Научная статья на тему 'LOTIN AMERIKASI VA O`ZBEK ADABIYOTI HIKOYACHILIGIDA RUHIYAT MASALASI'

LOTIN AMERIKASI VA O`ZBEK ADABIYOTI HIKOYACHILIGIDA RUHIYAT MASALASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
459
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Psixologizm / Lotin Amerikasi / hikoyachilik / psixologik obraz / kognitiv / ruhiyat / konflikt. / Psychologism / Latin America / storytelling / psychological imagery / cognitive / psyche / conflict.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nafisa Obidova

XX asr boshidan to hozirgacha yaratilgan hikoyalarni oʻrganganimizda, soʻnggi yillardagi yaratilganlarida koʻproq qahramon ruhiyati orqali uning xarakterini ochib berish kuchaydi. Bu albatta, inson ruhiyati ya`ni psixologizmga borib taqaladi. Adabiyotshunoslikda psixologizm muammosi kecha yoki bugun paydo boʻlgan hodisa emas, balki uning ildizlari tarixan juda chuqur ruhiy –psixologik hodisa ХХI asrga qadar bir talay tadrijiylikda oʻz taraqqiyot bosqichini bosib oʻtgan. Chunonchi, antik davr adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, qadimgi davrlarda ham nafaqat mifologik obrazlar, balki real hayotiy hodisalarni tasvirlashda inson obrazi va uning qiyofasidagi tashqi va ichki tasvirni berish alohida oʻrin tutganligi ma’lum boʻladi. Masalan, Gomerning “Iliada” va “Odisseya”, Hind xalqining “Romayana” va “Mahabharat” dostonlarida, umuman olganda sharq va gʻarb xalq ogʻzaki ijodida inson tasviri asta-sekinlik bilan oʻz oʻrinini topa bordi. Gʻarb va Sharq xalqlari folklorida qahramonlarning ruhiy holati tasviri alohida oʻrin egallagan. Masalan, qahramonning tashqi koʻrinishi va uning portreti masalasida deyarli barcha xalqlar adabiyotida tasvir uslubida bir xillik va oʻxshashligi koʻzga tashlanadi.(1)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL ISSUES IN THE STORY OF LATIN AMERICAN AND UZBEK LITERATURE

As we study the stories created from the beginning of the twentieth century to the present, the character of the protagonist becomes more and more revealed in recent years through his psyche. This, of course, goes back to the human psyche, that is, psychology. In literature, the problem of psychologism is not a phenomenon that arose yesterday or today, but a very deep psychological phenomenon with deep historical roots. For example, if we look at the history of ancient literature, it is clear that in ancient times, not only mythological images, but also the image of man and the external and internal image of his image played a special role in depicting real life events. For example, in Homer's Iliad and Odyssey, in the Indian epics Romayana and the Mahabharata, and in the oral tradition of Eastern and Western peoples in general, the image of man gradually found its place. In the folklore of the peoples of the West and the East, the image of the mental state of the heroes has a special place. For example, in the literature of almost all nations, the appearance and portrait of the protagonist are similar in style.

Текст научной работы на тему «LOTIN AMERIKASI VA O`ZBEK ADABIYOTI HIKOYACHILIGIDA RUHIYAT MASALASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

LOTIN AMERIKASI VA OZBEK ADABIYOTI HIKOYACHILIGIDA

RUHIYAT MASALASI

Nafisa Obidova

Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktaranti

XX asr boshidan to hozirgacha yaratilgan hikoyalarni o'rganganimizda, so'nggi yillardagi yaratilganlarida ko'proq qahramon ruhiyati orqali uning xarakterini ochib berish kuchaydi. Bu albatta, inson ruhiyati yani psixologizmga borib taqaladi. Adabiyotshunoslikda psixologizm muammosi kecha yoki bugun paydo bo'lgan hodisa emas, balki uning ildizlari tarixan juda chuqur ruhiy -psixologik hodisa ХХI asrga qadar bir talay tadrijiylikda o'z taraqqiyot bosqichini bosib o'tgan. Chunonchi, antik davr adabiyoti tarixiga nazar tashlasak, qadimgi davrlarda ham nafaqat mifologik obrazlar, balki real hayotiy hodisalarni tasvirlashda inson obrazi va uning qiyofasidagi tashqi va ichki tasvirni berish alohida o'rin tutganligi ma'lum bo'ladi. Masalan, Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Hind xalqining "Romayana" va "Mahabharat" dostonlarida, umuman olganda sharq va g'arb xalq og'zaki ijodida inson tasviri asta-sekinlik bilan o'z o'rinini topa bordi. G'arb va Sharq xalqlari folklorida qahramonlarning ruhiy holati tasviri alohida o'rin egallagan. Masalan, qahramonning tashqi ko'rinishi va uning portreti masalasida deyarli barcha xalqlar adabiyotida tasvir uslubida bir xillik va o'xshashligi ko'zga tashlanadi.(l)

