CHOLG'U IJROCHILIGINI O'ZLASHTIRISHDA O'QITUVCHI VA TALABANING O'ZARO MUNOSABATI
M.Qurbonova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada cholg'u ijrochiligini o'zlashtirishda o'qituvchi va talabaning o'zaro munosabati, ustoz-shogird an'analari haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so'zlar: cholg'u ijrochiligi, ustoz-shogird an'analari, sozanda, bastakor, ko'nikma
RELATIONSHIP OF TEACHER AND STUDENT IN IMPROVING THE PERFORMANCE OF AN INSTRUMENT
M.Kurbonova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses the relationship between the teacher and the student, the tradition of the teacher and the student.
Keywords: instrument performance, master-disciple tradition, musician, composer, skill
O'quv jarayoni davomida talabalar ijrochilik ko'nikma va malakalarini shakllantirishlari bilan birga mutaxassisligi bo'yicha cholg'uning tarixiy manbalari, cholg'u ijrochiligida tengsiz ijodkorlar, mohir sozandalar, bastakorlar va cholg'u yasovchi ustalar haqidagi bilimlarga ham ega bo'lishlari ta'lim jarayonining to'liq hamda mukammal bo'lishiga erishiladi.
Ijroni o'rgatishning mohiyati ma'lum asarlarni o'rganish, qator texnik ko'nikmalarni hosil qilish bilangina chegaralanib qolmay, fikrlash doirasi keng va mustaqil ishlay biladigan sozandani shakillantirish o'qituvchining asosiy vazifasidan biridir. O'qituvchi faqatgina cholg'uchilik san'atini o'rganayotgan o'quvchi bilan emas, balki tom ma'noda tarbiyalanuvchi bilan ishlayotganini his etishi hamda ishga xuddi mana shu tomonidan yondashish ya'ni zamonaviy fan ta'lim va rivojlanishni ilmiy nuqtai nazardan chuqur hamda har taraflama o'rganishdir.
Ta'lim va rivojlanish jarayoni bir-biri bilan uzviy bog'liq jarayon bo'lib, rivojlanish ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. O'quvchilarning muayyan bilim, ko'nikmalarni o'zlashtirishlarining individual xususiyatlari, ongning qanchalik rivojlanganligi ta'lim jarayoniga ta'sirini o'tkazadi. Talabaning ong va intellekt darajasi rivojlangan bo'lsa, u turli bilim va ko'nikmalarni oson va tez o'zlashtira oladi.
ncTTni^^H] 353 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Ta'lim va rivojlanishning o'zaro bog'liqligini e'tirof etish ta'lim jarayonida rivojlanish o'z-o'zidan amalga oshadi, degani hulosani bermaydi. Hamma gap o'quvchining ijro etish ko'nikmalarini o'zlashtirishi bilan uning umumiy musiqiy rivojlanishi masalalarining bog'liqligi. Cholg'u ijrochiligi ta'limini o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishidan ma'lum darajada ajralgan holda olib borish hollari ham yo'q emas.
Buning sabablari quyidagicha:
- kundalik dars jarayonida o'quvchidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o'qituvchi tamonidan berilayotgan ko'rsatmalar yetarli darajada asoslanmaydi, ya'ni kamchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar atroflicha tahlil etilmaydi;
- mashg'ulot paytida asosiy e'tibor ijrochilik ko'nikmalariga qaratilib, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi uchun zarur nazariy bilimlarni o'zlashtirish vazifasi ikkinchi navbatga o'tib qoladi; dars mazmuni nisbatan qashshoqlashib qoladi hamda kerakli nazariy xulosalar umumlashtirishlar amalga oshirilmaydi;
- o'quvchilar o'zlarining ijrochilik tajribalarida nisbatan kam miqdorda musiqa asarlaridan foydalanadilar, ularning repertuari xarakter, ijro murakkabligi jihatidan bir xil bo'lib qoladi;
- o'zlashtirilayotgan ijrochilik bilim va ko'nikmalari o'zining mazmuni va hajmi jihatidan tor doira ichida chegaralanib qoladi;
- ba'zi o'quvchilar notanish musiqa asarini mustaqil ravishda to'laqonli ijro etishga ojizlik qiladilar.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, mashg'ulot jarayonida o'quvchilar o'zlarining tom ma'noda rivojlanishlari uchun juda kam miqdorda bilimga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, cholg'u ijrosi ta'limida faollik, mustaqillik va ijobiy tashabbus kabi sifatlarni shakllantirishga yetarli darajada e'tibor berilmaydi.
