Научная статья на тему 'MADANIYAT MARKAZLARIGA MALAKALI KADRLARNI JALB ETISH MUAMMOLARI'

MADANIYAT MARKAZLARIGA MALAKALI KADRLARNI JALB ETISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
271
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / san’at / madaniyat markazi / maʼnaviyat / ijodiy jamoa / kadr / mutaxassis

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘Li Xolmoʻminov, Nilufar Laziz Qizi Maratova

Maqolada madaniyat markazlarining hayotimizdagi oʻrni, ularning faoliyati, vazifalari, shuningdek, markazlarmizni yangi bosqichga olib chiqish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, madaniyat markazlariga malakali mutaxassis kadrlarni jalb etish masalalari batafsil bayon etilgan. Madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyatini kengaytirish, aholi orasida milliy madaniyatimizni keng targʻib qilish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xalqimizni madaniyatimizga va sanʼatimizga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirish va toʻlaqonli jalb etish borasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan muammolarga taklif va mulohazalar bildirilgan. Markazlardagi xodim va rahbar oʻrtasidagi munosabatlarda, muammolarni hal etishda zamonaviy usullar va innovatsion gʻoyalar bilan yondashish kerakligi tavsif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT MARKAZLARIGA MALAKALI KADRLARNI JALB ETISH MUAMMOLARI»

MADANIYAT MARKAZLARIGA MALAKALI KADRLARNI JALB ETISH

MUAMMOLARI

Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com Nilufar Laziz qizi Maratova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotasiya: Maqolada madaniyat markazlarining hayotimizdagi o'rni, ularning faoliyati, vazifalari, shuningdek, markazlarmizni yangi bosqichga olib chiqish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, madaniyat markazlariga malakali mutaxassis kadrlarni jalb etish masalalari batafsil bayon etilgan. Madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini kengaytirish, aholi orasida milliy madaniyatimizni keng targ'ib qilish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xalqimizni madaniyatimizga va san'atimizga bo'lgan e'tiborini kuchaytirish va to'laqonli jalb etish borasida amalga oshirilishi kerak bo'lgan muammolarga taklif va mulohazalar bildirilgan. Markazlardagi xodim va rahbar o'rtasidagi munosabatlarda, muammolarni hal etishda zamonaviy usullar va innovatsion g'oyalar bilan yondashish kerakligi tavsif etilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, san'at, madaniyat markazi, ma'naviyat, ijodiy jamoa, kadr, mutaxassis.

PROBLEMS OF ATTRACTING QUALIFIED PERSONNEL TO CULTURAL

CENTERS

Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov mominmirzoxolmominov@gmail.com Nilufar Laziz kizi Maratova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article describes in detail the role of cultural centers in our lives, their activities, tasks, as well as the opportunities and conditions created to bring our centers to a new level, the issues of attracting qualified personnel to cultural centers. Suggestions and comments were made on the issues that need to be addressed in order to expand the activities of cultural and art institutions, to promote our national culture among the population, to organize meaningful leisure time for young people, to strengthen the attention of our people to our culture and art. The relationship between the staff and the manager at the centers describes the need to approach problems with modern methods and innovative ideas.

I icclT^^^^H 108 http://oac.dsmi-qf.uz

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 3 / September 2022

Keywords: culture, art, cultural center, spirituality, creative team, staff, specialist.

Madaniyat va san'at sohasi xalqimizning ma'naviy qiyofasini, uning hayot tarzini ko'rsatib beradigan, bir so'z bilan aytganda, o'zligini namoyon san'at asarlarini yaratish, madaniyat va san'at muassasalari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga asoslanadigan, eng muhimi, insonlar bilan ishlaydigan soha hisoblanadi. Darvoqe, Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, "Bir haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi".[1:23] Bugun xalqimizning siyosiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni tarbiyalashda milliy ma'naviy qadriyatlarning o'rnini oshirish, urf-odat va an'analarimizni keng targ'ib etish borasida yaxlit tizim mavjud. Madaniyat vazirligi tasarrufidagi madaniyat va san'at muassasalar, jumladan, teatr, sirk, san'at saroylari, kutubxona, istirohat bog'lari va madaniyat markazlarining o'rni beqiyosdir. Xususan, madaniyat markazlari jamiyat rivojlanishida va yoshlar ma'naviy ongini yuksaltirishda hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan 826 ta Madaniyat markazlarining barchasi o'ziga qo'yilgan quyidagi asosiy vazifalari vazifalarni to'la qonli bajarsa, jamiyat albatta barqaror rivoj topadi deb ayta olamiz. Jumladan,

