Научная статья на тему 'MADANIYAT MARKAZLARIDA TOʻGARAKLARNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI'

MADANIYAT MARKAZLARIDA TOʻGARAKLARNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
838
152
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / san’at / madaniyat markazi / toʻgarak / besh tashabbus / moddiy va maʼnaviy ehtiyoj / yoshlar

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘Li Xolmoʻminov, E’Zoza Nuriddin Qizi Karimova

Ushbu maqolada madaniyat markazlarida to‘garaklarini tashkil etishdagi ayrim muammolari va ularda bugungi kunda tashkil qilingan toʻgaraklar faoliyati tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqilgan, shuningdek aholini madaniyat markazi va undagi toʻgaraklarga jalb qilish uchun e’tibor qaratilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar haqida keltirib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT MARKAZLARIDA TOʻGARAKLARNI TASHKIL ETISH MUAMMOLARI»

MADANIYAT MARKAZLARIDA TO'GARAKLARNI TASHKIL ETISH

MUAMMOLARI

Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com E'zoza Nuriddin qizi Karimova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada madaniyat markazlarida to'garaklarini tashkil etishdagi ayrim muammolari va ularda bugungi kunda tashkil qilingan to'garaklar faoliyati tanqidiy-tahliliy ko'rib chiqilgan, shuningdek aholini madaniyat markazi va undagi to'garaklarga jalb qilish uchun e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar haqida keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, madaniyat markazi, to'garak, besh tashabbus, moddiy va ma'naviy ehtiyoj, yoshlar.

PROBLEMS OF ORGANIZING CIRCLES IN CULTURAL CENTERS

Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail .com E'zoza Nuriddin kizi Karimova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, some problems in the organization of clubs in cultural centers and the activities of clubs organized in them are critically and analytically reviewed, as well as the measures that should be taken into account in order to attract the population to the cultural center and its clubs.

Keywords: culture, art, cultural center, circle, five initiatives, material and spiritual needs, youth.

Bugungi kunda yangilanib borayotgan O'zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san'atning o'rni naqadar beqiyos ekanligi butun ziyoli qatlam, xususan biz kabi bo'lajak madaniyat xodimlariga ham ma'lumdir. Binobarin, davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. [1:3]

Yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha madaniy-ma'rifiy muassasalar xalq mafkurasini shakllantirish va milliy madaniyatimizni yosh avlodning ongiga singdirishda katta ahamiyatga ega. Bunda teatr, madaniyat muassasalari va san'at saroylari, madaniyat va istirohat bog'lari, muzeylar va boshqa muassasalar

faoliyatidan keng foydalanish, aholining mafkurasini oshiradigan, ongini yuksaltiradigan, odamlarga ma'naviy ozuqa beradigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. Buning uchun eng avvalo xalqimizning ma'naviy ehtiyojlaridan kelib ish ko'rmoq joiz. Tarixan ma'naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlardan keyin shakllangan, lekin bundan ma'naviy ehtiyoj moddiy ehtiyojlardan kelib chiqadi degan xulosaga kelish xatodir. [2:18] Chunki, jamiyat rivoj topib borar ekan, ular o'rtasida bevosita va bilvosita aloqa va munosabatlar o'rnatiladi. Shunga ko'ra til, adabiyot, axloq, san'at va ijod kabilar jamiyat hayotiga kirib boradi va talab ham ortadi.

Bugungi kunda O'zbekiston aholisining kundan kunga o'sib borayotgan talab va ehtiyojlarini o'rgangan holda, yurtimizda bunyod etilayotgan madaniyat markazlarida aholining ijtimoiy-madaniy faolligini qo'llab-quvvatlash bilan birga mazmunli dam olishiga etibor qaratilmoqda. Ayniqsa bu borada madaniyat markazlarida tashkil qilingan to'garaklar aholining, xususan, yoshlarning bo'sh vaqtini samarali o'tkazish hamda san'at turlariga qiziqtirishdagi ahamiyati juda katta. Madaniyat markazlarida to'garaklar, studiya va jamoalarni tashkil qilishning asosiy maqsadi esa aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning darsdan va ishdan keyingi bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amalda qo'llash ko'nikmalarini hosil qilish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish hamda tanlangan kasbiy yo'nalishlari bo'yicha mehnat bozoriga tayyorgarlik salohiyatini kuchaytirishdan iboratdir. Madaniyat markazlarida tashkil etilgan to'garaklar barcha uchun moliyaviy taraflama qulay hamda hamyonbob hisoblanadi. Hozirgi kunda madaniyat markazlarida pullik to'garaklar, studiya va jamoalar qatnashchilarining bir oylik to'lov summasining eng kam miqdori viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 10% va undan yuqori, Respublikaning boshqa tuman(shahar)larida 5% dan kam bo'lmasligi lozim[3: 4]ligi Madaniyat vazirligi tomonidan belgilab qoyilgan. Agar bizni buni aniq summada hisoblaydigan bo'lsak, viloyatlar markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida 27 ming so'm Respublikaning boshqa tuman(shahar)larida 13500 so'mni tashkil qiladi. Yuqorida belgilangan summalar o'zgarishi mumkin bunday holatda "pullik to'garaklar, studiya va jamoalarning to'lov summasi - Markazlardagi to'garak ishtirokchilarining ota-onalar kengashi bilan kelishilgan holatda (uni bayonlashtirish orqali) markaz rahbarining tegishli buyrug'i bilan ko'paytirilishi mumkin. [4:138] Qarang to'garaklar narxi juda kam bo'lsada madaniyat markazlartida tashkil etilgan to'garaklarga yoshlarning qiziqishi yuqori emasligini ko'rishimiz mumkin. Shundan kelib chiqib barchamizda o'sha to'garaklarning hozirgi kundagi faoliyatiga qiziqishlar paydo bo'ladi albatta. E'tiborimizni 1-jadvalga qaratsak:

