Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYORLASH MUAMMOLARI'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYORLASH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
98
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
BO'LAJAK / BILIM / KO'NIKMA VA MALAKALAR / ZAMONAVIY PEDAGOGIKA / AUDITORIYA / MUSTAQIL / AUDITORIYADAN TASHQARI / MUSIQIY-PEDAGOGIK / TALABALAR / MUSIQA SAN'ATI / BAKALAVR / TA'LIM / MASIQA NAZARIYASI / MUSIQA TARIXI / SOLFEDJIO / DIRIJYORLIK / VOKAL / XOR / MUSIQA ASBOBIDA CHALISH / MUSIQA SAVODI / QO'SHIQ KUYLASH / RITMIK HARAKATLAR / MUSIQA TINGLASH / BOLALAR MUSIQA ASBOBIDA IJRO ETISH / MUSIQA IJODKORLIGI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Raximov N.N.

Usbu maqolada umumta’lim maktablari “Musiqa madaniyati” fani o’qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash muammolari haqida fikrlar yuritilib, dars mashg’ulotlari jarayonida musiqiy faoliyat turlaridan foydalanishda maqola muallifi ko’p yillik olib brogan tajribalari natijalarini bayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF PREPARING PROFESSIONAL MUSIC TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITIES IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM

This article discusses the problems of professional training of teachers of "Music Culture" in secondary schools, and describes the results of many years of experience of the author in the use of musical activities in the classroom.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYORLASH MUAMMOLARI»

Raximov N.N. katta o'qituvchi Guliston davlat universiteti

OLIY TA'LIM TIZIMIDA BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYORLASH MUAMMOLARI

Annotatsiya: Usbu maqolada umumta'lim maktablari "Musiqa madaniyati" fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash muammolari haqida fikrlar yuritilib, dars mashg'ulotlari jarayonida musiqiy faoliyat turlaridan foydalanishda maqola muallifi ko'p yillik olib brogan tajribalari natijalarini bayon qiladi.

Kalit so'zlar: bo'lajak, bilim, ko'nikma va malakalar, zamonaviy pedagogika, auditoriya, mustaqil, auditoriyadan tashqari, musiqiy-pedagogik, talabalar, musiqa san'ati, bakalavr, ta'lim, masiqa nazariyasi, musiqa tarixi, solfedjio, dirijyorlik, vokal, xor, musiqa asbobida chalish, musiqa savodi, qo'shiq kuylash, ritmik harakatlar, musiqa tinglash, bolalar musiqa asbobida ijro etish, musiqa ijodkorligi.

Raximov N.N. head teacher Gulistan State University

PROBLEMS OF PREPARING PROFESSIONAL MUSIC TEACHERS FOR PROFESSIONAL ACTIVITIES IN THE HIGHER EDUCATION

SYSTEM

Abstract: This article discusses the problems of professional training of teachers of "Music Culture" in secondary schools, and describes the results of many years of experience of the author in the use of musical activities in the classroom.

Keywords: future, knowledge, skills and abilities, modern pedagogy, audience, independent, extracurricular, music-pedagogical, students, music art, bachelor, education, music theory, music history, solfeggio, conducting, vocals, choir, playing a musical instrument, music literacy, singing, rhythmic movements, listening to music, playing a children's musical instrument, musical creativity.

Bo'lajak o'qituvchilaming faoliyat turlaridan (o'quv, jamoatchilik, ilmiy) eng muhimi o'quv faoliyati hisoblanadi. Chunonchi, o'quv faoliyati jarayonida va uning yordamida mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy maqsadga erishiladi. O'quv jarayoni talabalarni kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirishda samarali ta'sir etadi.

Zamonaviy pedagogikada o'quv faoliyati auditoriya, mustaqil va auditoriyadan tashqari faoliyatlarga bo'linadi. O'quv-tarbiyaviy jarayon tizimida bu faoliyat kategoriyalari o'quv jarayonini tashkil qilishning asosiy shakllari tarzida belgilangan. Auditoriyadagi o'quv faoliyati o'rganilayotgan fanlarning o'quv rejasi va dasturi orqali aniqlanadi va o'qituvchi rahbarligi ostida o'quv jarayoniga mos keluvchi qat'iy jadval bilan amalga oshiriladi.

