Научная статья на тему 'BO`LAJAK PSIXIOLOGLARNI O'Z SOHASINING YETUK MUTAXASSISLARI BO`LIB YETISHSHIDA PEDAGOGNING O'RNI'

BO`LAJAK PSIXIOLOGLARNI O'Z SOHASINING YETUK MUTAXASSISLARI BO`LIB YETISHSHIDA PEDAGOGNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
61
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish / islohat / malakaviy amaliyot / sinov va tajriba / tajriba mashg’ulot / yetuk kadr / bilimlarni puxtalash / ta’lim prinsiplari / metodlari. / social and economic development / reform / qualifying practice / testing and experience / experimental training / mature personnel / clarification of knowledge / principles and methods of education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Turaxonova

Oliy ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyot jarayonida bo’lajak mutaxassislar o’z kasbiga mos nazariy bilimlarni mustaqil, ijodiy ravishda hayotga tadbiq etish yo’llarini o’rganadi, kasbga hos malakalarni egallaydi, bolalar rivojlanishini kuzatadi, tahlil qiladi, bilim darajasini baholash bilan birga bolalarga turli faoliyatlarni tashkil etish, ta’lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni o’rganadilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE TEACHER IN PREPARING FUTURE PSYCHOLOGISTS TO BECOME MATURE SPECIALISTS IN THEIR FIELD

In the process of professional practice in higher educational institutions, future specialists learn to independently and creatively apply theoretical knowledge suitable for their profession, acquire professional skills, observe the development of children, analyze, evaluate the level of knowledge jointly, learn to organize various activities for children, plan educational and educational work.

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK PSIXIOLOGLARNI O'Z SOHASINING YETUK MUTAXASSISLARI BO`LIB YETISHSHIDA PEDAGOGNING O'RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO LAJAK PSIXIOLOGLARNI O'Z SOHASINING YETUK MUTAXASSISLARI BOLIB YETISHSHIDA PEDAGOGNING O'RNI Barnoxon Turaxonova

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Umumiy psixologiya kafedrasi

o' qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7330046

Annotatsiya. Oliy ta'lim muassasalarida malakaviy amaliyot jarayonida bo'lajak mutaxassislar o'z kasbiga mos nazariy bilimlarni mustaqil, ijodiy ravishda hayotga tadbiq etish yo'llarini o'rganadi, kasbga hos malakalarni egallaydi, bolalar rivojlanishini kuzatadi, tahlil qiladi, bilim darajasini baholash bilan birga bolalarga turli faoliyatlarni tashkil etish, ta'lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni o'rganadilar.

Kalit so'zlar: ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, islohat, malakaviy amaliyot, sinov va tajriba, tajriba mashg'ulot, yetukkadr, bilimlarnipuxtalash, ta'limprinsiplari, metodlari.

РОЛЬ ПЕДАГОГА В ПОДГОТОВКЕ БУДУЩИХ ПСИХОЛОГОВ К СТАНОВЛЕНИЮ ЗРЕЛЫМИ СПЕЦИАЛИСТАМИ В СВОЕЙ ОБЛАСТИ

Аннотация. В процессе профессиональной практики в высших учебных заведениях будущие специалисты учатся самостоятельно и творчески применять теоретические знания, подходящие для их профессии, приобретают профессиональные навыки, наблюдают за развитием детей, анализируют, оценивают уровень знаний совместно, учатся организовывать различные мероприятия для детей, планировать воспитательную и воспитательную работу.

Ключевые слова: социально-экономическое развитие, реформа, квалификационная практика, проверка и опыт, экспериментальная подготовка, зрелые кадры, уточнение знаний, принципы и методы воспитания.

THE ROLE OF THE TEACHER IN PREPARING FUTURE PSYCHOLOGISTS TO BECOME MATURE SPECIALISTS IN THEIR FIELD

Abstract. In the process of professional practice in higher educational institutions, future specialists learn to independently and creatively apply theoretical knowledge suitable for their profession, acquire professional skills, observe the development of children, analyze, evaluate the level of knowledge jointly, learn to organize various activities for children, plan educational and educational work.

