Научная статья на тему 'YOSHLARGA MUSIQAVIY TARBIYASIDA PEDAGOGLARNING USULLARI'

YOSHLARGA MUSIQAVIY TARBIYASIDA PEDAGOGLARNING USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
54
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Innovatsiya / musiqa / texnologiya / maktab / madaniyat / milliy musiqa

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Miyrbek Paluaniyazov

Pedagogik texnologiya bu inson imkoniyatlarini va ularning ta’lim shakllarini optimallashtirish uchun texnik vositalar bilan o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda barcha o’qitish va o’qitish jarayonlarini aniqlash, yaratish va ishlatishning tizimli usuli.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA MUSIQAVIY TARBIYASIDA PEDAGOGLARNING USULLARI»

YOSHLARGA MUSIQAVIY TARBIYASIDA PEDAGOGLARNING

USULLARI

Miyrbek Paluaniyazov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Pedagogik texnologiya - bu inson imkoniyatlarini va ularning ta'lim shakllarini optimallashtirish uchun texnik vositalar bilan o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda barcha o'qitish va o'qitish jarayonlarini aniqlash, yaratish va ishlatishning tizimli usuli.

Kalit so'zlar. Innovatsiya, musiqa, texnologiya, maktab, madaniyat, milliy musiqa.

METHODS OF TEACHERS IN MUSICAL EDUCATION OF YOUTH

Miyrbek Paluaniyazov Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Pedagogical technology is a structured method for identifying, creating and using all teaching and learning processes taking into account human potential and their interaction with technical means to optimize the forms of learning.

Keywords: Innovation, music, technology, school, culture, national music.

Biz mazkur ilmiy tadqiqotimizni olib borish jarayonida ta'limni texnologik yondashuvlar asosida tashkil etishga oid ilmiy - pedagogik adabiyotlarni o'rganish davomida va ushbu muammo yuzasidan amaliy tajriba sinov ishlarini olib borish paytida asosiy e'tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlariga qaratilishi lozimligini aniqladik va biz ham shunday yo'l tutishimiz to'g'ri bo'lishiga ishonch hosil qildik.

Ta'lim berish davrdagi amaliy pedagogik faoliyat ta'lim beruvchi (O'qituvchi -pedagog) hamda ta'lim oluvchi (o'quvchi) o'rtasida ro'y beruvchi va o'zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yorituvchi jarayondir. Nazariy - pedagogik g'oyalar, har qanday ta'limga tadbiq etilayotgan ish shakl, usul, vositalar, bevosita amaliyotda ta'lim va tarbiyaviy jarayon mohiyatini o'rganish, tahlil etish, umumlashtirish asosida qaror topadi. Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba - sinov ishlarini tashkil etish shu jarayonning o'zagi sifatida namoyon bo'ladi.

Tadqiqiy izlanish natijalarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan tajriba -sinov ishlari ma'lum va aniq maqsadga yo'naltirilgan reja va dasturga asoslanishi

I ¡bOH^^Sl http://oac.dsmi-qf.uz

ishlami tizimli va aniq bo'lishini ta'minlaydi. Shunga ko'ra biz ham musiqa darslariga ilg'or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishning ta'lim sifati va samaradorligini oshirishini isbotlash bo'yicha tajriba-sinov ishlarini olib borishda ta'kidlab o'tilgan fikrlarga tayangan holda eng avvalo tajriba-sinov ishlarini olib borish bo'yicha o'z dasturimizni ishlab chiqdik.

Unda musiqa darslarini olib borish jarayonida ta'lim texnologiyalarini qo'llash o'quvchilarni musiqiy-nazariy bilish, qiziqish qobilyatlarini, musiqa madaniyatini shakllanishiga samarali ta'sirini kuzatish imkonini beruvchi muayyan bosqichlari, ularni o'ziga xos xususiyatdan (har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar), shuningdek ularning obyektiv shart-sharoitlari, statistik tahlilning o'tkazilishi shartlari, baholash mezonlari kabilar e'tiborda tutildi.[1.B.90]

Pedagogik faoliyatni texnologik yondashuv asosida tashkil etishning samaradorligi birinchi navbatda o'qituvchining ushbu yo'nalishdagi tayyorgarlik mahoratiga bog'liq. Bu mashg'ulotlarni mavzusi, mazmuni sinf, guruhning imkoniyati, mavjud shart-sharoitlarini aniq va to'g'ri baholagan holda, o'zining pedagogik texnologiyalarni qo'llashdagi imkoniyatlarini tanqidiy baholashiga bog'liqdir.