Kalit so'zlar: Psixologizm, Lotin Amerikasi, hikoyachilik, psixologik obraz, kognitiv, ruhiyat, konflikt.

PSYCHOLOGICAL ISSUES IN THE STORY OF LATIN AMERICAN AND

UZBEK LITERATURE

As we study the stories created from the beginning of the twentieth century to the present, the character of the protagonist becomes more and more revealed in recent years through his psyche. This, of course, goes back to the human psyche, that is, psychology. In literature, the problem of psychologism is not a phenomenon that arose yesterday or today, but a very deep psychological phenomenon with deep historical roots. For example, if we look at the history of ancient literature, it is clear that in ancient times, not only mythological images, but also the image of man and the external and internal image of his image played a special role in depicting real life events. For

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

example, in Homer's Iliad and Odyssey, in the Indian epics Romayana and the Mahabharata, and in the oral tradition of Eastern and Western peoples in general, the image of man gradually found its place. In the folklore of the peoples of the West and the East, the image of the mental state of the heroes has a special place. For example, in the literature of almost all nations, the appearance and portrait of the protagonist are similar in style.

Key words: Psychologism, Latin America, storytelling, psychological imagery, cognitive, psyche, conflict.

Shaxsning real hayotiy voqelikdagi holatini o'rganish psixologiya faniga aloqador. Badiiy adabiyotda esa uning adabiy jihatdan qayta ishlangan va nisbatan mukammallashgan shaxs psixologiyasi, ya'ni ruhiy holati tasvir ob'yektiga aylanadi.

Jahon adabiyotida psixologik xususiyatlarning estetik shakllari, psixologik tahlilning adabiy-estetik qirralari o'rganilgan. Badiiy adabiyot inson shaxsining moddiy va madaniy hayotini, his-tuyg'ularini, hayot jarayonida orttirgan tajribalarini, fikrlarini, tafakkurini, tashqi hayot hodisalariga botiniy va zohiriy javoblarini ifodalashga qaratiladi.

Lotin Amerikasi adabiyoti har doim so'zlarning eng sehrli va o'ziga xos tomonini aks ettirgan. Sehrli realizmdagi o'zining asosiy yo'nalishini topgan davr 60-yillardagi "Lotin Amerikasi bumu" deb nomlangan. Bu atama esa Lotin Amerikasi yozuvchilari guruhi boshchiligidagi va 1960-1980 yillarda sodir bo'lgan adabiy harakatni anglatadi. Harakat argentinalik Xulio Kortasar, meksikalik Karlos Fuentes, perulik Mario Vargas Llosa va kolumbiyalik Gabriel Gartsiya Markes asarlari bilan chambarchas bog'liq. Ushbu yozuvchilar o'zlarining yozuvchilik va siyosiy targ'ibotlari bilan dunyoga mashhur bo'lib, siyosiy avtoritarizm va ijtimoiy tengsizlik sharoitlariga e'tibor qaratdilar. Bum mualliflari zamonaviy Yevropa va Amerika romanining uslubi va uslublarini o'zlashtirdilar. Ular asosan manba sifatida Prust, Joys, Kafka, Dos Passos, Folkner va Xeminguey asarlarini tanlashdi. Ko'pchilik Lotin Amerikasi adabiyotida psixologik jihatlarni ko'rib chiqqan yozuvchilar edi, masalan,1922 yilda El Brod shahari asnosida ushbu mavzuga to'xtalgan chililik Eduardo Barrios. Shuni ta'kidlash kerakki, Urugvayda psixologiya elementlarining hikoya oqimlarining to'liq rivojlanishiga imkon beradigan harakat shakllana boshladi, bu bizni ong evolyutsiyasi bilan bog'liq jihatlarga olib boradi. Bu masalalarning xalqaro tan olinishiga imkon berish.Birgina argentinalik yozuvchi Xorxe Luis Borxesning ,,Sohildagi uchrashuv" hikoyasi misolida inson ruhiyatining murakkab jihatlarini ko'rishimiz mumkin.Asar insonning o'zi bilan o'zi uchrashish voqeasi asnosida jamiyatdagi odamlarning xudbinlashib

