Научная статья на тему 'O’QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR'

O’QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
460
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / o‘qish / izohli o‘qish / intonatsiya / ta‘lim / ifodali o‘qish / badiiy o‘qish.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Odinaxon Maxamadboqiyevna Xolmatova, Gulnora Xomidjon Qizi Qayumova

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`qish malakalarini rivojlantirish haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'QISH DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Odinaxon Maxamadboqiyevna Gulnora Xomidjon qizi Qayumova

Xolmatova

Farg'ona tumani 43-maktab boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'qish darslarini olib borishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish malakalarini rivojlantirish haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, o'qish, izohli o'qish, intonatsiya, ta'lim, ifodali o'qish, badiiy o'qish.

O'zbekistonning kelajagini buyuk davlat darajasiga ko'taradigan ijodkor shaxsni yaratishda boshlang'ich ta'lim poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy maqsadi - o'quvchilarning bilimli, va fikrlash doirasi keng bo'lishini ta'minlash. Ularning ma'lumotkarini tahlil qilib, keng miqyosda foydalanilishiga erishish. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang'ich sinflarda o'qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta'lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ilg'or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta'lim berishning yangi yangi usullarni ishlashi juda nuhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan ona tili o'qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Dasturlarning o'qish va nutq o'stirish bo'limida o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuniga; o'quvchilarni to'g'ri, ravon, ma'lum darajadagi tezlik bilan ifodali o'qishga o'rgatish; bolaning ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g'oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O'qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog'lab o'tishi uning ta'sirchanligi ongli idrok etishlarini ta'minlaydi. O'qish va nutq o'stirishning ta'limiy -tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo'yicha o'qish mazmunini o'qish ko'nikmalarining og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o'qish mashg'ulotlarining yozma nutq bilan bog'lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. O'qish darslar davomida o'quvchilar so'zdagi harflarni bir-biriga bog'lab yozish, so'z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o'rgatiladi. Boshlang'ich sinflarda o'qish darslari yuqori sinflardagi o'zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o'zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi. Shuning uchun

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

boshlang'ich sinflardagi o'qish darslariga jiddiy e'tibor talab qilinadi. O'qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o'qituvchi asosan quyidagilarga e'tibor berishi lozim. 610 yoshdagi bolalar bir soatga mo'ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o'yinda bo'ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta'lim-tarbiya vazifalari, asosan o'yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o'qish orqali amalga oshiriladi. Ifodali o'qish turli badiiy va amaliy matnlarni puxta o'zlashtirishning muhim metodlaridan biri sifatida o'qituvchi uchun kalit rolini bajaradi. Ifodali o'qish darslarda o'quvchilarning zerikishiga yo'l qo'ymaydi, aksincha, faollashtiradi, badiiy asarlarga qiziqishini kuchaytiradi, adabiyotga havas uyg'otadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o'qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o'qish darslarining maqsadi o'quvchilarda ongli, to'g'ri, ravon, tez va ifodali o'qish malakasini hosil qilishdir. O'qish darslari matematika, atrofimizdagi olam, odobnoma va boshqa fanlarga doir mavzularda beriladigan bilimlarni, mustahkam o'qib olishlarida juda katta rol o'ynaydi, chunki bola to'g'ri, ongli ravon o'qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O'qish darsining o'zaro mahkam bog'langan to'rt asosiy tarkibiy qismi bor. Ular quyidagilardan iborat: ongli o'qish, ifodali o'qish, to'g'ri o'qish va tez o'qish. Bu qismlar orasida ongli o'qish yetakchi o'rinda turadi. Ongli o'qish jarayonida o'quvchilar quyidagilarga erisha olishlari kerak: o'qigan so'zlarining asl va ko'chma ma'nolarini, har bir gapning ma'nosini aytib bera olishlari, bo'limning mazmunini qisqacha bayon qilib bera olishlari, matnning to'liq mazmunini bayon qilib bera olishlari, o'qiganlariga nisbatan o'z munosabatlarini bildirishlari lozim. O'quvchida ifodali o'qish malakasini tarbiyalash uchun esa, uni o'qiganlarining ma'nosini to'xtamlarga rioya qilgan holda, so'z urg'ulariga ahamiyat berib, o'rtacha ovozda ta'sirli o'qishga o'rgatish va hokazolar talab qilinadi. To'g'ri o'qish malakasini o'stirish uchun shoshmasdan, harflarning o'rnini almashtirmasdan, so'z qo'shimchalarni to'liq holda orfoepiya qoidalariga rioya qilib o'qilishi lozim. O'qish tezligini oshirish uchun o'quvchilarning ongli o'qishi katta ahamiyatga ega. Ongli o'qish - matnni to'la va aniq tushunib o'qishdir. Ongli o'qish yuzasidan qilinadigan ishlar o'quvchilarni o'qilayotgan matn mazmunini chuqur anglab olishga, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, ularning fikr va malakalarini kengaytiradi. Ongli o'qish malakasini oshirish maqsadida, darslik matnlari oxirida savol va topshiriqlar berilgan. Bu savol va topshiriqlar o'quvchilarni matn mazmunini qayta hikoya qilishga hamda o'qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob qaytarishga va o'z hayotiy tajribalari asosida ijodiy so'zlab berishga o'rgatadi. O'quvchilar matnni qismlarga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

