Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI O‘QITUVCHISINING MUSIQIY PEDAGOGIK MAHORATI'

MUSIQA MADANIYATI O‘QITUVCHISINING MUSIQIY PEDAGOGIK MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
185
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedagogik mahorat / axborot texnologiya / musiqa madaniyati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qaxramon Madaminovich Fozilov

Zamonaviy o‘qituvchi kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir. O‘qituvchining pedagogik mahorati shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, talaba dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI O‘QITUVCHISINING MUSIQIY PEDAGOGIK MAHORATI»

MUSIQA MADANIYATI O'QITUVCHISINING MUSIQIY PEDAGOGIK

MAHORATI

Qaxramon Madaminovich Fozilov

QDPI

Annotatsiya: Zamonaviy o'qituvchi - kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisidir. O'qituvchining pedagogik mahorati - shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, talaba dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Kalit so'zlar: pedagogik mahorat, axborot texnologiya, musiqa madaniyati

MUSIC PEDAGOGICAL SKILLS OF THE MUSIC CULTURE TEACHER

Kaxramon Madaminovich Fozilov

KSPI

Abstract: A modern teacher is the creator of the future, the author, developer, researcher, user and promoter of new pedagogical technologies, theories, concepts. Pedagogical skill of the teacher is to organize forms in the most convenient and effective way, to direct them towards the goals of personal development, to form the student's worldview, and to instill a tendency towards activities necessary for society.

Keywords: pedagogical skill, information technology, music culture

Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yilishi dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko'taradi, uning taraqqiyotini ta'minlaydi, kelajagini oldindan ko'rsatib beradi.[3. 4 b ]

Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik asoslari va uning turlari va Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish qobiliyati, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda og'zaki, ko'rgazmali va amaliy kabi uch guruhga bo'linadigan metodlarning quyidagi variantlari qo'llaniladi: - o'qitishning ma'ruza (suhbat) metodi; - o'qitishning amaliy ishlar metodi; - laboratoriya ishlari metodi; - mustaqil ishlar metodi; - muammoli-evristik modellashtirish metodi; - ilmiy-tadqiqot metodlari; - o'qitishning muammoli-

izlanish va reproduktiv metodi; - o'qitishning induktiv va deduktiv metodi; -o'qitishning nazorat va o'z-o'zini nazorat qilish metodi. Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o'qitish uslublaridan foydalanib, jahon talablari daraj asida o'quvchi va talabalarni o'qitish mumkin. [1. 39 b]

Zamonaviy o'qituvchi - kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisidir.

"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta'lim to'g'risida"gi "O'zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida milliy tajribaning taxlili va ta'lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlarga tayanib yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish, istiqbol vazifalarini ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirishda pedagog mahorati alohida o'rin tutadi.

Milliy dasturda ko'zda tutilgandek, zamonavaiy axborot texnologiyalari va kompyuterlar mukammalashib, o'quv jarayoniga tatbiq etib borilyapti.

O'qituvchining pedagogik mahorati - o'quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, talaba- o'quvchilarda dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo'lgan faoliyatga moyillik uyg'otish asosiy vazifalardan hisoblaniladi.

Pedagogik maqsadning o'ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin:

Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo'naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta'minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o'tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi.

Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog'liq. Bunda pedagogik maqsad o'quvchi maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o'z faoliyati maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq tasavvur qilishi hamda bu maqsadga erishish o'quvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta'kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so'z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o'z-o'zidan kelaveradi».

Pedagogik ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo o'quvchi kelajagi tomon yo'naltirilgan bo'ladi. Buni anglagan holda mohir pedagoglar o'z faoliyatining mantiqini o'quvchilar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.

Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga xosligi o'qituvchidan

quyidagilarni talab qiladi:

- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to'la anglab, o'z shaxsiga qabul qilishi.

Jamiyat maqsadlarinrng «o'sib», uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi;

- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi;

- o'quvchilar qiziqishlarini e'tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish.[2. 10-11b]

- Pedagogik faoliyatning o'ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo'ladi: Inson o'zining alohida xususiyatlariga ega bo'lgan, ro'y berayotgan voqealarni idrok qila oladigan va ularga o'zicha baho beradigan takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir. Pedagog doimo o'sib-o'zgarib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondashishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi.

O'quvchilarga pedagogdan tashqari, atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o'qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham ta'sir etadi. Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o'zida jamiki ta'sirlarga va o'quvchilarning o'zida paydo bo'lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi.

O'quvchi shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta'sir ko'rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachi hisoblanadi. Bunga erishish uchun pedagog o'zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi talab etiladi.

