Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI FANINI O’QITISH JARAYONIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

MUSIQA MADANIYATI FANINI O’QITISH JARAYONIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
66
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / texnologiya / kreativ yondashuv / kalit / musiqiy qobiliyat / pedagogik mahorat / ta’lim texnologiyalari / interfaol metodlar. / music / technology / creative approach / key / musical ability / pedagogical skills / educational technologies / interactive methods.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xojimatova, Mushtariy

Mazkur maqolada musiqiy madaniyatini darslarining o’ziga xos xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC ASPECTS OF THE APPLICATION OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING THE SCIENCE OF MUSIC CULTURE

This article describes the specific features of musical culture lessons.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI FANINI O’QITISH JARAYONIDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

MUSIQA MADANIYATI FANINI O'QITISH JARAYONIDA TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI TATBIQ ETISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7608639

Mazkur maqolada musiqiy madaniyatini darslarining o 'ziga xos xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, texnologiya, kreativ yondashuv, kalit, musiqiy qobiliyat, pedagogik mahorat, ta 'lim texnologiyalari, interfaol metodlar.

ОСОБЕННОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРОЦЕССЕ ПРЕПОДАВАНИЯ НАУКИ МУЗЫКАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА

В данной статье описаны специфические особенности уроков музыкальной культуры.

Ключевые слова: музыка, технология, творческий подход, тональность, музыкальные способности, педагогическое мастерство, образовательные технологии, интерактивные методы.

SPECIFIC ASPECTS OF THE APPLICATION OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING THE SCIENCE OF

MUSIC CULTURE

ABSTRACT

This article describes the specific features of musical culture lessons.

Key words: music, technology, creative approach, key, musical ability, pedagogical skills, educational technologies, interactive methods.

O'zbekistonning yangi taraqqiyoti bosqichida mamlakatimizda bo'layotgan o'zgarishlar va yangilanishlar mustahkam ma'naviy-axloqiy qadriyatlar negizida amalga oshirilmoqda. Bu esa yoshlarning yuksak fazilatlarni shakllantirishda, shu bilan birga, ularning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishda ta'limning o'rni va rol i muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Umumta'lim maktablarida musiqa darslari jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning bir qator tamoyillari mavjud bo'lib, darsning umumiy maqsadidan

Mushtariy Xojimatova

Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1/2), Jan., 2023

kelib chiqqan holda qiziqarli dars tashkil etish, test savollari asosida o'quvchining bilimini sinab ko'rish, muammolari vaziyatlar asosida savol-javoblar tariqasida loyihalashtirish va boshqalardan iboratdir. Bunday usullarni aralash-quralash qilib, bolani zo'riqtirmaslik, uning uning yoshni hisobga olgan holda usullardan foydalanish o'qituvchi -pedagogning bilishi zarur bo'lgan xususiyatdir.

Musiqa o'qituvchisi o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish va darsni yangi pedagogik texnalogiyalardan unumli hamda o'rinli foydalanishi, shuningdek, maqbul shakl, usul va vositalar yordamida tashkil etishi lozim. Jumladan: texnik vositalar, kompyuter va boshqa musiqiy cholg'ular uslublari, ko'rgazmali jihozlar, amaliy mashg'ulotlar, pedagogik va psixologik vositalar ilg'or o'qituvchining ilg'or tajribasi va mahorati hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'qituvchi musiqa darsini loyihalashtirayotganda bosh mavzuga e'tiborini qaratmog'i lozim, quyida loyihalar usullari haqida tushunchalar berib o'tiladi, ulardan oqilona foydalanish esa o'qituvchining mahoratiga bog'liq.

• Loyiha metodi bu - tinglovchilarning mustaqil ta'limini samarali tashkil etish usuli.

• Loyiha metodi - qandaydir muammoni hal etish yo'llarini ishlab chiqishga yo'naltiriladi.

• Loyiha metodi - pedagogik texnologiya sifatida o'z ichiga tadqiqiotchilik, muammoli-izlanish, ijodiy ish metodlarini qamrab oladi.

