Научная статья на тему 'TARIX FANINI O'QITISHDA MNEMONIK USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

TARIX FANINI O'QITISHDA MNEMONIK USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

149
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mnemonika / interfaol metod / innovatsiya / usul / Loci metodi / assotsiatsiyasi / Akrostik usul / Mnemonics / interactive method / innovation / method / Loci method / association / acoustic method

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sabriddin Ahmadov, Mahfuza Husenovna Sadullayeva

Ushbu maqolada tarix fanini o'qitishda mnemonik usullarning o‘ziga xos jihatlari va uning ta‘limni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati borasida so‘z boradi. Shuningdek, zamonaviy ta‘lim tizimida yangicha metodlarning qo‗llanilishi qanchalik ahamiyat kasb etishi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article will talk about the peculiarities of mnemonic methods in teaching historical science and its role and importance in the development of Education. It also provides feedback on how significant the application of new methods in the modern educational system will be.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O'QITISHDA MNEMONIK USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'QITISHDA MNEMONIK USULLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Sabriddin Ahmadov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Mahfuza Husenovna Sa'dullayeva

Ilmiy rahbar, Chirchiq davlat pedagogika universiteti oqituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tarix fanini o'qitishda mnemonik usullarning o'ziga xos jihatlari va uning ta'limni rivojlantirishdagi o'rni va ahamiyati borasida so'z boradi. Shuningdek, zamonaviy ta'lim tizimida yangicha metodlarning qo'llanilishi qanchalik ahamiyat kasb etishi haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: Mnemonika, interfaol metod, innovatsiya, usul, Loci metodi, assotsiatsiyasi, Akrostik usul.

ABSTRACT

This article will talk about the peculiarities of mnemonic methods in teaching historical science and its role and importance in the development of Education. It also provides feedback on how significant the application of new methods in the modern educational system will be.

Keywords: Mnemonics, interactive method, innovation, method, Loci method, association, acoustic method.

KIRISH

Yangi O'zbekistonda har bir sohada bo'lgani kabi ta'limda, uning mazmun va mohiyatida ham juda katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekistonda taraqqiyotning asosiy tayanchi bo'lmish ta'lim va ilm-fanni rivojlanttirish, bu orqali Uchinchi renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad sari qadam qo'yilmoqda. Bu borada zamonaviy sharoitda talabalarning, maktab o'quvchilaring o'quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o'qitish sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy ta'lim tizimida hozirgi kunga kelib bir qancha yangi metodlar qo'llanilmoqda va ta'lim sifatini oshirish uchun bu metodlar yanada takomillashtirilmoqda. Ana shunday metodlardan biri ta'limda mnemonik usullardan foydalanishdir.

December, 2022

177

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Avvalo "Mnemonika" qanday fan ekanligi va rivojlanish bosqichlarini qisqacha tahlil qilib chiqsak. Mnemonika yunoncha mnemonika — eslab qolish san'ati — sun'iy assotsiatsiyalar hosil qilish yo'li bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi hisoblanadi. Mnemotexnika tushunchasi greklarning xotira ilohasi Mnemosyne nomidan olingan. Xotira san'atining o'ylab topilishi miloddan avvalgi 556-468-yillarga borib taqaladi. Ushbu davrda xotira san'ati haqidagi ma'lumotlar notiq Sitseron va lirik shoir Simonides von Keosning qarashlarida paydo bo'ladi. Sitseron o'zining mnemonikaga bag'ishlangan asarida bu texnikani joy va rasmlar bilan bog'lab tasvirlaydi. Simonides esa o'z texnikasining asosi sifatida narsalar hamda g'oyalarni unga bog'liq bo'lgan hudud va joylar bilan bog'lash orqali xotirada saqlashni tushuntiradi. Xatto Simonidesning "Loci" metodi bilan bog'laydigan anekdot ham mavjud bo'lib, anekdotda Simonidesning bayramona kechki ovqatga taklif qilingani, lekin bazmning fojiyaviy yakun topgani haqida gap boradi. Bayram kechasi barcha mehmonlarni uy qulab bosib qoladi, ularni ichida faqat Simonidesgagina tirik qolish nasib etadi. Keyinchalik Simonides o'lganlarning o'tirgan joylarini ko'z oldiga keltiradi. Chunki u barchaning qayerda o'tirganini eslab qolgan bo'ladi. Shundan so'ng uning qarashlari natijasida mnemotexnikada „Loci" metodi yuzaga keladi. „Loci" so'zi grekcha „lokation" so'zidan olingan bo'lib, ,joylashish" degan ma'noni bildiradi. Bu xotira san'ati antik davr Rim notiqligiga tegishli bo'lib, chunki bu davrda Rimda notiqlik san'ati juda rivojlangan edi. Notiqlar esa xotiralarini kuchaytirishga muhtoj edilar.[1]. Simonidesdan so'ng mnemotexnika bilan antik davr olimlari Hippias va Aristotel shug'illangan. Mnemotexnika notiqlik san'ati darslari doirasida o'rgatilgan va ko'pincha sud nutqlari, xalqining oldida va xalq majlislarida qo'llanilgan. Keyinchalik mnemotexnika unutila borgan. XII asrga qadar mnemotexnika deyarli unutib yuborilgan edi. XV asrga kelib esa antik davrdagi mnemotexnika yana rivojlantirila boshlandi. Avvallari asosan "loki" metodidan foydalanilgan bo'lsa, bu davrga kelib yangicha usullardan foydalanila boshlandi. Misol uchun harflar va sonlar bilan ma'lumotlarni bog'lash usullari paydo bo'la boshladi.