Bu o'quvchilarning pedagogik texnologiyalar, musiqali o'yinlar, ritmik-raqs harakatlarini darsda qo'llashga munosabatlari bilimi haqidagi so'rovlarimiz natijalari bilan taqqoslaganimizda bu xolatda vaziyat biz kutganchalik emasligi ma'lum bo'ldi. Olingan natijalar tahlilidan ma'lum bo'ldiki musiqa o'qituvchilarini birinchi galda pedagogik faoliyatga texnologik tayyorlash zarur yoki ularni ushbu yo'nalishda malaka oshirishlarini ta'minlash, qisqa kurslarda o'qishlariga imkon yaratish lozim.

Tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan amaliy tajriba - sinov ishlari jarayonida o'quv mashg'ulotlarini ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish (tajriba sinflarida), qo'llanilayotgan texnologiyalarni o'quv mashg'ulotlari, mavzulari, mashg'ulot vaqti, sinf o'quvchilarining qiziqish va qobilyatlari, mavjud shart - sharoitlarni hisobga olgan holda uyushtirishga asosiy e'tiborni qaratdik.

Biz mazkur ilmiy tadqiqotimizni olib borish jarayonida ta'limni texnologik yondashuvlar asosida tashkil etishga oid ilmiy - pedagogik adabiyotlarni o'rganish davomida va ushbu muammo yuzasidan amaliy tajriba sinov ishlarini olib borish paytida asosiy e'tibor tadqiq etilayotgan muammoning amaliy jihatlariga qaratilishi lozimligini aniqladik va biz ham shunday yo'l tutishimiz to'g'ri bo'lishiga ishonch hosil qildik.

Ta'lim berish davndagi amaliy pedagogik faoliyat ta'lim beruvchi (O'qituvchi -pedagog) hamda ta'lim oluvchi (o'quvchi) o'rtasida ro'y beruvchi va o'zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini yorituvchi jarayondir. Nazariy - pedagogik g'oyalar, har qanday ta'limga tadbiq etilayotgan ish shakl, usul,

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

vositalar, bevosita amaliyotda ta'lim va tarbiyaviy jarayon mohiyatini o'rganish, tahlil etish, umumlashtirish asosida qaror topadi. Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba - sinov ishlarini tashkil etish shu jarayonning o'zagi sifatida namoyon bo'ladi.

O'quv mashg'ulotlarining mazmuni, mohiyati va musiqiy faoliyatlarning o'ziga xoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularga mos texnologiya va pedagogik metodlardan o'z o'mida foydalanildi. Interfaol metodlardan "Aqliy hujum", "Klaster" (tarmoqlash), "Blits so'rov", "Piramida", "Bumerang", "Skarabey", "Bahs -munozara", "Doira stol atrofida", "O'yla, izla, top", "Kuyni top", "Men dirijyor", "Quvnoqlar va zukkolar", "Konsert dars", "Viktorina darslari", amaliy metodlardan "Savol - javob", "suhbat", "hikoya", "tushuntirish", "uqtirish" va ko'rgazmali, texnik vositalar yordamida namoyish qilish, ko'rsatish kabi uslublarga keng o'rin berildi. [2.B.132]

Bahs - munozara, savol - javob, erkin muloqotga asoslangan, o'quvchilarni darsda faol ishtirok etishga, erkin fikrlashga, turli xil harakatlami bajanshga, o'z munosabatini bildirishi, bahslashishga undovchi tadbirlar samarali va qiziqarli kechishi kuzatildi.

