BO'LAJAK PEDAGOGLARNI TAYYORLASH TIZIMIDA MALAKAVIY
AMALIYOTNING ROLI
Marifat Jabborova
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Oliy ta'lim muassasalarida malakaviy amaliyot jarayonida bo'lajak mutaxassislar o'z kasbiga mos nazariy bilimlarni mustaqil, ijodiy ravishda hayotga tadbiq etish yo'llarini o'rganadi, kasbga hos malakalarni egallaydi, bolalar rivojlanishini kuzatadi, tahlil qiladi, bilim darajasini baholash bilan birga bolalarga turli faoliyatlarni tashkil etish, ta'lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni o'rganadilar.
Kalit so'zlar: ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish, islohat, malakaviy amaliyot, sinov va tajriba, tajriba mashg'ulot, yetuk kadr, bilimlarni puxtalash, ta'lim prinsiplari, metodlari
KIRISH
O'zbеkistоndа ijtimоiy hаyotning bаrchа sоhаlаridа аmаlgа оshirilаyotgаn islohotlerning mаqsаdi insоn vа uning mаnfааtlаri, uning хаvfsizligi vа fаrоvоnligini tа'minlаsh hаmdа bаrkаmоl аvlоdni vоyagа yetkаzishgа qаrаtilgаndir. O'zbеkistоn dаvlаt mustаqilligini qo'^ kiritgаndаn kеyingi qisqа vаqt ichidа bоsib o'tgаn tаrаqqiyot yo'li аsrlаrgа аrzigulik mаzmun vа mоhiyat kаsb etmоqdа. Mа'lumki, tаrаqqiyotni hаrаkаtgа kеltirishdа vа turmushdа ro'y bеrаyotgаn jаrаyonlаrgа o'z tа'sirini o'tkаzishdа jаmiyat ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy, mаdаniy-mа'nаviy yangilаnishining muhim sub'yekti bo'lgаn yoshlаrni bаrkаmоl shахs qilib tаrbiyalаsh muhim mаsаlаsi аhаmiyatgа egа.
Eng muhimi pеdаgоglаr o'quv mаshg'ulоtlаrining nаfаqаt ахbоrоt bеrish, bаlki rivоjlаntirish хаrаktеrigа egа bo'lishlаrigа e'tibоrni qаrаtishlаri zаrur. Shuningdеk, muhоkаmа qilinаyotgаn mаsаlа, muQmmc, o'rgаnilаyotgаn mаvzu yuzаsidаn tаlаbаlаrning mustаqil fikr bildirishlBri (nоto'g'ri bo'^^, fikr bildirishlаri)gа imkоn bеrish, nimа bo'lgаndа hаm ulаrni o'ylаshgа, fikrlаshgа undаsh shахsgа yo'nаtirilgаn tа'limgа xos muhim bеlgilаrdаn biri sаnаlаdi. Shuningdek pеdаgоg nаzаriy bilimlаr berish bi^ birgа аmаliy ko'nikmаlаrni shаkllаntirishdа hаm yеtаkchi hisоblаnаdа. Chunki pedаgоg nаzаriy bilimlаrni аmаliyotdа qo'llаshdа o'z tаjribаlаrini tаdqiq etаdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora -tadbirlari to'g'risida" 2017 yil 27 iyuldagi PQ 3151-sonli hamda "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2018 yil 5 iyundagi PQ 3775-sonli qarorlariga muvofiq Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlari sinov tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyotini o'tash tartibini belgilaydi. Malakaviy amaliyot O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan o'quv rejasi asosida o'tkazilib, bilim sohasi: 100000- gumanitar, ta'lim sohasi: 110000 -pedagogika, ta'lim yo'nalishi: 5111800 - maktabgacha ta'lim yo'nalishiga malakaviy amaliyot dasturi sifatida tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohatlarni chuqurlashtirish jarayoni kadrlarni tayyorlash sohasida ham tub o'zgarishlar qilinishini talab etadi.
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909 -sonli qarori talablarida Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning ustivor vazifalaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash masalasini tubdan qayta ko'rish xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash belgilandi.