• Loyiha metodi - ta'lim metodlari majmui bo'lib, o'quv jarayonini individuallashtirish, ta'lim oluvchilarga o'z imkoniyatlarini erkin namoyon etishlari uchun shartsharoit yaratish hamda o'z faoliyatini nazorat qilish va baholash imkonini beradi.

Loyiha metodining asosiy faoliyatlari:

• Muammo

• Loyihalashtirish (rejalashtirish)

• Ma 'lumotlar to 'plash

• Yakuniy natija (mahsulot, innovatsion ishlanma va boshq.)

• Taqdimot

• Portfolio

Loyihalar usulida ta'lim berishda faqat natijalar emas, balki jarayonning o'zi ko'proq qimmatliroqdir. Loyiha individual bo'lishi mumkin, lekin, odatda har bir loyiha o'quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Loyiha bir fanga oid, fanlar orasida yoki fandan tashqari bo'lishi mumkin1.

Loyiha ustida ishlash jarayonida, sizning faoliyatingiz quyidagilardan iborat bo'ladi:

o'quvchilarlarga axborot qidirishga yordam berish;

• o'zingiz axborot manbai bo'lishingiz;

• butun jarayonni muvofiqlashtirishingiz;

• o'quvchilarlarni quvvatlashingiz va taqdirlashingiz;

• uzluksiz qaytar aloqani qo'llab-quvvatlashingiz.

Loyihali ta'lim berish o'quv jarayonini aktuallashtiradi, chunki u:

• shaxsga orientirlangan;

•juda ko'p didaktik yondashuvlardan foydalaniladi;

• o'zini-o'zidan motivlaydigan, bu ishga qiziqish va jalb qilinishni uning bajarilishiga qarab ortishi demakdir;

• o'zining va o'zgalarning tajribasidan kelib chiqqan holda va aniq ishda o'rganishga imkon beradi;

• o'z mehnatlari samarasini ko'rib turgan o'quvchilarlarga qoniqish keltiradi.

"Texnologiya" yunoncha co'z bo'lib, "techne" - mahopat, can'at va "logos" -

tyshyncha, ta'limot, fan ma'nocini anglatadi. "Ta'lim texnologiyaci" ibopacining ma'noci - (inglizcha "An educational technology") ta'lim japayonini yukcak mahopat bilan can'at dapajacida tashkil etish to'g'picida ma'lymot bepyvchi fan, ta'limot demakdip.

"Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko'zlagan o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir" (YuNESKO).

"Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o'gitlar yig'indisi bo'lib, shakllar, metodlar, usullar, o'qitish yo'llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to'plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi" (B.T.Lixachev).

"Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi" (V.P.Bespalko)2

Ta'lim barcha faol va sust o'zgarishlar ta'sirini qabul qilavermaydi, jamiyatda bo'layotgan voqealarga esa o'z ta'sirini o'tkazadi. Ana shu nuqtai nazardan

1 Saydaxmedov N., Ochilov A. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. Toshkent, 1999.-B.7-8.

2 Xodjiev M.T., Olimov Q.T. Elektron darsliklarni yaratish texnologiyasi va sifatini baholash metodikasi. Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiFan,2006.-73 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

ta'limdagi o'zgarishlar faqatgina natija sifatida emas, balki jamiyatning kelgusidagi o'ziga xos rivojlanish shartidir3.

Ma'lumki, fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko'plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan-texnikaning yangi soha va bo'limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differentsiallashuvini ta'minlayotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.

- modulli ta'lim usulidan foydalanish deya ayta olaman, unda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

- mustaqil kontseptual kichik birlik;

- modul mustaqil birlik sifatida bir o'quv kursini o'z ichiga olib, bir necha bloklarni o'zida mujassam etadi;

- modul ma'lum mutaxassislikka tegishli bo'lgan bir qancha o'quv predmetlarni o'zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo'la oladi;

- aniq bir mutaxassislikni egallashga yo'naltirilgan kasbiy ta'lim moduli.

