlarining mavjud holati va mnemonik bilimlar orqali o'rganish ko'nikmasiga ega bo'lgandan keyingi ko'rsatgich o'rtasidagi farqli-lik darajasi o'rganilgan.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. "Mojor" tizimini qo'llashda ikki xil usul: makon va hikoy-adan foydalanish mumkin. Ushbu maqolamizda hikoya usulidan foydalangan holda sonlarni esda saqlab qolishni ko'rib chiqamiz. Hikoya usulida ikki xonali sonlarga berkitilgan so'zlarni tartib bilan qatnashtirgan holda noodatiy voqea tuz-ish orqali sonlar va so'zlar o'zaro assotsiatsiya qilinadi. Sonlar eslanishi kerak bo'lganida avval hikoyadagi voqea, keyin unda qatnashgan so'zlar va so'zlar orqali ikki xonali sonlar esga tushiriladi.

Bu tizim qanday ishlaydi? Bu tizimning mohi-yati shundaki, biz o'zimiz uchun ahamiyatli bo'lgan ma'nosiz sonlarni so'zlarga bog'lab unga ma'no beramiz va eslashimiz kerak bo'lganda bog'langan ma'no orqali oldin voqeani keyin voqeada qatnashgan so'zlarni va shu so'zlarga berkitilgan sonlarni xotiramizda oson tiklaymiz.

Bu qanday amalga oshadi? Ma'lumki, ikki xonali sonlar vaqt nuqtai nazaridan oladigan bo'lsak 00 dan boshlanib 01, 02, 03 va h.k oxiri

99 da tugaydi va bu jami 100 ta ikki xonali sonni tashkil qiladi. Ushbu ikki xonali sonlarni tizimga solish uchun sonlarning har biriga bitta aniq ma'noni anglatuvchi so'zni berkitish lozim. Faqat so'zlarni sonlarga berkitish jarayonida har bir ishimizda tartib bo'lgani kabi so'zlarni ham tar-tibli ravishda berkitishimiz kerak. Buning uchun 00 dan 99 gacha bo'lgan sonlarni 10 ta guruhga ajratishimiz lozim. Ya'ni 00 dan 09 gacha bo'lagan sonlar bitta o'nlik sistema, 10 dan 19 gacha bo'lganlari ikkinchi o'nlik sistema, 20 dan 29 gacha bo'lgan ikki xonali sonlar uchunchi o'nlik sistema va jami 90 dan 99 gacha bo'lgan o'nlik sistemagacha o'nta o'nlik sistema mavjud. Tartib shundan iboratki, har o'ntalik ikki xonali sonlarga berkitilayotgan so'zlarning bosh harfi sonlarga qaysidir jihati bilan o'xshash bo'lgan bitta undosh tovushdan boshlanishi lozim1. Berkitilgan o'nta undosh tovushni "Raqam va harflar bog'liqligi" deb nomlangan 1-jadvalda ko'rishingiz mumkin. Ushbu jadval mnemonika ustasi Husniddin Ismoilov tomonidan ishlab chiqilgan2.

Yuqorida keltirilgan jadvalga tayangan holda 2-jadvalda har ikki xonali songa u bilan bog'liq muayyan ma'noni anglatuvchi so'zlar qo'yib chiqilgan. Endi shu so'zlarga e'tibor qaratamiz3.

Yuqoridagi biz ishlab chiqqan tizimda ikki xonali sonlar oldin undosh tovushga va shu tovushdan tuzilgan obrazlarga bog'langan. Tizimni o'zlashtirishni maqsad qilgan kishi o'ziga

1 CoaToB А.Ж. Осйбая техника запйминания цифр no системе "Мсжср". // Журнал научных публикации аспирантов и дoктoрантoв.-Мoсква, 2016. - 83 b.

2 Raxmonov SH. Mukammal xotira. Toshkent: Yangi asr avlodi. 2022. - 137 b.

3 Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. Qarshi: Fan va ta'lim. 2022. - 113 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

