Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING IJODIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

O’QUVCHILARNING IJODIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
280
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
informatika / talab / bilish / kriteriya / iqtidor / xususiyat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonqulov Feruz, Alishev Asilbek

Ushbu maqolada maktab о‘quvchilarining informatika fanini о‘rganishda о‘quvchlarda ijodiy tasavvurni shakllantirish, ular orqali iqtidorli о‘quvchilarni aniqlash usullari, talablari qaralgan. Darsni o’quvchilar bilan qiziqarli holatda tashkil qilish kerak, darsning boshida darsga aloqadar bo’lmagan mavzular to’g’risidagi suhbat bilan boshlash ham mumkin. Darsga bog’liq bo’lgan mavzular yuzasidan suhbatni boshlash kerakligi va ularni asoslash talablari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING IJODIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'QUVCHILARNING IJODIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-

PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

1 2 Raxmonqulov Feruz, Alishev Asilbek

1O'qituvchi, Jizzax Davlar Pedagogika Universitet 2Magistr, Jizzax Davlar Pedagogika Universitet https://doi. org/10.5281/zenodo. 7993335

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining informatika fanini o'rganishda o'quvchlarda ijodiy tasavvurni shakllantirish, ular orqali iqtidorli o'quvchilarni aniqlash usullari, talablari qaralgan. Darsni o'quvchilar bilan qiziqarli holatda tashkil qilish kerak, darsning boshida darsga aloqadar bo'lmagan mavzular to'g'risidagi suhbat bilan boshlash ham mumkin. Darsga bog'liq bo'lgan mavzular yuzasidan suhbatni boshlash kerakligi va ularni asoslash talablari keltirilgan.

Kalit so'zlar: informatika, talab, bilish, kriteriya, iqtidor, xususiyat.

Informatikani o'rganish o'quvchilarni amaliy faoliyatda qo'llash o'zaro bog'liq fanlarni o'rganish, ta'limni davom ettirish uchun zarur bo'lgan informatikaga oid aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o'quvchilarning intellektual rivojlanishiga muhim hissa qo'shadi. O'quvchilarning informatika bo'yicha tayyorgarligiga qo'yiladigan talablar: umumiy o'rta ta'lim maktablarida informatika kursining asosiy vazifasi - o'quvchilarni kelajak amaliy faoliyatida kompyuterlardan foydalana olishga tayyorlash va salohiyatini oshirishdan iborat.

Informatikani o'rganish, informatika haqida haqiqatni bilishni tavsiflash shakli va bilish metodi sifatida tasavvur qilib insonning madaniyati va iqtidorining shakllanishiga zamin yaratadi. Ta'lim tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatikaning fan sifatida o'ziga xosligi uning zamonaviy fanlar timida tutgan o'rni va rolidan hozirgi axborotlashtirilgan jamiyat haètidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda informatikani o'qitish va o'quvchilarda iqtidorni shakllantirishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:

- o'quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;

- o'quvchilarda axboroga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari hakidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli ravishda o'zlashtirib olishlarini ta'minlash;

- o'quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko'rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;

- texnika asrida kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish.

Informatika predmetining pedagogik funksiyalari insonning umumiy ta'lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo'shadigan o'ziga xos xissasi bilan aniqlanadi:

1. O'quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularning tafakkuri, iqtidorini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o'qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.

2. Ilmiy dunèqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o'quv predmetlarini o'qitish jarayonida is htirok etadi.

3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.

4. O'quvchini iqtidorini mashg'ulot davomida ilg'ash va uni to'g'ri yo'naltirish. Bu vazifa informatika o'qituvchisining asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Informatikada iqtidorli o'quvchilarni aniqlash davomiy jarayon bo'lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog'liq. Bunda qator psixologik-pedagogik talablar mavjud:

-o'quvchining o'zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko'proq o'quvchining qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;

- identifikatsiyalash (o'xshatish) jaraènining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o'zini tutishini kuzatish);

- o'quvchilarning qiziqish va laèqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o'zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan qo'shimcha mashg'ulotlarga jalb etish);

- o'quvchining faoliyatiga ekspert baho berish (kompyuterda ishlash qobiliyati, texnik modellari, turli matematik masalalarni echish usullari), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert - mutaxassislarni (informatiklar, matematiklar) taklif etish;

- har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo'llagan holda tashxis qilishning ko'p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish;

- tashxis ishlarini real hayot va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o'qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi) amalga oshirish.

