"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA TARBIYA FANINI O'QITILISHNING METODIK ASOSLARI Sheraliyeva Nasiba Alimkulovna
Guliston davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10035204 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda tarbiya fanini o'qitishda o'qituvchilarning darslardapedagogik texnologiya, boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e 'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidanfoydalanildi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq. "Tarbiya" fanini o'qitishning amaliy shakllari metodologiyasi va mamlakatimizda tarbiya faninig o'qitishning maqsad vazifalari va bu jarayon qay tarzda olib borilayotganligi, o'quvchilariga tarbiya darslarini samarali tashkil etishda o'quvchilarning kereaktiv fikri haqida fikr yuritilgan.
Kalit so^zlar: texnikaviy, axborotli, audiovizualli faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, nafosat tarbiyasi.
AbstractJn this article, the use of pedagogical technology, interactive methods and educational games in primary classes, modern information and communication technologies in the teaching of educational science in primary grades, teachers' use of independent thinking, creative research and logical thinking. while expanding, it helps them connect what they learned in classes with life and increase their interest. On the initiative of the President of the Republic of Uzbekistan, the subject of education was introduced in general secondary educational institutions from the 2020-2021 academic year. This subject, as a part of the concept of continuous spiritual education, instills in students the idea of "from national revival to national rise", prepares them for a socially successful life, active citizenship, responsibility, commitment, legal awareness and culture, a deep worldview. , aimed at forming qualities such as healthy faith, enlightenment, and tolerance. The experience of foreign countries such as Japan, Singapore, England, UAE, China, Korea, Russia, and Germany was used to create the concept of science and textbooks. Since the educational process is an extremely complex process, the effectiveness of education depends on the activity of the pedagogue and the student, the availability of educational tools, and the organizational, scientific, and methodical perfection of the educational process. The methodology of the practical forms of teaching the science of education and the goals and tasks of teaching the
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
science of education in our country and how this process is carried out, and the creative thinking of students in the effective organization of education classes for their students were discussed.
Keywords: technical, informational, audio-visual active citizenship position, responsibility, obligation, sophistication education.
Аннотация. В данной статье использование педагогических технологий, интерактивных методов и обучающих игр в начальных классах, современных информационно-коммуникационных технологий при преподавании образования в начальных классах поможет учащимся мыслить самостоятельно, творчески исследовать и логически, одновременно расширяя их мышление. кружки, это помогает им связать изученное на занятиях с жизнью и повысить интерес. По инициативе Президента Республики Узбекистан с 2020-2021 учебного года введен предмет «Образование» в общеобразовательных учреждениях. Этот предмет, как часть концепции непрерывного духовного образования, прививает студентам идею «от национального возрождения к национальному подъему», готовит их к социально успешной жизни, активной гражданственности, ответственности, целеустремленности, правосознанию и культуре. , глубокое мировоззрение, направленное на формирование таких качеств, как здоровая вера, просвещенность, толерантность. Для создания концепции науки и учебников был использован опыт зарубежных стран, таких как Япония, Сингапур, Англия, ОАЭ, Китай, Корея, Россия, Германия. Поскольку образовательный процесс представляет собой чрезвычайно сложный процесс, эффективность образования зависит от активности педагога и обучающегося, наличия средств обучения, организационного, научного и методического совершенства образовательного процесса. Методика практических форм преподавания педагогики и цели и задачи преподавания педагогики в нашей стране и способы осуществления этого процесса, а также творческое мышление обучающихся в эффективной организации учебных занятий для своих учащихся, обсуждались.
Ключевые слова: техническая, информационная, аудиовизуальная активная гражданская позиция, ответственность, обязанность, углубленное образование.
Hozirgi davrda mamlakatimizda Tarbiya ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.
Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, insonning jamiyatda yashashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo'lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.
Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo'libgina qolmay, uning yetakchi g'oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o'z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta'limga nisbatan kengroq bo'lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va Tarbiya muassasalar hamda jamoat
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta'lim olish bilan chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Ta'lim - tarbiya orqali shaxda ezgu ma'naviy -axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: —Albatta, ta'lim - tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta'lim - tarbiya tizimini va shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Har qaysi ota - ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim - tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim .
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma'naviy - tarixiy jarayonida samarali foydalanish, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak ma'naviyatli etib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda Tarbiya ishlarni to'g'ri tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;
- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o'qituvchi, ota - ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta'minlash muhimdir.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko'p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog'liq. Ular quyidagi omillarni qo'llash asosida vujudga keladi:
- Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir;
- Tarbiya ishlarning maqsadi, aniqligi va ta'sirchanligi. Tarbiya jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart - sharoitlarni oldindan aniqlab qo'yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
- Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bo'lishlari, ruhiy shart - sharoitlar yaratilishi, Tarbiya tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, Tarbiya ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
- O'quvchi - yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiya tadbirlarni tashkil qilishda o'quvchi yoshlarning faolligi ko'p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog'liq;
- Tarbiya ishlar ta'lim jarayonida olgan bilimlariga uyg'un bo'lishi. Tarbiya ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiya ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy g'oyani singdirishda har tamonlama ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, o'z qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta'kidlanadi. Ta'lim to'g'risida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim bo'lgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Ma'lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarga tarbiya berish, ularga ta'lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o'z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O'qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta'lim muassasalari oldiga qo'yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari Tarbiya ishlar bevosita o'quv jarayoni bilan bog'langandir.
Har bir fanning predmeti, o'rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud bo'lganidek, Tarbiya ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o'rganish obyekti va amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalari bor. Tarbiya ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda , sinfdan va maktabdan tashqari Tarbiya ishlarni to'g'ri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yo'nalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.
Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanining predmeti bo'lajak o'qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma'naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo'llari hamda bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiya metodikasi fanining o'rganish obyektini esa ta'lim muassalaridagi uzluksiz ta'lim -tarbiya jarayoni tashkil etadi.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo'lajak o'qituvchi va tarbiyachilarning Tarbiya ish va tadbirlarning mazmunli bo'lishini ta'minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, Tarbiya ta'sirga ega bo'lgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.
Tarbiya fanini o'qitishni tashkil qilishning asosiy maqsadi, bugungi kun talabiga javob beradigan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ekan, ayni paytda bu o'qituvchilarga katta mas'uliyatni yuklaydi. Shu jihatdan ham yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish uchun Respublikamizda ijtimoiy - tashkiliy, Tarbiya ishlar amalga oshirilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash, ma'naviy, ma'rifiy, tashkiliy uslubiy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bilan murakkab Tarbiya ishlar tizimi kundan-kunga takomillashib bormoqda.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Tarbiya shaxs kamolatining uzluksizligini va uzviyligini muvaffaqiyatli ta'minlaydi. Shu jihatdan har Tarbiya ishlar tizimi shaxs kamolotining eng muhim va zaruriy omillaridan biri hisoblanadi. Albatta, bunda tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olish muhimdir. O'zbekiston mustaqilligi tufayli shaxsni tarbiyalashga, Tarbiya jarayonini tashkil etishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Uning mazmunida yoshlar tarbiyasi muhim o'rin tutadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tarbiya barkamol avlodning uzluksiz rivojlanishini ta'minlaydi.
Tarbiyaviy jamiyatning sog'lom hayot, sog'lom turmush tarzi, sog'lom e'tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik, xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo'lish, tinch va farovon hayot yaratish, ijtimoiy ma'naviyatni yuksaltirishga intilish kabi omillar Tarbiyada asosiy o'rin egallaydi. Shu sababli bugunga yoshlar dunyoqarashida millat, Ona tuproq, Ona Vatan kabilar turli xil Tarbiya tadbirlar, boy ma'naviy merosimiz haqidagi tushunchalar bilan tarkib topib boradi. Yoshlarni tarbiyalashda ular ongida, millat, milliy axloq, milliy g'urur, milliy tarbiya, milliy g'oya, Vatan tuyg'usi, Vatan qayg'usi, Vatan sog'inchi va shu kabi tushunchalarni
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
singdirib borish, ularning milliy dunyoqarashini kengaytirib borish tarbiya jarayoning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyani tashkillashtirish jarayonida tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste'dodga, ilmga va mashqqa degan edi, ulug' olim Arastu. Shunga asosan tarbiya ishi bilan shug'ullanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- Tarbiya ishlar jarayonida va tarbiyada ulg'ayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb bilish, har bimr bola, o'smir va yoshlarning o'ziga xosligini hurmat qilish;
- milliylikning o'ziga xos an'ana, vositalariga tayanish, milliy merosga asoslanish;
- o'quvchilar faoliyatida Tarbiya jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, to'laqonli bolalar yosh jihatlariga mos turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga qatnashishini ta'minlash, mehnat, ijtimoiy foydali, ko'ngilochar tadbirlar tashkil etish lozim.
Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma'naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va ananalarga tayanib, ongli shaxslarni intelektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.
Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- o'quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o'rganib, unga Tarbiya ta'sir ko'rsatish mahoratiga ega bo'lish;
- Tarbiya ish va tadbirlar uchun zarur bo'lgan metodlarni tanlab, ko'zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko'ra bilish;
- ilg'or tajribalarni tahlil qilish va uni o'z faoliyatida ijodiy foydalanish ;
- Tarbiyaning o'quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta'sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
- Tarbiya ishlar samaradorligini oshirishda o'z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.
Darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda Tarbiya jarayonini tashkil etish bilan birga
DTS lariga mosligiga e'tibor qaratish zarur bo'ladi.
1. Tarbiya jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o'rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba'zi bir talablarga ta'sir qilishini tashkil etish Tarbiya jarayonini asosini belgilaydi.
2. Tarbiya jarayonining asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning Tarbiya jihatiga e'tiborni qaratish zarur bo'ladi. Shuning uchun o'qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanining predmeti va uning vazifalarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari
Predmeti- o'quvchilarni yuksak darajada tarbiyalash san'atining qirralari, shakllari va yo'llari hamda o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish haqida baxs yuritadi; ta'lim muassasalarida tarbiya ishlarini to'g'ri tashkil etish.
O'quvchilarni ma'naviy, axloqiy jihatdan intellectual salohiyatli etib tarbiyalash o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, Tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish mahoratiga ega bo'lish; tarbiyaviy ishlarida zarur bo'lgan metodlarni qo'llay bilish,Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'z bilimini rivojlantirib borish.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi.
Metod (lotincha-metodos-yo'l so'zidan olingan bo'lib) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilingan.
Metodika (yunoncha-metodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig'indisi yoki o'qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi.
Tarbiya metodlari - pedagog-o'qituvchilarning o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jixatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo'llaridir.
Tarbiya metodlari Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fani ishlarini to'g'ri tashkil etishda muhim vosita bo'lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va Tarbiyaviy ishlar jarayoniga taalluqli bo'lgan ko'pgina Tarbiyaviy ta'sirlarni o'z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan ta'lim muassalari oldiga har tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo'lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o'z ichiga oladi.
Tarbiya metodlari o'qituvchi va jamoa tamonidan tarbiyalanuvchilarning g'oyaviy va ma'naviy e'tiqodlarini, ma'naviy his tuyg'u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo'llanadigan shaxsga Tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini anglatadi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O'qituvchi o'quvchilar bilan Tarbiya ishlarni olib borganda turli xil usul va vositalarni qo'llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, ta'sir qilish zarurligini ko'rsatadi. Shuning uchun Tarbiya fanini o'qitish metodikasi fanida ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib quyidagi turlarga ajratish mumkin.
l.Ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar.
2.Odatlantirish va faoliyatga mashqlantirish metodlari.
3.Tarbiyada rag'batlantirish va jazolash metodlari.
Birinchi guruh metodlarining vazifasi o'quvchilarning ijtimoiy ongiga hayot, ahloq, mehnat qilish munosabatlari to'g'risida qoida va meyorlarini hosil qilishdan iborat.Tarbiya jarayonida ushbu metod shaxsning e'tiqodi va ishonchiga aylanib boradi.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida o'quvchilarda ma'naviy mazmuniga oid odatlar asosida, faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat o'quvchilarning ijtimoiy munosabat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy xulq-atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba bo'lib hisoblanadi.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy hulq -atvor va odatlarni rag'batlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg'ulari va maqsadlariga bevosita ta' sir ko'rsatishda foydalaniladi. Ushbu guruh metodlariga rag'batlantirish va jazo berish kabilar kiradi.
Tarbiyaviy ishlar tizimi va tarbiya jarayoni har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlikka yuz tutadi va oqibatda inqirozi tayin bo'ladi. Negaki, har qanday jamiyatning o'sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma'naviy boyliklar yetishtirishni, ajdodlardan yaxshiroq darajaga ko'tara bilishi kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va ma'naviy qobiliyatlar shakllantirishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat ko'rsatadigan Tarbiya institutlar tizimiga ega bo'lishni taqozo etadi. Shu o'rinda tarbiya darslarini
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
bo'lajak boshlang'ich sinf sinf o'qituvchilariga darslikni qo'llama sifatida o'rganib borish bola shaxsini tez tushinib olishlariga imkon yaratadi.Maktablarda tarbiya fanini darslik qilib berilishi har bir o'quvchi shaxsini tarbiyasini shakillanishidagi qo'llanmadir. Tarbiyani oilada, jamiyatda o'rni juda katta va buni nazorati oilada mahallada bo'lishi davr talabi yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash har bir ota-ona pedagogni oliy maqsadi bo'lmogi lozimdir.
REFERENCES
1. R. A. Mavlonova, N. Rahmonqulova, B. Normurodova, K. Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU Rizografiyada nashr qilindi. Toshkent, 2004-
yil.
2. Vibor metodov vospitaniya. https://libr.link/sovremennoy-shkolyi-pedagogika/vibor-metodov -vospitaniya-25131.html1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
3. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash
4. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. . 184-185-b.
5. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-b.