V__

2-jadval. Mojor jadvali

OO.Soat 20.Novot 40.Robot 60.Burga 80.Fartuk

Ol.Somsa 21.Nok 41.Ruchka 61.Bankomat 81.Fil

02.Savat 22.Narvon 42.Ryukzak 62.Blaknot 82.Fonar

03.Skripka 23.Non 43.Rediska 63.Beshik 83.Fen

04.Sandiq 24.Nayza 44.Rubob 64.Barg 84.Fanta

05.Sabzi 25.No'xot 45.Radar 65.Baqlajon 85.Filag

06.Soyabon 26.Narda 46.Radio 66.Buzoq 86.Finjon

07.Sumalak 27.Nisholda 47.Ratsiya 67.Bolta 87.Futbolka

08.Seyf 28.Na'matak 48.Ragatka 68.Baliq 88.Fayton

09.Samaliyot 29.Nasos 49.Ro'mol 69.Bo'g'irsoq 89.Fastumgel

10.Telpak 30.Zaytun 50.Limon 70.Kishmish 90.Gilos

11. Toshbaqa 31.Zuluk 51.Lanka 71.Kalibri 91.Gilam

12. Tanga 32.Zorro 52.Lagan 72.Karta 92.Gantel

13.Tut 33.Zebra 53.Loviya 73.Kit 93.Galstuk

14.Tugma 34.Zirk 54.Laylak 74.Kastyum 94.Guruch

15.Tandir 35.Zirak 55.Lavash 75.Karam 95.Globus

16.Tufli 36.Zambil 56.Lotka 76.Kubik 96.Gitara

17.Tuxum 37.Zardoli 57.Lovlagi 77.Ketmon 97.Gazeta

18.Tarvuz 38.Zambarak 58.Lampochka 78.Kamon 98.Gugurt

19.Tipratikon 39.Zarimtali 59.Lag'mon 79.Ko'ylak 99.Gurzi

mos so'zlarni sonlarga berkitib chiqishi kerak. Faqat tanlangan so'zlar mavhum emas, aniq ya'ni obrazga ega so'zlar bo'lishi lozim.

Tizimni tayyorlab bo'lgan kishi uni yodlab chiqishi lozim. Yodlash jarayonida sonlarni obra-zlarga assotsiatsiya qilish ya'ni bog'lash orqali muntazam ravishda takrorlash lozim. Yodlash jarayonini amaliyot orqali yanada mustahkam-lash uchun uyda, ko'cha ko'yda yoki telefonda ko'zga tashlangan sonlarni tezroq tizimdagi obraz bilan bog'lab eslay olishga harakat qilish lozim. Yodlash bosqichi yakunlanganidan so'ng uni qo'llash bosqichiga o'tish mumkin bo'ladi.

Qo'llash bosqichida ikki xil usul: makon va hikoyadan foydalanish mumkin. Ushbu maqol-amizda hikoya usulidan foydalangan holda sonlarni esda saqlab qolishni ko'rib chiqamiz. Hikoya usulida ikki xonali sonlarga berkitilgan so'zlarni tartib bilan qatnashtirgan holda noo-datiy voqea tuzish lozim.

Tasavvur qilamiz bankdan yangi plastik karta oldik va uning raqamlarini esda saqlab qolishi-miz lozim. Raqamlar 14 ta 98731600510439. Ularni sistemaga solish uchun dastavval, ikki xonali sonlarga ajratib "Mojor" tizimimizda berkitilgan so'zlarga bog'lab eslab olamiz. Mana ular. 98-gugurt, 73-kit, 16-tufli, 00-somsa, 51-lanka, 04-sandiq, 39-zarimtali (qovun turi). Endi yuqoridagi so'zlarni tartib bilan qatnashtirgan holda noodatiy hikoya yaratishimiz lozim. Hikoya qanchalik noodatiy bo'lsa, uni esda saqlab qolish shunchalik oson kechadi. Hikoya quyidagicha.

Yo'l chetida turgan gugurtni olish uchun unga yaqinlashganimda to'satdan bahaybat kit uni mendan oldin olib qochib keta bosh-ladi. Uning ketidan quvib yetolmaganim uchun oyog'imdagi tuflini qo'limga olib unga otdim. U esa menga qayrilib og'ziga solib olgan somsal-arni purkay boshladi va lankaga minib juftakni rostlab qoldi. Men esa sandiqqa minib uni ta'qib qilishda yana davom etayotgan paytim u yo'lidan chiqib qolgan zarimtali qovunlariga urulib parchalanib ketdi.

Endi biz yuqoridagi sonlarni eslashimiz uchun, albatta, oldin hikoyani eslashimiz lozim. Hikoy-ada yo'l chetida turgan gugurtni (gugurt-98) olmoqchi edim. Uni esa kit (kit-73) olib qochib ketdi. Men esa unga tuflimni (tufli-16) otdim. U esa menga og'zidagi somsalarni (somsa-00) purkadi. Va lankaga (lanka-51) minib qocha boshladi. Men esa sandiqqa (sandiq-04) minib quva boshladim. Hikoya oxirida esa qochib ketayot-gan kit zarimtali (zarimtali-39) qovunlariga uru-lib parchalanib ketdi. 98731600510439. Eslash jarayonida avval hikoyadagi voqea, keyin unda qatnashgan so'zlar va so'zlarga berkitilgan son-lar esga tushuriladi.

Ko'rib turganimizgizdek hikoya noodatiy, ya'ni real emas. Nega hikoya noodatiy shaklda tuzulishi lozim? Chunki bunday voqealar hayo-timizda kam uchraganligi bois biz ularni tez eslay olamiz. Odatiy voqealar esa hayotimizda doimiy ravishda sodir bo'lib turadi. Voqeani odatiy shaklda tuzsak xotiramizda mavjud bo'lgan minglab voqealarga aralashib ketishi

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

1-rasm. "Mojor" tizimidan foydalanishning algoritm-modeli.

va biz eslashda chalkashib qolishimiz mumkin. Hikoyani noodatiy shaklda tuzush ko'nikmasini shakllantirishimiz uchun bizdan keng tasavvur va ijodkorlik talab qilinadi. Bu ko'nikmani shak-llantirish uchun o'zimizga chegara qo'ymasdan muntazam ravishda hikoyalar tuzushni mashq qilib borishimiz lozim.

