Научная статья на тему 'BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI'

BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
30
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MUSIQA / MA'NAVIY-MA'RIFIY FAOLIYAT / INNOVATSIYA / MUSIQA DARSI / MUSIQA O'QITUVCHISI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jalilova O.N.

Maqolada bo’lg’usi musiqa o’qituvchilarini ma’anaviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalarini nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan. Shu bilan birga oliy pedagogik ta’limda musiqa o’qituvchilarini maktab musiqa o’qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash bo’yicha ularning egallashi lozim bo’lgan zarur bilim, ko’nikma, malakalari haqidagi tushunchalar o’z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE TECHNOLOGIES OF PREPARATION OF FUTURE MUSIC TEACHERS FOR SPIRITUAL AND EDUCATIONAL ACTIVITIES

The article describes the theoretical and practical basis of innovative technologies for the preparation of future music teachers for spiritual and educational activities. At the same time, in higher pedagogical education, the notion of the necessary knowledge, skills and competencies that music teachers need to acquire in order to prepare them for the practical activities of a school music teacher is reflected.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI»

Jalilova O.N.

2 kurs magistranti "Musiqa ta'limi" Samarqand Davlat Universiteti

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINI MA'NAVIY-MA'RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI

Annotatsiya: Maqolada bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini ma'anaviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalarini nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan. Shu bilan birga oliy pedagogik ta'limda musiqa o 'qituvchilarini maktab musiqa o 'qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash bo'yicha ularning egallashi lozim bo'lgan zarur bilim, ko'nikma, malakalari haqidagi tushunchalar o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: Musiqa, ma'naviy-ma'rifiy faoliyat, innovatsiya, musiqa darsi, musiqa o'qituvchisi.

Jalilova O.N.

2nd year master's degree "Music Education" Samarkand State University

INNOVATIVE TECHNOLOGIES OF PREPARATION OF FUTURE

MUSIC TEACHERS FOR SPIRITUAL AND EDUCATIONAL

ACTIVITIES

Annotation: The article describes the theoretical and practical basis of innovative technologies for the preparation of future music teachers for spiritual and educational activities. At the same time, in higher pedagogical education, the notion of the necessary knowledge, skills and competencies that music teachers need to acquire in order to prepare them for the practical activities of a school music teacher is reflected.

Keywords: Music, spiritual and educational activities, innovation, music lessons, music teacher.

Hozirgi kunda respublikamizning barcha talim tizimida, ayniqsa oliy pedagogik talim tizimida pedagog - kadrlar tayyorlashning sifat va samaradorligini yuqori ko'tarishga katta ahamiyat berilmoqda va bu borada turli pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyati o'qitish maqsadi va uning yuqori natijalariga erishishida talimga ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga yo'naltirishning ilg'or innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish orqali talim samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan bolib, talimni

texnologiyalashtirish eng muhim vazifalardan bo'lib turibdi. Umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida Respublikamizda o'sib kelayotgan yoshlarning madaniy, ma'naviy va estetik komolotiga erishishi asosiy o'rin tutadi. Barkamol avlodni tarbiyalash vazifalari aynan ularni badiiy tafakkuri, estetik didi, madaniy saviyasini birinchi navbatda shakllantirishni talab etadi bu vazifani amalga oshirmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi taraqqiyotni to'la-to'kis ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Oliy ta'limda bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarini ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash, kasbiy kompetentliligini takomillashtirish zarurati bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va pedagogik omillar bilan belgilanadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarining ma'anaviy-ma'rifiy faoliyat kompetentliligini tashkil etishda musiqa san'ati va pedagogikaning integratsiyalashuvi bo'lgan uning keljakdagi pedagogik faoliyati tarkibiy qismlarining butun majmuasi hali to'liq aks ettirilmagan. Shu tufayli oliy ta'limda bo'lajak musiqa o'qituvchisini ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash tizimi juda murakkab bir qator ( musiqa pedagogikasi, amaliy va nazariy, uslubiy, dirijor, vokal-xor, cholg'u ijrochiligi bo'yicha ta'lim) komponentlarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, pedagogik ilm-fanning zamonaviy darajasi bo'lgan bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchisining kasbiy tayyorgarlik jarayonining alohida jihatlarini o'rganish uchun integral yondoshuv zarur. Pedagogik oliy ta'limda bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish davlat va jamiyatning muhim vazifasidir. Bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentliligini shakllantirish mazmuni va texnologiyasi asosan aniq shartlar, talim mafkurasi, ustuvor ijtimoiy qadriyatlar bilan belgilanadi. Kasbiy tayyorgarlik haqida ham shunday deyish mumkin-ki, undagi o'zgarishlar, jamiyatning rivojlanishi, ta'lim tizimini rivojlantirayotgan sharoitlar bilan bog'liq.

"Musiqa madaniyati" darslarini olib boruvchi ilg'or pedagoglarning innovatsion faoliyatlari va tajribalarini doimiy takomillashtirib, rag'batlantirib borish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni kiritishda eng muhimi o'quvchilarni ushbu faoliyatga tayyorgarligi va qiziqishlarini inobatga olish va kerakli texnologiyani tanlash hisoblanadi. Pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lg'usi o'qituvchilarni ma'anaviy va ma'rifiy faoliyatga tayyorlash bo'yicha quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

1. Texnologik yondashuv asosida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarning yangicha va samarali ish sirlari tajribalarini o'rganish;

2. Pedagoglarning texnologik yondashuv faolligini oshirish va aksincha unda to'sqinlik qilayotgan muammolar sabablarini aniqlash texnologik yondashuv asosida ishlashning yanada samaraliroq yo'llarini izlash;

3. Tajribali o'qituvchilarning darslarini ilg'or pedagogik texnologiyalarini qo'llab o'tish borasidagi o'ziga xos usullari, ularni farqli va o'xshash jihatlarini kamchilik va yutuqlarini aniqlab o'z faoliyatida tadbiq etishga o'rganish.

