Научная статья на тему 'AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA "TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI" FANI MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI'

AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA "TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI" FANI MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
89
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
akmeologik yondashuv / tarbiyaviy ishlar metodikasi / ma’naviy – ma’rifiy tarbiya / interfaol metod / ta’lim texnologiyasi / metodika / ta’lim / bilim / talaba / trening / kontakt / suhbat. / акмеологический подход / методика воспитательной работы / духовно – просветительское воспитание / интерактивный метод / образовательная технология / методика / обучение / познание / ученик / обучение / контакт / беседа.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.S. Hakimova

insonning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitiladigan fanlar, ommaviy axborot vositalari, targ‘ibot-tashviqot ishlari ham ahamiyatlidir. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak e’tiqod ruhida tarbiyalashning muhim omili sifatida tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa, psixologiya, umumiy pedagogika, fiziologiya, tarix, til va adabiyot kabi fanlar bilan bog‘lab o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF IMPROVING THE CONTENT OF THE DISCIPLINE "METHODS OF EDUCATIONAL WORK" BASED ON THE ACMEOLOGICAL APPROACH

в духовно-нравственном воспитании человека важное значение имеют также дисциплины, средства массовой информации, пропагандистская работа, проводимая в учебно-воспитательном процессе. Педагогика как важный фактор воспитания будущих педагогов в духе национальных и общечеловеческих ценностей, гуманизма, патриотизма, трудолюбия, высокой веры изучается в высших учебных заведениях, связывая науку о методике воспитательной работы с такими дисциплинами, как философия, психология, общая педагогика, физиология, история, язык и литература.

Текст научной работы на тему «AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA "TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI" FANI MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© N.S. Hakimova1^_

1Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: insonning ma'naviy-axloqiy tarbiyasida ta'lim-tarbiya jarayonida o'qitiladigan fanlar, ommaviy axborot vositalari, targ'ibot-tashviqot ishlari ham ahamiyatlidir. Pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak o'qituvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak e'tiqod ruhida tarbiyalashning muhim omili sifatida tarbiyaviy ishlar metodikasi fani falsafa, psixologiya, umumiy pedagogika, fiziologiya, tarix, til va adabiyot kabi fanlar bilan bog'lab o'rganiladi.

MAQSAD: pedagogika oliy ta'lim muassasalarida akmeologik yondashuv asosida "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fanini o'qitishning pedagogik - psixologik imkoniyatlaridan foydalanib metodik tavsiyalar berib o'tiladi.

MATERiALLAR VA METODLAR: ta'limda akmeologik yondashuv mazmuni, ilmiy nazariy ma'lumotlarga asoslangan umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o'zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ta'limda akmeologik yondashuvlardan ma'ruza mashg'ulotlarida, mavzuni mustahkamlashda, o'tilgan mavzuni so'rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg'ulot natijalarini tahlil qilishda foydalanish tavsiya etiladi.

MUHOKAMA VA NATiJALAR: pedagogika oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fanini o'rganish jarayonida akmeologik yondashuvga asoslangan, ta'lim texnologiyalaridan maqsadli foydalanishga yonaltirilgan ilmiy metodik tavsiyalar tizimini ishlab chiqilgan va mavjudlarini takomillashtirilgan. Fanni o'qitishda har bir mavzuning mazmun mohiyatidan kelib chiqib, mavzuga mos metodlar tanlangan hamda ushbu metodlarni qo'llashda talabalarda rivojlantiriladigan ma'naviy-axloqiy sifatlarga alohida e'tibor qaratish' zarur.

XULOSA: ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga tayyor shaxsni tarbiyalash bugungi sifat o'zgarishlari ro'y berayotgan davr uchun dolzarbligi yanada oshib bormoqda.

Kalit so'zlar: akmeologik yondashuv, tarbiyaviy ishlar metodikasi, ma'naviy -ma'rifiy tarbiya, interfaol metod, ta'lim texnologiyasi, metodika, ta'lim, bilim, talaba, trening, kontakt, suhbat.