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

borayotgani,zamonning o'zgarib borayotgani va inson umri haqida mulohaza yuritishga undaydi. "Sohildagi uchrashuv" hikoyasi Borxes ijodiga xos fikrlash tarzini, o'zimizning ta'birimiz bilan aytganda, diapazonini belgilab beradigan uslubda yozilgan. Ya'niki, hayotda yuz bermaydigan hodisa real voqealik doirasida qalamga olinadi.Asar aynan shunday nomlanishida ramziylik bor. Sohilda qahramonlargina emas, ikki davr, bir ijodkorning o'tmishi — yoshligi bilan hozirgi payti — keksaligi uchrashadi, g'ayrat, shijoat, jo'shqinlik bilan ehtiyotkorlik, salobat, lekin jur'atsizlik uchrashadi. Boz ustiga uchrashib qolganlarning har biri shu uchrashuvni tushida ko'rayotgan bo'ladi. Hikoyada ko'p narsalarga o'zgacha nazar solish lozimligi haqidagi g'oya ham b Bir vaqtlari keskin o'zgarishlar, yolg'onga, riyoga murosasiz bo'lish tarafdori sifatida nom qozongan adib yoshligi bilan uchrashib qoladi, uning sokin, teran mulohazalari zamirida, tinchlikni istab qolgan qarashlarida keskinlik yetishmaydigan nochor, ojiz qariyaning jur'atsizligi, taslim bo'lgani, shonli bayroqlarni ko'tarish istagi qalbini tark etgani sezilib turadi. Ikki suhbatdosh o'zaro til topisholmaydi, natijada bir-birini tushunolmaydi. Avlodlar o'rtasidagi ixtilof, yangi fikr — u qanday bo'lishidan qat'i nazar eski qarashlarni — ular har qancha tabarruk, purma'no bo'lsa ham mahv etajagini keksa Borxes ham, muallif ham, qolaversa, biz, ham chor-nochor his qilamiz. O'z hayotiy tajribalarimiz bilan beixtiyor qiyoslaymiz.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.(Literature review)

Kuzatishlarga ko'ra badiiy psixologizm hodisasining ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik tahlili bilan Z. Z.Freyd, K.Yung, G.V.F. Gegel, F.V. Shelling; N.G.Chernyshevskiy, M.M.Baxtin, G.D.Gacheva, L.Ya.Ginsburg, A.B.Yesin, A.N.Iezuitov, V.V.Kompaneyets, B.O.Korman, D.S.Lixachev, O.N.Osmolovskiy, T.I.Silman; A.Alimuhammedov, Y.Bekmurodov, N.Shodiyev, M.Abdurahmonova, H.Umurov, D.Quronov kabi qator jahonga mashhur olimlar hamda o'zbek adabiyotshunoslari shug'ullanishganini ko'rishimiz mumkin.

Demak, XIX asr ijodkorlari tomonidan yaratilgan hikoyalardagi psixologizmning o'ziga xosligi birinchidan, o'z-o'zini rivojlantirishga qiziquvchanligi bilan ajralib turasa, ikkinchidan, uning atrofidagi haqiqat, ya'ni real borliqqa, uchinchidan esa qarama-qarshilikka ega bo'lgan shaxsga alohida e'tibor qaratganligida o'z aksini topgan. Badiiy adabiyotda insonning fe'l-atvori, uning g'oyaviy va estetik olami tasvirlanadi. Ijodkorning asarda psixologizmni, ya'ni ruhiy holat tasvirini berishdan maqsadi dastlab, kognitiv, ya'ni mantiqqa asoslangan muammoni, keyin badiiy asarning estetik ahamiyati hamda adabiy shaklning kitobxon uchun jozibadorligini ko'rsatib berishdir. Psixologik obrazning asosi xatti-harakatlar, aniqrog'i, inson qalbidagi turli xil fazilatlar va turli darajadagi kuchlar to'qnashuvi natijasidir. Masalan, Frederik Moroning his-tuyg'ularini tahlil qilish jarayoni shuni ko'rsatadiki, agar siz ularga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

an'anaviy ravishda murojaat qilsangiz, hech qanday tushuncha yo'qdek tuyuladigan psixologik jumboqlarga olib keladi.