Musiqiy-pedagogik tayyorgarlikni shakllantirish yo'llari va shart-sharoitlarni o'rganish natijasida ishonch hosil qildikki, bo'lajak musiqa o'qituvchisining faoliyati o'zida pedagogik musiqachi-ma'rifatchi ishini birlashtiradi. Musiqa darsi esa, musiqa san'ati darsi xususiyatini saqlaydi. Shunday ekan, tayyorgarlikka ikki jihatdan qarash mumkin: a) musiq iy ta'lim va tarbiya mutaxassisi; b) bo'lajak o'qituvchining ruhiy dunyosini shakllantirish. Musiqiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash natijasida bitta shaxs qiyofasida musiqiy tayyorgarlikka ega bo'lgan o'qituvchi va musiqiy-estetik tarbiya mutaxassisi namoyon bo'ladi.

Biz, bo'lajak musiqa o'qituvchisining milliy musiqa san'ati orqali musiqiy-pedagogik tayyorgarliklariga taalluqli quyidagi muammolarni qarab chiqishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ydik:

- talabalarda musiqa san'atiga bo'lgan qiziqish, ehtiyoj, munosabatni rivojlantirish;

- musiqa san'ati vositalari orqali musiqiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlik bosqichlarini tavsiflovchi bilim, ko'nikma va malakalar majmuasini shakllantirish;

- o'quv jarayonida talabalar musiqiy-pedagogik tayyorgarliklari xususiyatlarining namoyon bo'lishini aniqlash.

Tadqiqotimizning tajriba qismi musiqa ta'limi bakalavr yo'nalishi talabalari bilan olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy jarayonda bo'lajak musiqa o'qituvchisini maktab «Musiqa madaniyati» dasturi va maxsus tanlangan milliy musiqa materiallari asosida amalga oshirildi.

Bakalavr ta'lim yo'nalishining o'quv rejasiga bir necha ixtisoslik fanlarini o'qitish kiritilgan. Biroq ularning barchasini «Musiqa o'qitish metodikasi'» umumlashtiradi.

Bu fanlarni o'qitish jarayonida talabalarning musiqiy-amaliy faoliyatlariga etarlicha ahamiyat berildi. Musiqiy siklga kiruvchi har bir fan o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi: g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik tarbiya bilan uzviy bog'liq bo'lgan umumiy va musiqiy-pedagogik rivojlanish; musiqiy-pedagogik va maxsus bilim, ko'nikma hamda malakalarni shakllantirish.

Fanlarni o'zaro aloqada o'rganish, faoliyatning turlaridan bir vaqtning o'zida foydalanish (masiqa nazariyasi, musiqa tarixi, solfedjio, dirijyorlik, vokal, xor, musiqa asbobida chalish va h.k.) musiqiy-pedagogik tayyorgarlikning faol shakllanishiga bevosita yordam beradi. SHu bilan birga tayyorgarlik didaktikaning tamoyillariga asosan fanni o'zlashtirishdagi qat'iy ketma-ketlikka, o'quv materiali hajmini muntazam kengaytirib borishga va uni

o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo'llariga taya nib amalga oshiriladi.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, musiqiy qobiliyatning rivojlanish bazasini tashkil qilish uchun talabalarning sekin-asta individual vazifalariga taalluqli ishlarga jalb qilish va tayyorgarlikni dastlabki musiqiy tasavvurni shakllantirishdan boshlashga amal qilish orqali, tushunarli va o'zlashtirish zarur bo'lgan keng doiradagi tushuncha, bilim, ko'nikmalarga o'tish mumkin. Bizning amalga oshirgan ishlarimiz natijasi shunga olib keldiki, talaba oddiy eshituvchidan o'quv-tarbiyaviy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanib bordi.