O'quvchilarni mehnat, muloqot, o'yin, o'qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o'zining individual pedagogik tizimiga ega bo'lishi lozim. Bunda albatta mamlakatimizdagi ilm-fan, ta'lim, milliy-madaniy qadriyatlar, hamda musiqiy meros, musiqiy ijrochilik, xonandalikdagi qator yutuqlarimiz bilan o'quvchi-yoshlarni tanishtirib borish katta ahamiyat kasb etadi.

U o'quvchi-yoshlar psixologiyasini o'rganishi va har biriga nisbatan individual yondoshishi, dars va mashg'ulot jarayonida ularning talab va istaklari qondirilishi uchun harakat qilishi, yaxshi ijodiy natijaga erishishga, har bir o'quvchi-yoshlarni safarbar eta olishi, bir so'z bilan aytganda, yoshlarning ma'naviy ehtiyojini qondirish uchun sharoit yaratishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda undan yuqori badiiy did, yangilikni tez his qilish, hayot bilan hamnafas bo'lish, mohir tashkilotchilik qobiliyati talab qilinadi. Bosh vazifa - badiiy ijodiyot yoki san'atning biror tor yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash emas, balki, har tomonlama komil insonni tarbiyalash uchun uni axloqiy pok, go'zallik va ezgulikni yaxshi his eta oladigan, o'z axloqi bilan boshqalarga o'rnak bo'la oladigan ma'naviy etuk insonlarni tarbiyalash ishiga ko'maklashishdir.

Musiqa madaniyati o'quv predmeti umumiy o'rta ta'lim maktablarida

o'qitiladigan barcha o'quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog'lanadi. Barcha o'quv fanllari qatori musiqiy ta'limda ham DTS larning joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to'la qonli foydalanish imkonini beradi. Bular amaliy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlarida, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa asarlarida o'z aksini topdi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo'lib yetishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manbaa bo'lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o'zbek musiqa ta'lim-tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal ustoz va shogird an'analari misolida takomillashib borgan. Davlat ta'lim standartlarida ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar) katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilar tomonidan asarlarning elementar asoslarini o'rganish me'yorlashtirilgan. Musiqa ta'limida davlat ta'lim Standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tassavur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Musiqa madaniyati ta'limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy, musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga etkazishni nazarda tutadi. Bunda o'quvchilar musiqa san'atini butun nafosati bilan o'rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad bo'lib xisoblaniladi. Shuningdek, o'quvchilar musiqiy iqtidorni rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san'atiga qiziquvchi o'quvchilarning o'sishlari uchun zaruriy shartsharoitlar yaratib berish, ularning badiiy extiyojlarini qondirish musiqiy ta'lim - tabiyaning asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda, jaxon xalqlarining umuminsoniy musiqiy qadriyatlarini ham chuqur o'rganish, yosh avlodni xalqaro nufuzga moyillik bo'lgan madaniy durdonalardan baxramand bo'lishni ta'minlaydi[4.203-205b]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.T.Omonov, N.X.Xo'jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" Toshkent. 2009.

2. X.Madrimov. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash.T.2020

3. G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva MUSIQA 0 'QITISH NAZARIYASI METODIKASI VA MAKTAB REPERTUARI T.2014

4. AxMegoBa M. (2021). ncnxonornnecKHe ocoöeHHocra boctohhoto peneBoro этнкeтa. Euro-Asia Conferences.

5. Fozilov, Kakhramon. "MUSICAL THEORETICAL LEGACY." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

6. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "History Of The Science Of Music Theory And Modern Innovative Technologies In The Teaching Of Science." Journal of Positive School Psychology (2023): 1042-1050.

7. Boratov, Shukurjon Imomaliyevich. "VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O 'ZIGA XOS XUSUSYATLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 452-456.

8. Baratov, Sh. "О 'ZBEK MUSIQASI TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 303-308.

9. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

10. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."

11. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

12. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

13. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.

14. Tillakhujayev, Orif. "THE ROLE OF SHASHMAKOM IN THE MUSICAL HERITAGE OF THE UZBEK AND TAJIK PEOPLES." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

15. Askarova, S. M. "EDUCATION OF SINGING SKILLS IN PRESCHOOL CHILDREN." (2023).

16. Аскарова, Сохибахон Мухаммаджоновна. "ОСОБЕННОСТИ ПЕВЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА ШКОЛЬНИКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 874-878.

17. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.

18. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALITY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132.

19. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.

20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.