Научная статья на тему 'TARBIYA FANINING YOSHLAR MA'NAVIY KAMOLOTIDAGI O'RNI VA ROLI'

TARBIYA FANINING YOSHLAR MA'NAVIY KAMOLOTIDAGI O'RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
342
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / ma’naviyat / yoshlar / tarbiya fani / rag’batlantirish metodi / ma’naviy rivojlantirish. / education / spirituality / youth / educational science / method of motivation / spiritual development.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Norinova Dilbaroy Maxammadjonovna

Ushbu maqolada tarbiya fanining joriy qilinishi, uning ahamiyati, ya’ni tarbiya fanining yoshlar ma'naviy kamolotidagi o'rni va roli muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HE ROLE OF THE SUBJECT "EDUCATION" IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF YOUTH

This article discusses the introduction of educational science, its importance, that is, the place and role of educational science in the spiritual development of young people.

Текст научной работы на тему «TARBIYA FANINING YOSHLAR MA'NAVIY KAMOLOTIDAGI O'RNI VA ROLI»

TARBIYA FANINING YOSHLAR MA'NAVIY KAMOLOTIDAGI O'RNI VA

ROLI

Norinova Dilbaroy Maxammadjonovna

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti 1bosqich magistranti https:/doi.org/ 10.5281/zenodo.6654808

Annotatsiya. Ushbu maqolada tarbiya fanining joriy qilinishi, uning ahamiyati, ya'ni tarbiya faniningyoshlar ma'naviy kamolotidagi o'rni va roli muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: tarbiya, ma'naviyat, yoshlar, tarbiya fani, rag'batlantirish metodi, ma 'naviy rivojlantirish.

РОЛЬ ПРЕДМЕТА «ОБРАЗОВАНИЕ» В ДУХОВНОМ РАЗВИТИИ

МОЛОДЕЖИ

Аннотация. В данной статье рассматривается введение науки «образование», ее значение, то есть место и роль науки о воспитании в духовном развитии молодежи.

Ключевые слова: образование, духовность, молодежь, педагогическая наука, метод мотивации, духовное развитие.

THE ROLE OF THE SUBJECT "EDUCATION" IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF YOUTH

Abstract. This article discusses the introduction of educational science, its importance, that is, the place and role of educational science in the spiritual development of young people.

Keywords: education, spirituality, youth, educational science, method of motivation, spiritual development.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi boshqaruvchilari-yangi avlod tarbiyasiga qaratilmoqda. Yurtimizda azal-azaldan umuminsoniy va o'zbekona qadriyatlarni,milliy urf-odat va an'analarni ulug'lash,ularga chuqurroq nazar tashlab kelajak avlodga yetkazish uchun e'tibor qaratib kelingan.Mustaqil Vatanimizga har tomonlama yetuk,mukammal, axloqiy pok, yuksak ma'naviy hislatlarga ega,iymon-e'tiqodi butun,o'z xalqi, o'z ona- Vataniga fidoiy, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qaralmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan.

"Tarbiya" fanining o'quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko'nikmalarni shakllantirishga alohida urg'u berilgan. Xususan, bunda milliy an'analar, ulug' allomalarning hayot va yo'llari, asarlari, zamondosh

qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni o'qitishda bugun jahon miqyosida ommalashgan "Loyiha asosida o'qitish", "Qiziqishlar asosida ta'lim berish", «Artfest», "Namuna ko'rsatish", "Misollar orqali o'qitish", "Vaziyatlarni tahlil qilish" kabi ta'lim berishning ilg'or texnologiya va uslublari qo'llanilgan.

Tarbiya tushunchasi millat tarixi va jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo'lib, har xil tarzda izohlanib kelindi.

TARBIYA - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon, insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiya - har bir insonning hayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ij obiy ko'nikmasini o'zgalarga berish jarayoni.

Chunonchi, tarbiya keng sotsial ma'noda ijtimoiy hodisa sifatida qo'llanilganda jamiyatning barcha tarbiyaviy vositalarini o'z ichiga oladi.

Tarbiyaning ob'ektiv qonunlari - o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va ijtimoiy hayotning shaxsni, uni o'ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirish talabalardagi turg'un bo'lgan an'analardir.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Darhaqiqat, tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan hodisalardir. Tarbiya yuksak ma'naviy, jismoniy barkamollik, yaxshining yomondan farqini anglash, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirish qudratiga egadir. Tarbiya kishilik jamiyatining xamma bosqichlarida rivojlanib, o'sib, avloddan-avlodga vorislik vazifasini bajaradigan hodisa. Lekin har bir jamiyatda tarbiyaning maqsadi, vazifasi, mazmuni o'ziga xosligi bilan farq qiladi. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, tarbiyani izohlashda yangi sog'lom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Endilikda tarbiyaning irsiy-biologik jihatlari va milliyligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya xalq nomi va uning tarixi chambarchas bog'liqdir. Buning uchun xalq pedagogikasi boyliklari, mutufakkirlarning pedagogik qarashlari tizimli sinchkovlik bilan o'rganilmoqda.