Tajriba - sinov ishlari jarayonida darslarni interfaol va o'z o'mida amaliy (an'anaviy) metodlardan foydalanish darslarni samarali kechishiga olib kelishida obyektiv va subyektiv orinlarni e'tiborga olinishi bu boradagi izlanishlarimizning eng muhim jihatlaridan ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu:

1. Musiqa darslari jarayonida 4 - sinf (tajriba sinflari) o'quvchilanda musiqiy -nazariy bilim va malakalarni rivojlanganligi, musiqiy madaniyatini shakllantirishning dastur talablari darajasida amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy muhim sabablaridan deb e'tirof etilganligi;

2. O'quvchilarning musiqiy bilim, tushunchalari, amaliy ijrochilik malakalarini egallashga bo'lgan qiziqishlarini muayyan darajadagi o'zgarishlarning kuzatilganligi;

3. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida darslarni ilg'or pedagogik texnologiyalarga tayangan holda tashkil etuvchi mutaxassis - pedagoglarning ushbu faoliyatga yetarli darajada tayyor ekanligi;

4. O'quvchilarning ta'lim jarayonidagi faolliklari va ushbu faoillikni yuzaga keltiruvchi texnologik yondashuvlar hamda o'quvchilarning o'z ustida ishlash, mustaqil fikrlashiga imkoniyat yaratilganligi;

5. O'qituvchilarning darsda o'rganilishi lozim bo'lgan mavzular mazmuniga tarbiyaviy maqsadlarni singdirib borish mahorati;

6. Musiqa mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarni musiqiy bilim, tushuncha, ko'nikma va malakalarini shakllantirish yuzasidan qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarni tizimli, uzluksiz hamda izchil amalga oshirish.

Tajriba - sinov davrida o'quvchilarni darslarga munosabati, mavzularni o'zlashtirishga mtilishlari, o'qituvchiga berayotgan savollari, o'z ustida ishlashlari, berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishiari har bir sinfda bir xil bo'lmasa -da ma'lum darajada ko'rinishga olib keldi. Shu o'rinda bir sinfdagi sifat o'zgarishilari ayrim muddatda tez rivojlansa, ayrim muddatda sekinroq kechishi ham kuzatildi. [3.B.79]

Bunda o'quvchilarni mavzu bo'yicha bilim, tushunchalarni, asarlami tinglash, tahlil qilish, o'rganish, kuylash, o'z tushuncha va amaliy ijrolarini namoyon eta olishlariga e'tibomi kuchaytirish zarur. Bu ayniqsa, o'quvchilarni maqsadni anglashga, shu maqsadni ta'lim jarayonida nechog'il amalga oshganligini, ya'ni: mavzu doirasidagi bilimlami nechog'il o'zlashtirilganligini anglash, o'zi va o'zgalar faoliyatiga baho bera olishga o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqa darslari jarayonida ta'limni texnologik tashkil etish ta'limni zamonaviy talablar asosida, amaliy tarzda, o'qituvchi va oquvchilarning o'zaro muloqoti tarzida tashkil etishini talab etadi. Faqat shundagina dars samaradorligi ta'minlanadi.

Umumiy orta ta'lim maktablaridagi ta'lim tizimining mazmuni, hozirgi darajasi ta'lim texnologiyalaridan talab darajasida foydalanish, ya'ni ta'lim - tarbiya jarayonini texnologik asosida tashkil etishga tayyorlashda yetarli imkoniyatlarga ega emas. Umumu ta'lim maktablaridagi ta'lim - tarbiya jarayonini texnologik asosda tashkilashda oliy o'quv yurtlari bilan mustahkam va izchil aloqani yo'lga qo'yish zarur. [5.B.254]

Buning uchun musiqa o'qituvchilarini va bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini maktab faoliyatiga tayyorlashni qanday yo'nalishda amalga oshirishni belgilash uchun rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida to'plangan tajribalarga xos unumli va texnologik yondashuv asosida ishlashning ancha taraqqiy etgan shakllari haqida ma'lumotga ega bo'lishi lozim. Shundagina darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning samarali yo'llarini aniqlash mumkin. Bizning fikrimizcha yangicha texnologik yondashuv asosidagi pedagogik mahoratni egallshda quyidagilarga e'tibor qaratish lozim:

1. Texnologik yondashuv asaosida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar kontengentining yangicha va samarali ishlash tajribalarini o'rganish, keng ommalashtirish;

2. Pedagog - o'qituvchilarning texnologik faoliyatga tayyorgarligi va faolligini oshirish va aksincha, unga to'sqinlik qilayotgan sabablarni aniqlash, texnologik yondashuv asosida ishlashning yanada samarador yo'llarini va bizning mahalliy mintaqamizga mos yo'llarini izlash;