NATIJALAR
Ma'lumki, ta'limdan asosiy maqsad bolalarga bilim berishgina emas, balki bilim olish yo'llarini o'rgatish, ularni ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish demakdir. Yangicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda boshlang'ich ta'limda o'qitish tizimini takomillashtirish, darslarni jahon andozalariga mos ravishda tashkil qilish o'quvchi faolligini oshiradigan muhim omillardan hisoblanadi.
Ta'lim berish usuli - belgilangan ta'lim berish maqsadiga erishish bo'yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo'li bo'lib uni quyidagicha tasniflash mumkin: ma'ruza, hikoya, tushuntirish, namoyish, ko'rsatish, videousul, mashq, laboratoriya usuli, amaliy ish usuli, kitob bilan ishlash, suhbat, bahs, aqliy xujum, pinbord, o'quv loyihalar usuli, keys-stadi va h.k. Ta'lim shakllari esa quyidagicha guruhlanadi: ommaviy ish, jamoaviy ish, guruhli, yakka tartibli. Ta'lim vositalari - o'quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o'qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.
Tarbiyalay olish mahorati pedagogning yuksak madaniyat va ma'naviyat saviyasiga, shahsiy axloqqa, vatanparvarlik va burchiga asoslanadi. Pedagogning o'quv -tarbiya jarayonida inson omilini ta'minlovchi shaxsiyat fazilatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik va adolatlilik, halollik va xayrixohlik, kirishimlilik va hazil-mutoyiba hissi. Ta'lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash va nazorat qilish mahorati psixologik-pedagogik jihatdan pedagogning ta'lim berish va tarbiyalay olish mahorati bilan uzviy bog'liq.
Bizga ma'lumki hozirda jamiyatimizning barcha moddiy va ma'naviy sohalarida o'zgarishlar ro'y berib, insonlar aniq maqsadlar sari intilmoqda va o'zlari uchun muhim iqtisodiy, ma'naviy shart-sharoitlarni yaratib, barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun
xizmat qilmoqdalar. Bunda esa axborot va axborot texnologiyalarining o'rni muhim bo'lib, ijtimoiy-tarkibiy o'zgarishlar va jamiyatni texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini erkinlashtirish, xizmat ko'rsatish sohasi va transkommunikatsiyalar tizimini rivojlantirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik jihatdan muntazam modernizatsiyalashni talab etadi. Bugungi kunda esa ishlab chiqarish rivojini axborotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Zamonaviy axborot tizimi kompyuter va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, internet tarmog'i, multimediali texnologiyalar va boshqalarni o'z ichiga oladi. Ular jamiyatning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi.
Insonning ijtimoiy mohiyatini jamiyat talabiga mos ravishda shakllantiruvchi soha xalq ta'limi tizimi deb atalib, uni amalga oshiruvchi shaxs o'qituvchi yoki muallim deyiladi. Muallimlik kasbining sharafliligi, nafaqat, uning o'qituvchi, turli bilimlarni o'rgatuvchi va mohir tarbiyachi bo'lganligi uchungina emas, balki uning o'zi tanlagan kasb-xunar yunalishidagi barcha mutaxassisliklar bo'yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo'lgan fundamental fanlarni hamda o'qitish va tarbiya berishni, psixologiya va pedagogika asoslarini a'lo darajada egallagan bo'lishi shart. Chunki pedagog ixtisosligini tanlagan har bir inson kimlarni o'qitayotgan va tarbiyalayotganligi uchun o'ziga javobgarlikni olib, fanlarni yuqori darajada o'quvchi -yoshlar, talabalar onggiga singdira oluvchi sharafli kasb egasi hamdir.
Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internet nafaqat maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurtlariga, balki har bir oilaga kirib bormoqda. Shu bilan birga davr bugungi kunda eng zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, yoshlar ongiga mos, ularning qiziqish va intilishlarga hamohang, ularni o'ziga tortadigan jihatlarga alohida etibor qaratishni ham taqozo qilmoqda. Shu bois, respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga, uning yangi turlarini joriy qilishga katta ahamiyat berilmoqda.