Iqtibos uchun: Hakimova N.S. Akmeologik yondashuv asosida "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fani mazmunini takomillashtirishning pedagogik - psixologik imkoniyatlari. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). B.124-132.

ПЕДАГОГИКО - ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СОДЕРЖАНИЯ ДИСЦИПЛИНЫ "МЕТОДИКА ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ" НА ОСНОВЕ АКМЕОЛОГИЧЕСКОГО ПОДХОДА_

© Н.С. Хакимова1^

1 Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в духовно-нравственном воспитании человека важное значение имеют также дисциплины, средства массовой информации, пропагандистская работа, проводимая в учебно-воспитательном процессе. Педагогика как важный фактор воспитания будущих педагогов в духе национальных и общечеловеческих ценностей, гуманизма, патриотизма, трудолюбия, высокой веры изучается в высших учебных заведениях, связывая науку о методике воспитательной работы с такими дисциплинами, как философия, психология, общая педагогика, физиология, история, язык и литература.

ЦЕЛЬ: на основе акмеологического подхода в высших учебных заведениях педагогики даются методические рекомендации с использованием педагогико -психологических возможностей преподавания предмета "методика воспитательной работы".

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: содержание акмеологического подхода в образовании служит для формирования умений делать частные выводы из общих соображений на основе научных теоретических данных, усваивать информацию путем сравнения, сопоставления, обобщения, а также самостоятельного творческого мышления. В образовании акмеологические подходы целесообразно использовать на лекционных занятиях, закрепляя тему, спрашивая о пройденной теме, давая домашнее задание, а также анализируя результаты практического занятия.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в процессе изучения предмета "методика воспитательной работы", преподаваемого в педагогических высших учебных заведениях, на основе акмеологического подхода разработана система научно-методических рекомендаций, направленных на целенаправленное использование образовательных технологий, и усовершенствованы существующие. При преподавании естествознания, исходя из содержания каждого предмета, выбираются подходящие для предмета методы, а также особое внимание уделяется духовно-нравственным качествам, которые развиваются у учащихся при применении этих методов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: воспитание личности, готовой служить развитию социального общества, становится все более актуальным для сегодняшнего времени, когда происходят качественные изменения.

Ключевые слова: акмеологический подход, методика воспитательной работы, духовно - просветительское воспитание, интерактивный метод, образовательная технология, методика, обучение, познание, ученик, обучение, контакт, беседа.

Для цитирования: Хакимова Н.С. Педагогико - психологические возможности совершенствования содержания дисциплины "Методика воспитательной работы" на основе акмеологического подхода. // Inter education & global study. 2024. №3(2). С.124-132.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF IMPROVING THE CONTENT OF THE DISCIPLINE "METHODS OF EDUCATIONAL WORK" BASED ON THE ACMEOLOGICAL APPROACH_

© Nargiza S. Khakimova1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: disciplines, mass media, and propaganda work carried out in the educational process are also important in the spiritual and moral education of a person. Pedagogy as an important factor in educating future teachers in the spirit of national and universal values, humanism, patriotism, hard work, and high faith is studied in higher educational institutions, linking the science of educational methods with disciplines such as philosophy, psychology, general pedagogy, physiology, history, language and literature.

AIM: based on the acmeological approach, methodological recommendations are given in higher educational institutions of pedagogy using the pedagogical and psychological possibilities of teaching the subject "methods of educational work".

MATERIALS AND METHODS: the content of the acmeological approach in education serves to form the skills to draw particular conclusions from general considerations based on scientific theoretical data, to assimilate information through comparison, comparison, generalization, as well as independent creative thinking. In education, it is advisable to use acmeological approaches in lecture classes, fixing the topic, asking about the topic covered, giving homework, as well as analyzing the results of a practical lesson.

DISCUSSION AND RESULTS: in the process of studying the subject "methods of educational work" taught in pedagogical higher educational institutions, a system of scientific and methodological recommendations aimed at the purposeful use of educational technologies has been developed on the basis of an acmeological approach, and existing ones have been improved. When teaching natural science, based on the content of each

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

subject, methods suitable for the subject are selected, and special attention is paid to the spiritual and moral qualities that students develop when using these methods.