Mnemotexnikani yoritishdagi asosiy tushuncha xotira hisoblanadi. Nemis tadqiqotchisi H.Shperber mnemotexnika borasidagi turli nazariyalarni keltirib o'tadi.U Platondan tortib Jon Lokke singari zamonaviy xotira tadqiqotchilariga bo'lgan olimlarning fikrini o'rganib chiqadi. Uning qayd etishicha, Jon Lokke xotirani "bizning g'oyalarimizni saqlovchisi" deb ta'riflaydi[2]. Bugungi kunda nemis tadqiqotchilari Shiffrin und Atkinsonlarning tadqiqotlari o'quv jarayonini tushunishda

December, 2022

178

mnemotexnikaning katta ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi. Ularning tadqiqotida xotiraning 3 turi haqida so'z boradi: ultra qisqa xotira, qisqa xotira hamda uzoq muddatli xotira. Mnemotexnika yordamida o'rganilganda ikkala miya yarimshari ham faollashadi, chunki konkret va abstrakt (verbal) ma'lumotlar mnemonik "rasmlaf'ga bog'langan bo'ladi. Shunga ko'ra assotsatsiyalar yuzaga keladi. Ularning yordamida avval saqlangan ma'lumotga tez murojaat qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bunday assotsatsiyalarni yaratishning turli usullari mavjud.[3].

Ko'plab ma'lumotlarni eslab qolish ayniqsa gumanitar va tabiiy fanlar doirasida juda ham muhim. Bugungi kunda ko'pgina talabalarning xotirasi tarixiy voqea va hodisalar, yillari, tarixiy joy nomlarni eslab qolishda pand beradi. Sabab, so'zlarning "oddiy esdalik"ga yoki u uchun hech qanday ma'noni anglatmagan ko'p tartibli qoidaga moslashtirilmaganligidadir. Biroq bu xotira juda porloq va hayolli, ayniqsa, miya o'ng yarim sharining dominantligi bo'lgan tahsil oluvchilarda, L.P. Pavlova ta'rifiga ko'ra "badiiy tur" deb ataluvchi obrazlarda o'z ifodasini topadi [4]. Murakkab atamalar va boshqa tarixiy voqealarni sodda va qiziqarli tarzda yodlab qolish osonroq. Ushbu usullarni tarix fanida mnemonik vositalardan foydalib tezroq esda saqlab qolishni bir nechta misollar yordamida ko'rib chiqamiz.