O'qituvchi tomonidan iqtidorli bolalarni aniqlashda o'quvchilar orasidagi iqtidorning rivojlanishi darajasini, iqtidorning turli faoliyat doirasida amalga oshirish xususiyatlarini, bola rivojlanishining potentsial imkoniyatlarini differentsiatsiya (tabaqalashtirish) qilish talab etiladi.

Agar o'quvchida barcha berilgan topshiriqlarni osonlik bilan bajarsa, unda mantiqiy tafakkur, kuzatuvchanlik, mustahkam xotira, barcha vazifalarga qiziquvchanlik, o'z fikrini tushuntira olish, dasturiy amallarni bajara olishi, dunyoqarashining kengligi - bularning barchasi unda bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanganligi va o'qituvchi tomonidan etarli darajada e'tibor berish kerakligini talab etadi.

Iqtidorli o'quvchi quyidagi xususiyatlarni ham o'zida mujassam etadi: ijodiy, original fikrga ega; biror dasturni mukammal bilishga nisbatan cheksiz intilish va qiziquvchanlik; ko'p hollarda o'z tengdoshlaridan mustaqilligi bilan ajralib turadi, o'qituvchi bilan muloqotga intiladi.

Informatika fani o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib mashg'ulot olib borishda kompyuter ko'magidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq va samarali natijalar beradi. Kompyuterga tuzilgan o'quv va nazorat qiluvchi dasturlar o'quvchilarning o'zlashtirish darajasiga mos bilim olishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, unga quyidagi talablarni qoyish mumkin:

- o'qitiladigan fan boyicha mavzularni o'quvchilarning hohishiga qarab tanlash;

- tanlangan mavzu boyicha asosiy savollarni o'quvchining hohishiga qarab o'qitishni tashkil qilish va o'zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar bilan ta'minlab olish;

- kafolatlangan natijalardan so'ng keyingi asosiy savol (yoki mavzu)ni o'zlashtirishga imkoniyat yaratish;

- o'quvchining o'zlashtirish darajasi natijasiga ko'ra mavzu yoki asosiy savolga qaytishini ta'minlash;

- o'quvchining hohishiga ko'ra dasturdan chiqishni tashkil qilish;

- o'quvchining hohishiga ko'ra nazorat topshiriqlariga bevosita o'tishni ta'minlash;

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

- o'quvchining mavzuni qanday darajada o'zlashtirganligi haqidagi qaydnomani tashkil

etish.

Informatika fanidan o'quv mashg'ulotlarida nazorat topshiriqlarini yaratishda amerikalik pedagog olim B.Blum taksanomiyasiga alohida e'tibor berish kerak. Unda asosan bilish, tushunish, foydalanish, tahlil, sintez, baholash kabi kriteriyalaridan foydalanib, bilish darajasini hisobga olib tavsiya etiladi. Shu kriteriyalarni e'tiborga olib nazorat topshiriqlarini tayyorlash quyidagi 4 xil darajali bo'lishiga erishish kerak :

1-darajali nazorat topshiriqlari - bilish, tushunish, idrok qilish darajasida bo'lib, o'quvchilarning eslab qolish, yodda saqlash kabi tushunchalari bo'lishi kerak.

2-darajali nazorat topshiriqlari - reproduktiv, masalani standart echimdan foydalanib echish, o'quvchilar o'zlari mustaqil fikrlab hal qilinadigan topshiriqlar kiradi.

3-darajali nazorat topshiriqlari - produktiv, mahsuldor, standart echimlar asosida masalaning echimini topish, bunda o'quvchilarga noan'anaviy topshiriqlarni berish kerak.

4-darajali nazorat topshiriqlari - ijodiy daraja, hamma ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar yo'nalishidagi topshiriqlar, ijodiy izlanuvchan topshiriqlar bo'lib, o'quvchilar o'zlari har xil adabiyotlardan foydalanib mustaqil hal qilishadi.

