Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA TALABALAR JAMOASINI TASHKILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA TALABALAR JAMOASINI TASHKILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
159
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta’lim muassasalari / tarbiyaviy ishlar / Amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim / o‘qitish metodikasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dadaqo‘Ziev Muzaffar Raxnomoyevich

maqolada ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil etish asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish – o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘zgartirishga, ularda g‘urur, or-nomus, mehr va muhabbat kabi qator tuyg‘ularni, ya’ni milliy mentalitetimizga mos va xos tuyg‘u va xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qilishi kabi masalalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA TALABALAR JAMOASINI TASHKILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA TALABALAR JAMOASINI TASHKILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Dadaqo'ziev Muzaffar Raxnomoyevich

NamDU tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10113018

Annotatsiya: maqolada ta'lim muassasalarida tashkiletiladigan tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil etish asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini to'g'ri tashkil etish va boshqarish - o'quvchilarning dunyoqarashini o'zgartirishga, ularda g'urur, or-nomus, mehr va muhabbat kabi qator tuyg'ularni, ya'ni milliy mentalitetimizga mos va xos tuyg'u va xususiyatlarni shakllantirishga xizmat qilishi kabi masalalar ochib berilgan.

Kalitso'zlar: oliy ta'lim muassasalari, tarbiyaviy ishlar, Amaliyotgayo'naltirilgan ta'lim, o'qitish metodikasi.

Oliy ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda talabalar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo'li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo'yish va istiqbolni belgilashdir.

Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi:

1) Talaba shaxsiga qo'yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a'zosini hurmat qilish bilan qo'shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo'lib, har bir guruh raxbari yoddan chiqarmasligi shart. Guruhning ya'ni jamoaning eng yaxshi o'quvchilariga ko'proq talablar qo'yiladi,bu bilan ularga alohida ishonch va xurmat bildiriladi.

2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan guruhning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo'yadi. Har yili o'quvchilarga ma'lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o'quv yili davomida qanday talablar qo'yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O'quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo'yilgan narsani talab qilish kerak. 3) Talablar aniq bo'lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. Talabalar o'zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim.

Talabalarni talablar mazmuni bilan tanishtirib, ularning ahamiyatini muntazam suratda nazorat qilib borishdan iborat. Talabalar jamoasini tarbiyalashda istiqbollar qo'yishning ahamiyati juda katta. Agar jamoa oldida qiziqarli, aniq maqsad bo'lmasa, uni tashkil etish va jipslashtirish usulini topib bo'lmayda. Istiqbollarni belgilashning ikki asosiy usuli bor:

1. Asosiy pedagogik talabni o'qituvchining o'zi talabalar oldiga qo'yadi. Bunda u ana shu vazifalarni xal etish yo'llarini ko'rsatadi va jamoa a'zolarini qiziqtirishga intiladi;

2. Jamoa a'zolari qiziqarli tadbirlarni ilgari suradilar, guruh rahbari bu tashabbusni qo'llab-quvvatlaydi, hamda amalga oshirish usullarini topishga yordam beradi. Birinchi usul talabalar jamoasini tarkib toptirishning dastlabki bosqichida qo'yilib- yaqin kunlarga mo'ljallangan istiqbol deyiladi. Ikkinchisi ancha yuqoriroq bosqichda guruh faollari tomonidan qo'yilibo'rta kunlarga mo'ljallangan istiqbollar deyladi. Agar belgilangan istiqbolalrni jamoani barcha a'zolari qo'ysa-bu uzoq muddatli istiqbollar deyilib, jamoani shakllanganligini bildiradi. Talabalar jamoasi o'sib va mustahkamlanib borishi bilan jamoa oldiga o'rtacha va uzoq istiqbollar qo'yiladi. Masalan: otaliqqa olingan bog'cha uchun o'yinchoqlar yasash, hosil bayramini o'tkazish, jonajon o'lka bo'ylab yozgi sayohatni uyushtirish va boshqalar.

Jamoa doim faoliyatda olg'a intilishda bo'lishi uchun uning oldiga yangi, qiziqarli istiqbollar qo'yish talab etiladi. Jamoa hayoti jo'sh urib turmasa, keyin bu aloqalarni qaytadan tiklash juda qiyin bo'ladi. Talabalar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim o'rin tutadi. Jamoani hech bir narsa an'anachalik mustahkamlay olmaydi. An'analarni tarkib toptirish, ularni saqlab qolish- tarbiya ishining muhim vazifasidir. An'analari bo'lmagan maktab yaxshi maktab bo'lishi mumkin emas. Mavjud an'analarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:

A) kundalik turmush an'analari,

B) bayram an'analari.