bo'lib, unga mos sarlavha qo'yishga, har bir qism mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin o'rgatilib boriladi. Avval hajmi kichik va mazmunan soda so'ngra esa hajmi katta va mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi. O'qishning ongli bo'lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to'g'ri o'qishdir. O'qiganda xato qilmay, so'zlarni buzmay, tovush va bo'g'inlarni tushirib qoldirmay yoki o'rnini almashtirmasdan oxirgi bo'g'inlarni ya'ni qo'shimchalarni to'g'ri talaffuz etish, orfoepiya qoidalariga rioya qilish to'g'ri o'qishni ta'minlaydi. To'g'ri o'qish malakasini hosil qilish o'qishning hamma jarayonida olib boriladi. O'qish ongli bo'lsagina to'g'ri va tez o'qish malakasi hosil bo'ladi. O'qish jarayonida bolalarni doimo o'z-o'zini kuzatib borishga o'rgatish, hatosiz, tez va to'g'ri o'qishga intilish hislarini paydo qilish, ayniqsa birinchi sinfdagi o'qish darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. O'qish tezligi ongli, ravon o'qishga bog'liqdir. O'qish tezligini oshirishga ko'p bo'g'inli va imlosi qiyin so'zlarni matndan tashqarida bo'g'inga bo'lib o'qish yordamida erishiladi. O'qish tezligini oshirish bosma va yozma harflar bilan yozilgan so'z va gaplarni ovoz chiqarib o'qishni, xor bo'lib o'qishni, ichda o'qishni, matnlarni rollarga bo'lib o'qishni ko'proq mashq qildirish yo'li bilan ta'minlanadi. Bola qancha ko'p o'qisa, o'qish tezligi shuncha ortib boradi. O'qish darsida berilgan bilimlar bolaning sinfdan tashqi vaqtlarda ko'proq kitob o'qishini yo'lga qo'yish bilan chuqurlashtiriladi. O'quvchilarning o'qish tezligini oshirish uchun dars davomida quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. O'qituvchi dars boshlangunga qadar doskaga bugun o'qiladigan matndagi ayrim gap va so'zlarni bosma harflar bilan yozib, ustini vaqtincha yopib qo'yadi. O'quvchilar kitoblarini ochib bugungi o'qiladigan matnni ko'zdan kechiradilar va doskada yozilgan so'z yoki gaoni matndan tez topishga harakat qiladilar. Partalarga avvaldan savol yoki topshiruq yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O'qituvchining ruxsati bilan bolalar kartochkalarda yozilgan savol - topshiriqlarni o'qiydilar va matn ichidan shu savol topshiriqqa mos javob izlaydilar. —Tez o'qish musobaqasill ni o'tkazish bolalarga alohida huzur bag'ishlaydi. Bunda har qaysi bolaning matnni bir vaqtda o'qishga boshlashi, matnni oxirigacha ma'lum vaqtda ichlarida o'qib tugatish lozimligi aytiladi. Birinchi bo'lib o'qib bo'lgan bolalar belgilab boriladi va o'qiganlarini og'zaki gapirib berishga tayyorlanib o'tiradi. Musobaqada g'olib chiqqanlar yulduzcha bilan taqdirlanadi. Ifodali o'qish - so'zlarni to'g'ri talaffuz qilib, asar mazmunini tushunib, asarda ifoda etilgan his tuyg'uni, qahramonlarning ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatlarini anglab o'qish demakdir. Bolalar ta'sirchan bo'ladilar. O'qituvchi asarni his hayajon bilan hikoya qilib berishi, uning bolalarga chuqur ta'sir etishiga erishishi, ayrim hollarda yodlarida yaxshi saqlab qolishlariga muvaffaq bo'lishi, asar mazmuni va unda ishtirok etuvchilarning ishlari ular uchun xuddi hayot qoidasidek tuyuladi. Asar mazmunini o'quvchilarga to'la