Informatika fanidan nazariy darsni quyidagi ketma-ketlikda o'tkazish tavsiya etiladi: qizitish va qiziqtirish (motivatsiya), ma'lumot berish, bilim berish, o'rganilgan bilimlarni qayta ishlash boyicha topshiriqlar berish, tahlil va sintez, baholash. Ushbu ketma-ketlik uchun ketadigan vaqt odatda o'quvchilar bilan o'tkaziladigan o'quv mashg'uloti 80 minutni tashkil etadi. Dars boshlanishidan avval darsga tayyorgarlik bosqichining natijalarini qisqacha tekshirib ko'rish maqsadga muvofiq bo'ladi. Tekshirish quyidagi mazmunda bo'lishi mumkin: Dastlabki tayyorgarlik: Tahlil natijalari; Belgilangan vaqt: Dars mazmunini o'quvchilarga etkazish uchun vaqt; Xonalardagi sharoit: Auditoriya holati, Stol va stullar etarliligi. Vositalar: Yozuv taxtasi, flipchart va kodoskop yoki videoproektorlarning ish holati; Hujjatlar: Dars rejasi, tarqatma materiallar va topshiriq varaqlari.

Darsni o'quvchilar bilan qiziqarli holatda tashkil qilish kerak, hatto darsning boshida darsga aloqadar bo'lmagan mavzular to'g'risidagi suhbat bilan boshlash ham mumkin. Iloji bo'lsa, darsga bog'liq bo'lgan mavzular yuzasidan suhbatni boshlash kerak. Buning uchun, masalan, qiziqarli kashfiyot, yangilik yoki hikoya tanlanishi mumkin. Bularning barchasi birinchi dars mobaynida o'quvchilarning kayfiyati ko'tarilishiga, shu sohaga qiziqishiga yoki keyingi darslarda o'quvchilar o'rganadigan faniga e'tiborini qaratishiga yordam beradi.

Agar dars birinchi bor yangi o'quvchilar guruhida o'tilayotgan bo'lsa, o'qituvchi o'zini qisqacha tanishtirib, o'quvchilarga ham o'zlarini tanishtirish imkoniyatini berish kerak. Bu o'quvchilarda ishonch tug'diradi, o'quvchilar o'zlariga bildirilayotgan hurmatni his qiladilar.

Ta'riflangan va tanlangan o'quv fanlari va modullari asosida nazariy fan maqsadini bayon etish orqali motivatsiya va muayyan mavzuga kirish amalga oshiriladi. Ichki va tashqi motivatsiya uchun sabab va dalillar topishga harakat qilis h lozim. Motivatsiyalash orqali o'qish va o'rganishga tayyorlanish uchun shart-sharoit yaratiladi.

O'qituvchi o'quvchilarga kasbga doir yangi materialni tushuntiradi, qisqa ma'ruzalar o'qiydi, munozaralar uyushtiradi, o'quv suhbatlari, oyin mashg'ulotlari va muammolarni hal qilish haqida suhbatlar o'tkazadi. Keyingi darslarda yangi mavzuni boshlashdan avval, o'tilgan mavzular qisqacha, umumlashtirilgan holda qaytarilishi kerak. O'quvchilarga mavzularga mos tarqatma materiallar berilmog'i lozim. Bu o'quv jarayonini engillashtiradi. Mavzuga kirilmay

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

turib, tarqatma materiallar berilmaydi. Ularni mavzuga mos ravishda birin-ketin tarqatish, ularni qoyib chiqish uchun etarlicha vaqt berish va boshqa o'quvchilar e'tiborini axborotga qaratish uchun ovoz chiqarib o'qitish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'quvchilarga tafakkur qilish va qayta ishlash imkoniyatini yaratuvchi topshiriqlar o'zlashtirilgan bilimlarni faol ravishda qayta ishlash uchun zarurdir. Ular bilimlarni qabul qilishning nisbiy sust bosqichidan so'ng faol bosqichi kelishi uchun imkoniyat yaratib beradi. Guruhlarda ishlash yoki mustaqil ravishda topshiriqlarni echish va natijalarni taqdim etish samarali o'qitish usullari hisoblanadi.

