Научная статья на тему 'CHOLG’U SOZLARIDA BOLALAR MUSIQIY IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI'

CHOLG’U SOZLARIDA BOLALAR MUSIQIY IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
330
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa savodi / bolalar musiqasi / milliy cholg’u ijrochiligi / milliy cholg’ular / rekonstruktsiya va yangidan yaratilgan musiqiy cholg’ular / musiqiy meros / sozandachilik / folklor meros / an’anaviy musiqiy janrlar / bastakorlik ijodi / kompozitorlik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ahmadjonyuldashev

Ushbu maqolada umumta’lim maktab ta’limiga cholg’u ijrochiligi fanini kiritilishi va o’quvchilarda ijrochilik malakalarini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr yuritilgan, mutaxassislar fikrlari o’rganilgan va mulohaza qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG’U SOZLARIDA BOLALAR MUSIQIY IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI»

CHOLG'U SOZLARIDA BOLALAR MUSIQIY IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Ahmadj onYuldashev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta'lim maktab ta'limiga cholg'u ijrochiligi fanini kiritilishi va o'quvchilarda ijrochilik malakalarini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr yuritilgan, mutaxassislar fikrlari o'rganilgan va mulohaza qilingan.

Kalit so'zlar: musiqa savodi, bolalar musiqasi, milliy cholg'u ijrochiligi, milliy cholg'ular, rekonstruktsiya va yangidan yaratilgan musiqiy cholg'ular, musiqiy meros, sozandachilik, folklor meros, an'anaviy musiqiy janrlar, bastakorlik ijodi, kompozitorlik

WAYS OF DEVELOPING CHILDREN'S MUSICAL PERFORMANCE IN

INSTRUMENT WORDS

Ahmadjon Yuldashev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the introduction of the subject of musical performance in general school education and the importance of forming performance skills in students was discussed, the opinions of experts were studied and discussed.

Keywords: musical literacy, children's music, performance of national instruments, national instruments, reconstruction and newly created musical instruments, musical heritage, musicianship, folklore heritage, traditional musical genres, compositional creativity, composition

Har bir jamiyatning kelajagi, ravnaqi va taraqqiyoti to'g'ri qo'yilgan tarbiya bilan bevosita bog'liqdir. Zero to'g'ri tarbiya inson tafakkurini ezgulikka oshno bo'lishga undaydi, uni ma'nan yuksaltiradi. Mamlakatimiz mustaqilligiga erishgach, birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov o'zining ilk nutq va ma'ruzalarida, birinchi asarlaridayoq tarbiya masalasini to'g'ri yo'lga qo'yishga e'tiborini qaratgan edi. Ayniqsa inson "O'z-o'zini anqlashini tiklashi"," har bir fuqoroning mustaqil davlat bilan mag'rurlanishi","O'zbeklarning milliy g'ururini ma'naviy yuksaltirish", "O'z xalqiga, uning an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalash" haqidagi fikrlari tarbiya muammolarini to'la hal qilish uchun berilgandir1.

1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. "Ma'naviyat" 2008 yil

rT^y^^^H] 12 http://oac.dsmi-qf.uz

Tarbiya, xususan milliy tarbiya, davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o'rinni egallaydi. O'zbek xalqining tarixiga nazar tashlansa, bir umr tarbiya muammosini hal qilish asosiy o'rinni egallagan.

