Научная статья на тему 'AKADEMIK CHOLG‘U IJROCHILIGIDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING AHAMIYATI'

AKADEMIK CHOLG‘U IJROCHILIGIDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
304
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / san'at / nota / tizim / tabulatura / tanbur chizig'i / musiqiynazariy fanlar / an'anaviy / akademik cholg'u ijrochiligi / shashmaqom / garmoniya / unison / ansambl / orkestr / cholg'ulashtirish / cholg'ushunoslik. / music / art / music / system / tabulation / tanbur line / music-theoretical sciences / traditional / academic instrument performance / shashmaqom / harmony / unison / ensemble / orchestra / instrumentation / instrumental.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdusalomov Fazliddin

Mazkur maqolada cholg'u ijrochiligida musiqiy-nazariy fanlarning ahamiyati va ular o'rtasidagi bog'liqliklar haqida yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the importance of music theory in instrumental performance and the connections between them

Текст научной работы на тему «AKADEMIK CHOLG‘U IJROCHILIGIDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING AHAMIYATI»

AKADEMIK CHOLG'U IJROCHILIGIDA MUSIQIY-NAZARIY

FANLARNING AHAMIYATI

Abdusalomov Fazliddin

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Kasb ta'limi: Xalq ijodiyoti (cholg'u

ijrochiligi) ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: dotsent S.T.Turatov

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada cholg'u ijrochiligida musiqiy-nazariy fanlarning ahamiyati va ular o'rtasidagi bog'liqliklar haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, san'at, nota, tizim, tabulatura, tanbur chizig'i, musiqiy-nazariy fanlar, an'anaviy, akademik cholg'u ijrochiligi, shashmaqom, garmoniya, unison, ansambl, orkestr, cholg'ulashtirish, cholg'ushunoslik.

ABSTRACT

This article discusses the importance of music theory in instrumental performance and the connections between them.

Keywords: music, art, music, system, tabulation, tanbur line, music-theoretical sciences, traditional, academic instrument performance, shashmaqom, harmony, unison, ensemble, orchestra, instrumentation , instrumental.

Qo'shiqchilik san'at turlarining orasida eng qadimiyligi barchamizga ayondir. Ushbu sohaning asrlar davomida rivoj topishi cholg'u musiqasining paydo bo'lishiga zamin yaratdi desak ham mubolag'a bo'lmaydi. Cholg'ularining paydo bo'lish tarixi eramizdan avvalgi XIII ming yillikka borib taqaladi. Qadimdan musiqani o'qitishda ustoz-shogird an'analaridan foydalanib kelingan va hali-hanuzgacha ushbu an'ana davom etib kelmoqda. Qo'shiq va kuylar dastlab aholining turli soha vakillari orasida rivoj topgan. Jumladan, dehqonlar va chorvadorlar o'z mehnat faoliyati davomida og'izdan-og'izga o'tib kelayotgan kuy va qo'shiqlarni kuylashgan. Kasbiy musiqaning tadriji musiqaning nazariy asoslari vujudga kelishi uchun asosiy omil hisoblanadi. Bunga yaqqol misol sifatida musiqa matnini qog'ozga tushirishga bo'lgan harakatlarni keltirib o'tishimiz mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, tovushning yozuvdagi ifodasi ya'ni notalarning paydo bo'lishidir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek kasbiy musiqaning paydo bo'lishi natijasida qo'shiq yoki kuy matnini yodda saqlab qolish musiqachilar uchun qiyinchilik tug'dira boshlaydi.

Buning birdan-bir yechimi musiqa matnini qog'ozga tushirish edi. Bu masala

yuzasidan ko'plab olimlar ish olib borishgan.

"Nota yozuvining ilk turi qadim Yunoniston (mill. Avv. III asrlarda) san'atida paydo bo'lgan harfiy nota yozuvidir. Keyinchalik ya'ni IX asrga kelib tovushlarning nisbiy balandligini ko'rsatadigan nevma belgilaridan foydalanishgan. Hozirgi zamonaviy nota yozuviga esa XI asrda italiyalik musiqa nazariyotchisi Gvido d'Aretsso tomonidan asos solingan."