- aholiga madaniy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo'sh vaqtlarining mazmunli o'tishini ta'minlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va an'analarni o'zida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish;

- xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik san'atini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlari tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish;

- bolalarni to'garaklarga jalb etish, xorijiy tillarni o'rganish va "nutq madaniyati" bo'yicha kurslar tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yo'nalishlari, havaskorlik san'ati va nomoddiy madaniy merosni keng targ'ib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish;

- adabiyot hamda san'at arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlari o'tkazish;

- tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha san'atining tuman (shahar) festivallarini o'tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash;

- ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy-madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha ularga pulli xizmatlar ko'rsatish;

- turli xil to'garaklar, studiyalar, kurslar, qiziquvchilar klublari, badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etishdan iboratdir. [2:69,70]

Yuqorida aytib o'tilgan vazifalarni samarali bajara oladigan, madaniyat markazlari salohiyatini ko'taradigan malakali mutaxassislar kerak bo'ladi, albatta. Madaniyat markazlari faoliyatini to'liq namunali tashkil etuvchi yetuk kadrlarni esa O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va uning filiallari tarbiyalab voyaga yetkazadi. Bu ta'lim dargohi madaniyat va san'at sohasiga aloqador barcha jabhalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislarni yetishtirib beruvchi "fabrika" vazifasini o'taydi. Madaniyat va san'at sohasi boshqaruviga doir yo'nalishda bugungi kunda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va uning filiallarida 1,5 mingga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Yurtimizda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan e'tibor natijasi sifatida respublikamizning 10 ta viloyat davlat universitetlarida har bir kursda (hozirgi kunda jami 3 tadan kurs bor) 25 nafardan talabalar yangi tashkil etilgan "Madaniyat va san'at muassasalarini tahskil etish va boshqarish" ta'lim yo'nalishida o'qimoqdalar. Prezidentimiz tomonidan is'tedodli yoshlarni madaniyat va san'at sohasida ta'lim olishlari uchun mahalliy budjet hisobidan har bir tumandan 5 nafardan talabalar O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti va uning filiallariga qabul qilindi. Respublika boyicha jami 2 mingdan ortiq talaba madaniyat va san'at boshqaruvi sohasida tahsil olayotganini ko'rishimiz mumkin. Ammo hali ham kadrlar masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Ochig'ini aytadigan bo'lsak, ta'lim muassasasini tamomlagan ko'pchilik kadrlarimiz o'z viloyati yoki tumanidagi madaniyat markaziga borib faoliyat yuritmaydi. Bunga madaniyat markazlarimizdagi oylik maoshlarning qoniqarli darajada emasligi ham ta'sir ko'rsatadi. "O'rtacha 1 mln 300-1mln 400 ming oylik olganimdan, boshqa daromadliroq sohada ishlayman", "Ikkinchi mutaxassislikka o'qiyman", "Tadbirkorlik qilarman" degan fikrlar hali institutni tamomlamagan talabalarimizning asosiy maqsadlari bo'lib qolmoqda. Ixtirochi Genri Ford aytganidek, "Mehnatga yarasha haq to'lamasangiz, haqqa yarasha mehnat olasiz". Shunday ekan, respublikamizdagi har bir viloyat, tuman madaniyat boshqarma boshliqlari ushbu ta'lim dargohlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishlari lozim. Ta'lim muassasasiga qabul qilingan talaba bilan bevosita institut orqali 4 yil davomida birga ishlagan boshqarma boshliqlari madaniyat markazlarini yetuk mutaxassis kadr bilan ta'minlanish imkoniga ega bo'ladi. Shuningdek, talabalarning o'z tumanlaridagi madaniyat markazlariga amaliyotga yuborilishi, markazlarning ish faoliyatini, tashkiliy tuzilmalarini quyi bosqichdan o'z tumanlari misolida o'rganishi samarali natijalarga olib keladi. Bu ishlarni tahlil qilishning bir jihati o'ta murakkab, ammo, ikkinchi jihati o'ta qiziqarli jarayon. Sababi, madaniyat va san'at sohasi doimo davlatimiz e'tiborida bo'lgan. Bu haqida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlar haqida so'z borganda, ilm-fan, ta'lim-tarbiya, sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at, ommaviy axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport

I ícclT^^^^H HO http://oac.dsmi-qf.uz

kabi sohalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish masalalari o'tgan 5 yilda e'tiborimiz markazida bo'lganini alohida qayd etish lozim" -deya ta'kidlab o'tgan edi. [3:137] Xususan, men O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida tahsil olib, aynan madaniyat va san'at sohasining bo'lajak boshqaruvchisi sifatida tarbiyalanmoqdaman. Sohamiz davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Albatta, bunga "labbay" deya javob bera olishimiz kerak.

Hozirgi kunda madaniyat markazlari faoliyati, umuman, madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini kengaytirish, aholi orasida milliy madaniyatimizni keng targ'ib qilish, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xalqimizni madaniyatimizga va san'atimizga bo'lgan e'tiborini kuchaytirish va to'laqonli jalb etish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Darvoqe, AQShda mamlakatmizdagi kabi davlat qaramog'idagi Madaniyat markazlari, madaniyat saroylari, kutubxonalar, teatrlar, muzeylar, dam olish va istirohat bog'lari yo'q. Bu esa AQShda madaniyat muassasalari yo'q degan, fikrga olib kelmasin. Nafaqat AQSh, balki ko'plab xorijiy davlatlarda shunday. Har bir aholi istiqomat qiladigan joylarda madaniy-maishiy xizmat ko'rsatadigan servislar mavjud. Ular davlat byudjetidan mablag' talab etmaydi, insonlarning o'zlari quradi, boshqaradi.[4:59] Qarang, bizda barcha madaniyat va san'at muassasalarimiz davlat qarmog'ida, barcha imkoniyatlarni davlat qilib bermoqda. Biz bundan unumli foydalana olayapmizmi? Xalqimiz orasida ham bo'layotgan o'zgarishlarga bo'lgan javob reaksiyasi yetarli emas. Madaniyatga nisbatan konsert, tomosha sifatida qarashlar tugaganicha yo'q. Madaniyat so'zini insonlar yengil tushunadigan bo'lib qolgan, nazarimda. Afsuski, bugun madaniyat markazlari va unda ishlovchi madaniyat sohasi vakillarining statusi xalqimiz orasida yuqori baholanmayapti. Hali-hanuz yurtimizning chekka hududlarida yashovchi aholi tomonidan san'atkorga "artist"yoki "otarchi", raqqosalarimizga "o'yinchi", boshlovchi-so'z ustalariga nisbatan "o'rtakash" deya baho berilishi ko'nglimizni xijil qiladi. Madaniyat - bu shunchaki dabdabozlik yoki to'y-u tomosha emas, balki madaniyat-bu xalqimiz ko'zgusidir. Shu bois, biz, madaniyat va san'at sohasi vakillari, lokomotivlikni qo'lga olishimiz kerak.

Hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan 826 ta Madaniyat markazida 8492 ta shtat biriligi mavjud bo'lib, 9312 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda, shundan oliy ma'lumotli xodimlar 1629 nafar, o'rta maxsus ma'lumotlilar 5325 nafar, o'rta ma'lumotlilar 1711 nafar xodimlardir. 9312 nafar xodimining 647 nafari texnik xodimlar xisoblanadi. Jami xodimlarning 4582 nafari madaniya va san'at soxasini tamomlagan mutaxassislardir. Qarang 60 foiz xodimlar nomutaxassislardan iborat ekan. Shu sababdan ham, madaniyat markazlari uchun malakali mutaxassislar suv va havodek zarur. O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 15-martdagi "Madaniyat vazirligi tizimidagi madaniyat markazlari direktorlari uchun

I ibiSi^^Bl 111 http://oac.dsmi-qf.uz

qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish to'g'risida"gi 92-sonli buyrug'i asosan madaniyat markazlarining direktorlariga O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti qoshidagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida 2022-yilning 15-aprelidan 2022-yilning 30-avgustiga qadar belgilangan reja asosida maxsus qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Quyidagi 1-rasmda tasdiqlangan reja grafik ko'rsatilgan.

УЗБЕКИСТОН Р1СПУВЛИКАСИ МАДАНИЯТ ВАЗИРЛИГИ ТАСАРРУФИДАГИ МАДАНИЯТ МАРКАЗЛАРН ДПРЕКТОРЛАРП 5ЧУН ТАШКПЛ ЭТИЛ.АДНГ.АН КИСКА МАЛАКА ОШПРИШ КУРСЛАРИ ТУГРИСИДА

o

Мадашшт марказларп comí: 826 та

Маданият марказларн лиректорларннннг кнска малака оширшп

курсларига жалб этиш режа графигн

2022 йнл апрел ойнда 75 нафар (1 та гурухда)

2022 йнл май ойн^а 150 нафар (2 та гурухда)

2022 тал июнь ойнда 178 нафар (2 та rv'pyx^ai)

2022 йнл июль ойнда 213 нафар (2 та гурухда)

2022 йнл август ойнда 210 нафар ( 2 та rypvxga)

T/r llodudlir loni 2022 vil iprrl 2022 >il m«> 2022 vil (уш 2022 >11 tal 2022 yll «»guu

Ц w h I:. il ikklDcbl ¡I jl || ¡I

1. Qoraqolpog'nlon Rcipublikui S 5 6 8 8 t 8

2. Andijon uloyjli 5 J 10 11 10 10

3. Buxoro viloyili 3 5 6 7 8 7

4, Iiuax \iloyni 4 4 4 4 4 4

< Qaihqadaivo viloyrt 4 î 8 8 9 9

6. Navoiy viloyati 3 3 3 5 5 5

7. Namiuiyan uloynli 8 8 8 10 10 10

8. Sainarqand viloyati 7 7 10 10 10 10

9. Sudaiyo viloyati 3 4 4 4 4 4

10. Suixondaiyo viloyati $ 9 10 10 10 10

U. Toihkcm \TIO)HII 10 6 7 7 7 7

11 Fmí'om viloyiti 8 t 9 10 10 10

13. Xonum viloyih J t 9 9 9 8

14. Tothkctt thmr S 4 3 3 3 3

Jtmi: 7Î 81 97 10« 107 106 104

Назарнн — 44 соат

( дарслар маьруза тарзда утилади)

Амалнн - 18 соат

(iдарслар семинар тарзда утилади)

Кучма - 4 соат

(дарслар намучали маданият марказлари, концерт заллари ва театрларда ташкил цилинади ) Якунин давлат аттестацнясн - 6 соат

Максад ва вазифалар.

Маданият марказларн днректорларининг инновацион ёндошувлар асоснда со^адагн нлгор тажрибалар, замонавнй билим ва малакаларни узлаштнриш ва амалиётга жорнй этишларн учун зарур буладнган касбнй битам,- куникма ва малакаларини такомнллаштирнпк шунингдек уларнинг нжодий фаоллигинн ривожлантнрншни таъмннлаш.

Кутилаётгае натижа.

Малака опгириш курении узлаштнриш натнжаенда улар (40 фонз) янгн бнлнмларга хамда танкидий фикрлаш, ахборотни мустакил излаш ва тахлил килнш куникмаларига эга буладн.