Cholg'u ijrochiligi ta'limi bilan shug'ullanayotgan ba'zi talabalarning kamchilik va nuqsonlari mana shulardan iborat. Aytib o'tilgan kamchiliklarni diqqat bilan chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, unda o'quvchilarning umumiy rivojlanish imkoniyatlarining kamsitilishi hollarini ko'rishimiz mumkin. Haqiqatan ham, ta'lim davomida o'zlashtirilayotgan repertuarning chegaralanganligi, o'quv materialidagi umumiy va xususiy umumlashmalarning kamligi, o'quvchilarning mustaqilligi va faolligini to'la darajada ishga solmaslik kabi kamchiliklar o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Aytib o'tilgan kamchiliklar ta'lim - tarbiya ishining barcha pog'onalarida - boshlang'ich musiqa maktablaridan tortib, oliy o'quv yurtlarida ham mavjud. Aytish kerakki, ta'lim jarayonini o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanish ishiga xizmat qildirishni o'quv - tarbiya jarayoning barcha pog'onalarida va ayniqsa, boshlang'ich bosqichda yo'lga qo'yish foydadan xoli bo'lmaydi. Shu bilan birga, bu vazifani amalga oshirishni bepisantlikka qo'yib qo'yish ham yaramaydi. Ta'limning yo'nalishi o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanish talablariga javob berishi zarur. Ijrochilik ta'limining oldida turgan real vazifalarini
rfccTii^^Bl 354 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
hisobga olgan holda, cholg'uchilikda bilim va ko'nikmalarni o'rgatish va o'rganish tor ma'nodagi vazifa bo'lmay, balki mana shu vazifani hal etish musiqa tarbiyasining yirik muammolarini hal etishga qaratilishi kerak.
Avval aytib o'tganimizdek, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi ta'lim jarayonida amalga oshadi. Bu fikr pedagogika fanida isbot qilingan qonuniyatlardan biridir. Shu sababli ham umumiy rivojlanish imkoniyatlarini o'quv-tarbiya ishidan tashqarida emas, balki shu jarayonning aynan ichidan qidirishimiz kerak. Musiqa pedagogikasiga murojaat etadigan bo'lsak, u yerda asosan to'rtta musiqiy-didaktik tamoyil aniqlaganligini ko'ramiz. O'quv-pedagogik ishda foydalaniladigan materiallar miqdori hamda ijro etiladigan musiqa asarlarining ko'payishi hisobiga repertuar chegarasini kengaytirish, ko'proq o'zlashtirish yuqorida aytilgan tamoyillarning birinchisidir. Bu tamoyil o'zining ahamiyati bo'yicha ham, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishida, professional ongning va tajribaning boyishida ham birinchi o'rinda turadi.
Ikkinchi tamoyil o'quv-tarbiya ishida qo'llanganda, o'quvchilarning turli ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida o'zlashtirishini ta'minlaydi.
Uchinchi tamoyil ijrochilik sinfidagi darsni olib borish va uning mazmuniga taalluqlidir. Mashg'ulot jarayonida nazariy va tarixiy ma'lumotlardan imkon boricha ko'proq foydalanish, o'quvchi-sozandaning ongini aniq misollarga asoslangan holda keng, nazariy tasavvur va tushunchalar bilan boyitib borish shu tamoyilning asosini tashkil qiladi. O'quvchi-sozandalarning musiqa materiali bilan ishlashida ularning mustaqillik hamda tashabbuskorligini to'la ishga solish muhimdir.
To'rtinchi tamoyil mazmuni tashkil etadi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, dars jarayonida o'quvchilarning mustaqilligi hamda tashabbuskorliklari natijasida ularning rivojlanishlari ta'minlanadi.
Musiqa ijrochiligi ta'limi yuqorida ko'rib chiqilgan tamoyillarga asoslanganda o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish samaradorliga yanada oshadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. H.Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.
2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.
355
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)