Научная статья на тему 'TARBIYA FANI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA IQTISODIY TARBIYA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI'

TARBIYA FANI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA IQTISODIY TARBIYA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / iqtisod / o’quvchi / o ‘qituvchi / bilim / fan / metodika.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Saparova Umida Baxromovna

Ushbu maqola tarbiya fani asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining iqtisodiy tarbiya ko‘nikmalarining shakillantirish metodikasi haqida so‘z boradi. Tarbiya fani shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlar bilan bir qatorda iqtisodiy bilimlarni ham shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar masalasi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA FANI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA IQTISODIY TARBIYA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

TARBIYA FANI ASOSIDA BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA IQTISODIY TARBIYA KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Saparova Umida Baxromovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected], ORCID ID: 0009-0005-5709-4073 https://doi.org/10.5281/zenodo.13304568 Annotatsiya: Ushbu maqola tarbiya fani asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining iqtisodiy tarbiya ko'nikmalarining shakillantirish metodikasi haqida so'z boradi. Tarbiya fani shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlar bilan bir qatorda iqtisodiy bilimlarni ham shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar masalasi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyat hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Tarbiya, iqtisod, o'quvchi, o 'qituvchi, bilim, fan, metodika.

KIRISH

"Tarbiya" fani bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga qo'yilayotgan konseptual talablar alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur fan orqali o'quvchilarda iqtisodiy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikma va malakalarni ta'lim mazmuniga keng singdirish, o'quv fanlari doirasidagi iqtisodiy tarbiya indikatorlarini amaliyotga joriy etish, muvaffaqiyatga erishishga intilish motivini shaxsning ustuvor xususiyati sifatida mustahkamlash, bola ijtimoiylashuv jarayonida talab etiladigan yoshiga mos shaxsiy fazilatlarni shakllantirish, kasblar to'g'risida tasavvurlarni kengaytirish, kasbga va mehnatga qiziqtirish, vijdonan mehnat qilish ko'nikmalarini o'rgatish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganish jarayonida iqtisodiy tarbiya ko'nikmalarini shakllantirish borasidagi fikrlar o'z aksini topgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi boshqaruvchilari yangi avlod tarbiyasiga

qaratilmoqda. Yurtimizda azal-azaldan umuminsoniy va o'zbekona qadriyatlarni, milliy urf-odat va an'analarni ulug'lash, ularga chuqurroq nazar tashlab kelajak avlodga yetkazish uchun e'tibor qaratib kelingan. Mustaqil Vatanimizga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, yuksak ma'naviy hislatlarga ega, iymon-e'tiqodi butun, o'z xalqi, o'z ona- Vataniga fidoiy, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Shunday ekan farzandlarimizni iqtisodiy bilimlarini shakillantirish asosiy maqsadimizdir.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat,

majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan.

"Tarbiya" fanining o'quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko'nikmalarni shakllantirishga alohida urg'u berilgan.

Xususan, bunda milliy an'analar, ulug' allomalarning hayot va yo'llari, asarlari, zamondoshqahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni o'qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan "Loyiha asosida o'qitish", "Qiziqishlar asosida ta'lim berish", «Artfest», "Namuna ko'rsatish", "Misollar orqali o'qitish", "Vaziyatlarni tahlil qilish" kabi ta'lim berishning ilg'or texnologiya va uslublari qo'llanilgan.

Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo'lib, har xil tarzda izohlanib kelindi.

TARBIYA - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir.

Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni.

Chunonchi, tarbiya keng ma'noda ijtimoiy hodisa sifatida qo'llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o'z ichiga oladi.

Tarbiyaning ob'ektiv qonunlari - o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o'ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg'un bo'lgan an'analardir.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" asaridagi quyidagi fikrlarni keltirish o'rinlidir. «Biz yangi O'zbekistonni barpo etish va uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarimizga katta ishonch bilan qaraymiz. Men doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni yuksak qadrlayman. Nega desangiz, olimlik-Alloh nuri tajassum etgan bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo tarqaladi. Olimlarning suhbatidan odam o'ziga ma'naviy quvvat oladi, inson qalbining kengliklarini, tafakkur teranligini chuqur xis qiladi" [17; 39-b.].

