Научная статья на тему 'RAQAMLI TARIX NIMA? RAQAMLI TARIXIY LOYIHALAR'

RAQAMLI TARIX NIMA? RAQAMLI TARIXIY LOYIHALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5854
477
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli tarix / texnologiya / tadqiqot / manbalar / raqamli tarixiy loyihalar / arxivlar / interaktiv materiallar / raqamli savodxonlik. / digital history / technology / research / resources / digital history projects / archives / interactive materials / digital literacy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Toyloqov, Tuychiboy

Raqamli tarixni keng ma'noda tarix sohasining kompyuter, internet tarmog‘i va boshqa shu kabi zamonaviy texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi va shu orqali tarixni o‘rganish, tadqiq etish va qayta taqdim etishda ulardan keng foydalanish natijasida o‘tmishni raqamlashtirish jarayonini tushunish mumkin. Raqamli tarix bilan shug‘ullanish, albatta, o‘tmishni raqamlashtirishdir bilan cheklanib qolmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WHAT IS DIGITAL HISTORY? DIGITAL HISTORICAL PROJECTS

Digital history might be understood broadly as an approach to examining and representing the past that works with the new communication technologies of the computer, the internet network, and software systems. To do digital history, then, is to digitize the past certainly, but it is much more than that.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TARIX NIMA? RAQAMLI TARIXIY LOYIHALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RAQAMLI TARIX NIMA? RAQAMLI TARIXIY LOYIHALAR

Toyloqov Tuychiboy

ToshDSHU o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Raqamli tarixni keng ma'noda tarix sohasining kompyuter, internet tarmog'i va boshqa shu kabi zamonaviy texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi va shu orqali tarixni o'rganish, tadqiq etish va qayta taqdim etishda ulardan keng foydalanish natijasida o'tmishni raqamlashtirish jarayonini tushunish mumkin. Raqamli tarix bilan shug'ullanish, albatta, o'tmishni raqamlashtirishdir bilan cheklanib qolmaydi.

Kalit so'zlar: raqamli tarix, texnologiya, tadqiqot, manbalar, raqamli tarixiy loyihalar, arxivlar, interaktiv materiallar, raqamli savodxonlik.

Digital history might be understood broadly as an approach to examining and representing the past that works with the new communication technologies of the computer, the internet network, and software systems. To do digital history, then, is to digitize the past certainly, but it is much more than that.

Keywords: digital history, technology, research, resources, digital history projects, archives, interactive materials, digital literacy.

Raqamli tarix deganda tarixchilarning arxiv materiallarini raqamlashtirishi va ularni internetga kirish imkoniga ega bo'lgan foydalanuvchilarga taqdim etishi uchun zamonaviy kompyuter va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi tushuniladi . Asosiy veb-nashr ilovalaridan tortib, eng so'nggi virtual reallik (VR) vositalari bo'lgan texnologiyalardan foydalangan raqamli tarixchilar tarixiy materiallarni turli auditoriyalarga yangi usullarda, yangicha ko'rinishda taqdim etadilar.

Raqamli tarix quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

• Tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilish va tasvirlarni yaratish;

• Tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini mazmunli va qiziqarli bo'lgan boyitilgan formatda taqdim etish;

• Turli auditoriyalarni tarixni yaratishda va bir-biriga so'zlab berish uchun hamkorlik ishlashga taklif qilish.

Raqamli tarix mashhur onlayn ma'lumotlar bazasiga havolalar beradi, raqamli tarixiy loyihalarini ko'rib chiqadi, raqamli tarixchilarning ilmiy sohada rolini

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tushuntiradi va o'sib borayotgan zamonaviy tarix sohasida haqiqiy tadqiqotchi nimalarga va qanday tayyor bo'lishi mumkinligini tushuntiradi.

Tarixchilar o'tmishga oid manbalarni to'plash, tahlil qilish, izohlash va ularni turli auditoriyalarga taqdim etish uchun kompyuter texnologiyalaridan foydalanishlari mumkin. Raqamli tarix o'tmishni raqamlashtirishdan tashqari tarix sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlanishiga va ilmiy tadqiqot natijalarini ommaga yangicha usullarda interaktiv ko'rinishda taqdim etishga xizmat qiladi. Tarixiy ma'lumotlarni o'rganish va taqdim etishning ushbu yondashuvi raqamli tarix deb nomlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Birlamchi manbalar va tasvirlarning zamonaviy texnologik yutuqlar bilan integratsiyalashuvi tarixchilarga o'z ilmiy izlanishlarini raqamlashtirilgan materialga aylantirish imkonini beradi. Ushbu raqamli manbalar tadqiqotni taqdim etishning an'anaviy usullaridan ko'ra qulayroqdir. Raqamli tarixchilar o'z tahlillarini veb-saytlar, bloglar, ijtimoiy media va onlayn jurnallarda nashr etishlari mumkin. Raqamli media vositalari orqali raqamli tarixchilar boshqalarga tarixiy voqealarni tasavvur qilishga yordan berish uchun interaktiv grafiklar, diagrammalar va xaritalar kabi dinamik materiallar yaratishi mumkin.

