Научная статья на тему 'TARIX FANI ADABIYOTLARINING RIVOJIDA O‘ZMU TARIX FAKULTETINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANI ADABIYOTLARINING RIVOJIDA O‘ZMU TARIX FAKULTETINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ergashev H.Y.

Tarix – o‘tmish va bugun o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, insoniyat hayotida beqiyos ahamiyat kasb etgan fanlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, biz hayotda ko‘rib turgan barcha narsaning o‘ziga xos tarixi bo‘lib, u faqatgina tarixiy kitoblarda aks ettiriladi. Mustaqillik yillarida barcha fanlar qatori tarix fani sohasida ham olib borilgan yangi ilmiy tadqiqotlar asosida ko‘plab yangi o‘quv adabiyotlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, risola va monografiya kabi ko‘lab shaklda nashr etildi. Tarix fani sohasida yetakchi dargoh hisoblangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining professor – o‘qituvchilari tomonidan katta ko‘lamdagi ishkar olib borildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan to so‘ngi yillarga qadar mamlakatimizning ijtimoiy talabiga javob beraoladigan adabiyotlar nashr etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX FANI ADABIYOTLARINING RIVOJIDA O‘ZMU TARIX FAKULTETINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANI ADABIYOTLARINING RIVOJIDA O'ZMU TARIX FAKULTETINING O'RNI VA AHAMIYATI

Ergashev H.Y.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174875 Tarix - o'tmish va bugun o'rtasidagi ko'prik bo'lib, insoniyat hayotida beqiyos ahamiyat kasb etgan fanlardan biri hisoblanadi. Ma'lumki, biz hayotda ko'rib turgan barcha narsaning o'ziga xos tarixi bo'lib, u faqatgina tarixiy kitoblarda aks ettiriladi.

Mustaqillik yillarida barcha fanlar qatori tarix fani sohasida ham olib borilgan yangi ilmiy tadqiqotlar asosida ko'plab yangi o'quv adabiyotlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, risola va monografiya kabi ko'lab shaklda nashr etildi. Tarix fani sohasida yetakchi dargoh hisoblangan Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining professor - o'qituvchilari tomonidan katta ko'lamdagi ishkar olib borildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan to so'ngi yillarga qadar mamlakatimizning ijtimoiy talabiga javob beraoladigan adabiyotlar nashr etildi. O'zining qariyb bir asrlik boy tajribasiga ega bo'lgan dargoh yuqoridagi muhim vazifani bajarish uchun yetarli tajriba va sohaning mukammal kadrlariga ega edi. Ta'limni isloh qilish va uni keng ko'lamda ommaga xavola etishda o'quv-uslubiy hamda adabiyotlarning o'rni muhim hisoblanadi, bu kabi o'quv materillari va adabiyotlariga mustaqillikning dastlabki yillarida juda katta ehtiyoj tug'ildi. Bu vazifani hal qilmasdan turib bilimli kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etishning imkoni yo'q edi. Mavjud darslik va o'quv qo'llanmalarning mafkurasi bu paytga kelib o'z ahamiyatini yo'qotdi. O'quv adabiyotlar bilan ta'minlashda yetuk, malakali o'qituvchilar zarur edi, bu paytda "O'zbekiston xalqlari tarixi" (hozirgi O'zbekiston tarixi) kafedrasida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar t.f.d., prof. R.X.Murtazaeva rahbarligida O'zbekistoning qadimgi davridan hozir (1994 yil)ga qadar tarixini talabalarga ma'ruza tarzida o'qish, o'zbek va rus tillarida o'qituvchilarga taqsimot asosida bo'lib berildi, jumladan O'zbekistoning qadimgi davr tarixidan ma'ruza o'qishni rus guruhlari uchun Z.R.Ishanxodjaevaga, o'zbek guruhlari uchun esa ma'ruzani A.M.Hidirovlarga ishonib topshirildi [1].

"Madaniyat tarixi va nazariyasi" kafedrasi tomonidan 1993-1994 o'quv yilida quyidagi o'quv-uslubiy mazmundagi S.Gorsheninaning "O'rta Osiyo san'at tarixidan XIX asr oxiri - XX asr boshi" metodik tavsiyanomasi ( 2 b.t. Tosh DU, 1994-yil ), E.Gulmetovning "Madaniyat tarixi" nomli izohli lug'at tayyorlandi [2].

"Etnografiya" kafedrasining dotsenti (keyinchalik professori) T.O'.Salimovning quyidagi monografiyasi nashr yetildi : "Etnografik tadqiqotlar

o'tkazish usullari" Toshkent, Tosh DU, 1993, "Drevniy Zamin" (kollektivnaya monografiya). Tashkent, Fan. 1994, Kafedra a'zolari hisobot yili davomida belgilangan rejalar asosida darslar o'tkazib quyidagi ishlarni bajardilar. Kunduzgi IV-V kurs talabalariga maxsus o'quv dasturlaridan "O'zbekiston Etnografiyasida muqaddima" va "O'rta Osiyo xalqlarining din tarixi" fanlaridan kunduzgi va sirtqi bo'limlarda ma'ruzalar o'qib, reyting dasturlari amaliyotga tatbiq qilindi.[3].

