Научная статья на тему 'TARIX FANIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN UNUMLI FOYDALANISH'

TARIX FANIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN UNUMLI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
1061
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy manbalar / badiiy adabiyotlar / dostonlar / metod / ta'lim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Muyassarxon Mirzaliyevna Tojiboyeva, Gulmira Xolmirzayevna Orminova

Ushbu maqolada tarixiy manbalarning turlari, ularning tarix fani uchun ahamiyati, tarix darslari jarayonida foydalanish lozim bo’lgan badiiy adabiyotlarning turlari, badiiy adabiyotlarning tasnifiy ta’rifi haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX FANIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN UNUMLI FOYDALANISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

TARIX FANIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN UNUMLI FOYDALANISH

Muyassarxon Mirzaliyevna Tojiboyeva Gulmira Xolmirzayevna O'rminova

Farg'ona tumani 43-maktab tarix fani o'qituvchilari

Ushbu maqolada tarixiy manbalarning turlari, ularning tarix fani uchun ahamiyati, tarix darslari jarayonida foydalanish lozim bo'lgan badiiy adabiyotlarning turlari, badiiy adabiyotlarning tasnifiy ta'rifi haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: adabiy manbalar, badiiy adabiyotlar, dostonlar, metod, ta'lim-tarbiya.

Tarixiy - badiiy adabiyotlar tarixiy jarayonlarni o'zlashtirishda muhim omil. Tarixiy - badiiy adabiyotlardan tarix darslarida foydalanishda o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlarini hisobga olish. Badiiy adabiyotlar va ularning turlari. Adabiy manbalar ulardan tarix darslarida foydalanish metodlari: Mavzuga oid adabiy manbalarni tavsiya etish, manbalardagi mavzuga oid shaxs va tarixiy voqealar xususida suhbatlashish, manbalardan foydalanish metodlari. Badiiy adabiyotning yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashdagi ahamiyati. Badiiy adabiyotning qimmati o'quvchi voqelikni adibning iste'dodi darajasida idrok etishga, uni ko'zi bilan ko'rishga, uning shaxsi orqali, ma'naviy dunyosi orqali tasavvur etishga, u olg'a surgan o'z amaliy faoliyatida ongli ravishda amal qilishga erishishi bilan belgilanadi. O'quvchi asarda tasvirlangan timsollar galereyasi va badiiy vositalarni faqat ko'zatuvchisiga aylanmasligi, balki adib olg'a surgan ta'lim-tarbiyaviy g'oyani qanday natijaga erishganligi nuqtai nazaridan baholashga o'rgangan taqdirdagina uning mohiyatini to'liq, chuqur anglab yetishi muqarrar. Badiiy asarni to'g'ri tanlay bilish ham asar g'oyasini ta'lim-tarbiyaviy tomondan chuqur o'zlashtirishning muhim omillaridan biri bo'lib, uni tanlashda ma'lum mezonlarga asoslaniladi, ya'ni badiiy asarning yuksak g'oyaviy - badiiy qimmati, adib ijodida asarning xarakterli o'rni (asosan yuqori sinflarda): asarning yaratilgan va o'rganilayotgan davr uchun ahamiyati ( bu ham asosan yuqori sinflarda hisobga olinadi); badiiy asarning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati; badiiy asarning o'quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; badiiy asarning o'quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o'quvchida qiziqish uyg'otishi; o'quvchining ma'naviy qiziqishi; talabi, ehtiyojlariga javob bera olish darajasidan iboratdir. Proza yo'lida yozilgan asarlar hayotning keng va ob'ektiv manzarasini tasvirlashi, ma'naviy qadriyatlar mohiyatini atroflicha ochib berishi, poeziyada bunday tasvirga keng imkoniyat yo'qligi, dramatik asarlarda esa voqelik yozuvchi nutqi orqali emas, balki obrazlarning hatti-harakati,

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

so'zlari orqali ifodalanishi bilan farq qiladi. Adabiy turlar o'rtasidagi bunday farqlanish ularning tarbiyaviy imkoniyatlari jihatidan ham farqlanishiga olib keladi. Mazkur janrlardagi asarlar o'quvchiga birinchidan, o'tmishning madaniy merosi. Bu merosning rang-barangligi, o'zbek xalqining takrorlanmas iste'dod egalari bo'lgan ajdodlari haqida aniq va qiziqarli ma'lumot beradi. Ikkinchidan o'quvchining o'zligini anglashi uchun boy ma'naviy oziq beradi.