Mashxur rus kompozitori D.B.Kabalevskiy bolalar cholg'u musiqa ijrochiligi faoliyatiga katta ahamiyat bergan. Xususan, u ta'kidlaganki: "Agar sinfda fortepiano bo'lsa, darslarga to'rt qo'lda ijro qilishni (o'qituvchi bilan ansamblda chalish) kiritish tavsiya etiladi. Ehtimol, hayotlarida hech qachon barmoqlari fortepiano klavishlariga tegmagan bolalar, ikki barmog'i bilan faqat o'qituvchi tomonidan berilgan ikkita notani bosib ozmi-ko'pmi to'laqonli musiqa asarini ijro etishda ishtirok etadi. Bu bolalarda katta qiziqish uyg'otadi, musiqaga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytiradi va, albatta, ularning musiqiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Ammo sinfda fortepiano bo'lmasa-chi? Va agar u mavjud bo'lsa ham, sinfdagi bolalarni ushbu faoliyatga jalb qilishda qiyinchiliklar mavjud - axir, o'qituvchi hammani bir vaqtning o'zida bitta cholg'uga o'tkaza olmaydi. Va maktab darsi sharoitida bu faoliyatga murojaat qilishning shubhasiz afzalliklari bilan, bolalar shunchaki klavishlarga "teginib ko'rish" imkoniyatiga ega bo'lishardi halos.

Boshlang'ich elementar cholg'u asboblarida ham cholg'u ijrosini o'rganib ko'rish mumkin. Agar maktabda bolalar cholg'u asboblari bo'lsa, ulardan darslarda o'qituvchi bilan ansamblda (shu jumladan to'rt qo'lda ijro sifatida) foydalanishinmiz mumkin - qo'shiqni jo'rlikda kuylash, musiqa ostida harakat qilishimiz uchun bu juda ma'qul, chunki bu asboblarni chalish bolalarning musiqiy rivojlanishiga ham hissa qo'shadi, ularning musiqiy va ijrochilik tajribasini boyitadi va darsga o'yin elementini kiritadi. Ammo bolalar asboblarida ijroni bu turi bolalarning e'tiborin uzoq vaqt ushlab turishga qodirmi? Hatto Karl Orff tomonidan yaratilgan mashhur elementar musiqa cholg'ularida ijro qilish faqat maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan mo'ljallangan. Bugungi kunda kichik maktab yoshdagi o'quvchilarini ham doirachalar, shiqildoqlar, uchburchaklar va barabanlarning shovqini bilan qiziqtirish allaqachon qiyin bo'lib qolgan. Badiiy sifat jihatidan juda shartli bo'lgan natijaga Orfa cholg'u asboblarini chalishning juda qiyin texnikasi asosida erishish mumkin. Shu bilan birga ularni arzon deb atay olmaysiz. Bu ularni mahalliy maktabda tarqatish imkoniyatini kamaytiradi.

Ko'p qiyinchiliklarni musiqa o'qituvchisining zukkoligi bilan bartaraf etish mumkin. Ammo baribir, barcha maktab o'quvchilarini improvizatsiyalangan usullar asosida cholg'u musiqa ijrochiligi bilan tanishtirish masalasini hal etishda o'qituvchining zukkoligi yetarli emas. Yoki, bu asboblardan tashqari, musiqa darsida boshqalarga murojaat qilish mumkin bo'lgandir? Axir, D.B.Kabalevskiy umumta'lim maktablari uchun musiqa faning dasturini yaratilganiga ham 50 yildan ortiq vaqt o'tdi.

Darhaqiqat, musiqiy cholg'ular insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti mahsuli bo'lib, azal-azaldan omma orasida

shakllanib, mohir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy asboblardir. Cholg'ularda har bir xalqning milliy g'ururi, an'anasi, qadriyatlari o'z ifodasini topganki, ulardan taraladigan ovoz ham shunga moslashgan. Zamonaviy jarayonda o'tmish an'analariga yangicha qarash, ilg'or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya'ni insonlarni ruhiy hamda ma'naviy tarbiyasiga asos bo'la oladigan omil sifatida qaraladi. O'quv-ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e'tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir.

2022/2023 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Bu borada xozirgi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidallgi" qarorini imzolanishi quvonchli holdir. Qarorga ko'ra, 2022-2023-o'quv yilidan musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakul'tativ darslari o'tkaziladi. Shuningdek, milliy cholg'ulardan kamida bittasida, 2023-2024-o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi.

Musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi.O'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar (keyingi o'rinlarda - amaliy to'garaklar) tashkil etiladi.Musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u yerdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi; Bundan tashqari musiqa fani o'qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etishga o'rgatish xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg'ulot olib borish uchun madaniyat va san'at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi.

O'qituvchi faqatgina cholg'uchilk san'atini o'rganayotgan o'quvchi bilan emas, balki tom ma'noda tarbiyalanuvchi bilan ishlayotganini his etishi lozim. Ishga xuddi mana shunday yondashish kerak, zamonaviy fan ta'lim va rivojlanishni ilmiy nuqtai

nazardan chuqur va har taraflama o'rganmoqda. Ta'lim va rivojlanish jarayoni bir -biri bilan uzviy bog'langan. Rivojlanish ta'lim jarayonida amalga oshiriladi.

O'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikmalarni o'zlashtirishlarining individual xususiyatlari, ongning qanchalik rivojlanganligi ta'lim jarayoniga ta'sirini o'tkazadi. Kimning ong va intellekt darajasi rivojlangan bo'lsa, u turli bilim va ko'nikmalarni oson va tez o'zlashtira oladi. Ta'lim va rivojlanishning o'zaro bogliqligini e'tirof etish ta'lim jarayonidarivojlanish o'z - o'zidan amalga oshadi, degani emas. Fan talimining rivojlanganishiga ijobiy ta'sirini inkor etmaydi. Shunga qaramasdan, ta'lim ta'siridagi rivojlanish natijasi hamma vaqt ham bir xil bo'lavermaydi. Bunday natijalar keskin farq qilishi mumkin. Bu erda savol tug'iladi: ta'lim davomida rivojlanishga qanday manbalar o'z ta'sirini ko'proq o'tkazadi? Bu savolga G.M.Sipinning "Fortepianoda ijroni o'rganish", ("Obucheniye igre na fortepiano") kitobidan javob topishimiz mumkin: "Bu yerda ta'lim jarayonining mazmuni, shakli va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega". Yuqorida aytib o'tilgan fikr bevosita cholg'u ijrochiligi ta'limiga ham tegishli. Hamma gap o'quvchining ijro etish ko'nikmalarini o 'zlashtirishi bilan uning umumiy musiqiy rivojlanishi masalalarining bog'liqligi cholg'u ijrochiligi fani milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, milliy soz yasovchi ustalar haqidagi ma'lumotlar va milliy cholg'ularimizni zamonaviy estrada ijrochiligidagi o'rni haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni talabalarga zamonaviy ta'lim standardlari talablariga muvofiq o'rgatishdan iborat.

Hozirgi davrga kelib o'zbek musiqa ijrochiligini uchta yirik yo'nalishga ajratish mumkin. Xalq folklor musiqa yo'nalishi, xalq mumtoz musiqa yo'nalishi va kompozitorlik musiqa ijodiyoti yo'nalishi. Xalq folklor yo'nalishida ommaviylik xususiyatga ega bo'lgan, ovoz va texnik jihatlari mos bo'lgan cholg'ulardan ko'proq foydalaniladi. Masalan: rubob, nay, g'ijjak, chang va doyra cholg'u asboblari. Qayd etish joizki xalq folklor musiqa ijrochiligida ijro sharoiti, joyi ham o'ziga xos bo'ladi. Shuning uchun cholg'ular ham tez moslasha oladigan va har qanday sharoitda ijro eta oladiganlik xususiyat kasb etishlari taqozo etiladi.