Keywords: social and economic development, reform, qualifying practice, testing and experience, experimental training, mature personnel, clarification of knowledge, principles and methods of education.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora -tadbirlari to'g'risida" 2017 yil 27 iyuldagi PQ 3151-sonli hamda "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida" 2018 yil 5 iyundagi PQ 3775-sonli qarorlariga muvofiq Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari sinov tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyotini o'tash tartibini belgilaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi inson va uning manfaatlari, uning xavfsizligi va farovonligini ta'minlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgandir. O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o'tgan taraqqiyot yo'li asrlarga arzigulik mazmun va mohiyat kasb etmoqda. Ma'lumki, taraqqiyotni harakatga keltirishda va turmushda ro'y berayotgan jarayonlarga o'z ta'sirini o'tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy yangilanishining muhim sub'yekti bo'lgan yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash muhim masalasi ahamiyatga ega.

TADQIOQT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Eng muhimi pedagoglar o'quv mashg'ulotlarining nafaqat axborot berish, balki rivojlantirish xarakteriga ega bo'lishlariga e'tiborni qaratishlari zarur. Shuningdek, muhokama qilinayotgan masala, muammo, o'rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalarning mustaqil fikr bildirishlari (noto'g'ri bo'lsa-da, fikr bildirishlari)ga imkon berish, nima bo'lganda ham ularni o'ylashga, fikrlashga undash shaxsga yo'natirilgan ta'limga xos muhim belgilardan biri sanaladi. Shuningdek pedagog nazariy bilimlar berish bilan birga amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda ham yetakchi hisoblanada. Chunki pedagog nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashda o'z tajribalarini tadqiq etadi.

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohatlarni chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash sohasida ham tub o'zgarishlar qilinishini talab etadi.

Ma'lumki, ta'limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yo'llarini o'rgatish, ularni ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda boshlang'ich ta'limda o'qitish tizimini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish o'quvchi faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi.

Ta'lim berish usuli - belgilangan ta'lim berish maqsadiga erishish bo'yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo'li bo'lib uni quyidagicha tasniflash mumkin: ma'ruza, hikoya, tushuntirish, namoyish, ko'rsatish, videousul, mashq, laboratoriya usuli, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, bahs, aqliy xujum, pinbord, o'quv loyihalar usuli, keys-stadi va h.k. Ta'lim shakllari esa quyidagicha guruhlanadi: ommaviy ish, jamoaviy ish, guruhli, yakka tartibli. Ta'lim vositalari - o'quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o'qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Tarbiyalay olish mahorati pedagogning yuksak madaniyat va ma'naviyat saviyasiga, shahsiy axloqqa, vatanparvarlik va burchiga asoslanadi. Pedagogning o'quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta'minlovchi shaxsiyat fazilatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik va adolatlilik, halollik va xayrixohlik, kirishimlilik va hazil-mutoyiba hissi. Ta'lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash va nazorat qilish mahorati psixologik-pedagogik jihatdan pedagogning ta'lim berish va tarbiyalay olish mahorati bilan uzviy bog'liq.