Bundan tashqari "modul" tushunchasiga tegishli bo'lgan bir qancha

xususiyatlarni ajratish mumkin:

- Maqsad;

- Turli xil turdagi o'quv faoliyatini integratsiyasi;

- Metodik ta'minot;

- Mustaqil rivojlanish;

- Ta'lim jarayonidagi o'quvchilarning mustaqilligi;

- O'quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko'nikmasi;

- Nazorat va o'z-o'zini nazorat;

- O'quvchilarning ta'lim olishdagi shaxsiy traektoriyasi.

. Shu sababli o'quvchilarning mustaqil faoliyatiga katta e'tibor qaratiladi. O'quvchi mustaqil faoliyatini samarali bo'lishi uchun pedagogdan turli xildagi maslahatlar tizimi talab qilinadi. SHu sababli xorij tajribasida pedagogik yordamning turli ko'rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko'ra bir qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo'ldi.

Zamonaviy sharoitda talabalarning o'quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o'qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta'lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o'yinlar, muammoli o'qitish, interfaol ta'lim, modul-kredit tizimi, masofali

3Aldjanova I.R. Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan foydalanish. - T. : "Fan va texnoligiyalar" nashriyoti, 2011. - B.3.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

o'qitish, blended learning (aralash o'qitish) va mahorat darslari ta'limning innovatsion shakllari sifatida e'tirof etilmoqda.

NATIJALAR

Musiqa madaniyati fani o'qituvchisi o'quvchi-yoshlar psixologiyasini o'rganishi va har biriga nisbatan individual yondoshishi, dars va mashg'ulot jarayonida ularning talab va istaklari qondirilishi uchun harakat qilishi, yaxshi ijodiy natijaga erishishga, har bir o'quvchi-yoshlarni safarbar eta olishi, bir so'z bilan aytganda, yoshlarning manaviy ehtiyojini qondirish uchun sharoit yaratishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda undan yuqori badiiy did, yangilikni tez his qilish, hayot bilan hamnafas bo'lish, mohir tashkilotchilik qobiliyati talab qilinadi. Bosh vazifa -badiiy ijodiyot yoki sanatning biror tor yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash emas, balki, har tomonlama komil insonni tarbiyalash uchun uni axloqiy pok, go'zallik va ezgulikni yaxshi his eta oladigan, oz axloqi bilan boshqalarga ornak bola oladigan manaviy etuk insonlarni tarbiyalash ishiga ko'maklashishdir.

Osib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash va unga puxta talim berish ishida o'quv-tarbiyaning yanada samaradorligini taminlash maqsadida cholg'u ijrochiligi malakalarini egallash uslubiyotining nazariyasi va unga xos bo'lgan o'rgatish "texnologiyasini" rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Oquvchi-yoshlar talimida muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishi, bilmaslikdan-bilishga, qolidan kelmaslikdan uddalay olishga, yani oz kuch-g'ayratlarining manosi va samarasini anglashga tomon siljish, yutuqlar quvonchini his etishni taminlovchi sharoitlarni yaratish, mehnatsevarlik, o'qishga havas va o'qish iqtidorini tarbiyalash asosiy vazifalardan biridir. Musiqa tufayli insonda oliyjanoblik, ulug'vorlik, go'zallik tashqi dunyodagina emas, balki uning ozida ham mavjud ekanligi to'g'risidagi tasavvur yuzaga keladi. Ozbek xalqining bebaho, mumtoz, nodir musiqa asarlarini xalq cholg'ularida badiiy, yetuk ijro etishni rivojlantirish, hozirgi davrimizda yoshlarni musiqaga bo'lgan qiziqishini orttiradi.

