Научная статья на тему 'MAKTABDA MUSIQA FANINI O‘QITISHDA YANGICHA YONDASHUV'

MAKTABDA MUSIQA FANINI O‘QITISHDA YANGICHA YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
208
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy / musiqa / cholg‘u / kuy / ijro / repertuar / ijrochilik / madaniyat / iste’dod / to’garak. / national / music / instrument / tune / performance / repertoire / performance / culture / talent / club.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — L. Tursunova, S. Xoliqova

Ushbu maqolada bo’lg’usi musiqa fani o’qituvchilarining Maktabda musiqa fanini o‘qitishda yangicha yondashuvlari haqida gap boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A NEW APPROACH TO TEACHING MUSIC IN SCHOOL

This article discusses new approaches of future music teachers to teaching music at school.

Текст научной работы на тему «MAKTABDA MUSIQA FANINI O‘QITISHDA YANGICHA YONDASHUV»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABDA MUSIQA FANINI O'QITISHDA YANGICHA YONDASHUV

Tursunova Laylo Ergashevna

FarDU o'qituvchisi Xoliqova Sevara Baxodirovna

FarDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7393715

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lg'usi musiqa fani o'qituvchilarining Maktabda musiqa fanini o'qitishda yangicha yondashuvlari haqida gap boradi

Kalit so'zlar: milliy, musiqa, cholg'u, kuy, ijro, repertuar, ijrochilik, madaniyat, iste'dod, to'garak.

НОВЫЙ ПОДХОД К ПРЕПОДАВАНИЮ МУЗЫКИ В ШКОЛЕ

Аннотация. В данной статье рассматриваются новые подходы будущих учителей музыки к обучению музыке в школе.

Ключевые слова: национальная, музыка, инструмент, наигрыш, исполнение, репертуар, исполнение, культура, талант, клуб.

A NEW APPROACH TO TEACHING MUSIC IN SCHOOL

Abstract. This article discusses new approaches of future music teachers to teaching music at school.

Keywords: national, music, instrument, tune, performance, repertoire, performance, culture, talent, club.

So'nggi yillarda mamlakatimizda musiqa san'atiga bo'lgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Ma'lumki barcha aniq fanlar o'zlarining bilish usullariga ega bo'lib, bu usullar o'z predmeti, ya'ni o'z fanining ob'ektlarini tahlil qilish va xulosa qilishga yordam beradi.

2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:

a) umumiy o'rta ta'lim muassasalarida:

- mazkur qarorga 1-ilovadagi ro'yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;

- musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari o'tkaziladi;

- mazkur qarorga 1-ilovadagi ro'yxatda keltirilgan milliy cholg'ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;

- musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi;

- xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi doirasida amalga oshiriladi, bunda qayta tayyorlash (malaka oshirish) kurslarida mashg'notalar to'plamlari va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tizimiga kiritiladi;

- o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar (keyingi o'rinlarda - amaliy to'garaklar) tashkil etiladi;

- amaliy to'garaklar rahbarlariga "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qo'llaniladi;

- amaliy to'garaklarni olib borish hisobi "Elektron kundalik" dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda to'garak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi;

- musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u yerdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;

- musiqa fani o'qituvchilarini kamida uchta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etishga o'rgatish ulot olib borish uchun madaniyat va san'at sohasi vakillari shartnoma asosida jalb etiladi;

Ma'lumki barcha fanlar qatori maktabda musiqa fani ham o'zining bilish usullariga ega bo'lib, bu usullar o'z predmeti, ya'ni o'z fanining ob'ektlarini tahlil qilish va ular ustida ishlash hamda amaliy faoliytaga tayyorgarlik uchun o'qituvchidan o'z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishini hisobga olib xulosa qilishga yordam beradi.

O'quvchilarni musiqiy tafakkurini shakllantirishda musiqa fanini o'qitishning metodologik asoslari tadqiq etilib, musiqashunos olimlarning durdona asarlaridan unumli foydalanish yoshlarning ma'naviy barkamol, yuqori musiqiy did sohibi va milliy qadryatlarni xurmat qiladigan bo'lib tarbiya topishlarida muhim omil bo'lishi tahlil qilindi.

Buni amalga oshirish eng avvalo hozirgi kunda oily o'quv yurtida ta'lim olayotgan va kelajakda o'qituvchi bo'laman deb intilayotgan talabalarni shunday bilim va malakalar bilan qurollantirish zarur bo'ladi.

Demak bo'lg'usi musiqa fani o'qituvchilari o'zbek xalq cholg'u asboblaridan birida mahoratli chala olishi, shuningdek farkopianoda ham ko'plab asarlarni notaga qarab chala olishi va yod olishi lozim. Ular bolalar reperturlarini mukammal bilishi, musiqa tinglash bo'yicha eshittiriladigan asarlarning melodiyalarini o'z cholg'u asbobida chalib bera oladigan bo'lishi talab etiladi. Ijrochilik bo'yicha o'qituvchining mahoratini o'quvchilar uchun ham namunali bo'lishi kerak.

Ular o'z o'qituvchilarining ijrochilik mahoratiga tan bersinlar. Ular o'zbek xalq kuylarini benazir chalaishlari bilan bir qatorda dunyo xalqlarining musiqa asarlaridan ham na'munalar chalib bera olishlari lozim bo'ladi. Ular boshqa cholg'u asarlarida ham ma'lum darajada chala olishi, imkoni bo'yicha bir sekunddagi cholg'uchilarni birlashtirib, kichik guruhli ansabllar tashkil qila olishi va uning turlicha bolalarga qo'shiq kuylay olishi lozim.