TADQIQOT NATIJALARI

Zamonaviy axborot tizimi kompyuter va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, internet tarmog'i, multimediali texnologiyalar va boshqalarni o'z ichiga oladi. Ular jamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Bizga ma'lumki hozirda jamiyatimizning barcha moddiy va ma'naviy sohalarida o'zgarishlar ro'y berib, insonlar aniq maqsadlar sari intilmoqda va o'zlari uchun muhim iqtisodiy, ma'naviy shart-sharoitlarni yaratib, barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun xizmat qilmoqdalar. Bunda esa axborot va axborot texnologiyalarining o'rni muhim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'lib, ijtimoiy-tarkibiy o'zgarishlar va jamiyatni texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini erkinlashtirish, xizmat ko'rsatish sohasi va transkommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik jihatdan muntazam modernizatsiyalashni talab etadi. Bugungi kunda esa ishlab chiqarish rivojini axborotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Insonning ijtimoiy mohiyatini jamiyat talabiga mos ravishda shakllantiruvchi soha xalq ta'limi tizimi deb atalib, uni amalga oshiruvchi shaxs o'qituvchi yoki muallim deyiladi. Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o'qituvchi, turli bilimlarni o'rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo'lganligi uchungina emas, balki uning o'zi tanlagan kasb-xunar yunalishidagi barcha mutaxassisliklar bo'yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo'lgan fundamental fanlarni hamda o'qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a'lo darajada egallagan bo'lishi shart. Chunki pedagog ixtisosligini tanlagan har bir inson kimlarni o'qitayotgan va tarbiyalayotganligi uchun o'ziga javobgarlikni olib, fanlarni yuqori darajada o'quvchi-yoshlar, talabalar onggiga singdira oluvchi sharafli kasb egasi hamdir.

Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internet nafaqat maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlariga, balki har bir oilaga kirib bormoqda. Shu bilan birga davr bugungi kunda eng zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, yoshlar ongiga mos, ularning qiziqish va intilishlarga hamohang, ularni o'ziga tortadigan jihatlarga alohida etibor qaratishni ham taqozo qilmoqda. Shu bois, respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, uning yangi turlarini joriy qilishga katta ahamiyat berilmoqda.

Pedagogika o'quv jarayonida yuqori natijaga erishish yo'llarini doimo izlab kelgan va o'z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo'ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" o'z oldiga yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash ishini takomillashtirish vazifasini qo'ydi. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun zamon talabi darajasida malakalali mutaxassis tayyorlashda malakaviy amaliyot asosiy vosita bo'lib hisoblanadi.

MUHOKAMA

Malakaviy amaliyot jarayonida bo'lajak mutaxassis o'z kasbiga mos nazariy bilimlarni mustaqil, ijodiy ravishda hayotga tadbiq etish yo'llarini o'rganadi, kasbga hos malakalarni egallaydi, bolalar rivojlanishini kuzatadi, tahlil qiladi, bilim darajasini baholash bilan birga bolalarga turli faoliyatlarni tashkil etish, ta'lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni o'rganadilar. Malakaviy amaliyot o'tish muddatlari mutaxassisliklar bo'yicha o'quv rejalarida ko'rsatilgan va u quyidagi turlarga bo'linadi:

l.Maktabgacha ta'lim muassalarida pedagogik-psixiologik kuzatuv amaliyoti. 2.Sinov va tajriba mashg'ulotlarni o'tkazish amaliyoti.

3.Tajriba mashg'ulot o'tkazish amaliyoti.

4.Diplomoldi pedagogik amaliyoti.