Adabiyotda badiiy psixologizm, qahramonlar ruhiyati masalasiga oid ko'plab ilmiy ishlar olib borilgan, dissertatsiya va avtoreferatlar hamda maqolalar yozilgan. Jumladan, A.Rasulovning "Xarakter molodeji v sovremennix uzbekskix sovetskix povestyax" , N.Shodievning "Abdulla Qahhorning asarlarida psixologik tahlil mahorati" , N.Yuldashevning "Problemi psixologicheskogo analiza v uzbekskoy proze (Vnutrenniy monolog v romanax A.Kadiri, Aybeka, A.Kaxxara, A.Yakubova) nomzodliy dissertasiyalari, X.Umurovning "O'zbek romanlarida ruhiy tahlil muammosi" doktorlik dissertasiyasi , A.Xolmurodovning "Odil Yoqubov romanlarida psixologizm" , P.Kenjaevaning "Hozirgi o'zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari" nomzodlik dissertasiyasi hamda monografiyasida , M.Boboxonovning "Hozirgi o'zbek qissachiligida badiiy psixologizm" nomzodlik dissertasiyasida, M.Sheralievaning "Hozirgi o'zbek nasrida kinoya (ijtimoiy- psixologik omillari, poetik tizimdagi o'rni)" , Yu.Eshmatovaning "Istiqlol davri o'zbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini , Sh.Botirovaning "Hozirgi o'zbek romanlarida badiiy psixologizm (Ulug'bek Hamdamning "Muvozanat", "Isyon va itoat", "Sabo va Samandar" romanlari misolida) filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va psixologik tahlil masalalarini turli aspektlarini tadqiq etgan bo'lsalar, M.Kilichevaning "Ingliz va o'zbek adabiyotida psixologik holatlar talqinida adabiy ta'sir muammosi (yolg'izlik motivi misolida)" , N.Qobilovaning "Jek London va Abdulla Qahhor ijodida badiiy psixologizm" mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissersiyalarida badiiy psixologizm va ruhiyat mavzularida qiyosiy tadqiqot olib borganlar.

Tadqiqot metadologiyasi (Research Methodology)

XIX asrga kelib inson psixologiyasida ulkan o'zgarishlar sezila boshladi. Ayniqsa, shaxs erkinligiga bo'lgan qarash, uning jamiyatdagi o'rni va qadr-qimmatining ulug'lanishi, shaxs zimmasiga mafkuraviy-axloqiy mas'uliyatning oshib borishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini birma-bir bosib o'tib kelayotgan inson borlig'i yanada murakkablasha bordi. Qahramonning dunyoviy bilimi va ko'nikmalari kengayib, jiddiylashib, "men" (ya'ni bu ijobiy tomon o'zlikni anglash ma'nosida) degan tushunchaning shakllanishi, inson "men"ining paydo bo'lishi axloqiy-siyosiy, mafkuraviy-falsafiy nazariyalarning rivoji va davlat boshqaruvi tizimining har xilligi inson olamining o'zgarishiga, uning murakkab ichki qarama-qarshiliklari yuzaga chiqishiga sabab bo'ldi. Deylik, o'zbek adabiyotida Abdulla Qahhorning "Sarob" romanidagi Saidiy obrazining murakkab ruhiy olami tasviri ko'plab adabiyotshunoslar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

e'tiborini o'ziga tortdi. Saidiy obrazining murakkab shundaki, keskin xulosa va qaror qabul qila olish uning uchun juda qiyin, chunki uni ijtimoiy sharoit va tuzum hamda iqtisodiy qaramlik shunday bo'lishiga olib kelgan.

Inson o'zligini anglashi bilan moddiy-ma'naviy madaniyati ham yuksala boradi. Bu jarayonlar inson psixologiyasining har xil rakuslarda namoyon bo'lishini va rivojlanishini yanada tezlashtirishga olib keladi.