Ma'lumki, yomon ijro qilishning sababi tovush balandligini eshitishning rivojlanmaganligi, ladni sezishning yo'qligi, musiqiy eshitishni tasavvur qilish qobiliyatining pastligidir. SHuning uchun ham talabalarda zarur tasavvurlarni hosil qilish birinchi darajadagi vazifa sifatida hal qilindi. Ohangni to'g'ri olishdagi individual farqlar ishimizni yanada murakkablashtirdi va natijada ta'limga tabaqali yondashish zarurligini keltirib chiqardi. Bu ayniqsa, cholg'u ig'rochiligi mashg'ulotida yaqqol ko'rindi. SHu masalaga bag'ishlangan adabiyotlar bilan tanishish borasida shunday fikrga keldikki, dastlabki bosqichning o'zidayoq vokal elementlaridan foydalanish «Cholg'u ijrochiligi va ansambli» mashg'uloti jarayonida amalga oshirilishi zarur ekan. Talabalarning imkoniyatlariga qarab ularga vazifalar berib borish; musiqa asbobi yordamida alohida tovushlarni ohangda to'g'ri aytish, musiqa dasturi va qo'shimcha materiallardagi qo'shiqlarni bir vaqtning o'zida ham chalish va ham kuylash lozimligi ayon bo'ldi. SHundan so'ng ijrochilikning natijasiga ko'ra, talabaning ovoz diapozonini kengaytirish maqsadida shu qo'shiqning o'zi yuqoriga yoki pastga traspozitsiyalashtirildi va shu orqali murakkab asarlarga o'tib borildi.

Musiqa asbobida chalish asosini tushunib etish bilan bir qatorda qo'shiq ijro etish, qo'shiq ustida ishlash, elementar vokal-xor ko'nikmalarini tarbiyalash va mustahkamlashga erishildi. Musiqa asbobi tovushidan chetga chiqish hamma vaqt e'tiborga olinib borildi. Qo'lga kiritilgan natijalarga asoslanib, tovushqatorni ko'tarish, pasaytioish va kengaytirish asosida har xil mashqlar qo'llanildi. Talabalarning vazifalarni bajarishga va ularning musiqiy o'sishiga katta yordam berildi. Masalan, birinchi bosqich talabalari berilgan musiqa asarining bir qismini yoki yarmini yoddan ijro etdilar, qolgan qismini esa, o'qituvchining o'zi ijro etdi. Natijada, talaba jiro etgan kuyning yarmini o'qituvchidan eshitdi va bu asarning qolgan yarmini tanish kuydek engil ijro etdi. SHunga ko'ra, aniq va noaniq ijro o'rtasidagi farqni ko'rgan talaba kuyni toza ijro etishga harakat qildi.

Vokal-xor ko'nikma va malakalarini egallashga nafasni to'g'ri olish va qo'shiqni ijro etishda uni to'g'ri taqsimlashga alohida e'tibor berildi. Asarlarni ijro etshda faqat sekin tempdan foydalanish yaxshi natija berdi. Ritmik tuzilishni aniq ijro etishga sezgan, ovozni hosil qilishda va balandlikni aniqlashda o'zida ishonchni sezmaganlar uchun nota savodini o'zlashtirish, solfedjio ko'nikmalari, ladtonlikni his qilish katta ahamiyatga ega bo'ldi. Qo'shiq kuylashning

rivojlanishida tempni, tembrni, dinamikani, metr-ritmni, ladni va hokazo musiqiy tilning boshqa elementlarini bir-biridan farqlashga alohida e'tibor berildi. Ishonchsiz qo'shiq kuylayotgan talabalarni musiqa asbobi yordamida va yordamisiz amaliyotda tekshirildi. Tovush balandligi haqidagi tasavvur imkoniyatlari orqali nota o'qish ko'nikmasi kengaytirildi. Imkoni boricha talabalar diqqatlarining rivojlanishi uchun major-minor tizimini o'zlashtirishga va uni anglagan holda eshitishga jalb qilindi. SHunday qilib, talabalar bilan olib borilgan yakka mashg'ulotlarda katta ish qilindi. Avvalambor, ular nota matnini mustaqil o'qishga, kuyni to'g'ri eslashga, musiqa asbobini, ovozni sozlash va nota nomini aytib kuylashdagi dastlabki ko'nikmalardan foydalanishga, tonlikning uch tovushliklarini kuylashga o'rgandilar. Ohang eshitishni (bilish va anglash jarayoniga bog'liq holda tuzulish, ladtonlik, ritmik va temp o'zgarishlarnig' o'ziga xos namoyon bo'lishi, tovush balandliklarini tasavvur etish qobiliyatining rivojlanganligi va ularning talabalarda aks etishi allaqachon, boshlashg'ich bosqichda tuzilishlar /motiv, fraza, davr, bir qisimlm, ikki qismli, uch qismli) haqida tasavvurlarni; obraz rivojlanishini kuzatish ko'nikmalarini; musiqa rivojlanishining asosiy tamoyillari takrorlanish, keskin qarama qarshilik, muqobillik haqida tasavvurlarini shakllantirish zarurligini tasdiqlashga imkon berdi.