Ta'limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta'sir etuvchi va uning samaradorligi, bir butunligi va muvoffaqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri bo'lib hisoblanadi.

Oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan bo'lajak o'qituvchilarni shu jumladan musiqa o'qituvchilarini ham, xozirgi zamon talablari asosida puxta kasbiy tayyorgarlikga ega, o'z kasbining mohir ustasi bo'lib yetishlariga asosiy e'tiborini qaratmoq fan va ta'lim qolaversa kadrlar tayyorlash tizimi oldiga qo'yilayogann eng dolzarb vazifalardandir. Oliy pedagogik ta'limda bo'lajak musiqa o'qituvchilarni ma'naviy-marifiy faoliyatga tayyorlashda va musiqiy fanlardan -musiqa o'qitish metodikasi, musiqa nazariyasi va taxlili, xor va xorshunoslik, dirijyorlik, solfedjio kabilardan bilim va malakalari va eng muhimi o'z tanlagan kasblariga munosabati muhim o'rin tutadi. Bu borada musiqiy ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarni bilim, saviya, musiqiy tayyorganrlik va kasbga munosabatlari turlicha bo'lishini ham ta'kidlab o'tishi joiz. Bu o'rinda ularni uch toifaga ajratish mumkin:

1. Musiqa bo'yicha bazaviy ma'lumotga ega bo'lgan, kasbini sevadigan, kelgusida o'qituvchi bo'lish orzulari amalga oshishi uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalarni chuqur egallashga astoydil intilib o'qiydigan talabalar;

2. Musiqaga ixtidori va qobiliyati mavjud, lekin, barcha fanlarga ham astoydil qiziqavermaydigan va o'zlarini kelajak faoliyatida zarurligini his qilmaydigan talabalar. Bular pedagogik faoliyatning turli tomonlarini puxta o'zlashtirib ololmaydilar.

3. Bu toifadagi talabalar o'quv yurtiga o'z xoxish - istaklariga qarshi majburan kirib qolgan bo'lib, bu ularni o'qishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ular pedagoglik kasbida o'qib turib kelajakda bu sohada ishlashni asosiy maqsad qilib qo'ymaydi.

Bo'lajak o'qituvchilarni ta'lim jarayonida innovatsion texnologik yondashuvga tayyorlashda ayniqsa pedagogik amaliyot muhim o'rin egallaydi. Hozirgi kunda musiqiy ta'lim ixtisosligining har bir bosqichida talabalar o'quv, malakaviy amaliyotga chiqadilar. Agar mana shu jarayonda talabalarni pedagogik texnologik tayyorgarligiga e'tabor qilinmasa, u holda xuddi biz yuqorida ta'kidlaganimizdek muammo vujudga keladi. Chunki amaliy ish faoliyatidagiga nisbatan talabalik davrida pedagogik texnologiyalar va ularni dars jarayonida qo'llash, tadbiq etish malakalarini egallash ancha qulay, samarali va zamonaviy talablarga mos bo'ladi.

Kuzatuvlarimiz yaxshi tashkil etilgan pedagogik amaliyot jarayonida bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy shakllanishi yanada faol kechishini ko'rsatdi. Chunki, doimiy ravishda ilg'or, tajribali o'qituvchilar bilan bo'lgan aloqa, ularning ijodiy ishlarini bevosita kuzatish, o'rganish, eng yaxshi tajribalarni egallashlari va o'zlashtirishlariga yordam beradi. Hozirgi davrda har bir

o'qituvchi egallashi lozim bo'lgan eng muhim konikmalardan biri darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va otkaza olish ko'nikmasidir. O z tarkibiga ko ra bu konikma anchagina murakkabdir. Buning uchun:

•^Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid konikma va malakalarni shakllantirish uchun avvalo o quv - biluv faoliyatidan unumli foydalana bilish, talabalarni har bir fan o'qitilishida pedagogik texnologiyalarni qollay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur.

.^Pedagogik faoliyatga texnologik jihatdan talabalarni tayyorlash talaba o'quv mashg'ulotlari davomida egallagan va amaliy mashg'ulotlar, pedagogik amaliyotlar davomida mustahkamlab borish lozim bo'lgan nazariy psixologik, pedagogik va metodik bilimlarni amalda ongli, ishonchli va muvaffaqqiyatli qo'llay olishiga ko'p jihatdan bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Uzviylashtirilgan Davlat Talim Standarti va o'quv dasturi. Musiqa. -Toshkent, 2010 - yil.

2. Yo'ldoshev Sh, Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - Toshkent, -Fan, 2001 - yil.

3. Ishmuhammedov R, Abduqodirov A. Talimda innovatsion texnologiyalar. -Toshkent, - Fan, 2008 - yil.

4. Sharipova G. Musiqa o'qitish metodikasi. TDPU, 2004 - yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.