CONCLUSION: the upbringing of a personality ready to serve the development of a social society is becoming more and more relevant for today's time, when qualitative changes are taking place.

Key words: acmeological approach, methods of educational work, spiritual and educational education, interactive method, educational technology, methodology, teaching, cognition, student, learning, contact, conversation.

Shaxs tarbiyasi o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, uning sub'ektiv xislatlari integratsiyasining yuksak shakli ijodiyot hisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlari tarkib topishi fanda o'z isbotini topgan. Ta'lim sifattini oshirish jarayonida o'qituvchining akmeologik yondashuvi insondagi sub'ektiv xususiyat va xislatlari rivojining asosiy shakllari uning ruhiy tayyorligi, ma'naviy dunyoqarashi, qadriyatlarga munosabati, kasbiy salohiyatga egalik darajasi bilan belgilanadi[1].

Aynan, shaxsning zamon talablariga moslashuvi, uning ma'naviy-madaniy saviyasi, dunyodagi ijtimoiy jarayonlarning unga ta'siri bilan bog'liq masalalar yechimini topishga doir ko'plab ilmiy nnovatsion tadqiqotlar olib borilmoqda. [3] Shaxs umummadaniy parametrlarini belgilash, shaxsning yangi bilim va g'oyalardan xabardorligi darajasini aniqlashga, insonni progressiv bilimlar va insonparvar g'oyalarni o'zlashtirishga undash yo'llarini topishda o'qituvchining ta'lim jarayonini tashkil etishdagi akmeologik yondashuvlari uning bilim, g'oya va qadriyatlar bilan bog'liq xususiyatlar, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy omillarni hamda madaniy saviyani yuksaltirishni ta'minlovchi ichki va tashqi ta'sirlarga bog'liqligini aniqlovchi pedagogik va psixologik imkoniyatlarni aniqlash zarurati ortib bormoqda.

Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar amalga oshirilayotgan bugungi kunda yurtimizdagi ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligi, yoshlar ongi va ruhiyatida milliy ma'naviy qadriyatlarga asoslangan fazilatlarni tarkib toptirishga qaratilgan islohotlarning mazmunini anglashda tarbiyaviy ishlar metodiksi fanini o'qitish bo'yicha takomillashtirilgan metodikalarni yaratish va oliy ta'lim jarayonlarida samarali qo'llashga oid tajribalar olib borilmoqda.[3] O'zbekiston sharoitida shaxs madaniy saviyasining shakllanish qonuniyatlari, ta'lim va tarbiyaga oid jihatlarini aniqlash hamda unga real voqelikning ta'siri, shaxs madaniy saviyasining axloqiy asoslari, madaniy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirishga oid konseptual yondashuvlarni ishlab chiqishning pedagogik -psixologik imkoniyatlari щziga xos muhim ahamiyatga ega.

Oliy ta'lim jarayonida o'qitiladigan Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o'tishda o'qituvchining pedagogik mahorati hamda kasbiy kompetentligidagi akmeologik darajasiini baholovchi mezon - ko'rsatgichlar: uning ongi, intellektual faolligi, kasbiy ma'lumotlarni

For citation: Nargiza S. Khakimova. (2024) 'Pedagogical and psychological possibilities of improving the content of the discipline "methods of educational work" based on the acmeological approach', Inter education & global study, (3(2)), pp. 124-132. (In Uzbek).

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

oshirishga ishtiyoq, yangi g'oyalar yaratishga moyillik, kirishimlilik, yangiliklarga shaylik, mustaqil ta'lim olishga ishtiyoq, milliy g'urur; uning xulq-atvori va faoliyati, maishiy madaniyati, kiyinish madaniyati, ovqatlanish madaniyati, intizomga rioya qilish ko'nikmalari, moddiy va ma'naviy boyliklardan foydalanish malakasi, vatanparvarligi, ijtimoiy faolligi bilan belgilanadi.