Faoliyatning har xil turlarida ritmik vazifalarni (bir me'yorda urib turgan ritmik hissalarni aniq va ravshan his qalish) bajarish; kuylash, soda asboblarda (rubob, dutor, afg'on rubobi, doira va boshqalar) chalish, nota nomlari bilan kuylash (solfedjio), musiqa eshitish, musiqiy-ritmik harakatlar, ritmik his qilishning rivojlanishiga amaliy asos bo'ldi. Bunda keng tarqalgan va maqbul faoliyat orqali talabalar tushunishlari uchun ritmik izchillikni barchaga tanish musiqa asbobida ko'rsatish foydali bo'ldi. Ritmik his qilishning rivojlanishi, unga hissiy va ongli munosabatda bo'lishdan yuzaga keldi.

SHunday qilib, talabalarda ritmik his qilish qobiliyatlarini quyidagi yo'llar bilan rivojlantirish mumkin degan xulosaga keldik:

- musiqaning hissiy-obrazlilik mazmuni va ritmik o'zaro munosabatlar o'rtasida o'rnatilgan aloqadan foydalanish;

- har qanday faoliyat turida u yoki bu ritmik munosabatlarni notalar yordamida qayta eshittirish imkoniyatidan foydalanish;

- ritmik munosabatlar haqida turg'un tasavvurni shakllantirish;

- musiqiy shaklning o'ziga xos xususiyatlarini namoyon bo'lishi va ularni tahlil qilish;

- ritmni musiqaning turli xil janrlari orqali o'zlashtirish;

- ritmik va tovush balandliklarining sekin-asta o'sishidagi murakkablikni hisobga olgan holda milliy musiqa san'ati va maktab «Musiqa madaniyati» dasturi materiallaridan mashg'ulotning barcha shakllari (o'quv, auditoriyadan tashqari) da amaliy foydalanish;

- biror bir musiqa asarini talabalar bilan tahlil qilish orqali amalga oshirish.

«Musiqa o'qitish metodikasi'» kursidan amaliy mashg'ulotining kompleks mazmunini, uni o'tkazishdagi shakl va usullarning birligi tashkil qiladi. Bu, har bir mashg'ulotda kasb tayyorgarligidagi musiqiy-pedagogik faoliyat komponentlarining shakllanishini amalga oshirishga imkon beradi. Mashg'ulotning amaliy shakli nafaqat predmetlarni balki, faoliyat turlarini yakka va xorda kuylash, musiqani eshitish va tahlil qilish, musiqa asbobida chalish, nota bilan o'qish, musiqiy-ritmik harakatlarni birlashtirish bilan ham xarakterlidir.

Faoliyat turlari kompleksi - uning asosini tashkil qiluvchi musiqiy material va mavzuning ketma-ketlik tamoyili, faoliyat turlari hamda shaklini birlahshtiradi. Har bir mavzu predmetlarni bir butun majmuaga bog'lab o'rganishga imkon beradi. Musiqiy material esa, umumlashtiruvchi bo'lib xizmat qiladi. Mavzuli mashg'ulot va musiqiy material organik zaruriyatdek predmetlarning ichki aloqasini amalga oshirishga yordam beradi. Har qanday navbatdagi mashg'ulot mavzusi o'zidan oldingi mavzudan kelib chiqib, musiqiy san'atning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich ochish bilan kelajakda zaruriy bilimlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Musiqa asbobi yakka mashg'ulotida va musiqiy amaliy faoliyatida olingan bilim va ko'nikmalarning musiqa tarbiyasi metodikasi mashg'ulotlarida foydalanish, auditoriyadan tashqari ishlarni o'tkazishda ham zaruriy shart hisoblanadi. O'z navbatida olingan bilim va ko'nikmalar musiqiy sikldagi predmetlarni o'zlashtirish zaruriy omildir. SHuning uchun ham navbatdagi amaliy mashg'ulotlar bilim va ko'nikmalarni yanada chuqurroq darajada umumlashtirishga xizmat qiladi.