Kundalik turmush an'analari o'quvchilarning o'quv faoliyatini bir-biriga o'zaro yordamning har xil turlari, mehnat faoliyatini- yosh meva ko'chatlarini parvarish qilish, hayvonlarni boqish, yolg'iz yashovchi keksalarga yordamlashishni va boshqa yumushlarni o'z ichiga oladi. Bayram an'analariga Navro'z, Mustaqillik bayramlari, bitiruvchilar kechasi, «Savodxonlik bayram»lari kiradi. Har kanday holatda ham bayramlar yorqin, qiziqarli, quvnoq, tantanavor o'tishi kerak. Asosiy maqsad talabalar o'tkazilayotgan tadbirning ahloqiy mazmunini tushunsagina, ularga ongli munosabatda bo'lsagina, uning ta'siri kuchli bo'ladi. Jamoani rivojshlanish bosqichlarida, jamoa a'zolarini xilma-xil faoliyati jarayonida har bir OTMda o'ziga xos an'analar yuzaga keladi. Bu yangi an'analar shu OTMda olib boriladigan o'quv-tarbiyaviy ishlar bilan bog'liq bo'ladi, uning hayotini jonlantiradi va bezaydi. Shuning uchun yangi an'ananing kelib chiqishida talabalarning faol ishtirok etishiga katta imkoniyatlar beriladi. O'qituvchilar talabalar jamoasiga u yoki bu ortiqcha an'anani yuklamasliklari, majburan singdirmasliklari kerak. Ularning vazifasi jamoa a'zolariga sezdirmay va ularni tashabbusini buzmay, an'analarni yaratash zarurligini tushuntirish, an'analarni tayyorlash hamda o'tkazishda birgalikda ish olib borish, o'quvchilarni ana shu an'analarni davom ettirishga o'rgatishdan iborat. An'anaga har doim yangi pedagogik talablarni aks ettiruvchi, uning tarbiyaviy ahamiyatini oshiruvchi yangiliklar kiritib borilishi talab etiladi. An'analar yildan - yilga ko'payib borib, asta-sekin OTMning o'ziga xosligini ta'miilaydi. Shunday qilib, o'quv-bilish faoliyati bilan bog'liq istiqbol va an'analar jamoa rivojlanishining barcha darajalarida muhimdir.

Yuqoridagilarga asoslanib yoshlarni jamoa ruhida tarbiyalashning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

- eng ilg'or korxona jamoalarining ish tajribasidan, ahillik, ham jihatlik, jamoa va o'rtoqlarcha o'zaro yordamlashishda ibratli oilalar, ota-onalar hayotidan misollar keltirish;

- kishilarning hayotida jamoa bo'lib, bir-birlari bilan do'stona birodarlarcha munosabatda bo'lib yashashlari, mehnat va ijod qilishlari, hayot va turmushlarining doim go'zal va xushchaqchaq o'tishiga katta yo'l ochib berishni har tomonlama misollar asosida tushuntirish. Aksincha, kishilar o'z hayotida jamoaga va uning qo'ygan talablariga to'g'ri baho bermay hayot kechirsalar, turmush ko'ngilsiz, shirasiz va ma'naviy boyliksiz o'tishini uqtirish. Jamoatchilikning bu xususiyatlari va tamoyillarini falsafiy va pedagogik jihatdan keng va teran sharhlab beradi. Jamiyat va shaxs munosabatlari muhim ahamiyatga ega. Odamning shaxsligi esa, uning o'zga odamlarga, jamiyatga, vatanga, butun imkoniyatga munosabatlari bilan bog'liqdir. Demak, odam biologik tushuncha, shaxsiy ijtimoiy tushuncha. Insonlarning tabiiy ehtiyojlari qoralanib, faqat ijtimoiy mexanizaga aylantirilishi, tabiatni ham siyosiylashtirish, mafkuraviy shavqatsiz tazyiq insonni qadrsizlantirishni ham sho'rolar jamiyati misolida ko'rib turibmiz. Jamoaning umumiy manfaati bilan talabalarning shaxsiy manfaatiga birlashib, uyg'unlashib ketadi. Va shu holda talabalar shaxsiy manfaatga nisbatan jamoaning maqsadi va manfaati muhimroq ekanligiga, bir