Oliy ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishlar metodikasi o'quv fanini o'rganishda bir nechta muhim omillarni e'tiborga olish talab qilinadi. Jumladan, -Insonning oliy qadriyat ekanligi; - Milliy tarbiya tizimiga to'g'ri va ijodiy yondashuv; -tarbiyaning doimiy va uzluksizligi,

-Tarbiyada milliylik va xalqarolashuv integratsiyasining ta'minlanishi; -Shaxs ijtimoiylashuviga e'tiborning qaratilishi; -tarbiya uchun jamiyat a'zolarining birdek mas'ulligi, -tarbiyaning shaxsiy ibrat va namuna bo'la olishga asoslanishi, -oilaviy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaning ustuvorligi. Bo'lg'usi tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashdan asosiy maqsad - har tomonlama barkamol, yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash, ta'lim muassasalarining asosiy vazifasi esa, talabalarning aqliy, ma'naviy, emotsional, mehnat va jismoniy rivojlanishiga ko'maklashish, umuminsoniy qadriyatlarga oshno bo'lishi uchun zamin hozirlash, o'z-o'zini rivojlantirish, ichki imkoniyatlari va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishi, muvaffaqiyatlarga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yarat talabalarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari va tarbiyaviy tadbirlarni sifat samaradorligini oshirishda yangicha ishlash va tarbiya texnologiyalaridan foydalanish haqida bilim berishda quyidagilarni vazifalarni inobatga olish lozim: talabalar jamoasining tarbiyaviy darajasini o'rganib unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish mahoratiga ega bo'lish haqida ilmiy-nazariy bilimlar berish; tarbiyaviy tadbirlar uchun zarur metodlarni tanlab, ko'zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarni ko'ra bilishga o'rgatish; ilg'or pedagogik tajribalarni kuzatib, tahlil etib undan ijodiy foydalanish; tarbiyaviy tadbirlarni talabalar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta'siretganini kuzatib, tahlil etib uni yanada takomillashtirish yo'llarini o'rgatish; tarbiyaviy ishlarni samaradorligini oshirishda o'z bilimlarini tadrijiy ravishda rivojlantirib borishga o'rgatishdan iborat.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, ijtimoiy pedagogika, falsafa, pedagogika tarixi, anatomiya, fiziologiya kabi fanlar bilan aloqadorlikda o'qitiladi.

Tarbiyaviy tadbirga yaxlit yondoshuv omillari: shaxsiy munosabat, tarbiyaviy jarayonning ta'lim jarayoni bilan bog'liqligi, maqsadning aniqligi va ta'sirchanligi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabatlari, tarbiyalanuvchilarning faolligi va ijodiy mustaqilligi.

O'z faoliyatini boshlayotgan o'qituvchi va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali o'qituvchi ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak: har

qanday pedagogik vaziyatlarda talabaning ichki va tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi; pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash; tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik; tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati; xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati; ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish; tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati; fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan talaba ongiga aniq yetkaza olish; dars va darsdan tashqari faoliyatda talabalar bilan kommunikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati; talabalar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tarbiyalash; qiyin holatlarda talabalarga yordam bera olish; tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda talabalar jamoasi bilan doimo maslahatlashish; o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan talabalarning fikrlarini o'rganish; o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish; har bir talabaning yashirin ijobiy fazilatlarni ko'ra olish va takomillashtirish; talabalarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish.

Tarbiyaviy metodlarni qo'llashning o'z texnikasi mavjud bo'lib, u o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq. A.S.Makarenko aytganidek, "talabalar o'qituvchining tarbiyachi sifatidagi ta'sirini, uning tashqi ko'rinishidan, boy ma'naviyatidan, notiqlik san'atidan, so'z intonatsiyasini mukammal o'z o'rnida qo'llay olishidan, yuz ifodasidan o'zlariga qabul qiladilar". Bunda quyidagi omillar yetakchi vosita sifatida ko'zga tashlanadi:

Pedagogik texnika - o'qituvchiga o'quv faoliyatida ham, o'qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo'lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlar: nutq madaniyati, mimik pantomima, o'qituvchining hissiy xolati.