3. Tajribali o'qituvchilarning texnologik yondashuv asosida ishlash amaliyotining o'ziga xosligi, tashkiliy - tuzilish xususiyatlari, farqli jihatlarini o'rganish. Buni bilish o'qituvchining texnologik yondashuv faoliyatining motivli

asosini "tasvirlab" berishga kasbiga qiziqishning va darslarni qiziqarli va to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. [4.B.132-133]

Tadqiqot muammosi doirasidagi tajriba - sinov ishlarimiz uch bosqichda amalga oshirildi:

1. Ishlab chiqilgan dastur asosida musiqa darslarini interfaol metodlarni qo'llash orqali tashkil etish va o'quvchilarning musiqiy - nazariy bilimlarini, musiqiy madaniyatini shakllanganlik darajasidagi o'zgarishlarni aniqlashga kirishdik. Buning uchun tajriba boshida o'quvchilarni musiqiy - nazaroy bilimlari, musiqani idrok etish unga tavsif berish, baholash, tahlil qilish, ijro etish ko'nikma va malakalarini aniqlab olish lozim topildi. Mazkur ko'nikma malaka va amaliy ijrochilik bo'yicha o'quvchilarning musiqiy madaniyatini belgilovchi mezonlar ishlab chiqildi va dastlab, tanlab olingan tajriba va sinov guruhlarida (smflarda) test sinovlari, amaliy so'rov va o'quvchilarni ijrochilik (kuylash) malakalarini aniqlovchi o'ziga xos "sinovlar o'tkazildi.

Natijalar tajriba - sinov boshlangungacha bo'lgan davrda o'quvchilarning musiqiy - nazariy bilim, ko'nikma, malakalri, demakki musiqa madaniyatining shakllanganlik darajasi ancha past ekanligini ko'rsatdi.

Shundan so'ng tajriba - sinov ishlarimizni olib borish uchun tanlangan tajriba guruhlarida (sinflarda) o'zimiz uchun maqul deb topilgan texnologiyalar asosida musiqa mashg'ulotlarini olib borishga kirishdik. Eng awalo, pedagogik texnologiyalar mohiyati, uning ta'lim jarayoniga kirib kelishi, qo'llanilishi haqida turkum suhbatlar o'tkazdik. Shundan so'ng musiqa tinglash, musiqaga xos harakatlar bajarish, musiqa savodi, qo'shiq kuylash faoliyatlari uchun maxsus tanlangan texnologiyalarning qisqa variantlarini qo'llagan holda o'quvchilarning darsga faoiligini, o'zini erkin tutushi, muloqotga kirishishlarining faol ishtirokchisiga (vazifa, topshiriqlarni bajarish) aylantirishga harakat qildik. Biz ilg'or texnologiyalarni tadbiq etishda jonli suhbat, amaliy ijro, namoyish etish, o'quvchilarga mustaqil topshiriqlar berish, ularning javoblari va darsga qatnashishlarini rag'batlantirib borish bilan birgalikda olib bordik. O'quvchilarga dars mavzulari bo'yicha qo'shimcha manbaalarni o'qish, o'z ustida ishlash, sinfdan tashqari mashg'ulotlarga faol qatnashish tavsiya qilinadi.[6.B.36]

Bu o'rinda musiqani diqqat bilan tinglash, turli savollarga javob berish, ijro etib ko'rsatish, tahlil qilish kabi uslublardan o'rinli foydalanildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Давлетшин М.Г. Замонавий мактаб укитувчисининг психологияси. -Тошкент, - Узбекистан, 1999 - йил.

2. Шарипова Г. Мусика укитиш методикаси. ТДПУ, 2004 - йил.

3. Мусика укитиш методикаси ва мактаб репертуари. 2011 - йил.

I ГсОТ^^^^Н http://oac.dsmi-qf.uz

4. MyTaxacucnuK ^aHnapuHH obKHTHm MeToguKacH. - YsyB - ycny6uH Ma^Mya. T^Y, 2011 - hhh.

5. ^ornaeB A. EcTeTHK Tap6ua acocnapu. - TomKem; YKUTyBHH, 1988 - nun.

6. X,acaHOB A. MycH;a Ba Tap6ua. - TomKeHT, - YKuryBHu, 1995 6- nun.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.