TILSHUNOSLIK VA PEDAGOGIKANING DOLZARB MASALALARI Azizqulov Tohir Jahongir O'g'li
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining, Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika yo'nalishi, 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11082421
Annotatsiya. Mazkur maqolada tilshunoslikfani va pedagogikaning dolzarb muammolari haqida so'z boradi. Til faqat kishilik jamiyatining mahsulidir. Tilsiz hech bir voqelik va hodisani, insonning tabiatda, jamiyatda tutgan o'rni, jamiyat taraqqiyoti yo'llarini bilish, o 'rganish mumkin emas va ta'riflab ham bo 'lmaydi. Pedagogikjamiyatniyaratish va unga bo 'lgan e 'tiborniyanada oshirish, ta'lim tizimidapedagogik muammolarni hal etish va ulargayechim topishni o'z ichiga oladi. Innovatsion va zamonaviy jamiyatning poydevorini pedagogik ta 'lim tarbiya asnosida amalga oshirish va uchinchi renessansni ham o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: Pedagogika, jamiyat, innovatsiya, zamonaviy, renessans, tendensiya, lingvistika, professional, intellectual, konsepsiya, variativ.
Ozet. Bu makalede dilbilim ve pedagojinin guncel sorunlari ele alinmaktadir. Dil yalnizca insan toplumunun bir urunudur. Dil olmadan herhangi bir gergekligi ve olguyu, insanin dogadaki ve toplumdaki yerini, toplumun geli§me yollarini bilmek, incelemek ve anlatmak mumkun degildir. Pedagojik bir toplumun olu§turulmasi ve buna olan ilginin artmasi, egitim sistemindeki pedagojik sorunlarin gozulmesini ve bunlara gozum bulunmasini igermektedir. Pedagojik egitimde yenilikgi ve modern toplumun temellerinin uygulanmasi ve uguncu ronesans da buna dahildir.
Anahtar kelimeler: Pedagoji, toplum, yenilik, modern, ronesans, akim, dilbilim, mesleki, entelektuel, kavram, degi§ken.
Аннотация. В данной статье говорится об актуальных проблемах языкознания и педагогики. Язык - всего лишь продукт человеческого общества. Без языка невозможно познать, изучить и описать любую реальность и явление, роль человека в природе и обществе, пути развития общества. Оно включает в себя создание педагогического общества и повышение внимания к нему, решение педагогических проблем в системе образования и поиск их решения. Она включает в себя реализацию основ инновационного и современного общества в ходе педагогического образования и третьего Возрождения.
Ключевые слова: Педагогика, общество, инновация, модерн, ренессанс, тренд, лингвистика, профессиональный, интеллектуальный, концепт, вариант.
Abstract. This article talks about current problems of linguistics and pedagogy. Language is only a product of human society. Without language, it is impossible to know, study, and describe any reality and phenomenon, the place of man in nature and society, the ways of society's development. It includes creating a pedagogical society and increasing attention to it, solving pedagogical problems in the education system and finding solutions to them. Implementation of the foundations of innovative and modern society in the course of pedagogic education includes the third renaissance.
Keywords: Pedagogy, society, innovation, modern, renaissance, trend, linguistics, professional, intellectual, concept, variant.
Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma'naviy-ma'rifiy masalalarga doir har bir chiqishlarida ona tilini, milliy qadriyatlarni e'zozlash, ajdodlar merosini qadrlash, ularning tafakkur mahsulidan unumli foydalanish, kitob mutolaasiga alohida e'tibor qaratish ta'kidlanadi: "Bugun O'zbekistonimiz "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan
bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko'tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o'rni va nufuzi oshib bormoqda. O'zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda faol qo'llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e'tibor va uni o'rganishga qiziqish kuchaymoqda. Tilshunoslik (lingvistika: grekcha lingua - «til», logos - «fan») murakkab va ko'p qirrali, tilni boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy aloqadorlikda ilmiy va amaliy jihatdan o'rganuvchi, tilshunoslikning asosiy masalalarini, tilning paydo bo'lishi va til taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarni, til va nutq xususiyatlarini tahlil etuvchi fandir. Til jamiyat uchun xizmat qiladi, jamiyat a'zolari muloqotini ta'- minlaydi. Til jamiyat tarixini o'zida aks ettiruvchi vosita bo'lib, insonning ma'naviy va ma'rifiy shakllanishi, rivojlanishida belgilovchi ahamiyatga ega. Til, uning amaliy ifodasi bo'lgan nutq inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy kamoloti bilan bog'liqdir. Tilshunoslik fani umumiy va xususiy xarakterga egadir. Tilshunoslikning umumiy va xususiy tilshunoslik, nazariy tilshunoslik, amaliy tilshunoslik kabi qator ko'rinishlari mavjud bo'lib, til va nutqni turli aspektlarda talqin qiladi. Nazariy tilshunoslik sohaning nazariy masalalari, til va nutq birliklariga doir qarashlar, til birliklari o'rtasidagi munosabatlar haqida bahs yuritadi. Jamiyatning amaliy ehtiyojlarini qondiradigan tilshunoslik sohasi amaliy tilshunoslik deb ataladi va til haqidagi fanning tarqalish doirasini kengaytiradi. Tilshunoslik fanining o'rganish obyekti murakkab tuzilishga ega, biologik, fiziologik, ijtimoiy jarayonlar mahsuli bo'lgan tildir. Tilni har tomonlama chuqur o'rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Shu sababli tilshunoslikni faqat nazariy fan deb emas, balki tatbiqiy va amaliyot uchun kerakli, ya'ni insonlar muloqoti uchun zarur fan sifatida baholash lozim. Dunyo tillarining, ma'lum ma'noda, o'ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko'rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog'liq tomonlarini o'rganish tilning o'ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir. "Til hayotimizning markaziy hamda tabiiy qismi hisoblanadi. Inson yoshligidan muloqot qilish, so'zlashish qobiliyatiga ega bo'ladi va atrof-muhitga moslashadi. Til insonning 22 fikrlash qobiliyatini shakllantiradigan, uning e'tiborini jalb qiladigan hodisadir. Til insonlar o'rtasida axborot almashish, his-tuyg'ularni ifodalash va shaxsning o'z tabiatini namoyon qilish vositasidir. Tilshunoslik insoniyatgagina xos bo'lgan tilni ilmiy jihatdan o'rganadigan, uning barcha shakllarini, xossalarini tadqiq etadigan sohadir. Bugungi globallashuv sharoitida zamonaviy ta'lim tizimi hozirgi jamiyatning asosiy bo'gini bo'lib qolmoqda. Pedagogik jamiyat rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va qarama-qarshi ziddiyatli xarakterga ega bo'lgan ko'plab o'zgarishlar bilan qamrab olingan. Bir tomondan, ta'lim tizimi mamlakatdagi umumiy moliyaviy-iqtisodiy, kadrlarga oid va tashkiliy muammolar bilan bog'liq obyektiv va subyektiv qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz turibdi. Uzoq o'tmishda ham ta'lim tizimining asosiy vazifasi o'z faoliyatini professional tarzda amalga oshirishga qodir bo'lgan intellektual, yuqori malakali kadrlarni yetishtirish, yetuk mutaxassislarni jamiyatga tarbiyalab berish bo'lgan. Pedagogika ta'lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to'g'risidagi Nizom "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarorlariga muvofiq oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari sinov tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyotini o'tash tartibini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni
amalga oshirish maqsadida qator vazifalar joriy etildi.
Zamonaviy ta'lim taraqqiyotining yangi bosqichida pedagogika oliy o'quv yurtlari oldida turgan muhim vazifalardan biri bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan iboratdir. Zamonaviy ta'lim tizimi, unga xos bo'lgan innovatsion jarayonlar, umumiy va oliy ta'limni modernizatsiyalash va hokazolar zamonaviy pedagogik ijodkorlik qobiliyatiga, axborot texnologiyalarini puxta egallagan, pedagogik faoliyatning individual uslubiga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlash muammosini dolzarb qilib qo'ymoqda. Ta'lim— bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushunchasini anglatadi.
