O'QITUVCHI VA O'QUVCHI O'RTASIDAGI IJOBIY MUNOSABATLAR ORQALI IJODIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANISHI
D.Nosirov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona minatqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, lektsiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan ijobiy muloqotni yo'lga qo'yish orqali o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini shakllanishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: muloqot, so'z, shaxs, pedagogika, o'quvchi
FORMATION OF CREATIVE ABILITIES THROUGH POSITIVE RELATIONSHIP BETWEEN TEACHER AND STUDENT
D.Nosirov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: Dealing with students in this article requires the pedagogue's ability to communicate with his students. And for us, it is necessary to know how to speak. He should always learn to speak and communicate. He knows how to effectively conduct a lesson, how to speak, use methods such as conversation, lecture, storytelling, and in general, the formation of creative abilities of students by establishing positive communication with students in the entire educational process. data is provided.
Keywords: communication, word, person, pedagogy, student
Musiqa ijrochiligidan ta'lim berish o'qituvchidan turli bilim, ko'nikma va qobiliyat talab etadigan ishdir. O'qituvchi uchun faqat sozanda bo'lishning o'zi etarli bo'lmay, undan pedagogik fikrlash, o'quvchining ichki dunyosiga ko'ra bilish, uning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi sifatlarga ega bo'lish ham talab etiladi. Cholg'u ijrochiligidan ta'lim beradigan o'qituvchi umumiy pedagogika va psixologiya sohalaridan ham xabardor bo'lishi kerak.1
1 Polvonnazir Masharipovich Saparov Sarvar Bahrom o'g'li Otayev. O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR O'RTASIDAGI MULOQOT. B 783
O'quvchi o'z o'qituvchisini xaqqoniy va talabchan, kundalik xayot muommolarini to'g'ri hal qilishga o'rgatuvchi shaxs sifatida tasavvur etadi. O'quvchilar o'qituvchidagi har bir noaniq harakatlarni o'z vaqtida ilg'ab oladilar. Shu bilan birga ayrim o'quvchilar paydo bo'lgan muammoni asosan bir taraflama, voqeaning emotsional tarafiga asoslangan holda hal etmoqchi bo'ladi. O'z o'quvchisining tabiatini yaxshi o'rganib, tushungan o'qituvchi bunday paytda talabaga muayyan holatdan to'g'ri xulosa chiqarib olishda yordam berishi kerak. O'qituvchi o'z fikrini doimo xaqiqiy fikrga asoslangan holda ishontirish yo'li bilan tushuntirishi lozim.
O'zaro ishonch va yaxshi munosabatning paydo bo'lishida o'qituvchining xulqi, muomala madaniyati katta ahamiyatga ega. O'quvchilar o'zlari yoqtirgan o'qituvchilarga taqlid qilishlari yaxshi ma'lum. Agar o'qituvchining so'zi bilan amaldagi ishlari orasida to'la mutanosiblik, bo'lsa, o'quvchilarning shu o'qituvchiga bo'lgan hurmati yanada ortadi. 2
O'qituvchiga nisbatan oddiy va samimiy munosabatda bo'lish o'qituvchilarning asosiy vazifasidir. Qo'pol muomalada bo'lgan o'qituvchilar oldida o'quvchilar kamgap bo'lib, haqiqiy munosabatlarni berkitishga xarakat qiladilar.
Ba'zi o'quituvchilar o'z o'quvchilarining boshqa o'qituvchilar sinfidagi ishlar bilan tanishishlariga qarshilik ko'rsatadilar. O'quvchida namoyon bo'layotgan ijodiy intilishga hech qachon qarshilik ko'rsatish kerak emas. Undagi kelajakka bo'lgan umid va ishonchni qo'llab-quvvatlash yaxshi natija beradi. O'zidan avvalgi o'qituvchilarning ishini tanqid ostiga olish o'quvchiga salbiy ta'sir ko'rsatib o'qituvchiga bo'lgan ishonchga putur etkazishi mumkin. Pedagogik qobiliyat -insonning boshqa sifatlari kabi amaliy ish faoliyatida rivojlanib boradi.3
Pedagogik qobiliyat bilimlarni o'quvchilarga aniq, ravon, tushunarli va qiziqarli qilib etkazish, o'quvchining psixologiyasini tushunish, bajariladigan ishda o'xshashliklarga yo'l qo'ymaslik, o'z faoliyatini tanqid va tahlil qila olish kabilarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, o'qituvchi ba'zi tashkiliy ishlarni ham amalga oshirishi kerak bo'ladi: ishni rejalashtirish, konkret sharoit va o'quvchining imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinf va uy mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqalar. O'qituvchi xarakteridagi individual hususiyatlar tarbiya ishida katta ahamiyatga ega. O'qituvchilardan irodali bo'lish, maqsadga to'g'ri intilish, talabchanlik bilan har bir ishni o'z vaqtida oxiriga etkaza olish, qiyinchilaklarni engishda mardlik ko'rsata olish kabilar talab etiladi. Ta'lim ishining muvaffaqiyatli bo'lishi o'quvchining kamchiliklarini tushuntirish va ularni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatishga bog'liqdir. O'quvchi bilan bo'lgan muomalada o'zini tuta bilamaslik,
2 SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 29
3 Davronova Go'zal Mardonovna. TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA HAMKORLIKDA O'QITISHNING O'RNI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
fTTTyiS^^™] 329 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
jaxldorlik va boshqa shunga o'xshash kamchiliklar o'qituvchi obro'siga putur etkazadi. Muomalada o'ta to'g'rilik, qat'iylik va kamtarinlikni o'quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O'qituvchi o'z bilimini to'xtovsiz to'ldirib borishi kerak. U maxsus adabiyotlar bilan qiziqishi, mashhur o'qituvchilar tajribasini o'rganishi, shaxsiy tajribasini tahlil qilib, umumlashtira olishi lozim. Bunday o'qituvchilarning darslari doimo qiziqarli va mazmunli o'tadi. O'quvchining ijodiy tasavvurini faollashtirish maqsadida aniq misollar tanlay olishning ahamiyati juda katta. O'quvchiga qanday musiqa asari yoqadi-yu, qanday asar ijro etish istagi borligini o'qituvchi albatta hisobga olishi kerak. Oldin aytib o'tilganidek, o'qituvchi o'z sinfida o'quvchilarning yuksak musiqiy didlarini shakllantirish bo'yicha kerakli ish olib borishi zarur.