So'z assotsiatsiyasi. Ushbu uslub ikki atama o'rtasida bog'lanishni o'rnatishdan iborat. Bir tomondan, siz o'rganmoqchi bo'lgan ma'lumotlar, boshqa tomondan, bu sizga tanish bo'lgan so'z. Ikkala tushuncha o'rtasidagi o'xshashlikning ba'zi bir munosabatlarini kuzatib, siz ushbu so'z o'yinini tuzishingiz mumkin. Misol uchun, "yarmarka" atamasini olaylik. Yarmarka-tadbirkor va ishlab chiqaruvchilarning ko'rgazmaga qo'yilgan mahsulotlarni ko'tara sotish hamda sotib olish maqsadida o'tkaziladigan yig'ini. Endi "yarmarka" sozini o'zbekcha bo'lgan bironta talafuzi o'xshash bo'lgan so'z bilan bog'laymiz. Masalani, arka, ya'ni tepasi yarim doyia shaklida solingan darvoza, eshik, derazaga nisbatan qo'llaniladigan so'z. Endi tasavvurni ishga solgan holda yarmarka bo'layotgan joyga yarmi qulab tushgan arkali darvozadan kirilishini tasavvur qilamiz. Yarmarka yarimarkali darvoza yonida bo'lmoqda desak bo'ladi.

Akrostik usul. Ushbu atama she'riy kompozitsiyani anglatadi. Ushbu she'rda ism yoki fe'lning harflari har bir misraning boshidan boshlanadi. Shu tarzda, har bir satr boshida joylashgan harflarni o'qib, asosiy so'zni topish mumkin. Misol uchun Shiroq jazorati va bu ismni eslab qolishni ko'rib chiqamiz: Shiroq edi mashxur pahlavon Istar edi yurtning tinchligin, Rahna soldi dushman nogahon Otdi o'zin o'lim tomonga

December, 2022

179

Qoldi yurtin saqlab omonga

Bu usullning avzallik tomoni shundaki, biz yodlab qolmoqchi bo'lgan ism yoki boshqa ma'lumot har bir satr boshidagi harflarni ko'rishimiz yoki eslashimiz bilanoq esga keladi.

Loci usuli. Yuqorida biz "Loci" usuli haqida ma'lumot berib o'tgan edik. Shuningdek, bu usul makondan foydalanish usuli desak ham bo'ladi. Bu usul ma'lumotlarni o'rganish uchun eng ko'p ishlatiladigan qoidalardan biridir. Sizga yaxshi ma'lum bo'lgan muhitni, masalan, sizning mahallangiz, uyingiz yoki ko'changiz kabi ma'lumotnoma sifatida ishlatishingiz juda muhimdir. Misol uchun, o'zingizning sinf xonangizda ushbu metod orqali ma'lumotlarni eslab qolamiz. Dastlabki makon sifatida sinf xonasining eshigini ko'z oldimizga keltiramiz. Eshik oldida Turkiygo'y adib, mutafakkir va davlat arbobi bo'lgan Yusuf Xos Hojibni qo'lida "Qutadg'u bilig" dostonini ishlab turgan holda tasavvur qilamiz. Tarixdan bizga ma'lumki, "Xos Hojib" eshik og'asi degan ma'noni bildiradi va "Qutadg'u bilig" asibning mashxur dostonidir. Bir makon doirasida eshik orqali bir nechta ma'lumotlarni yodlab olish ham mumkin. Ikkinchi makon sifatida o'qituvchining stol va stulidan foydalanamiz. Abdulla Avloniy o'lkada ta'lim, matbuot, teatr sohalarining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan jadidchilardan hisoblanadi. O'zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", kabi darsliklarni yaratdi. Endi esa sizning sinf xonangizda doimiy o'qituvchi o'tradigan makondan Abdulla Avloniyni "Birinchi muallim" va "Ikkinchi muallim" kitoblarini ushlagan holda sizga ma'riza o'qiyotganini tasavvur qilamiz. Bu orqali ushbu asarlar kimning qalamiga mansub ekanligini oson yodlab olishimiz mumkin. Uchinchi makon esa sinf doskasi. Bu makonda yana bir mashxur insonni ko'z oldimizga keltirishim mumkin. Albert Einstein — nemis va yahudiy fizik-nazariyotchisi.[5]. U nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri uning rasmlari asosan ish stoli yonida, ma'ruza qilayotgni yoki doska yonida qandaydir misollarni tushuntirayotgan holda uchratamiz. Misol uchun:

