TARBIYA JARAYONIDA O'QUVCHILARGA INDIVIDUAL YONDOSHISH VA UMUMIY MUSIQIY BILIMNI RIVOJLANTIRISH
D.Nosirov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqola ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarga indivudial yondoshish orqali ularda ijobiy sifatlarni mustahkamlash va salbiylarini yo'qotish va o'quvchilarda musiqiyt ijrochilik malakalarini shakllantirishi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: pedagogika, indivudial, cholg'u ijrochiligi, milliy cholg'ular, rekonstruktsiya qilingan, musiqiy meros, sozanda
INDIVIDUAL APPROACH TO STUDENTS IN THE EDUCATION PROCESS AND DEVELOPMENT OF GENERAL MUSICAL KNOWLEDGE
D.Nosirov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The article provides information on strengthening positive qualities and eliminating negative ones and forming musical performance skills in students through an individual approach to students in the process of education.
Keywords: pedagogy, individual, instrument performance, national instruments, reconstructed, musical heritage, musician
Yosh avlodni milliy-ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bo'lib yetishishida tarbiya jarayonida individual yondoshish va umumiy musiqiy bilimni rivojlantirish milliy musiqa merosining cholg'uchilik san'ati orqali tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi.1
Insonlar individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi ma'lum. Mutlaqo bir xil xususiyatli odamlar bo'lmaganidek, har bir o'quvchining xususiyatlari ham o'ziga xos va takrorlanmasdir. Ta'lim - tarbiyaning talablari esa barcha o'quvchilar uchun yagona bo'lib qolaveradi. Samarali natijaga erishish uchun o'quvchilarga nisbatan pedagogik vositalarni qanday qo'llash kerak? Ta'lim ishida o'quvchilarning
1 Nasimkhan Kholjorayevich Madaminov KSPI CHOLG'U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023
individuаl xususiyatlarini hisоbgа оlish, shu xususiуаtlаr аsоsidа ishni tаshkil etish yuqoridagi savolga ma'lum darajada javob bo'lishi mumkin. 2
Ta'lim jarayonida o'quvchilarga individual yondashish muammosi ijodiy xarakterga ega. Bu jarayonning har bir bosqichiga oldindan aniq ko'rsatma berib bo'lmaydi.
Pedagogikada tarbiyalanuvchilarga individual yondashish masalasi ta'lim -tarbiya ishining barcha bo'g'inlarini o'z ichiga oladi. Individual yondashishning mohiyati o'quvchi oldiga qo'yilgan umumiy tarbiya vazifasining har bir o'quvchiga, uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali amalga oshirilishishidir.
Amalda xulqi, xarakteri, salohiyati turlicha bo'lgan o'quvchilarni uchratish mumkin. Bazi o'quvchilarning qobiliyatlari yoshlik chog'laridanoq sezilsa, boshqalarida qobiliyatni aniqlash ancha vaqt talab etadi. Ayrim o'quvchilar sho'x, o'yinqaroq bo'lib, ko'p narsaga qiziqsalar, boshqalari vazmin, bosiq bo'ladilar. O'quvchilarning xarakter va xulqlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar ularga o'qituvchining e'tibori talab etiladi.
O'quvchilarga induvidual yondashish birinchi, navbatda ularda ijobiy sifatlarni mustahkamlash va salbiylarini yo'qotishga qaratiladi. O'quvchilarning salbiy sifatlarini o'qituvchi vaqtida sezib, bartaraf etish choralarini ko'rishi, kelajakda o'quvchini qayta tarbiyalashdek qiyin ishning oldini oladi. Tarbiyada individual yondashish samaradorligini oshirishda o'quvchi xarakteridagi ijobiy sifatlarga tayanish foydali, degan fikr avvaldan ma'lum. Masalan, cholg'uni o'rganayotgan o'quvchida biror usul boshqalariga nisbatan yaxshi rivojlangan deylik, R3epertuar tanlashda o'qituvchi o'quvchining xuddi shu sifatlarini hisobga olishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'quvchidagi kamroq rivojlangan sifatlarga e'tiborsizlik bilan qarash, degani emas. Aksincha, o'quvchilardagi ijobiy sifatlardan unumli foydalanish ularda kamroq rivojlangan sifatlarni ishga solish va mukammallashtirishga yordam beradi.
Ijroni o'rgatishning mohiyati ma'lum asarlarni o'rganish, qator texnik ko'nikmalarni hosil qilish bilangina chegaralanib qolmasligi kerak. To'g'ri fikrlay oladigan va mustaqil ishlay biladigan sozandani shakillantirish o'qituvchining asosiy vazifasidir. O'qituvchi faqatgina cholg'uchilk san'atini o'rganayotgan o'quvchi bilan emas, balki tom ma'noda tarbiyalanuvchi bilan ishlayotganini his etishi lozim. Ishga xuddi mana shunday yondashish kerak, zamonaviy fan ta'lim va rivojlanishni ilmiy nuqtai nazardan chuqur va har taraflama o'rganibdi.