kishi hammani (o'z jamoasidagi hamma odamlarni) o'ylashi, hamma (butun jamoa) esa, shu jamoadagi har bir odamni o'ylashi, g'amxo'rlik qilishi zarurligini tushunish talabalarning ongini o'stiradi. Yanada muhimrog'i, jamoa a'zolarining o'zaro hurmatini do'stlikka aylanadi. Endi o'smir do'stlarsiz hayot juda zerikarli, mazmunsiz o'tishini anglaydi. Shunday ekan, har bir guruh rahbari o'z talabalariga jamoani qanday qaysi yo'l va vositalar yordamida shakllantirish mumkinligi, uning mohiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Bunda jamoatchilik va o'rtoqlarcha o'zaro yordam to'g'risida aforizmlardan foydalanish, kitoblarni o'qish, voqealardan misollar keltirish, tadbirlar o'tkazish asosida o'quvchilarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash muhim o'rin tutadi. Talabalar jamoatchilikning mohiyatini puxta bilgan taqdirdagina uni amalga oshirish uchun samarali kurashishlari mumkin. Buning o'qituvchi talabalarga jamoatchilik jamoa va shaxsning rivojlanishi uchun asosiy vosita ekanligini tarbiya jarayonida ishonarli va ta'sirli amalga oshirish zarur. Jamoa va shaxs muammosi yosh avlodni tarbiyalashning eng dolzarb nazariy va amaliy masalalaridan biri xisoblanadi. Shu jihatdan ham talabalarni jamoatchilik ruhiyatiga, jamoa hayotiga, jamoa bo'lib uyushishga odatlantirish, malaka hosil qilish, jamoatchilik ongini shakllantirish umumiy o'rta ta'lim muassasalarining vazifasi xisoblanadi. Shaxs faqatgina har tomonlama rivojlangan bo'lib qolmasdan, balki u ijtimoiy faol bo'lishi, o'zining borliq kuch va imkoniyatlarini Vatanga xizmat qilish uchun zo'r berish hamda jamiyatda o'rnini topa olishi kerak. Bundan tashqari shaxsning Vatanga xizmat qilishida uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyat va qobiliyatlaridan samarali darajada foydalaniladi. Jamoatchilikning asosiy xususiyatlaridan biri talabalarda vatan-parvarlikni shakllantirishdir. Chunki, vatanparvarlik hissiyoti kishilarning o'z ona-Vataniga, taqdiriga g'amxo'rlikdir. Haqiqiy vatanparvar o'z ona-Vatani, xalqining gullab-yashnashi, erkinligi uchun kurashadi.

Talabalar kishilar, jamoalar, davlatlar o'rtasidagi o'zaro yordamni bilib, ularning ma'nosini tushunib boradilar. Kishilarning, talabalarning xat o'qishda va o'zaro munosabatlarda o'zaro o'rtoqlashish, yordamlashishdek hissini tarbiyalashda ajoyib manba bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari o'rtoqlarcha o'zaro yordamning navbatdagi formasi bo'sh o'zlashtiruvchi talabalarga yaxshi o'zlashtiruvchi talabalarni doimiy biriktirib qo'yilishidir. Xuddi shuningdek, guruhga, guruhga va boshqalarga biriktirib qo'yish ham o'zaro yordam formasidir. O'rtoqlarcha o'zaro yordamning yana bir formasini birlashtirib kichkina guruh sifatida dars tayyorlashda namoyon bo'ladi. O'rtoqlacha o'zaro yordam talabalarning san'at havaskorlari, sport musobaqalariga talabalarni tayyorlashda, ularning rahbarlar ishlariga yordam berishlarida ko'rinadi. O'rtoqlarcha o'zaro yordam shanbalik, yakshanbaliklarda o'quvchilrni faol qatnashtirish yo'lidir. Mehnatga ongli munosabatda bo'lish harakatlari, mamlakatimizda shanbaliklar va yakshanbaliklar uyushtirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Shuni aytish kerakki, jamoada - talabalarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Har qanday jamoa, u qanday tarzda bo'lishidan, uning oldiga qanday o'ziga xos vazifa qo'yilishidan qatiy nazar undan talabalarni tarbiyalash manbai sifatida foydalanishi shart. Talabalar jamoasi talabalarning tarbiyaning u yoki bu tarkibiy qismi va sifatlari manbai sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib jamoa talabalarga jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligi dastavval talabalarning jamoa bo'lib ijtimoiy-foydali ishlarga qatnashishida, jamoa bo'lib sayohatlarga borishida, yozgi mehnat va dam olish lagerlarida, turli musobaqa va ko'rik-tanlovlarda ishtirok etishlarida yaqqol ko'rish mumkin. Talabalar bu tadbirlarda qatnashishi bilan ularda birgalashib umummanfaat yo'lida mehnat qilish jamoa manfaati uchun qayg'urish va umummanfaatni shaxsiy manfaatga yuqori qo'yish, o'zaro o'rtoqlarcha yordam, hamkorlik, birlik, ahillik singari axloqiy sifatlar shakllana