Pedagogik-psixiologik kuzatish ishlari yuzasidan amaliy ishlarning maqsad va vazifalari. Oliy ta'lim muassasalarida yetuk kadrlar tayyorlashning muhim bir omili - pedagogika, psixiologiya va mahsus metodikani o'qitish sifatini yaxshilash, nazariy bilimlarini maktabgacha ta'lim muassasasi hayotiga ilg'or tarbiyachilarning tarjribalariga bog'lash, hozirgi sharoitda ta'lim muammolarini hal etish uchun bog'cha jarayonini o'rganish va uni tahlil qila bilish,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qisman izlanish orqali dastlabki tajribalar o'tkazish kabilar. Ayniqsa, psixiologiya, pedagogika va hususiy metodika o'qituvchilari amaldagi o'quv rejalari va mahsus fan dasturlarida ko'zda tutilgan laboratoriya va amaliy ishlarni amaliyotning bu turida o'tkazishlari pedagogika, psixiologiya va hususiy metodikadan nazorat bilimlarni ketma-ket amaliyotda kuzatish va tahlil qilish orqali konkretlashtirish, bilimlarni puxtalash, ishonch hosil qilish orqali ta'lim jarayonining o'ziga hos hususiyatlarini o'rganish imkoniyatini beradi. Psixiologiya fanidan ajratilgan soatlar o'quvchilarni bilish faoliyatlari, psixik hususiyatlar, qobiliyalar, mijoz fe'l-atvor hususiyatlari kabi mavzular beriladiki o'qituvchi bog'cha sharoitida bolalarni kuzatishda huddi shu masalalarga talabalar diqqat- e'tiborini qaratmog'i, bilimlarini konkretlashtirmog'i, ularning faolliklarini oshirmog'i lozim. Pedagogika fanidan esa amaliy ishlar asosan pedagogikani umumiy asoslari va ta'lim nazariyasi hamda metodikalariga oid mavzularga qaratilgan. Chunki O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonunida komil inson tarbiyasida keng va puxta bilim berish, o'qituvchining xilma-xil usullari, shakllardan foydalangan holda o'rganish vazifasi qo'yilgan. Bunday vazifani bajarish uchun bo'lajak mutaxassis bog'chada tarbiyani ish tizimini va hususiyatlarini, ta'lim prinsiplari, metodlari, shakllari tizimi kabilarni bilishlari lozim. Sinov va tajriba mashg'ulotlarini o'tkazish. Mutaxassislik bo'yicha namuna mashg'ulotlar o'quv tarbiya ishlarini tashkil qilish va o'tkazish usullari, imkoniyatlari va vositalarini namoyish qilish uchun o'tkaziladi. Bu psixiologiya, pedagogika o'qituvchilar namuna mashg'ulotlarini o'z fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan o'quv soatlari hisobidan o'tkazadi. Namunali mashg'ulotlar mavzulari esa fan metodi dasturi asosida belgilanadi. Diplomoldi amaliyot mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlashdagi amaliyot turlarining yakunlovchisi hisoblanadi.

Oliy ta'lim talabalarini mutaxassislikka tayyorlash diplomoldi amaliyot bilan yakunlanadi. Diplomoldi amaliyotga o'zidan oldingi barcha turdagi o'quv pedagogik amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan, ijobiy baholar olgan va sinovdan o'tgan talabalar qo'yiladi. Diplomoldi amaliyoti talabalarning mutaxassislik bo'yich bilimi, mustaqil ishlash imkoniyatlarini sinab ko'rish vazifalarini bajaradi.

Diplomoldi amaliyoti belgilangan Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladi. Ayrim hollarda talabalarning kelajakdagi ish joyida o'tkazish uchun ruhsat berish mumkin. Tarbiyachining kasbiy shakllanish jarayonida maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariyati va jamoatchjiligi katta rol o'ynaydi. Yosh tarbiyachilarga tajribali pedagoglarni biriktirib qo'yish, ularning mashg'ulotlarini kuzatish, metod birlashma ishlariga jalb etish tashkilot rahbariyatining vazifasidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lajak tarbiyachining o'z ustida ishlashiga, ilmiy- nazariy va metodik bilimlarini tinmay oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi. XULOSA

Pedagogika kasbiga kirish va pedagoglik mahoratini egallash jarayoni, uni ish jamoasiga kirishib, unda o'z o'rnini topib keta olishiga bog'liq. Bo'lajak mutaxassis jamoaning yordamidan yuz o'girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushkinlikka tushmay, o'z xatolarini ko'ra bilish va uni yo'qotish uchun harakat qilishi, uni mohir tarbiyachi bo'lib shakllanishidan darak beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. S.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O'quv qo'llanma. Toshkent, 1993.

2. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021

3. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОХДСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ

4. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: Fan,2006.

5. Elov Z.S. Axmedova A.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uchraydigan nutq buzilishlari va ularni yuzaga keltiruvchi sabablarninig bola ruhiyatiga psixologik ta'siri. respublika ko'p tarmoqli ilmiy tadqiqotlar sammiti. 02/2022. 234-237.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.