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

anglatish uchun o'qituvchining o'zi uni ifodali o'qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik ko'rishi zarur. Ifodali o'qish ongli o'qishning ko'rsatkichidir, chunki matnning ma'nosini anglab o'qiy olgan o'quvchi, albatta, ifodali o'qish malakalarini ham egallagan bo'ladi. Ongli o'qish ifodali o'qish malakalarini o'stirish va mustahkamlashga yordam beradi. Ongli, to'g'ri va ravon o'qish malakasi hosil qilingan sari, ta'sirli o'qish malakasi ham o'sib boradi. Ta'sirli o'qish o'quvchida his - tuyg'u uyg'otishga, voqea hodisalarni tasavvur etishga, estetik zavq bag'ishlashga xizmat qiladi. Ifodali o'qishda olib boriladigan ishlarning mazmun va mahorati 4 asosiy shart bilan izohlanadi: o'quvchilar o'qiganlari yuzasidan nimalarni aytib berishni (qanday fikrni, qanday mazmunni bayon etishni) yaxshi tushinib olishlari zarur; o'quvchilar asarda o'qiganlari yuzasidan jonli va ishonarli munosabatda bo'lishlari lozim; adabiy asar o'quvchilarning ma'lum maqsadga qaratilgan holda o'qishlarini, mazmunni bayon etishdagi moyilliklarini (fikr, misol, tabiatning tasviri) taqozo qiladi; eshituvchilarning matnni o'qiyotgan o'quvchi fikrini tushunib bilishi talab etiladi; Bularning barchasi ifodali o'qishning o'sib borishiga yordam beradi.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'Iiq holda va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi. O'qish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. O'qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo'ladi, o'qishni bilmagan odamning ko'zi ojiz kishidan farqi yo'q. Boshlang'ich sinfda o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o'qishga o'rgatishning yo'l-yo'riqlarini oqish metodikasi ishlab chiqadi. O'qish metodikasining kichik yoshdagi o'quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutug'i asosida shakllanib boradi. Masalan, eski maktablarda o'qish quruq yod olish metodida o'rganilgan bo'lsa, hozirgi maktablarda o'qish izohli o'qish metodida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so'zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga, o'qilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o'qishning ongli bo'lishiga mutlaqo e'tibor berilmagan. Ularda ko'proq turli talaffuzga, qiroat bilan o'qishga, ifodali o'qishga katta e'tibor berilgan. Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodida olib borilyapti.

1. Abdullayeva Q. va boshqalar —O'qish kitobim 2- sinf,T. 2006 yil

2. Abdullayeva Q., va boshqalar —Savod o'rgatish darslari T, —O'qituvchi 1996 yil. Abdullayeva Q. va boshqalar —2- sinfda o'qish darslari, T., 2004 yil.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnolofiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent.

4. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Systems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11,

5. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.

6. Минаматов, Ю. (2021). УМНЫЕ УСТРОЙСТВА И ПРОЦЕССЫ В ИХ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЭКСПЛУАТАЦИИ. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 875-879.

7. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Nasirdinova, M. H. Q. (2022). APPLICATION OF ICT IN EDUCATION AND TEACHING TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(4), 738-740.

8. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Yusupova, N. M. (2022). SMART TEXNOLOGIYALARDA TA'LIM JARAYONI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 441-445.

9. Mamatzhonovich, O. D., Khamidovich, O. M., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). DIGITAL ECONOMY: ESSENCE, FEATURES AND STAGES OF DEVELOPMENT. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 355-359.

10. Avazjono'g'li, V. D., &Esonalio'g'li, M. Y. (2022). Use and Importance of Three-Dimensional Images in Fields. Journal ofEthicsandDiversityin International Communication, 2(2), 1-4.

11. Avazjono'g'li, V. D., &Esonalio'g'li, M. Y. (2022). Prospects for the Development of the 3D Modeling Process. Texas Journal of Engineering and Technology, 7, 78-79.

12. G'ofurovich, T. X. A., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). Computer Using Dynamic System Modelling Environments. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(2), 9-13.

13. Norbutaev, M. A. . (2022). Create Computer Learning Games Taking Into Account the Psychophysiological Characteristics of the User. International Journal of Development and Public Policy, 2(6), 113-116.

2006.

167-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.