Pedagogika o'quv jarayonida yuqori natijaga erishish yo'llarini doimo izlab kelgan va o'z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo'ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" o'z oldiga yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash ishini takomillashtirish vazifasini qo'ydi. Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun zamon talabi darajasida malakalali mutaxassis tayyorlashda malakaviy amaliyot asosiy vosita bo'lib hisoblanadi.
Malakaviy amaliyot jarayonida bo'lajak mutaxassis o'z kasbiga mos nazariy bilimlarni mustaqil, ijodiy ravishda hayotga tadbiq etish yo'llarini o'rganadi, kasbga hos malakalarni egallaydi, bolalar rivojlanishini kuzatadi, tahlil qiladi, bilim darajasini
baholash bilan birga bolalarga turli faoliyatlarni tashkil etish, ta'lim va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni o'rganadilar.
Malakaviy amaliyot o'tish muddatlari mutaxassisliklar bo'yicha o'quv rejalarida ko'rsatilgan va u quyidagi turlarga bo'linadi:
Maktabgacha ta'lim muassalarida pedagogik-psixiologik kuzatuv amaliyoti.
Sinov va tajriba mashg'ulotlarni o'tkazish amaliyoti.
Tajriba mashg'ulot o'tkazish amaliyoti.
Diplomoldi pedagogik amaliyoti.
Pedagogik-psixiologik kuzatish ishlari yuzasidan amaliy ishlarning maqsad va vazifalari.
Oliy ta'lim muassasalarida yetuk kadrlar tayyorlashning muhim bir omili -pedagogika, psixiologiya va mahsus metodikani o'qitish sifatini yaxshilash, nazariy bilimlarini maktabgacha ta'lim muassasasi hayotiga ilg'or tarbiyachilarning tarjribalariga bog'lash, hozirgi sharoitda ta'lim muammolarini hal etish uchun bog'cha jarayonini o'rganish va uni tahlil qila bilish, qisman izlanish orqali dastlabki tajribalar o'tkazish kabilar.
Ayniqsa, psixiologiya, pedagogika va hususiy metodika o'qituvchilari amaldagi o'quv rejalari va mahsus fan dasturlarida ko'zda tutilgan laboratoriya va amaliy ishlarni amaliyotning bu turida o'tkazishlari pedagogika, psixiologiya va hususiy metodikadan nazorat bilimlarni ketma-ket amaliyotda kuzatish va tahlil qilish orqali konkretlashtirish, bilimlarni puxtalash, ishonch hosil qilish orqali ta'lim jarayonining o'ziga hos hususiyatlarini o'rganish imkoniyatini beradi.
MUHOKAMA
Psixiologiya fanidan ajratilgan soatlar o'quvchilarni bilish faoliyatlari, psixik hususiyatlar, qobiliyalar, mijoz fe'l-atvor hususiyatlari kabi mavzular beriladiki o'qituvchi bog'cha sharoitida bolalarni kuzatishda huddi shu masalalarga talabalar diqqat- e'tiborini qaratmog'i, bilimlarini konkretlashtirmog'i, ularning faolliklarini oshirmog'i lozim.
Pedagogika fanidan esa amaliy ishlar asosan pedagogikani umumiy asoslari va ta'lim nazariyasi hamda metodikalariga oid mavzularga qaratilgan. Chunki O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonunida komil inson tarbiyasida keng va puxta bilim berish, o'qituvchining xilma-xil usullari, shakllardan foydalangan holda o'rganish vazifasi qo'yilgan. Bunday vazifani bajarish uchun bo'lajak mutaxassis bog'chada tarbiyani ish tizimini va hususiyatlarini, ta'lim prinsiplari, metodlari, shakllari tizimi kabilarni bilishlari lozim.
Sinov va tajriba mashg'ulotlarini o'tkazish.
Mutaxassislik bo'yicha namuna mashg'ulotlar o'quv tarbiya ishlarini tashkil qilish va o'tkazish usullari, imkoniyatlari va vositalarini namoyish qilish uchun o'tkaziladi. Bu psixiologiya, pedagogika o'qituvchilar namuna mashg'ulotlarini o'z fani bo'yicha
amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun mo'ljallangan o'quv soatlari hisobidan o'tkazadi. Namunali mashg'ulotlar mavzulari esa fan metodi dasturi asosida belgilanadi. Diplomoldi amaliyoti.