1-jadval

T\r Hududlar nomi Madaniyat markazlari soni Markazdagi to'garaklar soni To'garak qatnashchilari soni

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi 58 187 4272

2. Andijon viloyati 71 352 4475

3. Buxoro viloyati 49 325 3789

4. Jizzax viloyati 37 180 1802

5. Navoiy viloyati 32 133 2245

6. Namangan viloyati 80 267 3993

7. Samarqand viloyati 78 418 4747

8. Sirdaryo viloyati 33 110 1775

9. Surxondaryo viloyati 74 589 6876

10. Toshkent viloyati 71 373 6666

11. Farg'ona viloyati 83 495 5101

12. Xorazm viloyati 66 308 3684

13. Qashqadaryo viloyati 60 285 2409

14. Toshkent shahar 34 399 4144

Jami: 826 4421 57787 [5:58]

Yuqoridagi statistikada 2021-yil holati bo'yicha mamlakatimiz viloyatlaridagi madaniyat markazlari, ulardagi to'garaklar soni va to'garak qatnashchilari soni keltirib o'tilgan. Aholi soni hozirgi kunda 35 mlndan oshgan davlatda bor-yo'g'i 57 mingdan ortiq aholigina, ya'ni umumiy aholining 0,16 foizi madaniyat markazlaridagi to'garaklarga jalb qilingan xolos, agar buni faqat yoshlar misolida ko'rsak foiz bundanda past chiqishi tayin.

Barchamizga ma'lumki, joriy yilning 25-mart kuni Oliy Majlis Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasida Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti yuzasidan majlis bo'lib o'tdi. Unda yuqoridagi statistikalarning 2022-yildagi holati aytib o'tildi. Unga ko'ra yuqorida ko'rsatilgan 826ta madaniyat markazida 4500 dan ortiq to'garak mavjud bo'lib ularda ishtirok etayotganlar soni esa 53 ming nafarni tashkil etadi. Statistika shuni ko'rsatyaptiki to'garaklar soni qisman bo'lsada oshgan bo'lishiga qaramay, unga zid o'laroq to'garak ishtirokchilarining soni ma'lum foizga kamaygan. Qisqa davr va qisqa raqamlarda bo'lsada sohada inqirozning uchrashi har birimizni havotirga solishi kerak deb o'ylayman.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga e'tibor bersak, ularning asosini millat kelajagi bo'lmish yoshlarga bo'lgan e'tibor tashkil qiladi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 19-mart kuni ilgari ilgari surgan 5 muhim tashabbusi doirasida olib borilayotgan ishlar, ular orasida aynan birinchi o'rinda madaniyat va san'atning ta'kidlab o'tilgani, har bir mahallaga

yoshlar yetakchilari jalb qilib, ulaming asosiy vazifalaridan biri ham yoshlar o'rtasida san'atning turli yo'nalishlarida to'garaklar, ko'rik tanlovlar, festivallar o'tkazishdan iborat ekanligi ham davlatimizda madaniyat va san'atga bo'lgan e'tibor yetarlicha ekanligini ko'rsatadi. Ammo bir qator omillar ham borki, ular bugungi kunda yosh avlodni aynan o'sha to'garaklarga borishiga to'sqinlik qilyapti. Bularning asosida xalqimiz ongida qotib qolgan yoinki, endi ildiz otayotgan ba'zi bir g'oyalar tashkil qiladi. O'zbek xalqida qadimdan "bolamni artist qilamanmi, endi?", "bir kami otarchi bo'lishing qoluvdi", "qizim o'yinchi bo'lmaydi" kabi juda qo'pol gaplar, madaniyat va san'at xodimlariga nisbatan noto'g'ri baho berish bobo-buvilarimiz davridan bor bo'lgan. Jadallashgan zamonaviy hayot, yangi texnologiyalar va yangi zamonga o'ttik deganimizda esa, tuturiqsiz blogerlarning behayo videolari, taniqli teleyulduz va san'atkorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil video va ko'ngilsiz voqelarining tarqalishi nafaqat oddiy xalq orasida, balki ziyoli qatlam orasida ham san'at va madaniyat xodimlariga bo'lgan munosabatni yomonlashtirib yuborgani sir emas. Ammo san'at bu ezgulik, madaniyat esa mamlakatni butun dunyodagi o'rnini belgilab beradigan boylikdir. Bundan yosh avlodni judo qilishni esa bir xalqning madaniyatini inqiroziga teng deb baholasak bo'ladi. Hatto AQSH prezidenti Jorj Vashington 1788-yilda "San'at va ilm-fan davlatning gullab yashnashi, inson hayotining bezagi va baxt-saodati uchun muhimdir" [6:1] deb ta'kidlagan edi. Ota-onalar o'z farzandlarini san'at sohasida bo'lishlarini xohlamasliklariga sabab bo'luvchi omillar haqida aytib o'tdik. Endi ularning barchamizga ma'lum bo'lgan afzalliklari haqida ham ota-onalarga tushuntirish madaniyat xodimlarining bosh vazifasidir. Masalan birgina raqs to'garaklarini oladigan bo'lsak, ularga munzatam borish, kelajakda buni davom ettirishmasa ham, ayni organizmning rivojlanish davrida raqs bilan shug'ullanish inson tanasi uchun juda foydali. Bu qizlarda qomatning go'zal rivojlanishi uchun yordam beradi, tanada qon aylanishini yaxshilaydi, qizlarda nafislik va jozibadorlik xususiyatlarini shakllantiradi. Shuningdek, ruhiy salomatlik uchun musiqa va nafis harakatlarning ahamiyati juda katta ekanligini tibbiyot ham isbotlagan. Buni garchi farzandi raqsga qiziqsa ham to'garakka olib bormayotgan ota-onalarga tushuntirish, kerak bo'lsa ularning o'zini ham ayni jarayonga taklif qilish lozim.