Sharqda esa Farobiy Yunonistonda ishlatilgan harfiy notalar tizimini ud cholg'usi uchun moslashtiradi. Undan tashqari Safiuddin al-Urmaviy (XIII asr)tomonidan ud cholg'u pardalariga mo'ljallab yaratilgan 2 xil tabulaturalar ma'lum bo'lgan. Ular jadval shaklida bo'lib, tovushlar balandligi turli harflar bilan davomiyligini esa raqamlar (yoki nuqtalar) yordamida ifodalangan. XIX asr oxirlarida Xorazmda Komil Xorazmiy tomonidan "tanbur chizig'i" deb nomlangan tabulatura shaklidagi nota yozuvi joriy etilgan.

Tarixda mamlakatimizda musiqa san'atiga bo'lgan e'tibor va qiziqish anchayin kuchli bo'lgan, mustaqillik yillariga kelib esa bu e'tibor yanada kuchaydi, birgina oxirgi 5 yillikda bo'lgan o'zgarishlardan biri san'at oliygohlariga kirish imtihonlari yuzasidan kiritilgan o'zgarishlar buning yorqin dalilidir. Chunki musiqa san'ati alohida iqtidor talab etiladigan kasblar sirasiga kiradi va bu o'zgarishlar o'rinli bo'lganligidan dalolatdir. Bunday misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin. Mamlakatimizda joriy qilingan uzluksiz ta'lim tizimi tarmoqlaridan biri maktabdan tashqari ta'lim tizimi doirasida ish yuritayotgan bolalar musiqa va san'at maktablarida yosh musiqachilarga ilk kasbiy-musiqiy bilimlar berib boriladi. Ushbu dargoh misolida cholg'u ijrochiligini o'qitish holatlarini tahlil qilib ko'raylik. Dastlab o'quvchilarda biror-bir musiqa asarining mazmunini o'qiy olish, uni tushunib yetish hamda kuyning qanday tuzilganligini ko'rish uchun avvalo musiqiy fikrlay olish qobiliyatini rivojlantirish lozim. Musiqa haqidagi nazariy ta'lim tizimining boshlang'ich qismi - Musiqa elementar nazariyasi fanidir. Ushbu fan ilk musiqiy bilimlarni berishda tamal toshi vazifasini o'tovchi fan hisoblanadi. Ushbu fanni o'zlashtirishdan ko'zlangan maqsad musiqani idrok etish, uni tushunish, uning tabiati, imkoniyatlari va tinglovchilarga ta'sir qilish mexanizmini anglash, nota matnini o'qiy olishda nazariy va amaliy bilim olishga qaratilgandir. Sodda qilib aytganda "musiqa tili"dan xabardor qilishdir. Musiqa elementar nazariyasi kursi o'quvchilarga mustaqil musiqiy fikrlay olish ko'nikmasining rivojlanishiga yordam beradi. Bu degani biror musiqa asarini mustaqil tarzda lad, metr, ritm, temp, dinamika, intonatsiya va kuy jihatdan tahlil qilib ijro etish imkoniyatlari beradi.

Cholg'u ijrochligi ikki xil tushunchani anglatadi. Birinchisi, an'anaviy cholg'u ijrochiligi va ikkinchisi akademik cholg'u ijrochiligi. An'anaviy cholg'u ijrochiligi

asosan ustoz-shogird an'analari asosida o'qitilib kelinadi. Akademik cholg'u ijrochiligida ustoz-shogird an'analari tizimida o'qitilmaydi degani emas albatta. Milliy musiqani o'qitishda ustozning o'rni ya'ni ahamiyati akademik cholg'u ijrochiligini o'qitish jarayoniga nisbatan muhimroq sanaladi. Milliy musiqa merosimiz ajdoddan-avlodga o'tib kelayotganligi va uni kelajak avlodga o'rgatish jarayonidagi muhim vazifalardan biri uni asl holida yetkazish vazifasidir. Milliy musiqa merosimizda markaziy o'rin tutgan "Shashmaqom" og'zaki tarzda avloddan-avlodga ustoz-shogird an'analari asosida o'tib keldi. "Shashmaqom" ilk bor V.A.Uspenskiy tomonidan Ota Jalol va Ota G'iyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirildi."