Predmetlarning o'zaro aloqasi va musiqiy faoliyat turlarini ifodalovchi kompleks ta'lim: eshitish qobiliyatini rivojlanishini kuzatish, savollarga mustaqil javob berish, faol fikrlashga undovchi vaziyatni tashkil qilish, oliy o'quv yurtida o'qituvchini tayyorlash jarayonida pedagogik vaziyatni andozalash kabilar amaliy mashg'ulotlarini o'tkazishda eng zaruriy shartlar hisoblanadi.

Ta'limni amalga oshirishda faoliyat turlarini birlashtirish asos bo'ladi. Ko'nikmalarni shakllantirish uchun mashqlar va uni nazorat qilish kabi ta'lim elementlarini mujassamlashtiruvchi kompleks amaliy mashg'ulotlari musiqiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonining samarali shakli deb qaraladi. Oliy o'quv yurti sharoitidagi mashg'ulotlarda «Musiqa madaniyati» darsini bevosita andazalash orqali maktabdagi o'quv jarayonini tashkil qilishga imkon beradi, turli xil muisqiy-pedagogik vazifalarni hal qilish uchun qulay sharoit yaratiladi. Bu o'quv shaklida, mavjud bo'lgan tajribani tadbiq qilish bilan yangi materialni navbatma-navbat bayon qilish diqqatni oshirishga va ijodiy fikrlashga yordam beradi. mashg'ulotlarda milliy musiqa san'atining o'ziga xos musiqiy-estetik imkoniyatlari maksimum darajada amalga oshirildi.

Guruxlar bilan o'tkazilayotgan mashg'ulotlar jarayonida boshqa muammolar qatori «Musiqa o'qitish metodikasi» fanining asosiy mazmunini

yorituvchi bilim va ko'nikmalarni yanada aniqlashtirish va ularni yangi bilimlarni o'zlashtirishda qo'llash kabi muammolar ham hal qilinadi.

Musiqa shaklini tuzilishini tahlil qilish jarayonida, quyidagilar nazarda tutiladi:

a) dastlab talabalarda musiqiy asarlarning tuzilish tamoyillari haqida bilim va musiqiy san'atning rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar haqida tasavvurni shakllantirish;

b) musiqa asarlaridan foydalanish va talabalarni faol jalb qilish bilan ularning diqqatlarini oddiy va kengroq shakllarni o'zlashtirishga qaratish;

v) musiqiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida talabalarning o'zlashtirishlari uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar doirasini aniqlash;

g) musiqiy tilning ifodaliligi imkoniyatlariga suyangan holda mazmun va shaklning aloqasi haqidagi tushunchani chuqurlashtirish;

d) maktab «Musiqa madaniyati» dasturidagi musiqiy shakl tuzilishining mohiyatini va o'rnini aniqlash;

e) talabalarning muhim bilimlarni egallashga diqqatlarini to'plash va murakkabroq musiqiy tuzilishlarni idrok qilishga tayrlash;

j) musiqiy-pedagogik tayyorgarlik jarayonida to'plangan bilim va ko'nikmalarni musiqa asarlarini tabaqali idrok qilishda faol qo'llash..

Talabalarni har xil faoliyat turlariga jalb qilish orqali mashg'ulotlarning boshlanishi turli xil bo'ladi: ba'zida «metodika» kursi mashg'ulotlari musiqani (maktab dasturiga kiruvchi) o'rganish, uni tahlil qilish va o'tish usuliyati bilan; vokal-xor ko'nikma, malakalari ustida ishlash bilan; muayyan darsning uslubiy vazifalarini tahlil qilish bilan boshlanadi.