Rus olimlaridan Boris Proskurin "Z.Freyddan oldin va keyingi badiiy psixologizm" deb nomlangan maqolasida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida badiiy adabiyotdagi "badiiy psixologizm" deb atalgan hodisa haqida fikr bildirib, badiiy adabiyotdagi psixologizmning uch jihatga urg'u beradi: (2)

-birinchidan, psixologizm-bu badiiy adabiyotning umumiy xususiyati; -ikkinchidan, yozuvchining ongli ravishda tanlagan va badiiy asarning butunligini belgilaydigan estetik tamoyil;

-uchinchidan, psixologizm muallifning bevosita maqsadining ifodasi bo'lgan qahramonning ichki dunyosiga, ijodiy timsolning shakl va shamoillariga taaluqli

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Badiiy asar markazida inson turar ekan, har qanday millatning adabiyotshunoslik fani ayni turli nuqai nazardan tadqiq etadi(3). Bir necha mingyillik tarixiga ega bo'lgan jahon adabiyoti tarixida inson hayoti, orzu-armonlari, ruhiy holatining rang-barang qirralari tasvir ob'yekti bo'lib xizmat qildi va shunga mos ravishda adabiyotshunos olimlar o'z adabiy-nazariy talqinlarini paydo bo'ladi. Zero, dunyo adabiyotshunosligi erishgan ilmiy yutuq va to'plagan boy tajribalarni milliy adabiyotdagi aniq nazariy masalalar, ya'ni roman janri evolyutsiyasi, psixologik tasvir, obraz ruhiyati kabi muammolarni muhokama qilish uchun yo'naltirish foydali, albatta.(4)

Dunyo olimlari bilan bir qatorda o'zbek adabiyotshunoslari ham psixologizm, qahramonlar psixologiyasi, psixologik tasvir, psixologik obraz kabi bir qator adabiy-estetik tushunchalar qamrovida ilmiy tadqiqotlar olib borganki, bu jihat ham ХХИ asr o'zbek romanidagi adabiy qahramonlar xos bo'lgan eng muhim jihatlarni yoritishga yordam beradi.

Xulosa va takliflar(Conclusion and recommendations) Inson ruhiyatini dunyo ilm-fanining turli sohalari o'z spesifikasiga mos ravishda o'rganadi. Badiiy adabiyot - so'z san'at bilan psixologiya fani o'zaro kesishgan nuqtada insonning ichki dunyosi, o'y-kechinmalari, tafakkuri va tasavvuri kabi bir qator masalalar adabiy-psixologik taqin ob'yekti sifatida maydonga chiqadi. Bu jarayonda adiblarning dunyoni anglashi, his qilishi va munosabat bildirishi hamda qahramon

bo'ladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ruhiyatini ochishning o'zlariga xos eng qulay noan'anaviy usullarini tanlashi tabiiy sanaladi. (5)

Qahramon ruhiyatini ifodalashda konflikt alohida o'rin tutadi. Zero, konflikt tushunchasi intrapsixik hodisa sifatida psixodinamik yondashuvlar orqali ishlab chiqiladi. Bu talqinda asosiy an'ana Z.Freyd tomonidan qo'yilgan bo'lib, konflikt psixoanalitik tushunchadagi eng muhim nazariy konstruksiya va insonning aqliy hayotini tushunishning kaliti sanaladi. N. Eshonqul va X. Do'stmuhammad romanlaridagi konflikt inson tabiatining ziddiyatlarga to'la bo'lgan ichki va tashqi xarakter xususiyatiga taalluqlidir.

Psixoanalitik nuqtai nazaridan konflikt psixikaning ichki tuzilmalari va moyilliklarining o'zaro ta'siri natijasida psixikaning tub-tubida o'zining mavjudlik qonuniyatlari tufayli paydo bo'ladi. Faqat bu qonunlar doirasida intrapsixik hodisa yetarli darajada tushuntirilishi va ta'riflanishi mumkin. Psixoanalitik an'anadagi shaxslararo konfliktlar ham shaxsning intrapersonal xususiyatlari orqali talqin etiladi. Interpersonal asoratlarga doimiy moyillik insonning, asosan, bolalik davrida orttirilgan noqulay tajribalar ta'sirida yuzaga keladigan asosiy munosabatlaridagi buzilishlar oqibatidir.(6)

Kognitiv yondashuvlar nuqtai nazaridan konfliktni faqat vaziyatning muayyan parametrlarini sub'yektiv aks ettirishni hisobga olgan holda tushunish mumkin, bu vaziyatni konflikt sifatida baholash uchun asos bo'lib xizmat qiladi va mojarolar fenomenologiyasini tushuntirishning asosiy omiliga aylanadi.