U.Mahkamovning "Axloq-odob saboqlari" kitobidagi fikrlarini ham keltirish o'rinli bo'ladi. "Shirinsuhanlik, inson faoliyatining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Chunki, uning aql sahovati, fikr-tuyg'ulari, bilim va madaniyati, saviyasi, tafakkuri ma'lum darajada so'zda ifoda etiladi. Yaxshi so'z bilan kishilarning ishonchi, qalbini egallash mumkin" [60; 117-bet].

O'zbekiston Respublikasining "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi" [143], "Tarbiya konsepsiyasi" [147], uzluksiz ta'lim fanlariga oid "Tarbiya" fani o'quv dasturlari va fanlari asosida o'quvchilarda inson qadrini ulug'lash madaniyatini rivojlantirish o'z - o'ziga bo'lgan munosabatlarni o'zgartiradi. Hayotda o'zini qadrlay bilish, ijtimoiy muhitda munosib o'rnini topish fazilatlarni shakllantiradi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Tarbiya fani asosida boshlang'ich sinf o'quvchilariga iqtisodiy tarbiya berishda ularga, iqtisodiy qonunlar, obyektiv iqtisodiy voqelikning nazariyasini, obyektiv reallikni, ilmiy bashoratni o'rgatib borishimiz kerak. Hunar egallash boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqillikka o'rgatadi. Bu jarayonda bola hisob-kitob qilishni ham o'rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo'ladi. Agar biz o'zimizga berilgan rizqu ro'zimizni tejamkorlik bilan iste'mol qilsak, jamiyatimiz boyligini tejagan bo'lamiz. Jamiyat mulkini, boyligini tejab borsak, uning navfi har bir kishiga tegishi muqarrar. Demak, jamiyat mulkini tejash orqali o'zimizdan tashqari, jamiyatga ma'lum darajada foyda keltirgan bo'lamiz. Ham shaxsiy, ham ijtimoiy mulkni barobar tejash esa bizdan dunyoqarashimiz va axloqimiz, turmush tarzimiz darajasini namoyon etadi. Tejamkorlik jarayoni oila yoki davlatning moddiy qudratini mustahkamlashdan tashqari, odamlarni turmush kechirish me'yoriga amal qilishni ham vujudga keltiradi. Non, tuz, qog'oz, yoqilg'i, elektr quvvati, gaz, neft, ruda, mato, qo'yingki, barcha ne'matlar-aziz. Ammo inson o'zi yaratuvchi, o'zi iste'molchi, o'zi nazoratchi bo'lganligi uchun ham, ularning hammasidan arzonroqdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o 'rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi rivojlanish bosqichida barkamol shaxsni tarbiyalash, ularga zamonaviy ta'lim va tarbiya berish masalalari birinchi navbatda hal qilinishi kerak bo'lgan

vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda bo'lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi sifat-samaradorligini oshirish tizimdagi muammolarni barataraf qilish, ta'lim turlari va mazmunini integratsiyalash uzluksiz ta'limni klasterlashtirish asosida tarbiyaviy ishlarni rivojlantirishni taqozo qilmoqda. Ta'kidlangan vazifalar ijrosi sifatida tadqiqotning ustuvor konsepsiyasi klaster yondashuvi asosida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish bo'lganligi bois dastlab klaster tushunchasiga, uning tarixiy taraqqiyoti va davriy o'zgarishlar mazmuni bo'yicha keltirilgan tavsiflarni tahlil etish maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev. Sh.M: " Erkin va farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" .- T.:0'zbekiston-2017,

2. Mirziyoyev SH.M: "Erkin va farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" -T:0'zbekiston-2017.

3. Mirziyoyev Sh.M: "Ta'lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan videoselektor mavzusida" 30.10.2020.

4. A^aMOBa M.H. Te^aMKop^HK caöo^apn. -T. Hннoвaцнн-знё. 2015H

5. AögyraaeB. A. MaiHaßHHT Ba HKTHCOAHH Ta$aKKvp.-T.:M MaiHaBnaT,1999.-B.104

6. Saparova U.B. "Boshlang'ich ta'limda iqtisodiy ta'lim tushunchasining mohiyati" "ILM-FAN TARAQQIYOTI: MUAMMOLAR, YECHIM VA ISTIQBOLLAR" MAVZUSIDAGI xorijiy olimlar ishtirokidagi RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFEReNSIYA 814 b. 2023-yil 19-21 dekabr, Toshkent, O'zbekiston

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.