boradi. Ayrim hollarda, ba'zi o'quvchilarda jamoatchilikka zid bo'lgan shaxsiyatparastlik, xudbinlik kabi salbiy-axloqiy ko'rinishlar ham paydo bo'lib qolishi mumkin. Bizning fikrimizcha, jamoa talabalarda jamoatchilik hissini tarbiyalashning manbai ekanligini belgilashda yuqoridagi kabi hollarni hisobga olishlari shart. Demak, jamoatchilik tarbiyasi, dastavval, birgalikdagi jamoa bo'lib, ko'pchilik foydasi uchun mehnat qilish, shaxsiy manfaatini umummanfaatiga bo'ysundirish, birbirlariga beg'araz va o'rtoqlarcha o'zaro yordam berishni talabalar ongiga singdirish ko'zda tutiladi.

Talabalarni ijtimoiy-foydali mehnat qilishga jalb etishga jamoa bo'lib mehnat qilishga, mehnat bilan madaniy dam olish yo'llariga ham alohida e'tibor beriladi.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarga mehnat haqidagi bilim va tushunchalarni singdirishda mehnatning tagi rohat ekanligi, mehnat, faqat mehnatgina odamning hamma orzuumidlarini ro'yobga chiqarishi mumkinligi tushuntiriladi.

Talabalarni mehnatga o'rgatish va mehnatga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishda har qanday mehnatning ham qadrlnishiga alohida e'tibor beramiz. Hashar o'zining tarixiy va ijtimoiy ildizlariga ega. O'tmishda og'ir mashaqqatli mehnat natijasida kambag'al dehqonlar o'zlariga ajratilgan yerlarni ishlashda yakkaligi sababli va imkoniyati bo'lmaganligi hamda kelib chiqqan. Hashar o'zining mohiyati bilan jamoa mehnati bo'lib, jamoa tomonidan ma'lum shaxs manfaati uchun bag'ishlangan jamoa mehnati deyish ham mumkin. Chunki shu yo'l bilan ma'lum bir shaxs, bir tomondan, moddiy manfaatdor bo'ladi, ikkinchi tomondan, ma'naviy boyiydi. Shunisi harakterliki, talabalarning hasharga borishi ularda yaxshi kayfiyat tug'diradi. Shuning uchun hashar talabalar uchun quvnoqlik, zavq-shavq baxsh etishini sezish qiyin emas. Hashar orqali talabalarning ota-onalari, maktab ma'muriyati, o'quvchilar jamoasi, guruh jamoasi va, umuman, o'zlarini jamoatchilik oldidagi talabalik burchlarini bajarganday his qiladilar. Shu bilan birga talabalar hasharda qatnashish orqali kishilar muhtojligini qondirish bilan o'zlarini yanada tetik, baquvvat va sadoqatlidek his etadilar. Talabalar hasharga qatnashish bilan umum manfaatiga xizmat qilish, oliy maqsadlarni ko'zlash kishilarning birinchi darajali vazifasi ekanligi anglab yetadilar. Nihoyat, o'quvchilar hasharda qatnashish yo'li bilan yaqindan aloqada bo'lish, do'stlashish, o'zaro o'rtoqlarcha yordam berish, hamchihatlik, birlik, fidoyilik singari jamoatchilikka xos sifatlarni tobora ko'proq shakllantiraboradilar. Demak, hashar talabalar ga jamoatchilik ruhini tarbiyalashdagi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Talabalarni jamoa ruhida tarbiyalashda o'qitish jarayoni bilan birga auditoriyadan tashqari ishlarning ahamiyati benihoya muhimdir.

REFERENCES

1. Turg'unov S.T. Boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar // Maktab va hayot jurnali. -2006. - № 1. - 20-23-b.

2. Turg'unov S.T., Uluqov N.M., Shodmanov Q.O., Maqsudova L.A. Ta'lim muassasalarida boshqaruv. - Toshkent: Fan, 2008.

3. Turg'unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. -Toshkent: Fan, 2009.

4. M. R. Dadaqo'ziev Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari. https://sciencebox.uz/index .php/ajed/arti cle/view/4862

5. Turakulov Holbuta Abilovich, Mirzaeva Gulchera Sotivoldievna, Dadakuziev Muzaffar Raxnamoevich, Maxmudov Sodir Yusufalievich Analysis of innovative teaching methods in continuing professional education https://www.tojqi.net/index.php/journal/article/view/7403

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.