Raqamli tarix tadqiqotchilarning tarixiy manbalardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Maktablarda raqamli tarix o'qituvchilarga yanada qiziqarli dars rejalari va o'quv dasturlarini yaratish uchun resurslardan foydalanishni ta'minlaydi. Raqamli tarix, shuningdek, turli auditoriyalarni jalb qiladigan raqamli tarixiy loyihalarni yaratish uchun imkon beradi.

Raqamli tarix manbalari

Tarixchilar an'anaviy usuldagi kitoblar va jurnal nashrlaridan tashqari, ma'lumotlarni interaktiv vizualizatsiya qilish imkonini beruvchi onlayn platformalar ma'lumotlaridan foydalanish orqali o'z tadqiqotlarini boyitishlari mumkin.

Tarixchilar o'z ilmiy ishlarini Scaraland, Omeka kabi ochiq platformalarda nashr qilishlari mumkin. Turli manbalardan malumotlarni yig'ish va ularni vizual tasvirlarga aylantirish imkonini beradigan ushbu platformalar, shubxasiz, tarixchilar uchun juda foydalidir. Vizualizatsiya orqali tarixiy ma'lumotlarni o'rganish tarixiy talqin va o'qitishni boyitadi, ma'lumotlarga qo'shimcha kontekst beradi va ilmiy fikrlarni ifodalashga yordam beradi. Tarixchilarning ma'lumotlarni raqamlashtirishi uchun ko'plab variantlar mavjud. Misol uchun, R dasturlash tili raqamli tarix loyihalarida geofazoviy ma'lumotlar, interaktiv syujetlar va animatsiyalar kabi vizualizatsiyalarni yaratish uchun ishlatiladi. Google Books Ngram Viewer dasturi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

foydalanuvchilarga tushunarli grafiklami yaratish uchun millionlab raqamlashtirilgan kitoblarni qidirish imkonini beradi.

StoryMaps.ArcGIS kabi raqamli tarix resurslari interaktiv xaritalarda tarixiy ma'lumotlarni taqdim etish uchun tavsiflovchi matn, tasvirlar va multimedia kontentini yaratish imkonini beradi. Tarixchi tadqiqotchilar va o'qituvchilar turli makon va zamonlarda yuz bergan voqealar haqida hikoya qilishlari mumkin. Bunga XIX asrning ikkinchi yarmida AQShning g'arbiy qismida pochta bo'limlarining ochilishi va yopilishi haqida hikoya qiladigan "Pochta geografiyasi" veb-saytini misol qilib keltirish mumkin.

^raphy of the Post U.S. Post Offices in the Nineteenth-Century West

Duration View Status View

Cannon Bimn jm(*i Htt>eitr - Stanford university

1893 - 1902

Established

> Closed . \

Active throughout fcstab. and Closed

STANFORD UNIVERSITY

EsttMslKd: 1893 Closed: 1927

Filter offices by:

■Established

■Discontinued

Zoom in Zoom out

Mapped Unmapped

1850 1855 1860 . 1845

Stenford olimlari tomonidan ishlab chiqilgan "Geography of the Post" interaktiv raqamli platformasi AQSh pochta xizmati tarixi haqidagi ma'lumotlarni visual tasvirga aylantirgan. (manba: https://news.stanford.edu/2015/03/26/post-office-geography-032615/)

Amerika Tarixchilar uyushmasi tarixchilarga raqamli tarix loyihalarini amalga oshirishda va tadqiqotlar olib borishda yordam berish uchun raqamli tarix manbalarini taqdim etadi. Bundan tashqari, Kongress kutubxonasi elektron to'plamlari va ko'plab shtatlarning raqamli tarix loyihalari raqamli tarix vositalari bilan yaratilishi mumkin bo'lgan materiallarning xilma-xilligini aks ettiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Raqamli tarixning maqsadlaridan biri yangi avlod auditoriyasini tarix sohasidagi muhim ma'lumotlar va yangiliklardan xabardor qilish va ularni o'tmishni o'rganishga jalb qilishdir. Tarixiy mavzular va muammoli masalalarga qaratilgan video va audio podkastlar onlayn hamjamiyatlarni yaratishga yordam beradi. Ushbu raqamli hamjamiyatlar odamlarga o'zlarining umumiy tajribalari va qiziqishlarini bildirishlari uchun imkon beradi. Ijtimoiy media ham bu jarayonda qulay vosita hisoblanadi. Misol uchun, # twitterstorianson Twitter xeshtegidan foydalanish raqamli loyihalarni keng doiradagi auditoriyaga yetkazishga yordam beradi.