Albatta, "Shashmaqom"ni notaga olishda bevosita musiqaning nazariy asoslaridan xabardor bo'lish kerak degan xulosaga kelish mumkin. Uni ijro etish uchun ham "musiqa tili"dan bohabar bo'lish zarur. Musiqa nazariyasi ilmiy va o'quv fanlarning majmuasi bo'lib, musiqaning elementar nazariyasi, garmoniya, musiqiy shakl, polifoniya, solfedjio, cholg'ulashtirish kabi fanlarni o'z ichiga oladi va musiqani nazariy nuqtayi nazardan o'rganadi. Musiqiy-nazariy fanlar sirasiga kiruvchi musiqa elementar nazariyasining mantiqiy davomi bo'lgan garmoniya fanining cholg'u ijrochiligida tutgan o'rni juda ham katta hisoblanadi.

"Garmoniya bu akkordlar haqida fandir. Tovushlarning ohangdosh bo'lib qo'shilishini va bu ohangdoshliklarning bir-biriga bog'lanib izchil kelishini o'rgatish garmoniya fanining asosiy maqsadlaridan biridir." Qisqacha qilib aytganda, ko'p ovozli musiqa haqidagi fandir.

Cholg'u ijrochiligida ko'p ovozli musiqa orkestr va ba'zi ko'p ovozli ansambllarda uchraydi. O'zbek xalq cholg'ularida jamoa ijrochiligi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Dastlab an'anaviy ijrochilik ansambllarida qatnashuvchilarning soni bir nechta bo'lishiga qaramay, ularning barchasi bir xil ohangni ya'ni unison tarzida ijro etishar edilar.

O'zbekiston hududida XX asrning 1-yarmida rus istilosidan so'ng o'zbek xalq cholg'ularida ko'p ovozli asarlarni ijro qilish davri boshlanadi. Shu bilan birga o'zbek xalq cholg'ularini takomillashtirish ishlari boshlanib yuboriladi. Manbalarda keltirilishicha "XX asrga kelib cholg'u ijrochiligi san'atida keng ommalashgan cholg'ularni o'rganish va tadqiq etish ishlari tobora kuchaydi. Bu ishni Abdurauf Fitrat boshlab bergan bo'lsa, undan so'ng musiqashunos olimlar V. Belyayev, F.Karomatov, T.Vizgo va A.Malkiyevalar bu ishni muvaffaqiyatli davom ettirdilar.

1930-yillarning boshlarida O'zbek xalq cholg'ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish ishlari boshlandi."

Bevosita bu ishlarga A.I.Petrosyans rahbarlik qiladi. Natijada 1937-yilga kelib, N.Mironov rahbarligida o'zbek xalq cholg'ularidan tuzilgan va notaga asoslangan

orkestr tuzildi. Ushbu jamoaning dasturidan: qayta ishlangan ko'p ovozli o'zbek xalq kuylari bilan birga chet el kompozitorlarining klassik asarlari ham o'rin olgan edi. T.Jalilov va N.Mironov tuzgan orkestrlar, to'liq ko'p ovozli o'zbek xalq cholg'ulari orkestrining tuzilishi uchun katta rol o'ynadi. 1938-yili N.Mironov tuzgan orkestrga jamoat arbobi, dirijor, tashkilotchi va o'zbek xalq cholg'ularini takomillashtirishda bosh-qosh bo'lgan A.I.Petrosyans rahbar sifatida taklif etildi. O'sha davrlarda nota bilan ijro eta oladigan va shu orqali musiqiy fikrlay oladigan sozandalarni yetkazib chiqarish muammo bo'lganligi sababli, orkestrning asosiy dasturlarida, qayta ishlangan o'zbek va qo'shni Respublikalarning xalq kuylaridan "Rok Qashqarcha", "Safti A'jam", S.Alievning "Gulyor" va boshqa milliy musiqiy asarlarimiz o'rin olgan edi. A.Petrosyans asarlarni orkestrga cholg'ulashtirish jarayonida, har bir cholg'uchining ijro imkoniyatini inobatga olgan holda cholg'ulashtirgan. Buning birdan bir sababi esa sozandalar orasida hatto o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lmagan ijrochilar mavjud edi. Orkestr sozandasi bo'lish uchun har bir sozanda nota o'qish, ko'p ovozli musiqani tinglay olish va dirijorning ko'rsatmalarini tushunib va shu ko'rsatmalarga mos ijro etish qobiliyatlariga ega bo'lishi zarur. Garmoniya fani esa aynan yuqorida ta'kidlanganimizdek akkordlarning to'g'ri qo'shilishi va qo'llanishi haqidagi bilimlarni beradi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, orkestr sozandasi garmoniya kursidan ham xabardor bo'lmog'i lozim. Bunday bog'liqliklarni ko'p misol qilib keltirishimiz mumkin. Cholg'ulashtirish fanining ham asosini aynan musiqa elementar nazariyasi, garmoniya va cholg'ushunoslik fani tashkil etadi. Bugungi kunda o'zbek xalq cholg'ularida ko'p ovozli musiqa ijrochiligi yaxshigina rivojlangan bo'lib, xalqimiz ko'nglidan yaxshi o'rin egallagani ayni haqiqat. Bu yutuqlar ortida 1936-yildan buyon malakali kadrlarni o'zbek musiqa san'atiga yetkazib berayotgan O'zbekiston davlat konservatoriyasi (dastavval Toshkent davlat konservatoriyasi deb nomlangan), 1974-yilda tashkil etilgan (Toshkent davlat madaniyat instituti) O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining "Cholg'u ijrochilik" kafedrasi, respublikamizdagi barcha musiqa va san'at maktablari, madaniyat va san'atga ixtisoslashgan maktablar va maxsus litseylarning xizmati beqiyosdir.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, akademik cholg'u ijrochiligi sozandasi musiqiy-nazariy fanlar yuzasidan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmog'i darkor. Afsuski ayrim akademik cholg'u ijrochiligi sozandalari yevropa klassik musiqalarini mohirona ijro qilishlariga qaramay milliy musiqalarimiz ijrosiga kelganda biroz kamchiliklar seziladi. Buning sabablari sifatida quyidagilarni keltirib o'tishimiz mumkin:

Musiqiy tovush qatorimizning Yevropa musiqasi tovush qatoriga (tempratsiyalangan soz) o'tkazilganligi va bu sozda qo'shni pog'onalar oralig'idagi

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

eng kichik masofa 0,5 tonda ekanligi ba'zi musiqiy bezak^ ijrosini ta'minlash uchun noqulayliklar keltirib chiqarái ya'ni nimpardalarni ijro etish imkoniyatlari yo'qqa chiqdi. Xalq musiqalarida esa nimpardalarning o'mi e'tiboгlidiг.

Milliy musiqamizda qo'llaniladigan "ornamental" usullar - bezaklar: qochirimlar, kashish, nolish, molish, sayqallar va boshqa musiqiy bezaklarimiz hozirgi zamonaviy nota yozuvida to'liq aks ettirilmaganligi sababli an'anaviy ashula va cholg'u ijrochiligini o'qitishda ustoz-shogñd an'analarinining o'rni juda ham muhim hisoblanadi.

Taklif sifatida shuni kiritib o'tmoqchimanki, yuqorida nazarda tutilgan nola, qochirimlar va boshqa musiqiy bezaklarimizni hozirgi zamon nota yozuvida barcha cholg'ular uchun bir xilda ifodalay oladigan aniq belgilar tizimini bevosita musiqashunos olimlar bilan birgalikda qayta ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo 'lar edi.

Shunda akademik cholg'u ijrochiligi va an'anaviy cholg'u ijrochiligi bo'yicha tahsil olayotgan sozandalar hamda boshqa millat vakillarining o'zbek milliy musiqiy merosini o'zlashtirishlari uchun o'zbek milliy musiqa merosimizni nota orqali ijro qilish qulayliklari paydo bo'lar edi. Bevosita milliy musiqa merosimizni targ'ib qilish imkoniyatlari yanada ortadi.

REFERENCES

1. Ibraximjanova G. Urmanova L. Xodjayeva M. Xalilov F. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya. - T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.-9 b

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sharq nota_yozuvi

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Shashmaqom

4. H.Mamajonova H. Muxsinova N. Garmoniya. - T.: "Ishonchli hamkof' 2021.-6 b

5. G'ofurav M. Cholg'u yrochiligi. - T.: Xalq ijodiyoti (cholg'u ijrachiligi) magistratura mutaxassisligi bo'yicha o'quv qo'llanma 2015.-6 b.

6. Toshmatov O'. Beknazarav X. Cholg'ushunoslik. - T.: Darslik 2015.-41

7. Shermatov K. Maxsus cholg'u. - T.: Darslik 2019.

8. https://uz.denemetr.com/docs/134/index-21452

9. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalq_cholg%CA%BBulari_orkestri

10. Z. Turapov "Dutor bas". - T.: O'quv qo'llanma 2004.

11. Xakimova F. Maxsus cholg'u. - T.: "Navro'z" nashriyoti, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.