Tarbiya jarayonini amalga oshirishda ijtimoiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya jarayoni ijtimoiy xarakterga ega bo'ladi. Ijtimoiy tarbiya bolada ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan fazilatlarni rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya Tarbiya ishlarning aniq maqsad asosida amalga oshiriladigan oila tarbiyasi, mahalla tarbiyasi, maktab tarbiyasi, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limida amalga oshiriladigan tarbiya, oliy ta'lim tarbiyasini qamrab oladigan jarayonlardir. Ijtimoiy tarbiyaning vazifasi ham jismonan baquvvat, ma'naviy yetuk, mustaqil fikrlaydigan, ishlash va yashash qobiliyatiga ega bo'lgan, zamonaviy fan-texnika va texnologiya yutuqlarini o'zlashtiradigan, ma'lum kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiya orqali shaxsning ijtimoiylashuvi yuzaga keladi. U ijtimoiy munosabatlarga kirishish usullarini o'rganadi. Shaxsga kasb-hunar o'rgatish, kishining ma'naviy va g'oyaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan xatti-harakatlar jarayoni ijtimoiy tarbiyadir. Ijtimoiy tarbiya o'quvchilar ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga

muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni hamdir. Ijtimoiy tarbiya jarayonida inson va jamiyat hayotiga oid axloqiy tushunchalar, qonun-qoidalar bolalar ongiga singdirib boriladi. Kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etishiga qaratilgan barcha ta'sirlar ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ijtimoiy tarbiya umuminsoniy xarakterga ega bo'ladi va bunda shaxs xohlagan soha bo'yicha ta'lim-tarbiya ko'rib, istagan kasbni egallashi mumkin. Dunyo tabiyashunosligi ijtimoiy tarbiyaning mohiyatini asoslab berdi.

Tarbiyaviy ishlar tizimi jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha mohiyatga ega bo'lib, har xil izohlandi. Shuning uchun ham turli sinf va ijtimoiy tabaqalarning tarbiyasi o'zgacha bo'ladi va bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash hukmronlik qilgan. Tarbiya jarayonida tarbiyaning sinfiy xarakterga ega emasligi isbotlanadi. Chunki chindan ham bunyodkorlik va vayronkorlikning mohiyati har qanday ijtimoiy sinf vakili uchun ham bir xildadir. Ijtimoiy tarbiya maxsus muassasalar tamonidan amalga oshiriladigan pedagogik jarayondir. Xalqning o'zi yaratgan tarbiyachilik san'atiga va boy merosiga asoslanishi ijobiy ahamiyatni kasb etadi. Tarbiya jarayonida ijtimoiy tarbiya bilan birgalikda oila tarbiyasining uzviyligi va ustivorligi muhim hisoblanadi.

Farzandlarimizning kelajakda komil inson bo'lib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning o'rni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli bo'lsa, shu jamiyat va muhitda o'sayotgan shaxslar ham shunchalik odobli bo'lib yetishadi. Bunday sermas'uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya'ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar bo'lib yetishishlari uchun o'z xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna bo'lishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Rag'batlantirish metodlari - o'quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko'zda tutadi. Rag'batlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va g'ayrat bag'ishlaydi, o'z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni rag'batlantiradi, o'z faoliyati va xulqiga mas'uliyatini oshiradi. Rag'batlantirish metodlari xilma-xil bo'lib, ular tarkibiga ma'qullash, ko'ngil ko'tarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, og'zaki va yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi.

Rag'batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo'llanilishi lozim. Har qanday rag'batlantirish o'quvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq bo'lishi lozim. Rag'batlantirish vaqtida o'quvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan o'rnini hisobga olish va u ketma-ket bo'lmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni bo'shashtirib yuborish, bular o'quvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Rag'batni tashkil etishda o'quvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi o'rni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning o'ziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.

Jazo berish metodlari - bu o'quvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me'yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma'qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, o'zini gunohkor deb bilish hissini uyg'otishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qo'llab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil bo'lib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa o'rtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'lim va tarbiya birgalikda tashkil etilsagina haqiqiy ma'naviyatga erishib bo'ladi, ya'ni yoshlar ma'naviy kamolotida tarbiyaning, tarbiya fanining o'rni va ro'li beqiyosdir. Ushbu fanning alohida fan sifatida joriy qilinishi yoshlarni ma'naviy, axloqiy tarbiyalashda yangi sahifa ochib berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Mirziyoyev. Sh.M: " Erkin va farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" .- T.:0'zbekiston-2017,

2.Mirziyoyev SH.M: "Erkin va farovon,demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz"-T:O'zbekiston-2017,

3.Mirziyoyev Sh.M: "Ta'lim sohasidagi muammolar,ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan videoselektor mavzusida"30.10.2020.

4. Haydarov.M: "Xalq og'zaki ijodi na'munalarida tarbiya masalalari".-T.: Fan, 2004..

5.To'rayev.S: "Folklorshunoslik: udumlar, qadriyatlar, marosimlar".-T.: Mehnat, 2005

6.Madayev.O. "O'zbek xalq og'zaki ijodi ".-T.:Mumtoz so'z,2010

7.Madayev.O,Sobitova.T: "Xalq og'zaki poetik ijodi ".-T.:Sharq,2010

8.Zamonov Z va boshqalar."Tarbiya" o'qituvchi uchun metodik qo'llanma.-T.:Zamin nashr,2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.