1993-1994 o'quv yilida prof.R.X.Murtazaeva rahbarligida kafedra yig'ilishlari va uslubiy seminar majlislarida o'qituvchilar ma'ruzalarning matnlari tez-tez muhokama qilib turildi. Har oyda o'tkazib turiladigan uslubiy komissiya majlislarida amaliy mashg'ulotlar rejasi, tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati, reyting o'tkazish usullari, tezislar keng muhokama qilib borlidi.

O'quv adabiyotlar bilan ta'minlanish vazifasi faqat O'zbekiston tarixi emas, balki Jahon tarixiga oid bo'lgan yangidan-yangi o'quv adabiyotlar va darsliklar bilan ta'minlash vazifa sifatida qo'yildi va bu quyida amalga oshirilgan ishlar bunga yaqqol misol bo'la oladi. 1993-1994 o'quv yili davomida "Yangi va yeng yangi zamon tarix" kafedrasi diqqatidaYevropa va Amerika davlatlarining yangi va eng yangi tarixini talabalarga o'qitish sifatini oshirishga oid masalalari ilgari surildi. Professor - o'qituvchilarining ayniqsa yosh o'qituvchilar: R.Saidova, B.Boboqulov, B.To'xtaboev, S.Gabrielyanlarnning metodik saviyasini oshirish uchun kafedrada seminarlar tashkil etildi. Quyida kun tartibi bo'yicha muhim deb olib borilgan ishlarni ko'rib o'tsak:

1. Prof.G.A.Hidoyatov ikki marta chiqish qilib unda "R.Lyuksenburg va K.Kautskiyning ijtimoiy-siyosiy va tarixiy qarashlari to'g'risida" hamda "Turkiyzabon xalqlarning kelib chiqishi" haqidagi mazmunli ma'ruzasi tashkillashtirildi;

2. Dot.V.I.Gulin "Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi tarixidan" va "Formatsion va Sivilizatsion yondashuvlar haqida" ikki marotaba o'tkazilgan ma'ruzasi;

3. Prof.R.Farmonov o'rta maktablar uchun yangi tarix darsligini tayyorlash muammolari to'g'risida ma'ruzasining olib borilganligi;

4. Kafedra dotsenti R.M.Emchenko "Yangi va eng yangi tarix" jurnali sahifalaridan kafedra predmetlarining o'qitish uslub va usullari to'g'risida ma'ruza qildi. Ma'ruzaning metodologik ahamiyati ham o'qituvchilar ham talabalar uchun juda ahamiyatli bo'ldi [4].

"Yangi va eng yangi tarix" kafedrasida yuqori malakali o'qituvchilar prof.G.A.Hidoyatov, dot.V.I.Gulin, dot.R.Emchenkolar o'z navbatida yosh o'qituvchilar R.R.Saidova, B.Boboqulov, B.To'xtaboev, S.Gabrielyanlarga o'qituvchilik mahoratini oshirishda ularni o'z ko'magi ostiga olib yaqindan yordam

ko'rsatdilar. Kafedra majlislarida katta o'qituvchi B.Boboqulovning "Ruzveltning yangicha siyosati (yangicha jarayon)" keng ko'lamli muhokama etildi. O'qituvchi R.R.Saidovaning "1870-1890 yillarda Germaniya imperiyasi" mavzusidagi ma'ruza matni tayyorlashda professor G.A.Hidoyatov, R.Farmonov va dots.V.I.Gulin faol qatnashib, qimmatli maslahatlar berdilar. Kafedra a'zolari 1993-1994 yilda rejalashtirilagan o'quv mashg'ulotlarini bajardilar. Qo'shimcha tarzda professor A.G.Hidoyatov, R.Farmonov sirtqi va kechki bo'limlarda qo'shimcha tarzda bittadan maxsus kurs o'qib berdilar.

"O'rta Osiyo Arxeologiyasi" kafedrasi azolari ham bir qancha o'quv-metodik ishlarni amalga oshirdilar. Z.I.Usmonova va O'.M.Mavlonov "Sharq san'ati" maxsus kursi bo'yicha o'quv-metodik qo'llanmani Tosh DU nashiryotiga topshirdilar. A.S.Sagdullaev A.Kabirov bilan birgalikda oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan "O'rta Osiyoning eng qadimgi tarixi" nomli o'quv qo'llanmasini tayyorlab nashiryotga topshirdilar. Kafedrada o'quv-metodik ishlarni yanada takomillashtirish masalalari bir necha bor muhokama qilindi. 1994 yil fevral oyidagi fakultet Ilmiy kengashida prof.A.S.Sagdullaevning "Haqqoniy tarixni yoritish haqida" va yangi o'quv darsliklari bo'yicha hisoboti tinglandi va muhokama qilindi. Hisobot yilida kafedra a'zolarining 15 ta ilmiy maqolasi chop etildi.