Lekin u faqat turli tipdagi o'quv yurtlarida o'qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ma'lumot berish jarayonini ham bildiradi. Tadqiqot muammosining dolzarbligi talabalarning uzluksiz pedagogik amaliyoti samaradorligini oshirish muammosini o'rganish bilan bog'liq. Zamonaviy ta'lim maskani o'qituvchisi chuqur nazariy bilim va yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lishi lozim, shuning uchun pedagog kadrlar tayyorlash sifati va malaka darajasini oshirish zarurligiga katta e'tibor qaratiladi. Bu o'z navbatida, pedagogika ta'lim maskanlarida o'quv jarayonini, jumladan, uzluksiz pedagogik amaliyotni o'qituvchilar amaliy tayyorgarligining muhim shakli sifatida takomillashtirishni taqozo etadi. Bo'lajak pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida uzluksiz malakaviy pedagogik amaliyot muhim o'rin tutadi. Talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligining muvaffaqiyati ma'lum darajada uning mazmuni va tashkil etilishiga bog'liq. Hozirgi zamon o'qituvchisiga bugungi kun yangi talablari qo'yilmoqda.
Zamonavi ypedagog o'zini doim nazorat qila olishi va baholash malakasini egallashi, yangi pedagogik g'oyalarni ishlab chiqa olish, o'z faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo'llay olish ko'nikma va malakalariga ega bo'lishi, o'z imkoniyatlarini obyektiv baholay olishi zarur. Kompetentli o'quvchini tayyorlashda pedagogika oliy o'quv yurtlarini bitirayotgan bo'lajak pedagoglarning o'zlari ham kompetent pedagog bo'lib yetishib chiqishlari zaruriy shart hisoblanadi. Zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishda uni erkinlashtirish va insonparvarlashtirish,shaxs-jamiyat-davlat uchun ta'limning rolini qayta ko'rib chiqish bilan bog'liq ijobiy tendensiyalar paydo bo'ldi. So'nggi yillarda rivojlantiruvchi ta'limdan o'zgaruvchan ta'limga tobora izchil o'tish, ko'p bosqichli mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, o'quv jarayonida o'zgaruvchan dasturlar va o'quv qo'llanmalar, ta'limning turli konsepsiyalarini ishlab chiqish kabi variativ(variativ (lot. - o'zgaruvchan) ta'lim - fuqarolarning turli xil ta'lim ehtiyojlariga yo'naltirilgan, muayyan madaniyatga, yashash hududi xususiyatlariga va jamoat manfaatlari va vazifalariga moslashtirilgan ta'lim tizimidan foydalanish izchil davom etmoqda. Bularning barchasi oliy pedagogic ta'lim tizimida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash jarayoniga yangi talablarni qo'yadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo'llab-quvvatlanadi, o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro'sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek, o'z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng keskin o'zgarishlar girdobida mutloq yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga keldi va zamonaviy shaxsga nisbatan eski tuzumdan tubdan farq qiladigan bir qator talablar shakllandi.
Zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishda asosan nimalarga e'tibor qaratish kerak: zarur bilimlarni mustaqil ravishda egallash qobiliyati, shu jumladan, o'z oldiga qo'yilgan vazifani hal qilish va uni qayta ishlash uchun zarur bo'lgan ijtimoiy hayotning ko'plab sohalari to'g'risida muhim miqdordagi ma'lumotlarni tahlil qila olish, so'ngra olingan ma'lumotlar asosida atrofdagi voqelikni o'zgartirishga ij odiy yondashish qobiliyati
shakllanishi lozim.