Nutq madaniyati- savodli gapirish, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta'sirchan qilib bayon etish, o'z fikr va his-tuyg'ularini so'zda aniq ifodalash.

Mimik pantomima - aniq imo-ishora, ma'noli qarash, rag'batlantiruvchi yoki iliq tabassum.

O'qituvchining hissiy xolati - jiddiylik darajasi, umummbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash, o'zi hissiy dam olishini tashkil etish.

Pedagogning asosiy qudrati - so'zdan tashqari uning munosabatida nutqsiz vositalari mavjud.

1.his-hayajonni ifodalaydi - gavdani tutishi, ishora, mimika, qadam tashlash, ko'zma-ko'z, aloqa.

2. Prosadika va ekstrolingvistika - nutq ohangi, ovoz balandligi, tembr, pauza, uf tortish, kulish, yo'talish.

3. Takesika - qo'l berib ko'rishish, urib-urib qo'ymoq, silab qo'ymoq, dahldorlik.

4. Proksemika - to'g'ri yo'l topish, masofa tutish.

O'quv faoliyati-bu jamoada talaba shaxsini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tarbiyaviy o'zaro munosabatlarni tashkil etish faoliyati

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

sifatida qarashimiz mumkin. Strukturaviy ravishda ta'lim faoliyatini tarkibiy qismlar to'plami sifatida quyidagilarni ifodalanishi mumkin: maqsadlarni belgilash faoliyati, prognostik, diagnostik, konstruktiv (dizayn), tashkiliy, kommunikativ, analitik, tuzatish.

Zamonaviy sharoitda ta'lim faoliyati konseptual yondashuvlarga asoslanadi: shaxsga yo'naltirilgan, kulturologik, aksiologik. Bunda ta'limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish tamoyillari yetakchi rol o'ynaydi. Zamonaviy umumiy o'rta ta'lim maktabning gumanistik ta'lim tizimining asosiy g'oyasi-bu shaxs va uning qobiliyatlarini rivojlantirish, o'zini rivojlantirish va anglash uchun sharoit yaratishga, o'qituvchining psixologik va pedagogik yordamiga e'tibor qaratishdan iboratdir. Gumanistik ta'lim tizimining muhim elementi bu yosh avlodni muayyan sharoitlarda psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlashdan iborat: tarbiyalanuvchi o'zi faoliyat sub'ekti sifatida harakat qilishi; ijtimoiy muloqot, o'z salohiyatini namoyon qilish; tarbiyalanuvchining faoliyati ijtimoiy va qadriyat munosabatlariga yo'naltirilgan bo'lishi kerak; uyushgan faoliyat va aniq natijalar alohida ahamiyatga ega.

Zamonaviy ta'lim tizimi-bu o'zaro ta'sir qiluvchi akmeologik, pedgogik faoliyatning tarkibiy qismlarning ajralmas va tartibli to'plami bo'lgan va shaxs va jamoaning rivojlanishiga hissa qo'shadigan sinf jamoasi a'zolarining hayoti va tarbiyasini tashkil etish usulidir. Ta'lim formalizm, funksional yondashuv, og'zaki usullarning ustunligi kabi kamchiliklarini bartaraf etish lozim.

Jumladan ta'lim va tarbiyaning yetakchi vazifalari quyidagicha belgilash maqsadga muvofiqdir: qiziqishni, umumiy akademik ko'nikmalarni, maktabga va o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirish; muloqot qobiliyatlarini tarbiyalash, tengdoshlar bilan hamkorlik qilish, do'stlik va o'zaro yordam; ijtimoiy normalar bilan tanishish, xulq-atvor madaniyatining asosiy ko'nikmalarini shakllantirish; talabalarning individual qobiliyatlarini aniqlash va ularning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish. Boshlang'ich maktablarda tarbiyaviy ishlarning asosiy vazifasi inson hayotining barcha sohalarida ijtimoiy xulq-atvor normalarini joriy etish, ijtimoiy madaniy me'yorlarni o'z xulq-atvori bilan o'zaro bog'lash qobiliyatini rivojlantirishdir. Tarbiyaviy ishning mazmuni guruh faoliyatining har xil turlarida munosabatlarni shakllantirish: kognitiv, ijtimoiy yo'naltirilgan, mehnat, badiiy va estetik, jismoniy madaniyat va sog'lomlashtirish, aksiologik va madaniy yondashuvlar asosida yosh talabaning shaxsini shakllantirish.