2 NIYOZOV QURBONALI NURALIYEVICH. (2023). CHOLG'U IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH. Ustozlar Uchun, 42(2), 34-44. Retrieved from https://pedagoglar.uz/index.php/01/article/view/3441
3 SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 29
Ta'lim va rivojlanish jarayoni bir - biri bilan uzviy bog'langan. Rivojlanish ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. O'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikmalarni o'zlashtirishlarining individual xususiyatlari, ongning qanchalik rivojlanganligi ta'lim jarayoniga ta'sirini o'tkazadi. Kimning ong va intellekt darajasi rivojlangan bo'lsa, u turli bilim va ko'nikmalarni oson va tez o'zlashtira oladi. Ta'lim va rivojlanishning o'zaro bogliqligini e'tirof etish ta'lim jarayonida rivojlanish o'z - o'zidan amalga oshadi, degani emas. Fan talimining rivojlanganishiga ijobiy ta'sirini inkor etmaydi. Shunga qaramasdan, ta'lim ta'siridagi rivojlanish natijasi hamma vaqt ham bir xil bo'lavermaydi. Bunday natijalar keskin farq qilishi mumkin. Bu erda savol tug'iladi: ta'lim davomida rivojlanishga qanday manbalar o'z ta'sirini ko'proq o'tkazadi? Bu savolga G.M.Sipinning «Fortepianoda ijroni o'rganish», («Obucheniye igre na fortepiano») kitobidan javob topishimiz mumkin: «Bu erda ta'lim jarayonining mazmuni, shakli va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega». Yuqorida aytib o'tilgan fikr bevosita cholg'u ijrochiligi ta'limiga ham tegishli. Hamma gap o'quvchining ijro etish ko'nikmalarini o'zlashtirishi bilan uning umumiy musiqiy rivojlanishi masalalarining bog'liqligi. Cholg'u ijrochiligi ta'limini o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishidan ma'lum darajada ajralgan xolda olib borish hollari ham yo'q emas.
Buning sabablari quyidagicha: - kundalik dars jarayonida o'quvchidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o'qituvchi tamonidan berilayotgan ko'rsatmalar etarli darajada asoslanmaydi, ya'ni kamchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar atroflicha tahlil etilmaydi:4
- mashg'ulot paytida asosiy e'tibor ijrochilik ko'nikmalariga qaratilib, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi uchun zarur nazariy bilimlarni o'zlashtirish vazifasi ikkinchi navbatga o'tib qoladi; dars mazmuni nisbatan qashshoqlashib qoladi; kerakli nazariy xulosalar va umumlashtirishlar amalga oshirilmaydi;
- o'quvchilar o'zlarining ijrochilik tajribalarida nisbatan kam miqdorda musiqa asarlaridan foydalanadilar; ularning repertuari xarakter, ijro murakkabligi jihatidan bir xil bo'lib qoladi;
- o'zlashtirilayotgan ijrochilik bilim va ko'nikmalari o'zining mazmuni va hajmi jihatidan tor doira ichida chegaralanib qoladi;
- ba'zi o'quvchilar notanish musiqa asarini mustaqil ravishda to'laqonli ijro etishga ojizlik qiladilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, mashg'ulot jarayonida o'quvchilar o'zlarining tom ma'noda rivojlanishlari uchun juda kam miqdorda bilimga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, cholg'u ijrosi ta'limida faollik, mustaqillik va ijobiy tashabbus kabi sifatlarni shakllantirishga etarli darajada e'tibor berilmaydi.
4 SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 31-32 riTTTÜ^^H] 323 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Xullas ijrochilik sinflarida sozandachilikning deyarli bir tomoni - ijro ko'nikmalari hamda bilimlarini o'zlashtirish va rivojlantirish ishi bilan chegaralanib qolinadi.
Cholg'u ijrochiligi ta'limi bilan shug'ullanayotgan ba'zi sinflarning kamchilik va nuqsonlari mana shulardan iborat. Aytib o'tilgan kamchiliklarni diqqat bilan chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, unda o'quvchilarning umumiy rivojlanish imkoniyatlarining kamsitilishi hollarini ko'rishimiz mumkin. Haqiqatan ham, ta'lim davomida o'zlashtirilayotgan repertuarning chegaralanganligi, o'quv materialidagi umumiy va xususiy umumlashmalarning kamligi, o'quvchilarning mustaqilligi va faolligini to'la darajada ishga solmaslik kabi kamchiliklar o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. 5
Aytib o'tilgan kamchiliklar ta'lim - tarbiya ishining barcha pog'onalarida -boshlangich musiqa maktablaridan tortib, oliy o'quv yurtlarida ham mavjud. Aytish kerakki, ta'lim jarayonini o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanish ishiga xizmat qildirishni o'quv - tarbiya jarayoning barcha pog'onalarida va ayniqsa, boshlang'ich bosqichda yo'lga qo'yish foydadan xoli bo'lmaydi. Shu bilan birga, bu vazifani amalga oshirishni o'zi bo'larchilikka qo'yib qo'yish ham yaramaydi. Ta'limning yo'nalishi o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanish talablariga javob berishi zarur. Ijrochilik ta'limining oldida turgan real vazifalarini hisobga olgan holda, cholg'uchilikda bilim va ko'nikmalarni o'rgatish va o'rganish tor ma'nodagi vazifa bo'lmay, balki mana shu vazifani hal etish musiqa tarbiyasining yirik muammolarini hal etishga qaratilishi kerak.