Aynan ijodkor-mutaxassis shaxsni tarbiyalash oliy ta'limning eng muhim ijtimoiy vazifalaridan biri bo'lib qoldi. Pedagogik amaliyot - bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda o'quv pedagogic jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Pedagogik amaliyot namunaviy va ishchi o'quv rejasiga mos ravishda amalga oshiriladi. Pedagogik amaliyotning mazmuni amaliyot turiga qarab, kafedrada ishlab chiqilgan dasturiga mos bo'ladi. Pedagogik amaliyot o'quv mashg'ulotlaridan ajralgan holda tashkil etiladi. Uzluksiz pedagogik amaliyot talabalarni tarbiyalashning samarali shakli sifatida maktab o'quvchilari bilan o'quv va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda kasbiy va pedagogik ko'nikmalarni shakllantirishni ta'minlashga qaratilgan. Shu munosabat bilan amaliyotning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: universitetdagi nazariy fanlarni maktab ishi bilan aloqadorligini ta'minlash; o'quvchilarning o'qish jarayonida olgan bilimlarini kengaytirish, mustahkamlash va tekshirish; o'qituvchining malaka tavsiflari talablaridan kelib chiqqan holda fan o'qituvchisi va sinf rahbari sifatida pedagogik ishlarni olib borishda asosiy kasbiy-pedagogik ko'nikmalarni shakllantirish; maktab o'quvchilarini ta'lim va tarbiyalashning dolzarb masalalarini o'rganishga talabalarning qiziqishini rivojlantirish; institut bitiruvchilarini o'qituvchilik vazifalarini ijodiy amalga oshirishga tayyorlash. 2022-2023-o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o'quv mashg'ulotlari "4+2" tartibida, shu jumladan darslar 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliyot o'tash tartibida olib borilishi ta'minlanadi. Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralari kamida 5 foiz professor-o'qituvchilarini ushbu muassasalar budjetdan tashqari jamg'armalari hisobidan xorijiy davlatlarga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko'riladi. 2023-2024-o'quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlar qarorga ilovada ko'rsatilgan ta'lim yo'nalishlari bo'yicha sirtqi ta'lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Pedagogika sohasidagi ta'lim yo'nalishlariga sirtqi ta'lim shakli bo'yicha o'qishga ta'lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo'lgan shaxslar qabul qilinadi. Uzluksiz malakaviy pedagogik amaliyotni 4+2 tartibida tashkil etish talabalarni tarbiyalashning samarali shakli sifatida maktab o'quvchilari bilan o'quv va sinfdan tashqari ishlarni olib borishda kasbiy va pedagogik ko'nikmalarni shakllantirishni ta'minlashga qaratilgan. Shu munosabat bilan malakaviy pedagogik amaliyotning quyidagi vazifalarini amalga oshirishni o'z ichiga oladi.
1) Oliy ta'limdagi nazariy fanlarni maktab ishi bilan aloqadorligini ta'minlash;
2) talabalarlarning bilim olish jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish, nazorat qilish va tekshirish;
3) o'qituvchining malaka tavsiflari talablaridan kelib chiqqan holda fan o'qituvchisi va sinf rahbari sifatida pedagogik ishlarni olib borishda asosiy kasbiy- pedagogik ko'nikmalarni shakllantirish;
4) maktab o'quvchilarini ta'lim va tarbiyalashning dolzarb masalalarini o'rganishga talabalarning qiziqishini rivojlantirish;
5) OTM bitiruvchilarining pedagogik vazifalarini ijodiy amalga oshirishga tayyorlash.
Bo'lajak o'qituvchini uzluksiz erkin tarbiyalash jarayonida, shu jumladan, ta'lim subyektining kognitiv mustaqilligini rivojlantirish orqali shakllantirish va yanada rivojlantirish bo'yicha pedagogika fanining mavjud yangi istiqbollari kasbiy ta'lim tizimining holati va uning rivojlanishining hozirgi bosqichida jamiyatimizda sodir bo'layotgan jarayonlar o'rtasidagi tafovut ushbu muammoni yengish uchun rivojlanish jarayoniga ega. Bo'lajak o'qituvchining uzluksiz pedagogik amaliyoti davomida:
1) o'quvchi o'zi tanlagan kasbni sevishi, ardoqlashi, kasbidan estetik bahra olishi, sadoqat ila ishlashi lozim;
2) o'quvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha yetarli bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi;
3) kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni puxta egallagan va amal qilish qobiliyatiga ega bo'lgan;
4) milliy-ma'naviy tarbiyachilik xususiyatiga ega bo'lgan pedagogik-psixologik asoslarga amal qilishi;
5) zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim va tarbiya jarayonida tatbiq eta olishi;
6) mashg'ulotlarni tashkil etish jarayonida kasbiy mahorat va didaktik asoslarni chuqur o'zlashtirgan bo'lishi;
7) o'quvchilarda erkin mustaqil fikrlay oladigan, vaziyatni mustaqil tahlil qila oladigan qobiliyatni shakllantira olish;
8) milliy-umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitilgan ta'lim-tarbiyaviy bilim berish mahoratiga ega bo'lmog'i lozim.