Активация Window

1-rasm

Rejada belgilanganidek, madaniyat markazlari rahbarlari yangi bilim va ko'nikmalarini o'shlashtiradilar, soha bo'yicha innovatsion yondashuvlar, chet el tajribalari bilan tanishadilar. Markaz rahbarlari hududidagi madaniyat markazlari uchun yangi ruh, yangicha ko'rinish berishlari uchun amaliy ko'nikmalar shakllantiriladi.

Bugun madaniyat markazlari rahbarlariga hududida aholi o'rtasida madaniy-ma'rifiy ishlar olib borish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha asosiy yo'nalishlar ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish, markazning Nizomiga muvofiq faoliyatni tashkillashtirish, markazni malakali mutaxassis kadrlar bilan ta'minlash, markaz sohasiga oid hujjatlarni amaliyotga to'laqonli tadbiq etish, ijodiy-ishlab chiqarish hamda moliyaviy-xo'jalik faoliyati rejalarini tuzish, pul mablag'larini to'g'ri taqsimlash, xo'jalik shartnomalari va moliyaviy hujjatlarni imzolash, ishga olish va ishdan bo'shatish, o'z vakolati doirasida buyruq va farmoyishlar chiqarish, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va yong'inga qarshi choralarga rioya etilishini nazorat qilish, davlat hokimiyati organlari, mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, havaskorlik ijodiy guruhlarni shakllantirish, xodimlar malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etish, markaz faoliyatidan kelib

chiqib (pullik xizmatlar) hisobini yuritish, hisobotlami o'z vaqtida topshirish kabi bir qator ustuvor vazifalar qo'yilgan. Madaniyat markazi rahbarlari shu vazifalarni bajarmoqdami? Bu savolga ijobiy javob bera olmaymiz, afsuski. Markaz rahbari, avvalo, qo'l ostidagi xodimlarini insoniylik yuzasidan tushuna olishi va nazorat o'rnatishi kerak, eng muhimi, rahbar xodimlari uchun namuna, har tomonlama o'rnak bo'lishi kerak. Bu uchun, albatta, malaka talablariga javob beradigan, muammolarni to'g'ri baholaydigan, uzoqni ko'ra oladigan, chet tilini biladigan sohaning oliy ma'lumotli amaliyotchi mutaxassisi bo'lishi kerak. Qachonki rahbar xodimiga yuklatilgan vazifani o'zi qoyilmaqom qilib bajara olsa, shunda ko'zlangan natijaga erishiladi. Ko'pchilik markaz direktorlarining chet tilini talab darajasida bilmasliklari madaniyat markazlarini zamonaviy bosqichga olib chiqish uchun g'ov bo'ladigan asosiy to'siqdir. Shu sababli ham institutimizdagi "Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish" ta'lim yo'nalishida o'qitilayotgan talablar uchun hech bo'lmaganda bitta chet tilini mukammal bilish talab etilishi va bu uchun sharoitlar yaratib berilishi kerak.

Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy "aql markazlari"mizni shakllantirishni talab etmoqda. [5:271]. Shunday ekan madaniyat markazlarida ishlovchi xodimlardan juda katta mas'uliyat va fidoyilik talab etiladi. Yangi O'zbekistonda Madaniyat markazlari madaniyat va san'atni xalq orasida yoyuvchi eng katta kuch vazifasini o'tashi lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A. Haydarov. Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari. "Kamalak" nashriyoti. Toshkent - 2019. 192-b.

2. Mas'ul muharrirlar: Haydarov A., Yo'ldoshev I. "Yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san'atning o'rni" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya maqolalar to'plami. - Toshkent.: "Oltin meros press". 2020. - 488-b.

3. Xushvaqtov A. Madaniyat va san'at sohasida iqtisodiy ko'rsatgichlarni boshqarishning ahamiyati. Xorazm Ma'mun akademiyasi axborotnomasi. Xorazm Ma'mun akademiyasi noshirlik bo'limi, Xiva 2022. 574 b

4.Alimasov V. Madaniyat va demokratiya. //O'zDSMI xabarlari. - Toshkent: 2021. 3(19)-son. - B. 96.

5. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.