Raqamli tarixiy loyihalar

AQSH universitetlarida, tadqiqot markazlarida tarixchilar, o'qituvchilar, madaniy muassasalar, muzeylar va kutubxonalar xodimlari raqamli tarix bo'yicha loyihalar ustida ishlashadi va o'zaro hamkorlik qilishadi. Ushbu loyihalar umumiy tariximizning bir qismi bo'lgan turli xalqlar madaniyatlari, urf-odatlari haqida yangi ma'lumotlar berishga xizmat qiladi. Loyihalar muayyan mavzular atrofida dinamik tarkibni o'z ichiga oladi va tarixiy jarayonlarga qiziquvchilar uchun erkin foydalanish rejimida joylangan. Quyida shunday raqamli tarix loyihalariga misollar keltirilgan:

1. Koreya urushi loyihasi (https://koreanwarlegacy.org ): Ushbu interaktiv kutubxona Koreya urushining kelib chiqishi va natijalari haqida tarixiy ma'lumotlarni taqdim etadi, ko'pincha "unutilgan urush" deb ataladi. O'qituvchilar, talabalar va sayyohlar jang maydoni manzaralarini tasavvur qila olishlari uchun loyihachilar tomonidan yaratilgan https://koreanwarlegacy.org/ veb-saytiga tashrif buyurishlari va o'zlari uchun kerakli va foydali ma'lumotlar bilan qulay usulda tanishib chiqishlari mumkin. Loyiha, shuningdek, urushning bugungi dunyoda demokratiyaga ta'siri haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Kontent Koreya urushi faxriylari bilan suhbatlar, arxiv ma'lumotlari, shuningdek, haqiqiy daliliy faktlar bilan boyitilgan.

2. Constitute (https://www.constituteproject.org ): Ushbu raqamli tarix loyihasi odamlarga dunyodagi deyarli har bir mustaqil davlatning konstitutsiyalarini o'qish, qidirish va ularni o'zaro solishtirish imkonini beradi. U har bir davlat konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlar va o'zgarishlarni interaktiv vizual tarzda aks ettiruvchi xronologik jadvalini o'z ichiga oladi. Loyiha yaratuvchilari tomonidan konstitutsiyaga bog'liq voqea va hodisalarning xronologiyasini tuzish, ingliz tilida bo'lmagan konstitutsiya matnlarini ingliz tiliga tarjima qilish kabi ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, loyiha yaratuvchilari ma'lumotlarni to'plash va solishtirish uchun xalqaro yuridik va konstitutsiyaviy bilimlarga ega mutaxassislardan maslahatlar olishgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Smithsonian Learning Lab (https://learninglab.si.edu ): Bu loyiha doirasida Smitsonianning 19 ta muzeyi, 9 ta yirik tadqiqot markazlari va Milliy hayvonot bog'ida joylashgan millionlab arxiv ma'lumotlarni, jumladan, yozuvlar, matnlar va videolarni tadqiq qilish, o'rganish va muhokama qilish uchun interfaol sayt platformasi yaratilgan. Ushbu raqamli loyiha Smitson jamoasini tarix, san'at va madaniyat sohalari bo'yicha bilimlarni o'zaro almashishga undaydi.

4. Hind okeani jahon tarixi sahifalarida (https://www.indianoceanhistory.org ): Ushbu raqamli tarix loyihasi odamlarga Hind okeanidagi turli davrlardagi savdo aloqalari tarixini va buyuk geografik kashfiyot davrini aks ettiruvchi hujjatlar va yozma manbalarni, artefaktlarni o'rganish imkonini beradi. Saytda interaktiv xarita, o'qituvchilar uchun dars rejalari va video sayohatlar mavjud. Sayt manbalari orasida o'tmishdagi sayohatchilarning yozma hisobotlari, hukmdorlar farmonlari va turli shartnomalar kabi siyosiy va iqtisodiy hujjatlar yoki arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan artefaktlar birlamchi manba sifatida muhim o'rin tutadi.