MUHOKAMA

Respublikamizda majburiy ta'lim muassasalarining barcha bosqichlari musiqa madaniyati ta'limi mazmuni uchun o'quv material tanlash uning hajmini oshirish bilan emas, balki quyidagi tadbirlarni amalga oshirish orqali belgilanadi:

-ushbu majburiy ta'limning umumiy o'rta ta'lim maktablari musiqa madaniyati ta'limida o'rganiladigan eng oddiy musiqiy tushunchalar, atamalar hamda kompozitorlar, bastakorlar, to'rt asosiy musiqiy uslub haqidagi ma'lumotlarni oddiydan murakkabga qarab o'rganish;

-insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi va kundalik hayotda tutgan o'rni muhim ahamiyatga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

ega bo'lib, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog'lashga olib keladigan musiqa sohasidagi tadqiqot yutuqlarini ko'rsatish;

-musiqa madaniyati ta'limida o'rganiladigan musiqa tinglash, jamoa bo'lib kuylash, musiqa savodi yuzasidan beriladigan bilim atamalarni o'quvchilarga tushunarli holda umumiy o'rta ta'lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e'tiborni o'quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va turdosh fanlar bilan o'zaro aloqadorlikni e'tiborga olib, o'quvchilarning bilim olish va o'quv materialini tushunish hamda puxta, mukammal o'zlashtirish imkoniyatini yaratish.

Umumta'lim maktablarining musiqa madaniyati ta'limida berilgan qo'shiqlar nota materiallari o'quvchilarning imkoniyati, ovoz diapazonlari aniq va mukammal rivojlanishini xisobga olgan holda mantiqiy ketma-ketlikda berilgan. Musiqa tinglash, jamoa bo'lib kuylash, musiqa savodi va musiqa ijodkorligi faoliyat turlarini amalga oshirish bilan birga milliy cholg'u asboblarini, xalq kuyi namunalarini farqlashni o'rganadilar. Bunda o'quvchilarda fanga oid umumiy va tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"Musiqa madaniyati" fani o'quv dasturidagi biror bob yoki bo'limning o'rganish tartibini, jamoa bo'lib kuylash va musiqa tinglash faoliyatlari uchun berilgan asarlarni o'qituvchi o'quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini va ijro imkoniyatlarini inobatga olgan holda o'rinlarini o'zgartirib o'qitishlari mumkin.

O'qituvchi o'quvchilarni faollashtiradigan, o'zi va o'rganuvchi uchun qulay bo'lgan yo'llarni, usul va uslublarni, o'qitish shakillari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o'quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatib, o'quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi.

Shu boisdan ham, pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta'lim texnologiyalariga o'quv jarayonidagi eng samarali vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo pedagogik amaliyotida keng foydalanilmoqda.

Xozirgi kundagi eng dolzarb masala va vazifa ta'lim standartlarini o'quv jarayoniga tatbiq etishdan iboratdir.

REFERENCES

1. J..Yo'ldoshev, S.A.Usmonov Pedagogik texnologiya asoslari. T. O'qiituvchi, 2004 yil.

2. D.A.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T. Iitisod moliya. 2008.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

3. O'.Tolipov, M.Usmonboeva Pedagogik texnologiyalarning tatbiiiy asoslari. T.Fan.2006 yil.

4. R.Ishmuxammedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. T.Nizomiy nomidagi TDPU 2004 yil

5. B.Ziyomuhammadov Pedogogik mahorat asoslari. T.TIB-KITOB 2009 yil.

6. M.Ochilov Yangi pedagogik texnologiyalari Qarshi, Nasaf 2000 yil.

7. G.A.Sultanova Pedagogik mahorat, Toshkent, TDPU 2005 yil.

8. Begmatov S., Karimova D. 6 sinf «Musiqa» darslik. T., 2006.

9. Ibrohimov, O. 4, 7 sinf «Musiqa» darsliklari T.,2004,2001

10. Mansurov A., Karimova D.. 5 sinf «Musiqa» darslik. T., 2006.

11. Musiqa madaniyati. Maktab dasturi. T., 2000.

12. Nurmatov H.va boshqalar. 1-3 sinf «Musiqa» darsliklari. T.,2002

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.