Yuqoridagi omillardan kelib chiqib yoshlarni san'at va madaniyatga jalb qilish chora-tadbirlarini ko'rish bugungi kun uchun juda muhim vazifa hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida [7: www.lex.uz ] ham aynan yoshlarni musiqa va san'at olamiga bevosita olib kirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarga dutor, do'mbira, doyra, tanbur, rubob, g'ijjak va nay kabi milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy

ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda bu haqida ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Undan tashqari musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari o'tkaziladi, musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi, notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tizimiga kiritiladi, o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar tashkil etilib, amaliy to'garaklar rahbarlariga "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garak rahbari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalari qo'llaniladi.

Bundan tashqari yangi zamonda yangicha ruh bilan ish olib borish, zamon bilan hamnafas bo'lish, yoshlarga jahon standartlariga mos ravishda ta'lim tarbiya berish jarayonini tashkil etish ham yuqoridagi qarordan ko'zlangan maqsadlardan biri hisoblanadi. Qarorga ko'ra amaliy to'garaklarni olib borish hisobi "Elektron kundalik" dasturi orqali amalga oshiriladi hamda har chorakda to'garak ishtirokchilarining hisobot konsertlari tashkil qilinadi. Umumta'lim maktablari va madaniyat markazlarida "Maktabda madaniyat markazi" loyihasi asosida ixtiyoriylik asosida shartnoma bilan to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yilishi ham kelakdagi ko'zlangan maqsadga erishishda ijobiy xizmat qiladi. Muhtaram Prezidentimiz Yangi O'zbekiston strategiyasida shunday yozadi: "O'g'il-qizlarimizni san'at dunyosiga oshno etish, yoshlarimiz jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari, zamon talabi bo'lgan kompyuter va IT texnologiyalar sohasida bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta'minlangan 100 mingdan ortiq bepul to'garak faoliyati yo'lga qo'yiladi".[8: 228] Agarda ana shuncha bepul to'garaklar tashkil etilishsa butun Yangi O'zbekiston yoshlari qamrab olinadi. Ulardan esa san'at va madaniyatga oshno yangi iste'dodlar kashf etiladi. Bu esa o'z navbatida tarixan shakllanib kelgan buyuk qadriyatlarimizning, madaniy boyliklarimizning asrab-avaylab, kerak bo'lsa yanada rivoj topgan holda kelajak avlodlarga yetib borishiga, milliy musiqa va san'atimizning gullab yashnashiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Haydarov A. Madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. "Xalq so'zi" gazetasi. 254-son (7212). 2018-yil 9-dekabr. 4 b.

2. Haydarov.A. Ijodiy ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish. "Yangi nashr". T.: 2016- 208 bet.

3. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019-yil 18-aprel "Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etishga oid normativ hujjatlarni tasdiklash to'g'risida" 232-sonli buyrug'i 1-ilova "Madaniyat markazlarida to'garak, studiya va jamoalar faoliyatini tashkil etish to'g'risida Nizom"ning 22-bandi. 17 b

4. Qarang: Xushvaqtov A. Madaniyat va san'at sohasida iqtisodiy ko'rsatgichlarni boshqarishning ahamiyati. Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi. Xorazm Ma'mun akademiyasi noshirlik bo'limi, Xiva 2022. 574 b

5. Turdiyeva M. Yoshlarning siyosiy madaniyatini yuksaltirishda madaniyat markazlarining o'rni BMI. Toshkent 2021-yil.

6. Jerry Henderson. "The state and the politics of culture" University Press of America.2005. Chapter 1. Page 1.

7. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz

8. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.