Musiqa o'qituvchisi sinfdan, darsdan tashqari makrtabda ham cholg'uasboblar ansamblini tashkil qila olishga qodir bo'lishi lozim bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Musiqa o'qituvchisi hatto dirijyorlik elementlaridan ham o'tish jarayonida puhta bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniga ega. Xususan ular 2/4; 3/4; 4/4 asarlarga dirijyorlik qilishni puhta egallab oladilar. Shuningdek o'zbek musiqasida ko'p uchraydigan 6/8 o'lchovda berilgan bo'lib, 2/4 sxemasi bo'yicha dirijyorlik qilishni puhta egallaydilar. Shuningdek 7/8; 5/4; 6/4; 9/8; 12/8 3 iliyabrave kabi murakkab o'lchovlar bilan ham tanishib oladilar. Musiqiy asarlarda uchraydigan ko'plab belgilar bilan ham tanishadilar va ularga amal qilish tartibini o'rganib oladilar.

Ular amaliyotda xor bilan ishlash yo'llarini ham o'rganadilar. Xorda kuylash, xor qatnashchilari bilan iliq munosabat o'rnatish, xorga repertuar tanlash, ovoz kiritish masalalari olib borish va murakkablik sirlari bilan tanishib boradilar.

Musiqa o'qituvchisi musiqa nazariyasidan ham puhta bilim oladilar. Ular umumiy ta'lim kollejlarida o'qitadina musiqa nazariyasi bo'yicha bilimga ega bo 'libgina qolmay, garmoniya, polifoniya, musiqa shakli kabi murakkab fanlardan ham bilimga ega bo'ladilar.

Ayniqsa xozirgi kunda o'qituvchidan novatorlik talab qilinmoqda. Novatorlik va yangilik - madaniyat, ta'lim va umumiylikda jamiyat rivojlanishining ikki jihati. An'analar va yangiliklarning xilma-xil munosabatlariga tayanib, madaniyatshunoslar jamiyatni an'anaviy va zamonaviyga ajratib ko'rsatishadi. An'anaviy jamiyatda an'ana novatorlik ustidan hukmronlik qiladi. Zamonaviy jamiyatlarda esa, novatorlik bazali qadriyat sanaladi.

O'qituvchining kreativligi bevosita yangilik kiritishi bilan uzviy boqliq holda darslar jarayonida rivoj topadi. Innovatsion ta'limning asosiy maqsadi ta'lim oluvchilarda kelajakkka mas'uliyat hissini va o'z-o'ziga ishonchni shakllantirishdir. J.Botkin boshchiligidagi olimlar guruhi "Rim klubi" ma'ruzasida innovatsion ta'limni an'anaviy, ya'ni "normativ" ta'limga muqobil sifatida bilimlarni egallashni asosiy turi sifatida tavsifladi. Normativli ta'lim "takrorlanuvchi vaziyatlarda faoliyat xulq-atvor qoidalarini o'zlashtirishga yo'naltirilgan" bo'lsa, innovatsion ta'lim yangi vaziyatlarda birgalikda harakatlanish qobiliyatini rivojlantirishni ko'zda tutadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgan farovon zamonda ta'limni tubdan isloh qilish farzandlarimiznipuhta bilim asoslari bilan qurollantirish va uzliksiz ta'limni amalgam oshirish masalasiga katta e 'tibor bilan qaralmoqda. Bu o'z navbatida o'qituvchilik kasbi bilan shug'ullanadiga har birfan mutaxasisligi negiziga ham katta talablar qo'ydi. Ular o'zfanining asoslarini mukammal o'rganish bilan bir qatorda o'zining pedagogik mahorati oshirib berilishi talab etiladi.

O'qituvchilarning o'ziga zamonaviy bilim berish ularning ma'lumotini, ma'naviyatini oshirish kabi pastga olib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Meningfikrimcha ta'lim - tarbiya tizimini o'zgartirishdagi asosiy muammo ham mana shuyerda.

O'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deya javob qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak.

Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi, ta'lim to'g'risidagi qonunni amalga oshirishyosh avlodni yongiga milliy istiqlol g'oyasiga chuqur singdirish birinchi navbatda o'qituvchining faoliyatiga uning ijobiy nufuziga va pedagogni mahoratiga bog'liq.

Buni amalga oshirish eng avvalo hozirgi kunda oily o'quv yurtida ta'lim olayotgan va kelajakda o'qituvchi bo'laman deb intilayotgan talabalarni shunday bilim va malakalar bilan qurollantirish zarur bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. https://qalampir.uz/uz/news/ "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev qarori

2. D.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T. Iqtisod moliya. 2008 y.

3. D. Namozova. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash, 2021 y

4. Yo'ldoshev J.G.Ta'lim yangilanish yo'lida. T. Oqituvchi 2000 y.

5. Ortiqov T. Musiqa o'qitish metodikasi. T. O'qituvchi , 2012 y

6. Teshaboev T. Jamiyatda o'qituvchining orni.T. 2000 y.

7. R.Ishmuhammedov, M.Mirsolieva O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari (metodik qo'llanma) Toshkent - 2014

8. Namozova, D. T. (2021). Musiqa darslarida o'quvchilarni kreativlik hamda erkin tafakkurini shakllantirishni tashkil etish. Scientific progress, 2(2), 1313-1315. 22.

9. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). Brayl nota tizimining musiqa ta'limidagi ilk qadamlari. Science and innovation, 1(C2), 36- 38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.