Tarbiyaviy ishlar jarayonida o'qituvchining pedagogik pozitsiyasi muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining pedagogik pozitsiyasi-bu pedagogik fikrlash, o'quv jarayonining mohiyatini anglash mahsulidir. Ijobiy pedagogik pozitsiya hamkorlik qilishga tayyorlik, kechirimlilik, har bir talabaning o'ziga xos individualligini ijobiy idrok etish, kashfiyotlani rag'batlanti rish, qulay axloqiy muhit yaratish istagini anglatadi.

Pedagogik pozitsiya, N.E. Shchurkova fikriga ko'ra, quyidagi xususiyatlarga ega: masofaviy ("yaqin", "uzoq"), darajali ("yuqorida", "ostida","yonida"), kinestetik ("oldida"," orqasida", "birga"), empatik ("ichida","tashqarida"), mazmunli ("predmetli","munosabatli"). Talabalar faoliyatini pedagogik boshqarish uslublari: avtoritar, demokratik, liberal.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Demokratik uslub har bir talabaning shaxsini qabul qilish, tanlash erkinligi, fikr erkinligi va talabalarning o'zini o'zi boshqarish tizimini rivojlantirish uchun sharoit yaratish bilan tavsiflanadi.

O'zaro tarbiyaviy ta'sir turlari: vasiylik, muloqot, hamkorlik, konfrontatsiya, befarqlik, kelishuv, do'stona munosabat, tanbeh berish. O'qituvchi talabaning individual shaxsiy rivojlanishini nazorat qiladi, uning dunyo bilan o'zaro munosabatlarida yordam beradi. V. A. Slastenin fikricha o'qituvchi funksiyasiga quyidagilarni kiritadi: shakllantiruvchi, kommunikativ, loyihalash, tashkiliy va faoliyatga yo'naltirilgan, rag'batlantiruvchi, baholash, himoya, tuzatuvchi, uslubiy.

Sinf o'qituvchisining vazifalari: sinf talabalari faoliyatini madaniy tartibga solish; talabalar va ularning oilalarini har tomonlama o'rganish; xulq-atvor qoidalarini aniqlashtirish va amalga oshirish; talabalarning taraqqiyotini kunlik monitoring qilish; sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish; talabalar jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; ota-onalar bilan ishlash.