Uchinchidan, o'zbek millati, sharq xalqlari tarixi, dini madaniyati, urf-odatlari, an'analari; udumlari haqida badiiy ifoda vositalari asosida ilmiy, haqqoniy, tarixiy ma'lumotlarni egallashga muvaffaq bo'ladi. To'rtinchidan, sharq xalqlari, o'zbek xalqi ruhiy holati, axloq-odob mezonlaridan qahramonlik, jasurlik, mehnatsevarliq insonparvarlik, mehmonavozlik, imone'tiqod, sevgida sadoqat kabi qadriyatlar haqida atroflicha ma'lumot olishga muyassar bo'ladi. Masalan,qahramonlik eposlarida turkiy xalqlarga xos qahramonlik, vatanparvarlik, jasurlik (— "Shiroq" , — "To'maris"), xalqparvarlik, sevgida sadoqat (— "Alpomish", —"Tohir va Zuhra", —"Yusuf va Zulayho", — "Farxod va Shirin"), jangnoma xarakteridagi dostonlarda o'tmish qahramonlar, tarixiy va hayotiy haqiqatning kuylanishi (—"Shohnoma", —"Jangnomai Jamshid"..), pandnoma harakteridagi dostonlarda kishining kundalik hayotida amal qilishi lozim bo'lgan xulq-avor mezonlari diniy va dunyoviy ahloq qonun-qoidalari (— "Qutadg'u bilig",— "Saddi Iskandariy"...), qissalarda (— "Badoe'-ul vaqoe", — "Qissai Yusuf va Zulayho", — "Qissasul anbiyo", — "Qissai Rabg'uziy" va h.k.) sharq xalqlarining turmush tarzi, tarixiga xos voqealar tasviri ko'proq o'z ifodasini topadi. Shuning uchun ham bu janrlarda yaratilgan adabiyot namunalari o'quvchiga ma'naviy madaniyatimizning tarixiy boy qirrallari haqida sharq xalqlari, shu jumladan o'zbek xalqining o'tmishi, qadriyatlari, axloq-odob mezonlari haqida atroflicha ma'lumot berish imkoniyatiga ega. Yuqori sinf o'quvchilarining badiiy adabiyot vositasida ma'naviy madaniyatini shakllantirishning pedagogika talablaridan biri, uning tarbiyaviy ta'sir kuchidan foydalanishda unga davr nuqtai nazaridan yondashishdir. Klassik adabiyot namunalari mazmunida chuqur falsafiylik, farosatlilik o'quvchini o'zoq o'tmishga sayohat qildiradi. Mualliflar o'z davrlarining turmush tarzlarini, hayotiy muammolarini, falsafiy ildizlarini badiiy ifodalashga, shu usuldan foydalangan holda xalqning moddiy va ma'naviy hayotini bir oz bo'lsa-da, tashvishli masalalardan, bezovta kechinmalardan yiroqlashtirishga muvaffaq bo'lganlar. Klassik adabiyot namunalarining katta qismi poetik tarzda bunyod etilgan bo'lib, ular asosan g'azal, ruboiy, fard, tuyuq, to'rtlik, qissa, hikoyat, doston, qasida, muxammaslardan iborat, shuning uchun o'quvchidan nozik did, qunt, teran fikr asosida ularni o'rganish talab etiladi. Ahli zamon o'rtasidagi insonpavrvarlik, shirinsuxanlik, qadr-qimmat, do'stlik va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

birodarlik, Vatan ishqi, xalq farovonligi va komil inson masalasi klassik adiblar ijodidagi bosh mavzu hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. J.G\YoTdoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.-T.: Oqituvchi.

2. Ozbekiston tarixini o'qitish va o'rganishning yagona konsepsiyasi.-T.: 1996.

3. Ozbekiston tarixi fanidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi.- T.:2004.

4. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Systems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11,

5. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.

6. Минаматов, Ю. (2021). УМНЫЕ УСТРОЙСТВА И ПРОЦЕССЫ В ИХ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЭКСПЛУАТАЦИИ. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 875-879.

7. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Nasirdinova, M. H. Q. (2022). APPLICATION OF ICT IN EDUCATION AND TEACHING TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(4), 738-740.

8. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Yusupova, N. M. (2022). SMART TEXNOLOGIYALARDA TA'LIM JARAYONI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 441-445.

9. Mamatzhonovich, O. D., Khamidovich, O. M., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). DIGITAL ECONOMY: ESSENCE, FEATURES AND STAGES OF DEVELOPMENT. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 355-359.

10. Avazjono'g'li, V. D., &Esonalio'g'li, M. Y. (2022). Use and Importance of Three-Dimensional Images in Fields. Journal ofEthicsandDiversityin International Communication, 2(2), 1-4.

11. Avazjono'g'li, V. D., &Esonalio'g'li, M. Y. (2022). Prospects for the Development of the 3D Modeling Process. Texas Journal of Engineering and Technology, 7, 78-79.

12. G'ofurovich, T. X. A., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). Computer Using Dynamic System Modelling Environments. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(2), 9-13.

13. Norbutaev, M. A. . (2022). Create Computer Learning Games Taking Into Account the Psychophysiological Characteristics of the User. International Journal of Development and Public Policy, 2(6), 113-116.

2004.

167-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.