Aynan shu rasm orqali sinf doskasiga Enshteynning mavzu yozayotgani va bu mavzu "Nisbiylik nazariyasi" haqida ekanligini tasavvur qilishimiz mumkin. Bu orqali Albert Enshteynning nisbiylik nazariyasi asoschisi ekanligini yodlab qolishda qiyinchilik tug'dirmaydi. To'rtinchi makon sinf xonasidagi kitob javoni. Tarixda Ossuriya davlatining hukumdori bo'lgan Oshshurbanapal hukmronligi davrida poytaxt Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona jamlangan edi. Ana shu kitob javoni oldida hukmdor Oshshurbanapalning sopol taxtachadan yasagan kitoblarini joylayotganini ko'z oldimizga keltiramiz. Bu ham ma'lumotning mnemonik usul yordamida eslab qolishiga misol bo'la oladi. "Loci" metodi juda ham keng qo'llaniladigan metod bo'lib, undan foydalanishda asosan o'z joyini o'zgartirmaydigan va biz ko'p duch keladigan obyektlar va predmetlardan foydalanish talab etiladi.

Qofiyalar usuli. Bu usul orqali siz she'riy shaklda ma'lumotlarni eslab qolishingiz mumkin. Bu jarayonda bolalikda yodlagan she'rlaringiz yoki qo'shiqlaringiz ohangiga mos keladigan tartibda tuzilsa yana ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Tarix fanida mnemonik usuldan foydalanilganda haqiqiy she'riy tartibda bo'lishi muhim emas. Shunchaki so'zlarni sodda va qofiyali joylashni o'zi kifoya qiladi. Misol uchun:

"Nola falsafasi" yozdi Bruno, Shuning uchun yondi gulxanda. Jim turolmadi hatto Galileo, Teleskopni yaratdi shunda. Nyuton boshiga olma tushganda, Goyo butun olam tortishdi shu kunda.

Bu qofiyali ma'lumot yodlab qolish orqlali siz Jardano Bruno o'z qarashlarini "Nola falsafasi"da ifodalagani va shuning oqibatida inkvizitsiya tomonidan gulxanda yoqilganini yodlab olishingiz mumkin. Shuningdek, Galileo Galiley teleskopni, Nyuton esa butun olam tortishish qonuni kashf etganligini eslab qolasiz.

XULOSA

Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, tarix fanida mnemonik usullardan keng foydalanish ta'lim olish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va samaradorlikni oshirdi. Bu usullarning samarali ekanligi ham bir necha marotaba isbotlangan. Gerald Miller tomonidan o'tkazilgan tadqiqot^ natijasi shuni ko'reatdi : mnemonika mexanizmlarini ishlatgan studentlarning test natijalarida 77% ga o'sish kuzatilingan. Shu va shu kabi tatqiqot natijalari mnemonik usullarning ta'lim jarayonida foydalanish ahamiyatini oshirdi.

December, 2022

lSl

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Frances A. Gedächtnis und erinnern: Mnemonik von Aristoteles bis Shakespeare, Edition: 6, Akademie Verlag, 1999,405 S., ISBN 3050035307. S. 11-14

2. Sperber, Horst G. (1989): Chet tilini o'zlashtirishda mnemonika - "Nemis tili chet tili sifatida" mavzusiga e'tibor qaratgan holda. Myunxen: Iudicium Verlag. 59-61-betlar

3. Jung, Lothar (2001): o'qitish uchun 99 ta kalit so'z. Nemis tili chet tili sifatida, Ismaning: Hueber.

4. Павлов Л.П. Исследование влияния игровой учебной деятельности на формирование межкультурной компетенции студентов ВУЗа: На материале иностранного языка: дисс. ... канд. пед. наук. - Ставропол, 2004.-86-89 б.

5. Albert Einstein - Biography". Nobel Jamg'armasi. 6-mart 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi.

6.Frensis A. Xotira va esda tuting: Aristoteldan Shekspirgacha bo'lgan mnemonika, Nashr: 6, Akademie Verlag, 1999, 405 p.

7. Саъдуллаева, М. Х. (2022). IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA: Chirchiq davlat pedagogika universiteti "O'zbekiston tarixi" kafedrasi o 'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (10), 189-195.

8. Sa'Dullaeva, M. H. (2022). MNEMONIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TARIXIY BILIMLARGA XOS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3(10), 206-212.

9. Sa'Dullaeva, M. H. (2022). MNEMONIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TARIXIY BILIMLARGA XOS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3(10), 206-212.

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.