Научная статья на тему 'MILLIY CHOLG‘U ASBOBLARINI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

MILLIY CHOLG‘U ASBOBLARINI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
115
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa savodi / bolalar musiqasi / milliy cholg‘u ijrochiligi / milliy cholg‘ular / rekonstruktsiya va yangidan yaratilgan musiqiy cholg‘ular / musiqiy meros / sozandachilik / an’anaviy musiqiy janrlar / bastakorlik ijodi / kompozitorlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tilloxujayev Orif Tursunovich

Ushbu maqolada umumta’lim maktab ta’limiga cholg‘u asboblarini o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari orqali o‘quvchilarda ijrochilik malakalarini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY CHOLG‘U ASBOBLARINI O‘RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

MILLIY CHOLG'U ASBOBLARINI O'RGATISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Tilloxujayev Orif Tursunovich Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta'lim maktab ta'limiga cholg'u asboblarini o'rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari orqali o'quvchilarda ijrochilik malakalarini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa savodi, bolalar musiqasi, milliy cholg'u ijrochiligi, milliy cholg'ular, rekonstruktsiya va yangidan yaratilgan musiqiy cholg'ular, musiqiy meros, sozandachilik, an'anaviy musiqiy janrlar, bastakorlik ijodi, kompozitorlik

POSSIBILITIES OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING NATIONAL INSTRUMENTS

Tillokhujayev Orif Tursunovich

Kokand SPI

Abstract: This article discusses the importance of forming performance skills in students through the possibilities of using pedagogical technologies in teaching musical instruments in general education.

Keywords: musical literacy, children's music, performance of national instruments, national instruments, reconstruction and newly created musical instruments, musical heritage, musicianship, traditional musical genres, composer's creativity, composition

O'zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish milliy musiqiy cholg'ularimiz o'zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rangbarangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o'rin tutadi.1

«Musiqiy ta'lim mutaxassisligi» bo'yicha talabalarni cholg'u ijrochiligi tarixi, shakllantirilishi haqida ma'lumotga ega bo'lishi, ansambllarni tashkil qilish haqidagi nazariy va amaliy bilimga ega bo'lish, ijrodagi usullar (cholg'u zarblari, shtrixlari). Doira usullari, bezaklardan unumli foydadana olish, cholg'ular ijrosida unison va ko'p ovozli musiqiy asarlarni o'rganish, tahlil qila olish, cholg'ular haqida qiziqarli

1 F.Mashrabboyeva. "Cholg'u ijrochiligini o'rganishda an'anaviy va zamonaviy metodlar" , Journal. "Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash". 2022 yil 214-213 b

fTTTyiS^^™] 342 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

so'hbatlar o'tkaza olish, umum ta'lim maktablarida turli xil ansambllarni tashkil eta olish, repertuar tanlay olish, konsert chiqishlarini uyushtirish malakalarini egallashdan iborat. musiqiy-estetik va musiqiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlikni shakllantirish; musiqiy-estetik qarashlar, did va talablarni shakllantirish.

«Cholg'u ijrochiligi» fanini o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, hamda o'quv va uslubiy qo'llanmalar, ma'ruzalar matni, tarqatiluvchi material, elektron o'quv materiallari. audio yozuvlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Talabalarning ushbu fanni o'zlashtirishlari uchun ular turli texnik obyektlar hisoblarini ilg'or va zamonaviy hisob usullarida bajara olishlari, ijro etish ishlarini shaxsiy kompyuterlarda bajara olishlari, informatika va axborot texnologiyalari fanini mukammal o'zlashtirib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq qilgan holda, mavjud darslik, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar va ko'rgazmali vositalardan unumli foydalanib, dastur tuzishlari hamda uni amalda bajara olishlari kerak. Bunda asosan, talabalar ma'ruzalar matnlarini o'rganish, uni amaliyot ishlari bilan birgalikda olib borish hamda amaliy mashg'ulotlar materiallarini shaxsiy kompyuterlarda bajarish ko'nikmalarni hosil qilishi kerak.

Fanni o'rganishda mashg'ulotlarning ma'ruza, amaliyot mashg'ulotlari, mustaqil ta'lim shakllaridan foydalaniladi va ilg'or pedagogik texnologiyaning zamonaviy elementlari qo'llaniladi.

Cholg'uda ijro etishni o'rgatish jarayoni o'quvchilar tomonidan ijro asoslarini ongli ravishda puxta ehallash, ijro uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni hosil qilish va ularni amalda qo'llay olish hamda mustaqil ijodiy fikrlash va kuzatish qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, etsetik didini shakllantirishga qaratilgan.2

Mazkur ta'lim yo'nalishidagi umumkasbiy fanlar ichida cholg'u ijrochiligi va ansambli fani talabalarga ijrochilik mahorati, cholg'uchilar ansamblini tashkil etish va ishlash, jamoaga rahbarlik qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

Talabalar ushbu fanlarni birinchi kursdan boshlab o'zlashtirishlari jarayonida o'zbek xalq kuylarini ijro etish malakalarini o'zlashtirib O'zbekiston bastakorlari asarlari, chet el kompozitorlari asarlari, qardosh xalqlar xalq kuylari, rus bastakorlari asarlaridan namunalar ijro etish bo'yicha ijrochilik mahoratlarini shakllantirib boradilar.