Sinf bilan ishlashda sinf o'qituvchisining quyidagi yetakchi faoliyatlarini qo'rsatish mkmkin: talabaning o'quv jarayoniga faoliyatini oshirish "nazorat" (davomat, xulq-atvor, burch, ovqatlanishni kuzatish; ota-onalar bilan munosabatlarni aniqlashtirish, o'quv jarayoniga e'tibor bermaydigan talabalar bilan individual ishlash); Kognitiv qiziqish va o'rganish istagini rivojlantirish uchun sharoit yaratadigan "kasbga yo'naltirish" (talabalar va ota-onalardan maktabning o'ziga xos xususiyatlari va uning talabalarga qo'yiladigan talablari, kognitiv xarakterdagi o'quv faoliyati, talabalarga o'z-o'zini nazoart qilish va tarbiyalashda yordam berish, o'quv jarayonini ta'minlash, sinfda ishlaydigan barcha o'qituvchilarning sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish); Talabalarning axloqiy me'yorlar va qoidalarga rioya qilishi, axloq va odob-axloq qoidalarini o'rgatish, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzulardagi suhbatlar, baholash, talabalar bilan individual ishlash o'quv jarayoni muassasasidagi xulq-atvor normalari; madaniy qadriyatlarni o'zlashtirishga yordam beradigan "ma'rifat tashuvchi", uning asosida o'quv jarayoni tashkil etiladi (ekskursiyalar, teatrga jamoaviy sayohatlar, muzeylar, ko'rgazmalar, kechalar va madaniyat haqida suhbatlar, sinf va maktabdagi madaniy tadbirlar); "ijtimoiy o'qituvchi talabalarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilish (maktabda va uyda normal muloqot sharoitlarini yaratish, talabaning axloqini himoya qilish, ijtimoiy hayot ko'nikmalarini shakllantirish); faoliyat turlariga yordam beradigan "do'st" talabalarga g'amxo'rlik qiladi (sinf jamoasini shakllantirish, jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etish); har bir ta'lim tizimida atrof - muhit mavjud-o'z yashash maydoni, unda sinf jamoasi a'zolarining birgalikdagi faoliyati va muloqoti amalga oshirilgan, shaxslararo va ishbilarmonlik munosabatlari rivojlanadi, individual va guruhiy qiymat yo'nalishlari. Unda sinf hayotining asosiy voqealari sodir bo'ladi, talabaning shaxsiyatining shakllanishiga va talabalar jamoasining shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan vaziyatlar maxsus yaratilgan yoki o'z-o'zidan paydo bo'ladi.

Demak, o'qituvchining sinfda qulay faoliyat maydoni sifatidada hissiy va ma'naviy-axloqiy muhitni vujudga keltirishi juda muhimdir.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Shuningdek, yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda talaba va talabalarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan sodda, ravon tilda bayon qilingan huquqiy axborotlarni o'z ichiga olgan buklet, qonunlarga sharx, ma'lumotnoma va tarqatma materiallar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bu boradagi hamkorlikni metodik ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sog'lom avlodni shakillantirishda yuqoridagi yo'nalishlarda olib boriladigan ta'lim -tarbiyaviy ishlarning zamonaviy shakillaridan ko'rik tanlov, seminar- trening, savol javob kechasi, o'quv seminari, bahs- munozara, uchrashuv, reyd, davra suhbati, muloqot, ilmiy-amaliy konferensiya, sport musobaqalari, kitoblar aksiyasi, taqdimot, she'rxonlik kechasi, do'stlik vestevali va boshqalardan foydalanish ularning ijtimoiy faolligini oshirishda, sog'lom oilaga tayyorlashda, sog'lom turmush madaniyatini shakillantirishda samaralar garovidir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Oliy ta'lim jarayonida tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o'qitish mazmunini pedagogning akmeologik yondashuvlarga asoslanib takomillashtirishi natijasida "Tarbiyachi - ustoz, boshqalarning aql idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi" ga erishiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. E.G'. G'oziyev "Umumiy psixologiya" O'zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashirieti. T. 2010

2. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. 592 b. (27-28-bet)

3. Abduqodirov A. "Case-study" uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba. Monografiya. - T.: "INNOVATSIYA-ZIYO", 2019. - 130 b.

4. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.X., No

5. Soxibova L.J. O'zbekistondagi ijtimoiy jarayonlarning shaxs madaniy saviyasiga ta'siri/ avtoreferat 2022y.

6. Mavlonova R.A., Rahmonqulova N.X., Normurodova B.A., Matnazarova K.O. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. - T.: 2014. - 360 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [AUTHORS INFO] [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ]

Hakimova Nargiza Supxonovna, o'qituvchi [Khakimova Nargiza Supkhanovna, teacher], [Хакимова Наргиза Супхановна, преподаватель]; manzil: O'zbekiston, 117036, Buxoro, Buxoro tumani, Sheyxoncha MFY 17 uy [address: Uzbekistan, 117036, Bukhara, Bukhara district, Sheyxoncha 17], [адрес: Узбекистан, 117036, Бухара, Буарский район, Шейхонча МФУ 17 дом]; ORCID: https//orcid.org/ 0000-0002-45457261 nargizahakimova19810517@com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.