Diplomoldi amaliyot mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlashdagi amaliyot turlarining yakunlovchisi hisoblanadi.
Oliy ta'lim talabalarini mutaxassislikka tayyorlash diplomoldi amaliyot bilan yakunlanadi. Diplomoldi amaliyotga o'zidan oldingi barcha turdagi o'quv pedagogik amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan, ijobiy baholar olgan va sinovdan o'tgan talabalar qo'yiladi. Diplomoldi amaliyoti talabalarning mutaxassislik bo'yich bilimi, mustaqil ishlash imkoniyatlarini sinab ko'rish vazifalarini bajaradi.
Diplomoldi amaliyoti belgilangan Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladi. Ayrim hollarda talabalarning kelajakdagi ish joyida o'tkazish uchun ruhsat berish mumkin.
Tarbiyachining kasbiy shakllanish jarayonida maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariyati va jamoatchjiligi katta rol o'ynaydi. Yosh tarbiyachilarga tajribali pedagoglarni biriktirib qo'yish, ularning mashg'ulotlarini kuzatish, metod birlashma ishlariga jalb etish tashkilot rahbariyatining vazifasidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lajak tarbiyachining o'z ustida ishlashiga, ilmiy- nazariy va metodik bilimlarini tinmay oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi. XULOSA
Tarbiyachi kasbiga kirish va tarbiyachlik mahoratini egallash jarayoni, uni bog'cha jamoasiga kirishib, unda o'z o'rnini topib keta olishiga bog'liq. Bo'lajak mutaxassis jamoaning yordamidan yuz o'girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushkinlikka tushmay, o'z xatolarini ko'ra bilish va uni yo'qotish uchun harakat qilishi, uni mohir tarbiyachi bo'lib shakllanishidan darak beradi.
REFERENCES
1. S.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O'quv qo'llanma. Toshkent, 1993.
2. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 7(6).
3. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОХДСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.
4. Kholmatova, Z. T. (2019). GENDER EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 199-207.
5. Холикова, Д. М. (2017). Использование здоровьесберегающих технологий для развития личности учеников начальных классов. Наука 21 века: вопросы, гипотезы, ответы, (2), 23-26.
6. Кипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХНАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.
7. Арипов, З. Т. (2020). ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНО-РЕЧЕВОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ОБУЧЕНИЮ. ББК 74.268. 0 П 78 Рецензенты: доктор филологических наук ЕА Елина доктор филологических наук НМ Орлова, 108.
8. Ботирова, Н. Д. (2019). РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ. Гуманитарный трактат, (61), 4-6.
9. Alimjonova, M. Y. (2021). The role of the national values in the history of pedagogical education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 1040-1044.
10. Shavkatovna, S. R. N. (2021). METHODICAL SUPPORT OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 7476.
11. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). ROLE OF ETHICAL CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS. Интернаука, (11-2), 50-51.
12. Ismoilovich, I. M. (2021, July). ISSUES OF TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).
13. Nurbek, A. (2021, December). THE COMBINATION OF SOCIAL RELATIONSHIPS AND PSYCHOLOGICAL HEALTH. In Conference Zone (pp. 268270).
14. Jаbbоrоvа, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129132.
15. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques of using folk proverbs in the cultivation of oral speech of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.
16. Абдумаликов, А. А. (2019). HUMAN AND NATURAL HARMONY IN THE HISTORICAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 205209.
17. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).
18. Yuldashov, I., Parpiev, O., Makhmutaliev, A., Tukhtanazarov, I., & Umaralievich, K. U. (2021). Pedagogical bases of formation of physical culture and social culture in Youth. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 54-58.
19. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 1(6).
20. Каримов, У., Каримова, Г., & Каримов, У. (2021). ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ СОХДСИДАГИ АХБОРОТЛАШУВ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 1(1), 103-110.