Mazkur xususiyatlarni bir butun qilib sintezlash to'g'ri tasavvur hosil qilish va aloqadorlikni aniqlash imkonini beradi. Bu erda gap bilimning aloqadorlik darajalarini aniqlash to'g'risida boradi. Amaliyotga yaqinlashish va o'zlashtirilgan bilimlarni kelajakda ishlatish uchun sintez orqali boshqa ilm-fan sohalari bilan bog'lash amalga oshiriladi.

Har bir topshiriq yoki mashqdan keyin o'quvchilar o'zlari bajargan ishlarini baholashlari lozim. Boshqa bir imkoniyat esa natijalarni guruhlarda ochiq-oydin va samimiy muhokama qilishdan iboratdir. O'quv fani oxirida yakuniy suhbat uchun vaqt ajratilishi kerak. Bu esa o'z navbatida o'quvchilarning natijalari, ularning amalga oshgan va oshmagan ishlari, shuningdek, o'qituvchilarning o'z natijalari yuzasidan mulohaza yuritishlari uchun yaxshi imkoniyatdir.

Ta'lim muassasalarda o'qitiladigan har bir predmet o'zining didaktik tizimiga ega bo'lib, o'rganilayotgan fan eng zaruriy didaktik qoidalarni hisobga oladi ya'ni noma'lumdan ma'lumga, engildan murakkabga tomon o'rganilib boriladi. Didaktik tizim bu har bir o'quvchining bilish faoliyatini boshqarish metodikasi va vositalarning majmuasidir.

Informatika o'qitishda quyidagi didaktik tizimlardan foydalanish mumkin:

• Guruhni an'anaviy texnik vositalarni qo'llab o'qitish;

• Bir o'quvchi va ko'p o'quvchi tizimi;

• Kichik guruhlar tashkil etish;

• Avtomatlashgan auditoriyalar;

• Dasturli o'qitish;

• Kompyuterli o'qitish.

O'qitishning tashkiliy shakllari o'quvchilar soni, o'qitish joyi va boshqalar boyicha tasniflanadi.

O'qitishning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat bo'ladi:

• Individual;

• Guruhli;

• Frontal.

Informatikadan mustaqil ishlar bajarish o'quvchilarning individual faoliyatini nazarda tutuvchi shakllardan biri hisoblanadi. Kompyuterlarda amaliy mashg'ulotlar o'tkazish guruh bo'lib ishlashni talab etadi. Ma'ruza tariqasida darslarni olib borish o'qitishning frontal shakllariga misol bo'ladi.

Informatikani o'qitish shakllari zamonaviy axborot texnologiyalarini o'quv jaryoniga qo'llashga qaratilgan bo'lib, asosiy maqsadi quyidagilardan iborat bo'ladi:

• o'qitishni intensivlashtirish (jadallashtirish);

• o'qitishni ko'rgazmali tashkil qilish;

• o'qitishni shaxslantirish;

o'quvchilarning bilim darajalariga qarab o'qitishni tashkil etish.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

REFERENCES

1. M.A. Mirzaahmedov, Sh.N.Ismailov, A.Q. Amanov "Algebra va analiz asoslari" Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 10- sinfi uchun darslik. - T.: 2017. - 53 b.

2. Marasulova Z. Informatika ta'limda innavatsion texnologiyalar asosida uzviylikni ta'minlash // "Fizika, matematika va informatika" ilmiy-uslubiy jurnali. - Toshkent, 2011. №3. - 84-88 betlar.

3. Xaitov F.N., Shamsiyev A.Sh., Yusupov R.M., Temurov S.Y. Bitiruv malakaviy ishini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar. Jizzax. 2008, 32 bet

4. F. Rakhmonkulov. Problems of teaching web design in the development of webcompetencies of future computer science teachers. JournalNX - A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 7(12), 342-346. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/F9N4W.

5. Qarshiyev A. A., Yusupov R.M., O'quvchilarda axborot kompetentligini rivojlantrishda elektron axborot-ta'lim muhitining didaktik vositalarining metodik xususiyatlaridan foydalanish. // "Jizzax davlat pedagogika instituti axborotnomasi" ilmiy-uslubiy jurnali. Jizzax 2013 №4, 102-105.

6. Qarshiyev A.A., Mamatqulova U.E. Maktab o'quvchilarning axborot kompetentligini shakillantirish-T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2021. 284.

7. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

8. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

9. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

10. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

11. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

12. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

13. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

14. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

15. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.