Ilg'or pedagogik texnologiyalarning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari nimalardan iborat va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish qanday natija beradi va ta'lim mazmunini takomillashishiga qanday ta'sir ko'rsatadi degan savol har bir fanni o'qitilishida ko'ndalang qo'yilayotganligi bejiz emas. Fan, texnika va axborot uzatish, almashish texnologiyalarini aql bovar qilmay digan darajada tez va shiddatli rivojlanish jarayoni o'z navbatida ta'lim sohasida ham an'anaviy metodlarni yangicha

2 X.Madrimov. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash.T.2020

riTTTÜ^^H] 343 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

zamonaviy va interfaol metodlar bilan boyitib borishni taqozo etmoqda. Xo'sh, interfaol, modellashtirilgan metodlar qaysi jihatlari bilan ustunlik kasb etmoqda? Uning qanday turlari, tarkibiy tuzilishi, o'quv jarayonlarini tashkil etish shakl va vositalari, ilgari mavjud bo'lgan o'qitish (Ta'lim) metodlaridan nimasi bilan farqlanadi, uning samarasi nimalarda o'z isbotini topadi va uning monitoringi, baholash tizimi qanday olib boriladi degan savollarga har bir o'quvchi-murabbiy va pedagoglar tayyor bo'lishlari ular oldiga qo'yilayotgan eng muhim ijtimoiy buyurtma ekanligini anglash va bu savollarga javob berishga to'g'ri keladi.3

Mamlakatimizda yangilangan, jahon andozalariga mos keladigan ta'lim mazmuni o'z - o'zidan emas, balki, ilg'or pedagog - olimlar, metodist o'qituvchilar va jahon miqiyosida orttirilgan pedagogika fani yutuqlari orqali takomillashib boradi. Shu bois ham ta'limni hozirgi bosqichida uni isloh qilish vazifalari yangicha fikrlovchi, shiddatli axborot va axborot texnologiyalari, kompyuterlashgan modelli o'qitish tez rivojlanayotgan sharoitda yosh avlod ta'lim tarbiyasi uchun mas'ul ijodkor o'qituvchilarni shakllantirish vazifasini asosiy o'ringa qo'ymoqda.

Mavjud tajribalar shuni ko'rsatadiki, ta'lim mazmuni qanchalik yangilanmasin, mukammal o'quv dasturlari, darsliklar yaratilmasin, o'quv - tarbiya jarayonining samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining pedagogik mahorati, yangi ta'lim texnologiyalarini o'zlashtirishi va ulardan ta'lim jarayonida unumli va o'rinli foydalana olishiga bog'liq bo'ladi.

Hozirgi kunda respublikamiz ta'lim tizimida "Ta'lim to'g'risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning eng asosiy sifat bosqichida belgilangan vazifalarni ro'yobga chiqarish bo'yicha chuqur o'zgarishlar amalgam oshirilmoqda. Milliy dasturda ko'zda tutilganidek, zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish hamda axborot tizimi bilan ta'minlash jadal rivojlanmoqda. Fan va ta'limning moddiy, uslubiy bazasi mustahkamlanib, o'quv - uslubiy, ilmiy, innovatsion, zamonaviy vositalar mukammallashib o'quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda.

Ma'lumki, didaktikaning predmeti o'rgatish, o'rganish hamda ta'lim mazmunidan iborat. Bu uchala komponentdan birortasini e'tiborda tutmaslik ta'lim mazmunini yo'qqa chiqaradi. O'rgatish ham, o'rganish ham ularning oxirgi natijasi ham ta'lim mazmuniga bog'liqdir. Ta'lim jarayonida har-xil mavzularni o'ziga hos usullar bilan o'rganish uni o'ziga xosligi va mazmunidan kelib, chiqadi, bu esa asosan o'rganishni tashkil etuvchi, yani o'rgatuvchiga (Pedagog o'qituvchiga) bog'liq.4

Har qanday fanni, shu jumladan musiqa fanini o'qitish jarayonida ham

3 D.T.Nomozova "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" T.2019

4 S.A.Mahmudova "Musiqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik tizimning ilmiy-nazariy asoslari" O.quv-uslubiy qo'llanma. Farg'ona 2023 yil.

fTTTyiS^^™] 344 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

faollashtiradigan, ularni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fkirlovchi mushohada qiluvchi o'z fikrlarini bildira oluvchi o'quvchi sifatida namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi - bu o'qituvchidir. O'qituvchi o'zi va o'rganuvchi o'quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo'lgan o'qitish usullari, yo'llari, shakillari, vositalari ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg'or pedagogik texnologiyalar yordamida o'quv jarayoni samaradorligini oshirishga harakat qiladi.

Shu boisdan ham pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta'lim texnologiyalariga o'quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda.

