Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA HAMKORLIK MASALALARI'

BOSHLANG‘ICH MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA HAMKORLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
41
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
мusiqa / qaror / soha / madaniyat / orkestr / hamkorlik / darslik / to‟garak / musiqa cholg‟usi. / музыка / решение / поле / кулътура / оркестр / сотрудничество / учебник / группа / музыкалъный инструмент

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jonibekov Saidbek, O’razali Toshmatov

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022yil 2fevraldagi “Madaniyat va sanʻat sohasini yanda rivojlantirish toʻgrisida”gi Qaroriga Qarori ijrosini taʼminlashdagi muammolar va ularni hal etishda oliy taʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktablari oʻrtasida hamkorlikni tashkil etish yoʻllari toʻgʻrisida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье обсуждается вопросы внедрения в жизнь Постановления Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года «О дальнейшем развитии сфер культура и искусства» и организации совместных усилий высших учебных заведений и школ Республики во имя достижения поставленных задач.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA HAMKORLIK MASALALARI»

BOSHLANG'ICH MUSIQIY TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA HAMKORLIK

MASALALARI

Jonibekov Saidbek

Kasb ta'limi: Xalq ijodiyoti (cholg'u ijrochiligi) ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi

O'razali Toshmatov

Ilmiy rahbar: professor

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanda rivojlantirish to'grisida"gi Qaroriga Qarori ijrosini ta'minlashdagi muammolar va ularni hal etishda oliy ta'lim muassasasi va umumta'lim maktablari o'rtasida hamkorlikni tashkil etish yo'llari to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Musiqa, qaror, soha, madaniyat, orkestr, hamkorlik, darslik, to'garak, musiqa cholg'usi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье обсуждается вопросы внедрения в жизнь Постановления Президента Республики Узбекистан от 2 февраля 2022 года «О дальнейшем развитии сфер культура и искусства» и организации совместных усилий высших учебных заведений и школ Республики во имя достижения поставленных задач.

Ключевые слова: музыка, решение, поле, кулътура, оркестр, сотрудничество, учебник, группа, музыкалъный инструмент.

ABSTRACT

This article discusses the implementation of the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated February 2, 2022 "On the further development of the spheres of culture and art" and the organization of joint efforts of higher educational institutions and schools of the Republic in order to achieve the set goals.

Keywords: music, decision, field, culture, orchestra, cooperation, textbook, circle, musicial instrument.

Musiqa inson hayotining ajralmas bir qismidir. Inson tug'ilar ekan uning qulog'iga chiroyli qiroat bilan azon aytiladi. Butun umri, tug'ilishdan to o'limgacha musiqa bilan hamohang tarzda kechadi. Hattoki muqqadas dinimizdagi Qur'oni Karim ham qiroat bilan o'qiladi. Inson bir vaqtning o'zida musiqaning ham yaratuvchisi, ham tinglovchisidir. Shuning uchun ham eng mukammal musiqa xalq kuylari, qo'shiqlari va ularga suyangan xolda yaratilgan musiqiy asarlardir. Jannatmakon yurtimizda yashab kelayotgan insonlar ham milliy kuy-qo'shiqlarimizsizni yaratib, undan ilhomlanib kelish, tabiiy bir xol.

So'ngi yillarda Hukumatimiz tomonidan boshqa sohalar qatori san'at va madaniyat yo'nalishida ham soha rivoji uchun bir qator qarorlar qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanda rivojlantirish to'grisida"gi Qaroriga muvofiq olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlarini ko'rsatish darajasini oshirish, Pespublikaning barcha hududlarida teatr, sirk TOMornanapn va boshqa turdagi ommaviy madaniy konsert tomoshalarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, talim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatini shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora tadbirlar amalga oshirish belgilangan.

Xususan, umumiy o'rta ta'lim muassalarida o'quvchilarga mazkur qarorning 1-ilovasidagi ro'yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida ijro eta olish ko'nikmalarini shakllantirish va bu haqida shahodatnomaga tegishli qayd kiritilishi ko'zda tutilgan. Musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soatida hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish bo'yicha to'garaklar va fakultativ darslar o'tkazilishi re'jalashtirilmoqda. Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlashda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining tegishli ta'lim yo'nalishlari va kafedralarda amaliy yordamni tashkil etish imkoniyati mavjud. Masalan, institut rahbariyati tomonida 10 kilometr radiusdagi maktablar qamrab olinib, maktablarga sig'imi jihatdan 2 yoki 3 nafar yuqori kurs talabalarini yo'nalishiga qarab biriktirish, bu orqali talabaning malakaviy bilim va ko'nikmalari oshirish, doimiy ish joyi va moddiy jihatdan o'zini ta'minlashiga erishish mumkin.