Avval aytib o'tganimizdek, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi ta'lim jarayonida amalga oshadi. Bu fikr pedagogika fanida isbot qilingan qonuniyatlardan biridir. Shu sababli ham umumiy rivojlanish imkoniyatlarini o'quv-tarbiya ishidan tashqarida emas, balki shu j arayonning aynan ichidan qidirishimiz kerak. Bu erda shunday savol tig'ilishgi mumkin; o'quvchining maksimal rivojlanishi uchun cholg'u ijrochiligining ta'limi qanday tuzilmog'i kerak? Bu savolga javob topish uchun birinchi navbatda ta'limda asos bo'lib xizmat qiladigan muayyan musiqiy-didaktik prinsiplarni anqlash zarur. Musiqa pedagogikasiga murojat etadigan bo'lsak, u erda asosan to'rtta musiqiy-didaktik prinsip aniqlaganligini ko'ramiz.
O'quv-pedagogik ishda foydalaniladigan materiallar miqdori hamda ijro etiladigan musiqa asarlarining ko'payishi hisobiga repertuar chegarasini kengaytirish, ko'proq o'zlashtirish yuqorida aytilgan prinsiplarning birinchisidir. Bu prinsip o'zining ahamiyati bo'yicha ham, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishida, professional ongning va tajribaning boyishida ham birinchi o'rinda turadi.
5 Nasimkhan Kholjorayevich Madaminov KSPI CHOLG'U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023
Ikkinchi prinsip o'quv - tarbiya ishida qo'llanganda, o'quvchilarning turli ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida o'zlashtirishini ta'minlaydi.6
Uchinchi prinsip ijrochilik sinfidagi darsni olib borishga va uning mazmuniga taalluqlidir. Mashg'ulot jarayonida nazariy va tarixiy ma'lumotlardan imkon boricha ko'proq foydalanish, o'quvchi-sozandaning ongini konkret misollarga asoslangan holda keng, nazariy tasavvur va tushunchalar bilan boyitib borish shu prinsipning asosini tashkil qiladi.
O'quvchi-sozandalarning musiqa materiali bilan ishlashida ularning mustaqillik hamda tashabbuskorligini to'la ishga solish - to'rtinchi prinsip mazmuni tashkil etadi. Bu prinsipning mohiyati shundagi dars jarayonida o'quvchilarning mustaqilligi hamda tashabbuskorliklari natijasida ularning rivojlanishlari ta'minlanadi.
Musiqa ijrochiligi ta'limi yuqorida ko'rib chiqilgan prinsiplarga asoslanganda o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishni ta'minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Nasimkhan Kholjorayevich Madaminov KSPI CHOLG'U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023
2. NIYOZOV QURBONALI NURALIYEVICH. (2023). CHOLG'U IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH. Ustozlar Uchun, 42(2), 34-44. Retrieved from
3. SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 31-32
4. H.Nurmatov «O'zbek xalq musiqasi» o'qituvchi T.1998
5. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
6. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
7. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
8. Tursinovich, Nosirov Dilmurod. "STRATEGIES FOR THE FORMATION OF VOCAL HEARING AS WELL AS THE DEVELOPMENT OF VOCAL SKILLS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.03 (2023): 97-103.
6 H.Nurmatov «O'zbek xalq musiqasi» o'qituvchi T. 1998
fTTTyiS^^™] 325 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
9. Tursinovich, Nosirov Dilmurod. "20-30 YEARS OF THE XX CENTURY UZBEK MUSIC CREATION." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.03 (2023): 87-92.
10. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.
11. Buronovich, Umrzaqov Behzot, and Bo'tayev Ahmadali Ashirovich. "Examples Of Drawing Up Tests From Drawing And Engineering Graphics." Journal of Positive School Psychology 6.11 (2022): 3128-3132.
12. Boronovich, Umrzakov Bekhzod. "THE CONTENT OF THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 16-22.
13. Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.
14. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).
15. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."
16. (2 Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).
17. Boratov, Shukurjon Imomaliyevich. "VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O 'ZIGA XOS XUSUSYATLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 452-456.
18. Baratov, Sh. "O 'ZBEK MUSIQASI TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 303-308.
19. Bakirovna, Qobilova, et al. "THE ROLE OF A MUSIC TEACHER IN THE PROCESS OF EDUCATING CHILDREN'S MORAL FEELINGS." International Journal of Early Childhood Special Education 14.6 (2022).
20. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.