Umuman o'quvchi faol, u yoki bu muammoni mustaqil hal eta oladigan qilib tarbiyalanishi lozim. Bu o'quvchining individual imkoniyatlari rivojlanganligiga bog'liq. O'qituvchi o'quvchisining ijobiy va salbiy taraflarini chuqur o'rganib, o'zining tarbiyaviy ishini tashkil etadi.
Har bir o'quvchining tarbiyasi o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, biri ikkinchisdan farq qiladi. Oquvchi mahoratining muhim taraflaridan biri har bir o'quvchidagi yaxshi xususiyatni vaqtida topib, o'nga e'tibor berishdir.
O'quvchi o'quvchining diqqat-e'tiborini qadrlashi, uning shaxsga hurmat bilan qarash kerak. O'quvchining iroda kuchiga aloqador bo'lmagan kamchiliklarni uning yuziga solish yaramaydi. Umuman, ta'lim-tarbiya jarayonida ukuvchining shaxsini xakoratlaydigan kursatmalarga yul kuyib bulmaydi.
O'quvchining profesional obrazi uning umumiy madaniyati bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, o'quvchining nazoratida ekanini unutmaslik kerak. Birgina nojo'ya qo'yilgan qadam yoki aytilgan so'z o'quvchiga bo'lgan xurmatni yo'qqa chiqarishi mumkin.4
O'quvchi ta'lim tarbiya jarayonida asosiy shaxs bulib, uning pedagogik maxorati va bilimi xaqiqiy ijroni shakillantirishda xalq qiluvchi omil bulib xizmat qiladi. Bu maxoratni rivojlantirishda boshqa o'qituvchilarning ishlari bilan tanishish juda katta axamiyatga ega. Ilgor pedagogika metodlarni yaqindan o'rganish tarbiya jarayonida uchrab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda o'qituvchilarga yordam beradi. O'qituvchi o'z ishiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lishi, kasbdoshlarning maslaxatlarini to'gri qabul qilish kerak.
O'qituvchilik katta quvonch baxt etish bilan birgalikda javobgarlik xam demakdir. Bizning mamlakatimizda o'qituvchilik katta xurmatga ega bo'lgan e'zozli xunar xisoblanadi. O'quvchi tufayli bilimlar poydevori o'rnatiladi, inson dunyoqarashi va xarakteri shakllanadi. Sifatlari erkin fikrlash, mehnatga muhabbat, odamiylik, ijodiy sifatlar bevosita o'qituvchining ta'sirida tarbiyalanadi.5
4 SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 34
5 SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 36
RÏÏVBÎ^^Hl 330 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Polvonnazir Masharipovich Saparov Sarvar Bahrom o'g'li Otayev. O'QITUVCHI VA O'QUVCHILAR O'RTASIDAGI MULOQOT. B 783
2. SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV, «CHOLG'U IJROCHILIGI» «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2011 B 29
3. Davronova Go'zal Mardonovna. TALABALARDA IJODIY QOBILIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHDA HAMKORLIKDA O'QITISHNING O'RNI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
4. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
5. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
6. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
7. Tursinovich, Nosirov Dilmurod. "STRATEGIES FOR THE FORMATION OF VOCAL HEARING AS WELL AS THE DEVELOPMENT OF VOCAL SKILLS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.03 (2023): 97-103.
8. Tursinovich, Nosirov Dilmurod. "20-30 YEARS OF THE XX CENTURY UZBEK MUSIC CREATION." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.03 (2023): 87-92.
9. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.
10. Buronovich, Umrzaqov Behzot, and Bo'tayev Ahmadali Ashirovich. "Examples Of Drawing Up Tests From Drawing And Engineering Graphics." Journal of Positive School Psychology 6.11 (2022): 3128-3132.
11. Boronovich, Umrzakov Bekhzod. "THE CONTENT OF THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 16-22.
12. Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.
13. Umrzaqov, B. B. "PEDAGOGICAL NEED FOR THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES THROUGH VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.11 (2023): 89-93.
14. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).
15. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."
16. (2 Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).
17. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.
18. Tillakhujayev, Orifjon, and Alisher Tolipov. "THE ROLE OF LIFE AND CREATIVITY OF THE PEOPLE'S HAFIZ OF UZBEKISTAN MAHMUDJON TOJIBOYEV IN THE FORMATION OF THE QUALITY OF CREATIVITY IN YOUTH." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
19. Tillakhujayev, Orif. "THE ROLE OF SHASHMAKOM IN THE MUSICAL HERITAGE OF THE UZBEK AND TAJIK PEOPLES." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
20. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.