Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIGA QARATILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIGA QARATILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
3248
351
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / harakatlar strategiyasi / taraqqiyot strategiyasi / madaniyat / san’at / madaniyat markazlari / teatr / qaror / loyiha

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ziyodaxon Dilshodjon Qizi To‘g‘onboyeva, Xolmoʻminov Zokir Oʻg‘li Moʻminmirzo

Madaniyat millatning o‘tmishi, buguni va ertasidan so‘zlovchi, uni dunyoga tanituvchi vositadir. Ushbu maqolada Yangilanayotgan O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sohaga doir amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIGA QARATILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR»

YANGI O'ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIGA QARATILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR

Ziyodaxon Dilshodjon qizi To'g'onboyeva Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Madaniyat millatning o'tmishi, buguni va ertasidan so'zlovchi, uni dunyoga tanituvchi vositadir. Ushbu maqolada Yangilanayotgan O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan e'tibor, sohaga doir amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, harakatlar strategiyasi, taraqqiyot strategiyasi, madaniyat, san'at, madaniyat markazlari, teatr, qaror, loyiha.

EVENTS IN THE FIELD OF CULTURE AND ART IN NEW UZBEKISTAN

Ziyodaxon Dilshodjon kizi To'g'onboyeva Xolmuminov Zokir oglu Muminmirzo mominmirzoxolmominov@gmail .com Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Culture is a tool that speaks to the nation's past, present and future, and introduces it to the world. This article discusses the attention paid to the field of culture and arts in modern Uzbekistan, the ongoing and planned activities in this area.

Keywords: New Uzbekistan, action strategy, development strategy, culture, art, cultural centers, theater, decision, project.

Xalqimizning rivojlanish darajasi, avvalo, milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma'noda, madaniyat bu - xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O'zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni, avvalo, milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan boshlashimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Har bir millatning o'tmishi, buguni va kelajagidan so'zlovchi vosita bu -madaniyatidir. Xalqimiz o'zining boy madaniyati va san'ati bilan bugungi kunda dunyo hamjamiyatida o'ziga xos o'rin egallab kelmoqda. Ayniqsa, mana shu besh yil ichida e'tiborga molik ko'plab ishlar amalga oshirildi desak mubolag'a bo'lmaydi. Xususan, 2017-yil 7-fevralda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan

"Harakatlar strategiyasi" yurt ravnaqida o'ziga xos dasturuamal bo'lib xizmat qildi va keng qamrovli ishlarni amalga oshirilishida muhim omil bo'ldi. Chunonchi, strategiyaning 4-ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" borasida joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Aholi, ayniqsa, yoshlarning bandligini ta'minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta'lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bilan bog'liq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "Yangi O'zbekiston" tushunchasi ham xalqimiz tilida o'ziga xos tarzda yangradi va yangicha dunyoqarash, fikrlash sari qadam tashlashga undamoqda. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, "Bugugi O'zbekiston kechagi O'zbekiston emas, bugungi xalimiz ham kechagi xalq emas".

Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamalakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning azaliy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan obyektiv zaruriyatdir. Yangi O'zbekiston -demokratiya inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'sona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir.[1: 11,12]

Qaysi davlatda xalqning farovonligi, huquq va erkinligi munosib tarzda qadrlansa, xalqning roziligiga erishilsa u davlatning ertasi buyuk hamda e'tiborda bo'ladi. Xalq roziligiga erishish, yurt farovonligini ta'minlash, dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallash maqsadida bugungi kunda yurtimizda keng ko'lamli qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ko'plab sohalarga e'tibor qaratilmoqda.

Inson tirik ekan kuy, qo'shiqqa, ko'ngilga kayfiyat baxsh etuvchi san'at durdonalariga ehtiyoj sezadi. Madaniyat va san'at- jamiyatning bebaho xazinasi, inson tafakkurining bemisil kashfiyotidir. [2:6]

Yangilanayotgan O'zbekistonda e'tibor qaratilayotgan muhim sohalardan biri ham aynan madaniyat va san'at sohasidir. Madaniyat va san'at mamlakatning, millatning yuzi, ko'rki hisoblanadi. Har bir xalq o'z milliy madaniyati, urf-odati o'z shakl shamoiliga egaligi bilan alohida ajralib turadi.

O'zbek xalqining faqat o'zigagina xos boy madaniy merosi borki, u o'z jozibasi bilan kurrai zamin ahlini o'ziga rom etib kelmoqda. Bu jahoniy e'tirof davlatimiz rahbari tomonidan soha taraqqiyotiga qaratilayotgan katta e'tibor, g'amxo'rlikning mevasi desak yanglishmagan bo'lamiz.