5. Sovuq urush tarixi: Sovuq urush xalqaro tarixi loyihasi (https://www.wilsoncenter.org/program/cold-war-international-history-project ) sovuq urushning kelib chiqishi, kuchayishi va tugashi haqidagi turli materiallarni o'zida mujassamlashtirgan. 1991-yilda tashkil etilgan ushbu raqamli loyiha Uilson markazining Tarix va davlat siyosati dasturi (https://www.wilsoncenter.org/program/history-and-public-policy-program ) tomonidan nazorat qilinadi. Unda maxfiylikdan chiqarilgan tarixiy materiallar, jumladan fotosuratlar, diplomatik hujjatlar, yuqori darajadagi yozishmalar va uchrashuv bayonnomalari mavjud. Tarixiy ma'lumotlar insholar, xronologik jadvallar, xaritalar va video formatlarda taqdim etiladi. Arxiv hujjatlaridan foydalanish bilan bir qatorda og'zaki tarix materiallarini ham ko'plab topish mumkin.

6. Jahon aholisi tarixi (https://worldpopulationhistory.org ): Bu raqamli loyiha oxirgi 2000 yil ichida dunyo aholisining evolyutsiyasini kuzatib boradi. U insoniyat tarixidagi muhim o'zgarishlarga sabab bo'lgan bosqichlarni alohida ta'kidlab, turli guruhlarning tarixiy, ijtimoiy, siyosiy va atrof-muhitga ta'siri haqida istiqbollarni taqdim etadi. Saytning "Manbalar va Kreditlar" bo'limida ko'rsatilishicha (https://worldpopulationhistory.org/source-credits/ ), loyihada bir necha o'nlab ishonchli manbalardagi ma'lumotlardan foydalanilgan.

Raqamli tarixchi kim?

Tarix fanining nazariyasi va metodologiyasi raqamli tarix uchun juda muhimdir. Raqamli tarixchilar ilmiy ishlar, hisobotlar va taqdimotlar yozish uchun xatlar, fotosuratlar, arxiv hujjatlari va boshqalar kabi birlamchi tarixiy manbalarni tadqiq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qiladilar. Raqamli tarixchi turli yozma manbalar, arxiv hujjatlari va tarixga oid materiallarning haqiqiyligini tekshirib ko'radilar. Ular muzey, kutubxona, ilmiy markaz kabi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va tarix bo'yicha turli uyushmalarda faoliyat olib borishadi. Raqamli tarixchining oddiy tarixchidan asosiy farqlovchi jihati uning tarixiy loyihalar ustida ishlashda kompyuter texnologiyalari bilan integratsiyalashgan tadqiqotlar olib borishidir.

Raqamli tarixchi inklyuziv tarixlarni turli auditoriyalarga yetkazish uchun ma'lumotlarning grafik tahlili (infografika), interaktiv xaritalar, visual tasvirlar kabi raqamli vositalardan, shuningdek, xronologik jadvallar, diagrammalar, simulyatsiyalardan foydalangan holda raqamli materiallar tayyorlaydilar va nashr etadilar.

Qanday qilib raqamli tarixchi bo'lish mumkin

Raqamli savodxonlik, ma'lumotlarni tahlil qilish, ma'lumotlar bilan ishlay olish, tanqidiy fikrlash raqamli tarixchilar uchun asosiy ko'nikmalardan hisoblanadi. Asosiy o'rinda, raqamli tarixchilar raqamli kutubxona kataloglaridan qanday foydalanishni bilishlari, kalit so'zlar yordamida ma'lumotlar bazasida qidiruv o'tkaza olishlari va raqamli texnologiyalardan ta'lim jarayonida foydalanishning ahamiyatini tushunishlari kerak. Ilg'or raqamli texnologiyalarni tarixchilar o'rtasida o'zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Raqamli tarixchi ma'lumotlar bazasidan olingan tarixiy manbalarni o'rganish, tahlil qilish, onlayn va interaktiv formatlarda o'z tadqiqotlarini taqdim etish orqali ta'lim sifatini yaxshilashga va ilmiy kontentni boyitishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Digital History - Study Material // University of Calicut

2. Daniel J. Cohen and Roy Rosenzweig, Digital History: A Guide to Gathering, Preserving, andPresenting the Past on the Web, University of Pennsylvania Press,

3. Roy Rosenzweig, Clio Wired: The Future of the Past in the Digital Age, Columbia University Press, 2011.

4. Jack Dougherty and Kristen Nawrotzki, (eds), Writing History in the Digital Age, University ofMichigan Press, 2013.

5. Matthew K. Gold, (ed.), Debates in the Digital Humanities, University of Minnesota Press, 2012.

XULOSA

2006.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6. Donald A. Ritchie, Doing Oral History: A Practical Guide, OUP, New York, 2003.

Internet manbalari:

1. https://news.stanford.edu

2. https://koreanwarlegacy.org

3. https://www.constituteproject.org

4. https://learninglab.si.edu

5. https://www.wilsoncenter.org

6. https://worldpopulationhistory.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.