Har bir xalq o'zining milliy musiqiy merosini sevsa, ajdodlar an'anasini ardoqlasa, uni munosib tarzda o'zlashtirsa va qadriga yetsa, o'zga xalqlar san'atini ham baholay oladi. Zero, bizgacha yetib kelgan musiqiy an'analar avlodlar zanjirining mustahkamligidan dalolatdir. Bu borada xalqimizning ma'naviy boyligi bo'lgan maqomlar, maqom yo'llariga mansub mumtoz musiqa asarlari hozirgacha o'zining badiiy va estetik imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab kelayotganligini alohida ta'kidlab o'tish joiz. Ularni o'rganish, tadqiq etish va kelajak avlodlarga yetkazish zamonamizning talab va ehtiyojida bo'lgan dolzarb masalalardan biridir. Ma'lumki, o'zbek xalq musiqiy madaniyati milliy cholg'ularga boy bo'lib, tanbur, dutor, g'ijjak, nay, qo'shnay, surnay, chang, qonun, ud, rubob, doira va nog'ora kabi cholg'ular o'zining mukammalligi bilan mohir ijrochilar amaliyotida munosib o'rin

topgan. Chunki har bir cholg'u o'zining shakllanish tarixi, ijro imkoniyatlari, betakror, jozibali sadolanishi va muxlislariga ega. Ularning barcha siru-sinoatlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish va yosh avlodga yetkazish har bir murabbiyning muqaddas burchidir

Ma'lumki, har bir davr yoki zamon o'z taraqqiyot darajasi negizida o'z ma'naviy dunyosiga ega bo'ladi. Jamiyatning ehtiyojga xos talab, didiga mos dunyoqarashlari zamonasiga mutanosib holga shakllanadi.

Istiqlolimiz tufayli shakllangan yangicha fikrlash, munosabatlar va dunyo qarashlar o'zimizga xos bo'lgan milliy istiqlol g'oyasiga asos soldi. Bu esa kelajagi buyuk davlatning ma'naviy barkamolligidan darakdir.

Bugungi kunning asosiy talablari, har bir sohada mustaqil bo'lish, milliy qadriyatlarimizni tiklash va jahon andozalari doirasida faoliyat ko'rsatishdan iboratdir. Buni biz musiqa san'atimizning tez rivoj topgani va ommaviy musiqiy shakllarining xalqimiz orasida keng tarqalganida ko'ramiz. Musiqamizda zamon ruxi bilan sug'orilgan umumbashariy musiqiy shakllari o'sib bordi, go'yoki musiqamizning ayrim shakllari tubdan o'zgarganidek.

Zamonaviy musiqamiz asl holini zamonaga xos saqlab, yangi janrlar bilan boyib borayotganini qayd etishimiz va kelajak avlodga etqazishimiz sharafli va o'ta muxim vazifamizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Rahimov, A. Lutfullayev- "Cholg'ushunoslik", "Musiqa" nashriyoti, T., 2010 y.

2. R.Nosirov-"Cholg'u ijrochiligi", O'zDSI, 2008 y.

3. Asqar F. " Musiqa va inson ma'naviyati" O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000 y.

4. A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CUURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS.2021-10-31 YuldashevA,Azizov S.Boboyev V.

5. "CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O'RGATISH". ORIENTAL ART AND CULTURE,1 MARCH 2022 Yuldashev A, Boboev V.

6. "Uzbek Folk instruments and Their Place in the Development of our Ntional Culture" ACADEMIK JOURNAL. 23.09.2022. Pindus Journal Of Culture, Literature, and ELT Vol 2 No. 9 https://literature.academicjournal.io Ahmadjon Yuldashev, Oltinoy Mahmudova

7. "Renaissance Music Art, Italian Musical Art Emergence of the Opera jenre " ACADEMIK JOURNAL. 23.09.2022. Pindus Journal Of Culture, Literature, and

ELT Vol 2 No. 9 https://literature.academicjournal.io Ahmadjon Yuldashev, Avazjon Mirzayev

8. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

9. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

10. Askarova, S. "Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music." JournalNX 7.05 (2021): 131-134.

11. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.

12. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.

13. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.

14. Askarova, S. "SPECIFIC ASPECTS OF STUDENTS'SINGING SKILLS DURING ADOLESCENCE." Open Access Repository 9.11 (2022): 216-218.

15. Asqarova, S. "XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH." Eurasian Journal of Academic Research 2.7 (2022): 62-65.

16. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

17. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.