"O'zbekiston tarixi" kafedrasi a'zolari tomonidanv1997 yilda respublikada birinchi bo'lib, Oliy o'quv yurtlari uchun "O'zbekiston tarixi" fanidan 22 bosma taboqli o'quv qo'llanmasi yaratildi. Ushbu kitob vazirlik tomonidan barcha oliy o'quv yurtlarida foydalanish uchun tavsiya qilindi. Bu qo'llanma asosida 2000 yilda "O'zbekiston tarixi" fanidan ma'ruzalar matni chop etilib, uning yetti nafar muallifi esa vazirlik tomonidan "Oliy ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar. Shuningdek, 2002 yilda «Istoriya Uzbekistana. Uchebnoye posobiye dlya studentov neistoricheskix spesialnostey» o'quv qo'llanmasi 2002 yilda chop etilib, u 2004 va 2006 yillarda to'ldirilgan holdaqayta nashr etildi [5]. "O'zbekiston tarixi" darsligi 2003 yilda R.H.Murtazaevaning umumiy tahriri ostida chop etildi (45 bosma taboq) va 2005 yilda esa lotin yozuvida ham chop etildi.

"O'rta Osiyo Arxeologiyasi" kafedrasi professori A.S.Sagdullaev tomonidan "Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda", 1996 y., "O'zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti" 2000 y., "Qadimgi O'rta Osiyo tarixi" 2004 y., "O'zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi", 2006 y. nomli darslik va o'quv qo'llanmalarning chop etilishi kafedra faoliyatida yangi bosqichning boshlanganligidan dalolat beradi hamda O'zbekiston tarixi darsligini yozishda "O'zbeksiton tarixi" kafedrasida uzoq yillar mehnat qilgan t.f.d.,prof.,akademik Abdulahad Rahimjonovich Muhammadjonovning ham xizmatlari diqqatga sazovordir, negaki olim tomonidan uzoq yillar 7 sinf O'zbekiston tarixi darsligining

muallifi bo'lganligi, Arxeologiya sohasida yirik tadqiqotlar olib borganligi hamda O'zbekiston tarixi fanining mustaqillikning ilk yillarida yoritilishiga katta hissa qo'shganligi fikrimizning tasdig'i hisoblanadi.

Fakultet ilmiy salohiyatining oshib borishi uchun bir qancha darslik va o'quv qo'llanmalari ham chop etilib borildi va yillar davomida ular qayta ishlanib, takomillashtirilib borilganligiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin,

Ta'lim standartlarining tubdan o'zgarib, o'quv uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlash darajasi bu davrda ham oshib bordi, negaki bu paytda respublikada yetakchi ilmiy dargoh hiosoblangan O'z MU Tarix fakulteti respublikaning boshqa ijtimoiy-gumanitar o'quv yurtlari uchun zarur bo'lgan kadrlarni, o'quv qo'llanmalarni va talabalarning bilim va ko'nikmalarini oshirishga xizmat qiladigan o'quv adabiyotlarni tayyorlab, birgalikda respublika taraqqiyoti uchun xizmat qildilar. Bundan tashqari ta'lim standartlarining bu davrdagi ruhi asosan milliy va vatanparvarlik ruhida bo'lib bundan maqsad yosh davlatning o'z milliy istiqlol yo'lini belgilashi uchun shu yo'ldan borildi va buni o'tgan davrning o'zi ko'rsatib berdi.

Adabiyotlar:

1. O'z MU Tarix fakulteti "O'zbekiston tarixi" kafedrasida t.f.d.,prof.Z.R.Ishanxodjaeva bilan suhbatdan, 19.10.2022-yil.

2. O'z MU Tarix fakulteti "O'zbekiston tarixi" kafedrasida t.f.d.,prof.Z.R.Ishanxodjaeva bilan suhbatdan, 19.10.2022-yil.

3. Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi. fond-38, opis-2, d-1389.

4. Toshkent shahar Markaziy Davlat Arxivi. fond-38, opis-2, d-1691.

5. O'z MU joriy arxivi Tarix fakulteti "O'zbekiston tarixi" kafedrasining 20052006 o'quv yilgi o'quv ishlar hisobotidan.

6. Муминов, А.Г. (2023). Узбекистан баркдрор ривожланиш йулида. Философия и право, 25(2), 14-19.

7. Muminov, A., Muminov, O., Polvonov, K., & Ktaybekov, S. (2019). To the Way of Informed Society. Журнал: Scienceweb academic papers collection, (1), 9764-9770.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.