Jumladan, sohani yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustda "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at sohasini innovatsion rivojlantirish to'g'risida"gi PQ-3920-sonli qarori, 2018-yil 28-noyabrda "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-sonli qarori, 2020-yil 26-mayda "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli farmonlari [3: 470-478] qabul qilindi. Shu bilan birgalikda 2021-yil 9-dekabrda "Madaniyat va san'atni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-36-sonli [4: www.lex.uz ] hamda 2022-yil 2-fevralda "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli [5:1] qarorlarida ham sohaga oid dolzarb masalalar belgilangan bo'lib, ularni amalga oshirishda soha mutasaddilariga juda katta vazifalar yuklatilgan. Madaniyat va san'at sohasida juda ko'p yillar davomida mehnat qilgan fidoyi insonlardan biri bo'lgan siyosiy fanlar nomzodi, professor Azamat Haydarov "Har bir vazifada juda katta ezgulik va ulug' maqsadlar mujassam" [6:5] ligini alohida ta'kidlagan.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2021-yil 6-yanvarda Senat tomonidan ma'qullangan "Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni madaniy faoliyatni, madaniyat tashkilotlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ijodkorni, ijodiy jamoani, ijodiy faoliyatni qo'llab-quvvatlash borasida ham nihoyatda ahamiyatlidir. Yurtimizda madaniy-ommaviy tadbirlar konsert-tomosha faoliyati xalq ijodiyoti, xalq o'yinlari, madaniyat markazlari faoliyati, milliy madaniy markazlar, madaniy faoliyat sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash madaniyat obyektlarini va san'at asarlarini ommalashtirish, olis hududlarda madaniyatni rivojlantirish, madaniyat xodimlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi dasturilamal hisoblanadi.

Sohaga hamda soha vakillariga qaratilayotgan yuksak e'tibor namunasi sifatida 15-aprel sanasini aynan "Madaniyat xodimlari kuni" etib belgilanishida ham ko'rishimiz mumkin.

Ushbu quvonchli kun arafasida Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Ohangaron tumani ma'rifiy markazi - Nurobod qo'rg'onida "San'atkorlar bog'i" tashkil etilishi to'yga to'yonadek bo'ldi, desak, mubolag'a emas. Avval hech kuzatilmagan bu voqelik soha xodimlarini benihoya mamnun etti.[7:6]

Ushbu tarixiy voqelik, soha xodimlari tomonidan mamnuniyat bilan qarshilandi hamda quvontirdi. O'z vazifalarini yanada sidqidildan ado etishlarida turtki bo'ldi desak, yanglishmaymiz.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan, "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli Prezident

qarori yoshlarni madaniyat markazlariga jalb etish, tanlovlar, festivallar o'tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish, musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yilishi, o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish mahorati, tasviriy va amaliy san'at, hunarmandchilik yo'nalishlarida amaliy to'garaklar tashkil etilishi kabi bir qator vazifalar maqsad qilingan.

Yurtimizda madaniyat va san'at ravnaqi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aks etgan ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlarga nihoyatda hamohangdir. Mazkur islohotlar ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasining hayotiy ro'yobiga, "Yangi O'zbekiston - ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirishga hissa qo'shadi deb ayta olamiz. Har bir millat o'z madaniyat va san'atining qudrati bilan jahon tamaddunidan mustahkam joy egallaydi. Aynan mazkur soha taraqqiyoti mamlakatning kuch va salohiyatini, xalqning qadr qimmati, dunyodagi obro'-e'tibori hamda maqomini namoyon etuvchi muhim omillardan biri sanaladi. [8:4]

Hozirda yangi ishlab chiqilgan "Taraqqiyot strategiyasi"da ham ma'naviy-ma'rifiy sohaga alohida bo'lim ajratilishi va uning ichiga 2022 - 2026-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshiriladigan ishlar rejasini kiritilishi bu ham sohaga qaratilgan yuksak e'tibor namunasidir.

Biz uchun ma'naviyat - insonlar o'rtasidagi o'zaro ishonch, hurmat va e'tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo'lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda, ma'naviyat - jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir.[9:267]

Bugungi kunda sohaga qaratilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik namunasini yuqorida bir qator misollar bilan keltirib o'ttik. Bu kabi sohani rivojlantirishga doir chora-tadbirlar hamda yuksak e'tibor va imzolangan farmon, qarorlarning ijrosini ta'minlash doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan g'amxo'rlik va imkoniyatlar yaqin kelajakda tub o'zgarishlarga olib keladi va o'z samarasini ko'rsatadi desak xato bo'lmaydi. Bunday

yuksak e'tibor hamda ishonchni his qilgan holda biz kabi yosh yetishib chiqadigan mutaxassislar hamda soha xodimlari ham yanada shijoat bilan ishlashi, madaniyat va san'at sohasi ravnaqiga bor kuch va salohiyatini safarbar etishi lozimdir. Shunday ekan, Muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Yangi O'zbekiston jahon maydonida kuchli, salohiyatli, munosib obro'-e'tiborga ega bo'lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi"

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. - Toshkent: 2021. O'qituvchi. - B. 184.

2. To'ychiyeva S. Madaniyat va san'atimiz rivojidagi zarsahifalar // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 6.

3. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

4. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-sonli qarori. Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 6.

6. Haydarov A. Milliy madaniyat Renessans poydevori // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2020. - B. 8.

7. Nazabekov O. E'tibor va rag'bat - avji baland ijod va go'zal hayotga qanoat // Yangi O'zbekiston gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 6.

8. Nazabekov O. Yuksak e'tibor va ehtirom bizga kuch, shijoat beradi // Xalq so'zi gazetasi. - Toshkent: 2022. - B. 4

9. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.