Pedagogik texnologiya hozirgi kunda eng rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida bo'lgani kabi bizning respubliksmizda ham ta'lim jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog'liq ishlarda ustuvor o'rini egallamoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar yaxshi xabardor bo'lishi, ta'lim jarayonida ularni qo'llab dars o'tishlariga muhim e'tibor berilmoqda. Bu aynan jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlariga mos bo'lib, jamiyat taraqqiy etishi bilan ta'lim - tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari shunga mos ravishda takomillashib borishi bilan bog'liqdir. Hozirgi sharoitda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari taraqqiyotga mos maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi modelli tizimga, ya'ni ta'limni texnologiyalashtirishga aylanib bormoqda. Shu tufayli fan sohalarining barchasida bo'lgani kabi musiqiy ta'limda ham yangi texnologiyalarga e'tibor kuchayib bormoqda.

O'zbekistonning "Ta'lim to'g'risida"gi qonuniga ko'ra 9+3 yillik majburiy umumiy va o'rta maxsus ta'lim joriy etildi. Ta'limni demokratlashtirish, individuallashtirish, tabaqalashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish tamoillari asosida barcha o'quv predmetlari qatori musiqa predmeti bo'yicha ham o'qitish Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda musiqiy ta'lim mazmunini milliy negizda shakllantirish, milliy musiqiy merosdan to'laqonli foydalanish, xalq kuy - qo'shiqlari, doston, mumtoz va maqom hamda ularning ta'sirida yaratilgan zamonaviy musiqalar vositasida o'quvchi yoshlarni milliy qadryatlarimizni teran anglaydigan, vatanga, o'z xalqiga, tilimizga, dinimizga, tariximizga, san'atimizga ongli munosabatda bo'ladigan va unga vorislik qila oladigan ma'nan yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy maqsad va vazifa sifatida ko'rsatilgan.

Ta'lim jarayonida o'quvchilar musiqa san'atini butun nafosati bilan o'rganishlari, idrok etishlari ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqa tinglash, tahlil qilish, jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, nazariy bilimlarni o'zlashtirish (musiqa savodxonligi) raqsga tushish, bolalar cholg'u asboblarida chalish va musiqa ritmek jo'r bo'lish masalalarini shakllantirish musiqiy ta'limning asosiy mazmunini tashkil etadi.

Pedagogik texnologiyalarni barcha turlarida birdek qo'llaniladigan va ta'lim-

tarbiya jarayonini tadrijiy tarkib topishida va rivojlanib borishida hal qiluvchi omillar hamda tarkibiy elementlar uch xil faoliyatdan iborat bo'lib, ular so'zlash, ko'rsatish va mashqlar bajarishdan iborat bo'lib musiqa darslariga uni tadbiq etilganda quyidagicha ketma-ketlik va bog'liqlikda amal qiladi.

Agar o'qituvchida mavjud xususiyatlar bo'lmasa har qanday pedagogik texnologiyalar ham quruq, mazmunsiz va qiziqarsiz, samarasiz bo'lib qolishi ham hyech gapmas. Chunki har qanday ta'lim shakli, modeli, turi o'qituvchining pedagogik mahorati, bilimi, malakasi va artislik iqdorisiz kutilgan natijani bermasligi aniq.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. F.Mashrabboyeva. "Cholg'u ijrochiligini o'rganishda an'anaviy va zamonaviy metodlar", Journal. "Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash" 2022 yil

2. S.A.Mahmudova "Musiqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik tizimning ilmiy-nazariy asoslari" O.quv-uslubiy qo'llanma. Farg'ona 2023 yil.

3. D.T.Nomozova "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" T.2019.

4. X.Madrimov. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash.T.2020

5. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.

6. Tillakhujayev, Orifjon, and Alisher Tolipov. "THE ROLE OF LIFE AND CREATIVITY OF THE PEOPLE'S HAFIZ OF UZBEKISTAN MAHMUDJON TOJIBOYEV IN THE FORMATION OF THE QUALITY OF CREATIVITY IN YOUTH." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

7. Tillakhujayev, Orif. "THE ROLE OF SHASHMAKOM IN THE MUSICAL HERITAGE OF THE UZBEK AND TAJIK PEOPLES." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

8. Tursunovich, Tillaxojaev Orif. "Genre approach to teaching music as a methodology of pedagogy of additional education." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 140-142.

9. Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.

10. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.

11. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

12. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

13. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

14. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."

15. (2 Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).

16. Sabirovna, Rasulova Saida. "MUSIQA O 'QITISH DARSLARIDA DIDAKTIK PRINSIPLAR." Conferencea (2022): 44-47.

17. Sabirovna, Rasulova Saida. "PREPARATION OF MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.10 (2022): 351-353.

18. Fozilov, Kakhramon. "MUSICAL THEORETICAL LEGACY." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

19. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "History Of The Science Of Music Theory And Modern Innovative Technologies In The Teaching Of Science." Journal of Positive School Psychology (2023): 1042-1050.

20. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.

21. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE PECULIARITIES OF MUSIC THEORY AND ITS IMPACT ON HUMAN ZINC." ASIA PACIFIC

JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 131-133.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.