Научная статья на тему 'YOSHLARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA AMALIYOTLARNI O‘RNI'

YOSHLARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA AMALIYOTLARNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
629
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tafakkur / sog‘lom tafakkur / shaxs / o‘quvchi / boshqarish / tashabbuskorlik / faollik. / Thinking / healthy thinking / personality / student / management / initiative / activism.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdiyeva, Dilfuza Kurbanovna

Hozirgi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yoshlarga zamonaviy ta’lim berish hamda makalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga erishib kelmoqda. O‘zbekistonda joriy qilingan uzlusiz ta’lim tizimi iqtidorli yoshlarning ko‘payishiga zamin yaratdi. Ular o‘zlarining qiziqish va qobiliyatiga qarab, ta’lim olishmoqda. Yoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘zini o‘zi rivojlantirishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratib berilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF PRACTICES IN THE FORMATION OF YOUNG PEOPLE'S PROFESSIONAL SKILLS

At present, our country is achieving positive results in educating a harmoniously developed generation, modern education for young people and the formation of their skills. The system of continuing education introduced in Uzbekistan has created a basis for the growth of talented youth. They are educated according to their interests and abilities. Our state creates all conditions and opportunities for our youth to get an education, acquire a profession and develop themselves.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA AMALIYOTLARNI O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor

YOSHLARNING KASBIY KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA

AMALIYOTLARNI O'RNI

Abdiyeva Dilfuza Kurbanovna.

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Qarshi.

Annotatsiya: Hozirgi kunda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, o'sib kelayotgan yoshlarga zamonaviy ta 'lim berish hamda makalarini shakllantirish borasida ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.

O'zbekistonda joriy qilingan uzlusiz ta'lim tizimi iqtidorli yoshlarning ko'payishiga zamin yaratdi. Ular o'zlarining qiziqish va qobiliyatiga qarab, ta'lim olishmoqda. Yoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o'zini o'zi rivojlantirishlari uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar davlatimiz tomonidan yaratib berilmoqda.

Kalit so'zlar: Tafakkur, sog'lom tafakkur, shaxs, o'quvchi, boshqarish, tashabbuskorlik, faollik.

Аннотация: В настоящее время наша страна добивается положительных результатов в воспитании гармонично развитого поколения, современном образовании молодежи и формировании ее навыков.

Введенная в Узбекистане система непрерывного образования создала основу для роста талантливой молодежи. Они получают образование в соответствии со своими интересами и способностями. Наше государство создает все условия и возможности для нашей молодежи получить образование, получить профессию и развиваться.

Ключевые слова: мышление, здоровое мышление, личность, студент, менеджмент, инициатива, активизм.

Abstract: At present, our country is achieving positive results in educating a harmoniously developed generation, modern education for young people and the formation of their skills.

The system of continuing education introduced in Uzbekistan has created a basis for the growth of talented youth. They are educated according to their interests and abilities. Our state creates all conditions and opportunities for our youth to get an education, acquire a profession and develop themselves.

Keywords: Thinking, healthy thinking, personality, student, management, initiative, activism.

1527

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Kelajak taraqqiyoti bugungi yosh avlodning aqliy tafakkuri, bilim tajribasi va kasbiy tayyorgarligiga bog'liqdir. Yoshlarni hayotda o'z o'rinlarini topishi, o'z salohiyatlarini erkin namoyon eta olishlari va ularni ish bilan ta'minlash doimo davlatimizning diqqat e'tiborida bo'lib kelmoqda.

Mustaqillik, erkinlik, bunyodkorlik asosan ijodiy, amaliy, nazariy tashabbusda namoyon bo'ladi. Tashabbus iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning, insonlarning yangi talabiga mos keladigan moddiy, ma'naviy mahsulotlar yaratishga qaratilgan taklif, g'oya, fikr yoki amaliy jarayondir. Biror sohada tashabbus ko'rsatish uchun har kishi o'zi faoliyat ko'rsatayotgan sohani mukammal bilishi, bu sohani mahsuliy jarayonida nimalar taraqqiyotga, rivojlanishga, mahsulot sifati, turi, narxiga to'siq bo'layotganini aniq bilishi bu kamchiliklarni tugatishga qaratilgan aniq texnologiya g'oya, amaliy takliflarga ega bo'lishi lozim.

Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Maqolada yoshlarning kasbiy ko'nikmalarini shakllantirishda amaliyotlarni o'rni obektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda X. Rashidov va N.Xo'jayev asarlari asos sifatida olingan.

Tashabbuskorlik sifati insonlarning ichki faollik omillari: birinchidan, har bir kishining o'z qiziqishi, o'quv qobiliyatiga mos hayot yo'lini topish orqali o'z qadrini ro'yobga chiqarish bo'lsa, ikkinchidan shaxsiy manfaatdorlik, shaxsiy mulkning faqat moddiy emas, balki ma'naviy qadriyatlarni ishga tushirish orqali o'zini va davlat, jamiyat va olamni takomillashtirishga hissa qo'shishdan iborat.

Bunda albatta yoshlarning o'ziga xos xususiyatlarini, qobiliyati, qiziqishlarini hisobga olish lozim. Bu ularda kasbga bo'lgan motivatsiyani kuchaytirish imkonini beradi. Yoshlarda kasbiy bilim olishga motivatsiyani shakllantirish uning kelgusidagi kasbiy faoliyati haqidagi tasavvurlari bilan uzviy bog'liq bo'ladi.

Bo'lajak mutaxassislarni kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishi - bu uning mutaxassis sifatida ongli ravishda o'zini-o'zi maqsadga yo'naltirilgan holda kasbiy rivojlantirish jarayonidir. Bu jarayon kasbiy faoliyat samaradorligini ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalarni, shaxsiy va kasbiy sifatlarini mustaqil takomillashtirishni o'z ichiga qamrab oladi va quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir:

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1528

Scientific Journal Impact Factor

- shaxsiy sifatlarni kamol toptirish;

- intelektual rivojlanish;

- kasbiy rivojlanish;

- jismoniy komillik.

Yoshlarimiz o'zini-o'zi kasbiy rivojlantirishi uchun qator zarur sifatlarga ega bo'lishi kerak. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

- kasbiy masalalarni yechishga ichki motivatsiyani shakllantirish;

- kasbiy masalalarni yechish jarayonida yuqori natijalarga erishishga intilish;

- kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishning mazmunini tushunish va metodik asoslarini bilish.

O'quvchilarining kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish usullaridan biri bu ishlab chiqarish amaliyotlari hisoblanadi. Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy maqsadi kichik mutaxassislarni kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish va malakalarini oshirishdan iborat bo'ladi.

O'quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo'lajak mutaxassilarga kasbiy soha bo'yicha aniq ko'nikma va malakalarni o'rgatishdan tashqari ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ham tayyorlash, ya'ni ularni jamoaning dastlabki bug'inlariga rahbarlik qilish ko'nikmalarini ta'minlash uchun amaliyot jarayonida ularni nimaga, qanday vositalar yordamida, qanday qilib o'rgatish masalasani hal etish lozim bo'ladi.

Ishlab chiqarish amaliyotlari ta'limning ajralmas qismi hisoblanadi va an'anaga ko'ra, o'quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan o'quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida quyidagi maqsadlarga erishishni nazarda tutiladi;

- olingan nazariy bilimlarni amaliy qo'llash va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish;

- ishlab chiqarish xodimlari bilan aloqalar o'rnatish va ularni rivojlantirish, ish yuzasidan muloqot qilish, guruh yoki jamoada hamkorlikda ishlash, axborot almashish tajribasini egallash.

Ishlab chiqarish amaliyoti ta'limning uzviy tarkibiy qismidir. Kasbiy bilimlarni egallash o'quv faoliyatining shunday yo'nalishini nazarda tutadiki, bunda uning butun mazmuni, bevotida yoki bilvosita tanlangan mutaxasisslik bo'yicha ta'lim oluvchilarning mehnat faoliyatiga tayyorlashga qaratiladi.