Tabiiy xotiramizga tayansak ushbu raqam-larni to'liq eslab qolish uchun uzoq vaqt takror-lab yurishimiz lozim va istalgan paytda qaysidir raqamni eslashda qiynalib qolishimiz mumkin. "Mojor" tizimiga tayanib hikoya tuzish usuli orqali esda saqlab qolsak raqamlar bexato xoti-ramizda qoladi. Albatta raqamlarni tabiiy ravishda yaxshi esda saqlab qola olish qobiliyatiga ega kishilar bundan mustasno. Lekin, raqamlar davomiyligi oshib boraversa, aytaylik zaru-rat sabab 2o yoki 30 xonali sonlarni eslab qolish kerak bo'lganida bunday kishilarda ham

muammolar bo'ladi. Shu bois xotirani yetarli tempda ishlatib turish va mnemonik usullardan foydalanishni odatiy ko'nikmaga aylantirish miya xujayralari atrofiyaga uchramasligi uchun ham foydali.

Quyidagi 1-rasmda "Mojor" tizimidan foy-dalanishning algoritm-modeli keltirilgan1.

"Mojor" tizimini har qanday no'noq, xotirasi zaif inson ham yaxshi o'zlashtirib olsa, xotirasi kuchli insonlarniki kabi sonlarni bexato eslab qola oladi. Bunda eng muhimi sonlarga ko'zimiz tushganda hikoyani tuzishga qan-cha vaqt sarflashimizda. Hikoyani qanchalik tez tuza olsak, shunchalik tig'iz vaziyatlardagi vaqt bizning foydamizga ishlaydi. Jadallashib

1 Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish. Ped.fan.fal.dok. ... dis. - Qarshi: QarDU, 2021. - 99 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

borayotgan bugungi davrda ushbu sistema har bir inson uchun zarurdir. Rivojlangan dav-latlardagi biznesmenlar, bankirlar va hisob-kitob bilan shug'ullanuvchi barcha kasb egalari ushbu sistemani yaxshi bilishi fikrimizning isboti. Ushbu sistemaning ahamiyati uni ta'lim tizimiga ham keng joriy qilishga ehtiyoj borligini anglatadi. Hozirgi kunda ta'lim tizimiga kirib kel-gan va keng qo'llanilayotgan ko'plab metod va texnologiyalar qatori mojor tizimidan ham foy-dalanish zarur. Chunki sonlar bilan ishlash mum-kin bo'lgan barcha fanlarda bu metod asqotadi. Sistema shu jihati bilan bugungi kun o'quvchisi, talabasi va o'qituvchilari uchun ahamiyatli va zarur1.

Xulosa va tavsiyalar. Demak sonlarni tizimli esda saqlab qolishda muhim mnemonik usul hisoblangan "Mojor" tizimidan foydalanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilish lozim:

- raqam va harflar bog'liqligi jadvalini mantiqiy uyg'unlik asosida ishlab chiqish;

- Mojor tizimini aniq obrazlardan iborat so'zlarni tanlagan holda tuzish;

- davomli takrorlash orqali sonlarga berkitilgan so'zlarni avtomatik ravishda eslay ola bilish darajasida yod olish;

- sonlarga bog'langan obrazlarni mantiqiy ketma-ketlikda qatnashtirib hikoya tuza olish;

- hikoyani tuzish jarayonida unga noodatiy ma'no bera olish ko'nikmasini shakllantirish

- muntazam o'z ustida ishlash orqali tasav-vurni boyitish;

- sonlarni usul yordamida mustaqil mashq qilish orqali malaka darajasiga olib chiqish;

Xulosa qilib aytganda "Mojor" tizimi ma'lumotlar hajmi kundan-kunga ortib borayotgan bugungi axborot asrida sonlarni qiyi nchilik-siz xotiramizda saqlab qolishni ta'minlaydigan foydali usuldir. Sistemani o'zlashtirish orqali ma'nosiz sonlarga obrazli so'zlarni bog'lab ma'noli va qiziq hikoya tuzish orqali jarayonni zavqli mashg'ulotga aylantirishimiz mumkin. Bu jarayon xotiramizni charhlaydi va esda saqlab qolish xususiyatlarimizni yaxshilashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Raxmonov SH. Mukammal xotira. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2022. - 107 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. - Qarshi: Fan va ta'lim. 2022. - 128-137 b.

3. Soatov A.J. Bo'lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish. Ped.fan.fal.dok. ...dis. - Qarshi: QarDU, 2021. -99 b.

4. Соатов А.Ж. Особая техника запоминания цифр по системе "Можор". // Журнал научных публикации аспирантов и докторантов.-Москва, 2016. - 82-84 с.

1 Соатов А.Ж. Особая техника запоминания цифр по системе "Можор". // Журнал научных публикации аспирантов и докторантов.-Москва, 2016. - 84 Ь.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 3 (124)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.