Maxsus bilim va ko'nikmalarni shakllantirishning yo'llarini axtarish bilan musiqiy - pedagogik tayyorgarlikni shakllantirish muammosini hal etish yo'llari aniqlanadi. Musiqiy predmetlardagi o'quv-tarbiyaviy vazifalarning birligi bilim va ko'nikmalarni har qanday faoliyatda qo'llash uchun qulay sharoit yaratishga, musiqa san'atini yuqori darajada egallash imkoniyatiga ta'sir etadi. Tayyorgarlikning asosini tashkil qiluvchi bilim, vosita, uslub va yo'llarni amalda qo'llash tajribasi talabalarni faollashtiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi.

«Musiqa o'qitish metodikasi'» predmetining nazariy qismi quyidagi masalalarni o'rganishni o'z ichiga oladi:

1. Musiqa - san'atning bir turi ekanligi, uning o'ziga xos xususiyatlari, hayotiy aloqalari, shaxsning har tomonlama rivojlanishdagi o'rni va ijtimoiy mohiyati; musiqiy-estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari; san'atning g'oyaviy-ahloqiy yo'nalganligi; musiqani his qilish asoslari; hissiy-estetik ko'rinishda bo'lgan musiqa san'ati haqida to'laligicha tasavvur.

2. Musiqaning nazariy asosi: janrlarning ravshan tasviriy mohiyatini va musiqiy til vositalarini tushunish; kontras ohanglarni, mavzuni, badiiy obrazlarni, turli xil asarlarda ularning rivojlanishini, tuzilish shakllarini solishtirish; musiqaning xarakterli xususiyatlarini, uning alohida va umumiy qirralarini, ta'sir qilish hususiyatlarini o'rganish.

Biz talabalarning ta'lim olish jarayonini kuzatish orqali shunday xulosaga keldikki, musiqa fanlari siklidagi o'quv mashg'ulotlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi kerak ekan.

Ma'lumki, oliy o'quv yurtidagi amaliy mashg'ulotlari predmetning ilmiy-nazariy asosini chuqur o'zlashtirishni, zamonaviy usul va ko'nikmalarni egallashni nazarda tutadi. O'quv materiallarini o'zlashtirishda va ijodiy fikrlashning rivojlanishiga ko'maklashuvchi nazariya bilan tajribaning qo'shilishi amaliy mashg'ulotlari uchun xarakterlidir. Amaliy mashuloti talabadan tashabbus ko'rsatishni, kuzatuvchanlikni va mustaqil xulosaga kelishni talab etadi.

Amaliy mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri uning ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar elementlarining bir-biriga o'zaro qorishib ketishidir. Bunday kompleks amaliy mashg'ulotlari bir tomondan musiqiy fanlarning organik bog'langanligi va ularning nazariy va amaliy o'zlashtirish bilan ajralib turuvchi bir-biriga bog'laq ta'lim mazmunidan kelib chiqib tashkil qilindi. Amaliy mashg'ulotlari bilim va ko'nikmalarni egallashda, talabalarning imkoniyatlarini hisobga olishda, musiqiy qobiliyatlarini rivojlanishida eng qulay shakldir.

Musiqiy-pedagogik tayyorgarlikda amaliy mashg'ulotining mohiyatini aniqlash bilan «Musiqa o'qitish metodikasi» faniga bosh bo'g'in sifatida qarash muhimdir. Bu, estetik tarbiya haqidagi masalalarni chuqur yorituvchi o'ziga yarasha murakkab kurs hisoblanadi. musiqiy siklga kiruvchi fanlarning o'zaro aloqasi, bog'liqligi, mashg'ulotlar o'tish shakllari va usullari mazmuniga asosan, metodika kursining markazida turadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdullajonova M.A. Dorulmuallimdagi ta'lim jarayonida bo'lajak o'qituvchilarning kasb xislatlarini shakllantirish. P.f.n. diss... -T.: 1991. -205 b.

2. Umumiy ta'lim maktablari musiqa dasturlari. /Tuzuvchi mualliflar: O.Ibrohimov va boshq./ -T.: O'qituvchi. 2019.

3. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T., Fan, 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.