Talabalarning pedagogik amaliyoti, oliy kasbiy ta'lim mutaxassisliklari asosiy o'quv dasturlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu barcha turdagi ta'lim muassasalarida o'quvchilarning nazariy tayyorgarligini, ularning amaliy faoliyati bilan o'qish yillari davomida izchil va ma'lum bir tizimda uyg'unlashtirish imkonini beradi.
Uning maqsadi talabalar tomonidan turli xil pedagogik faoliyat turlarini amaliy rivojlantirish, zamonaviy o'qituvchining pedagogik madaniyati asoslarini o'zlashtirishdir.
Pedagogik amaliyot talabalarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyot universitetga biriktirilgan tayanch umumta'lim maktablarida, litsey va gimnaziyalarda ta'lim muassasalari qoshidagi amaliyot to'g'risidagi shartnomalar asosida tashkil etiladi. So'nggi paytlarda yuzaga kelgan ijtimoiy sharoitlar oliy pedagogika maktabi bitiruvchilari oldiga yangi talablar qo'ymoqda: o'z mahorat va qobiliyatlari, insonparvarlik asoslariga asoslangan shaxsiy fazilatlari bilan insoniyat jamiyati taraqqiyotiga, jumladan, madaniyat yuksalishi va ilm-fan rivojiga ko'maklashish kabi. Shu bois bo'lajak o'qituvchilarning oliy o'quv yurtida o'qishga ongli mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishlari, ularning bilim mustaqilligiga qodir bo'lgan mutaxassis va intellektual shaxs sifatida kamol topishining asosiy yo'li sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Kasbiy pedagogik kadrlar tayyorlash metodikasi va texnologiyalarini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni taklif qilish mumkin:
a} pedagogik oliy o'quv yurti talabalarida prognoz ko'nikmalarini shakllantirish
b} o'qituvchini uning ta'lim faoliyatiga tayyorlashda oliy va o'rta ta'lim muammolarini hal etish
d} talabalar jamoasini ilmiy boshqarish mexanizmlarini yaratish
e} Pedagogik amaliyot jarayonida kursdan kursga talabalarning motivatsion- xushbo'y sohasini o'zgartirish
f} o'qituvchini tayyorlashda shaxsiy-faollik yondashuvi universitetda yetakchilardan biriga aylanishi kerak.
Bo'lajak o'qituvchining kasbiy faoliyatiga tayyorgarlikning protsessual va motivatsion tuyg'u tomonini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar to'plami bo'yicha pedagogik bilim va ko'nikmalar darajasini diagnostika qilish, qayd etish va baholash bo'lib, u o'z navbatida pedagogik amaliyot jarayonda o'zini namoyon qilishi mumkin.
REFERENCES
1. Oliy va o'rta maxsus ta'lim, Xalq ta'lim va Maktabgacha ta'lim vazirliklarining 2019-yil 5-martdagi 10-q/q-13-4-son qaroriga ilova Pedagogika ta'lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to'g'risida muvaqqat nizom.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori.
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ta'lim.
4. https://spiritual_culture.academic.ru.
5. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son.
6. Mirzababaeva, K. U. Ingliz tilidan pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari // Yosh olim. - 2019 yil - 49-son (287). - S. 589-591.
7. Rashidov X., Xabib X. va boshqalar. Kasbiy pedagogika. O'quv-uslubiy qo'llanma. - T., 2007. - В. 15.
8. Tolipov O'., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: Fan. O'zPFITI, 2006. - B. 16.
9. Avliyokulov N.X. O'qitishning Moduli tizimi va pedagogik texnologiyasi amaliy asoslari, -Buxoro, 2001. - B. 44.
10. Фарберман Б.Л. Прогрессивные педагогические технологии. - Т., 1999.- Б. 15