Konfliktlarga yondashishning hozirgi tendensiyalari amaliy ishlarga oldindan mo'ljallangan holda va amaliy ishlanmalar sonining ortishida va nazariy tadqiqotlar sonining mos ravishda kamayishida namoyon bo'ladi.

Adabiy zamon va makon muammosi zamonaviy adabiyotshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biridir. "Donishmand Sizif", "Ro'yo", "Go'r o'g'li yoxud hayot suvi" romanlaridagi makon va zamon tekshirilganida ularning turli ko'rinishlari mavjudligi aniqlandi. Zero, adabiyotshunoslar har qanday adabiy hodisani xronotop muammosi bilan bog'liq holda ko'rib chiqishni boshlashdi, chunki bu eng muhim ekzestensial xususiyatlar bo'lib, zamon va makon dunyo muallif shaxsi obrazini barpo etishning ham ajralmas qismi sanaladi. Shuningdek, turli zamon va makon xatti-harakatlar tufayli syujet dinamikasi ta'sinlanadi, personajlarning psixologik evolyutsiyasi kuzatiladi.

A.A'zam, X.Do'stmuhammad, N.Eshonqul hikoyalari vositasida individual uslubi tadqiq etilganida bevosita mualliflar shaxsiyatining psixologik jihatlari, shuningdek, ularning dunyoqarashining adabiy-estetik, siyosiy-axloqiy, diniy-ma'rifiy qirralari bilan belgilanadigan xususiyatlari, yozuvchining ma'lum bir tarixiy davrda tutgan mavqyei ko'zga yaqqol tashlandi. X.Do'stmuhammad romanida milliy va umumjahon tajribasi

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

uyg'unlashadi; A.A'zam romanida shartlilik va ramziylik yetakchi o'ringa chiqadi, N.Eshonqul hikoyasida esa jahon adabiyoti ta'siri va voqyelikni ramzlar vositasida badiiy talqin etish kuzatiladi.

Umuman olganda, adiblarning yozgan har bir yangi asari betakror mavzu, e'tiborli g'oya, kutilmagan voqea, tasvir uslubi va boshqa adabiy-nazariy qirralarning originalligini talab qiladi. Ayniqsa, badiiy adabiyotda original yo'nalishlarning paydo bo'lishi adabiyot nazariyasi uchun yangi adabiy-ilmiy tushunchalar vujudga kelishiga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Абдурахмонова М. Характер психологизми, мухит ва типик шароит. // Узбек тили ва адабиёти, 1975 й., 2-сон. - Б.29 - 35.

2. Абдурахмонова М. Рус адабиёти ва узбек прозасида психологик тахлил. // Узбек тили ва адабиёти, 1976 й., 2-сон. - Б. 40 - 44.

3. Акрамов Б. Рухият мусаввири // Шарк юлдузи. - Тошкент, 1994. -№12. - Б. 147-150

4. Жовлиев Б. Рухиятдаги эврилишлар мифологик талкини // Тил ва адабиёт таълими. 2016 й.,10-сон. - Б.39.

5. Жураев Й. Насрий асарларнинг психологик тахлили. // Тил ва адабиёт таълими, 2012. 6-сон. - Б.31.

6. Сувон Мели. Комик катарсис // Узбек тили ва адабиёти, 2003, 3-сон. - Б.20.

7. Улугов А. Адабий кахрамон кадри // Жахон адабиёти, 2015 й., 5-сон. - Б. 146.

8. Фром Эрих. Инсон калби // Шарк юлдузи, 2015 й., 4-сон. - Б. 172.

9. Холиков Б. Бадиий асар композициясида ёндош образларнинг урни // Узбек тили ва адабиёти, 2015 й., 1-сон. - Б.85.

10. Хужамкулов У. Бадиий портретда миллий ва рух ифодаси // Узбек тили ва адабиёти, 2015 й., 5-сон. - Б.68.

11. Парамонов к;. Абсурд факат маънисизликми? // Шарк юлдузи, 2009 й., 2-сон. - Б.146-153.

12. Кучкорова М. Хрзирги узбек насрида ассоциатив тафаккур // Узбек тили ва адабиёти, 2015 й., 4-сон. - Б.65.

55

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.