Mazkur Qarorga asosan maktablarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan musiqa fani o'qituvchilari va to'garak rahbarlari 2023-2024-o'quv yilidan boshlab Qarorning 1-ilovasida keltirilgan milliy cholg'ulardan kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lishi majburiy norma sifatida belgilanmoqda. Bu jarayonga ham O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" HyHannrnHHH bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish mumkin. O'quv re'jasi bo'yicha har semestrda talaba mutaxassislik cholg'usidan tashqari yana bir qo'chimcha cholg'u ijrochiligini

o'zlashtirishi lozim. Taklif sifatida hamma cholg'uga emas, qiziqishga qarab maxsus cholg'usidan tashqari 2 ta cholg'u tanlash va 4 yillik bakalavriat bosqichida ulami mukammal o'rganishiga erishish kerak. Axir bitta cholg'uning ustasi bo'lish uchun ko'p yillar kerak boladi. O'qituvchi o'quvchiga o'rgatish uchun bilim manbai(bazasi) yetarli bo'lishi kerak.

Qarorga ko'ra Musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdiï cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrachiligi dare mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi. O'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish, tasviriy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy togaraklar tashkil etish ham ko'zda tutilgan. Ushbu bandga izoh tariqasida maktablarda togaraklarini tashkil etish va tom manoda dars xonasini musiqa jihozlari (electron doska va kamida 4 ta milliy cholg'usi va fortepiano) bilan ta'minlash talab etiladi.

Musiqa san'ati boyicha professional ta'lim x,amda oliy talim to'g'risidagi xujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutahassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtda u yerdagi mehnatga xaq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida umumiy o'rta talim muassalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishi to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi. Bu yo'l bilan bir tomondan, musiqa sohasida ta'lim berish imkoniyatiga ega mutahassislar qo'shimcha ish bilan ta'minlansa, ikkinchi tomondan malakali mutahassislar maktabdagi ta'lim jarayoniga jalb etilishi natijasida ta'lim sifati ortadi. Buning yana bir quvonchli tomoni shuki, professional musiqiy ta'lim yo'nalishini bitirgan bakalavrlar faqat bolalar musiqa san'at maktablariga yoki san'at kollejlarida dars berish xuquqiga ega bo'lgan bo'lsa, kelajakda ular umumta'lim maktablarida ham qo'shimcha ravishda ishlash xuquqini qo'lga kiritadi. Professional ta'lim tizimida bakalavriat 1 2 3 kurslarni amaliyotini umumta'lim maktablarida ham o'tishi faqatgina bitiruvchi 4 kurs bundan istisno. O'quv yili mobaynida yuqoridagi izohda keltirilgani qamrab olingan maktablar bilan hamkorlik qilgan holda o'quvchilarning bo'sh vaqtini institut hududida to'garaklar ochgan holda band qilish, bu bilan bevosita institutning mutahassislik xonalarida (cholg'ular yetarli xolatda) dars o'tish imkoniyati mavjud bo'ladi. Prezidentning qarorining ijrosini ta'minlashda bir qator muamolarga duch kelish mumkin. Xozirda umumta'lim maktablarida ancha yillardan buyon o'z yechimini topmagan kadrlar masalasi turibdi. Ushbu muamoni yechishda proffesional musiqiy ta'lim yo'nalishi ko'paytirish institut sig'imini inobatga olgan xolda qabul sonlarini oshirish, sirtqi va kechki ta'lim yo'nalishlarini ko'paytirish va bakalavriat talabalarning salohiyatini oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Yana bir e'tobrli jihati umumta'lim maktablarini milliy cholg'ular bilan ta'minlash masalasi turibdi. Hozirgi vaqtda

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

Respublikamizda 9 mingdan oshiq maktablar mavjud. Ularni hech bo'lmganda 3 tadan cholg'u asbobi bilan ta'minlanganda 27 mingdan oshiq milliy cholg'ular kerak bo'ladi. Bunday katta hajimdagi moddiy ba'zani ta'minlash uchun milliy cholg'u ishlab chiqaradigan fabrika zarur va albatta maktab darsliklariga qarab dasr amalliyotini o'tish uchun o'quv qo'llanmalar materiallar zarur. Har bir muamoga sinchklab qarasak muamollar asta sekin o'z yechimini topa boshlaydi. Boshlang'ich ta'limda musiqamimg o'rniga alohida e'tibor qaratsak o'sib kelayotgan yosh avlodda milliy kuy qo'shiqlarga mehr paydo bo'ladi, shu jumladan xalqimizning milliy kuy qo'shiqlarga oldingiday mehr-muhabbati qaytadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 02-fevraldagi PQ-112 sonli qarori. (03.02.2022) www.lex.uz

2. O'rozali Toshmatov - Cholg'ushunoslik; Toshkent-2004

3. O'rozali Toshmatov, Sobirjon Turatov - Ko'hna cholg'ular ijrochiligi; Toshkent-2016

4. Feruza hakimova - Xalq cholg'ularini o'rganish; Toshkent-2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.