Ishlab chiqarish amaliyotining o'rgatuvchi imkoniyatlarini aniqlash uchun har bir amaliyotining maqsadlari va vazifalarini, amaliyotchilar faoliyati sohasini, bunda

1529

Scientific Journal Impact Factor

olinadigan amaliy bilimlar va ko'nikmalarini, yechilayotgan masalalar doirasini va turlarini yechish usullarini, har amaliyotda masalalarning izlanuvchanlik yo'nalishini ko'rib chiqish juda muhimdir.

Amaliyotchining kasbiy faoliyati maydonini yanada to'la tavsiflaydigan bilim va ko'nikmalar hajmini shakllantirish zarur deb tasavvur qilinadi. Amalda birlamchi kasbiy malakalarni hosil qilish uchun bunday maydon ish o'rni bo'ladi. Binobarin, amaliyotning asosiy vazifasi amaliyotchida ish o'rni, unda ishni tashkil etish, mazkur ish o'rnining boshqalari bilan o'zaro aloqasi, uning ishlab chiqarishning umumiy tuzilmadagi o'rni to'g'risida to'liq tasavvur yaratish bo'lishi kerak. Bu masalalar amaliy malakalarni o'zlashtirishdan ko'ra ancha keng ekanligi ko'rinadi. Kasbga tayyorlashning juda muhim jihatlaridan biri amaliyotchining ish o'rni uchun xos bo'lgan barcha faoliyat turlariga kiritilganligi va albatta ulardan xabardorligi amaliyotchining asosiy vazifalari va rollarini o'zlashtirganligi hisoblanadi.

Amaliyot davrida kuyidagi xulosalar chikariladi.

- dastlabki kasbiy malakalarni hosil qilish uchun amaliyot o'quvchilarni o'qitishda, ularga amaliy malakalarni singdirishda va korxona, tashkilot to'g'risida yaxlit tasavvur hosil qilishda kata imkoniyatlarga ega;

- odatda amaliyotchilik faoliyati yechiladigan masalalarning tor doirasi bilan cheklangan, ya'ni amaliyotni mazkur ish o'rniga xos bo'lgan faoliyatning barcha turlariga to'liq daraj ada kirishmay di ;

- amaliyotlar dasturida yechimning yechilishi amaliyotchining izlanish faoliyatini va uning olingan nazariy bilimlardan foydalanishni amalga oshiradigan real ishlab chiqarish vaziyatlarini hisobga olib, ularning ijodiy masalalarini bajarishlari nazarda tutilmagan;

- olinayotgan ma'lumotlar hajmi ularni umumlashtirishga va tahlil qilishga , ish o'rnini tashkil etishda ma'lum bir qonuniyatlarni aniqlashga imkon bermaydi.

Barcha aytilganlar amaliyotni o'tkazish mazmunini va metodikasida tub o'zgarishlar zarurligini dalillar bilan yana bir bor isbotlaydi. Bu ayniqsa zamonaviy ishlab chiqarishda dolzarbdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo'yicha mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, o'z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to'g'ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash oliy ta'lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

1530

Scientific Journal Impact Factor

Ma'lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma'lumotlarni faqat dars mashg'ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin bo'ladi.

Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari amaliyotlarda ishtirok etish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda kelajakda mustaqil ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi. Shuning uchun talabalarning amaliyotlarini to'g'ri tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg'ulotlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ko'proq o'qishga o'rgatish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish zarur ahamiyatga ega hisoblanadi.

1. Rashidov X va boshqalar "Kasbiy pedagogika" blokini o'qitish metodikasi (o'quv qo'llanma) Toshkent 2007-yil.

2. N.Xo'jaev va boshqalar. Kasbiy ta'lim metodikasi.O'quv qo'llanma.Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. Toshkent, 2007.

3.Abduquddusov O. A, Rashidov x. f. "Kasb-hunar pedagogikasi" Toshkent-2009-yil.

4. Mirzoulug'Mirsaidovich, M., & Buriniyozovna, E. S. (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OShIRIShDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISh MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(3), 100-404.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1531

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.