Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING MA’NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH'

BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING MA’NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
19
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
barkamol shaxs

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdurizayeva Salima Ramatullayevna

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog‘langan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, ya’ni inson kapitalini shakllantirishni nazarda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANI O‘QITUVCHISINING MA’NAVIY QIYOFASIDA IJODIY MUHITNI SHAKLLANTIRISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BIOLOGIYA FANI O'QITUVCHISINING MA'NAVIY QIYOFASIDA IJODIY

MUHITNI SHAKLLANTIRISH Abdurizayeva Salima Ramatullayevna https://doi.org/10.5281/zenodo.10036089

O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy tarbiyalash bilan uzviy bog'langan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, ya'ni inson kapitalini shakllantirishni nazarda tutadi.

Biologiya fani o'qituvchisi uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan jarayon, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil etilgandagina o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin.

Ta'lim jarayonida o'quvchi o'qituvchining bevosita rahbarligida, ta'lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari yordamida fan asoslari bo'yicha qonuniyatlar, hodisa va voqealarning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi va bilim, ko'nikma va malakalarni egallaydi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar uchun o'quv jarayoni bilish jarayoni, uning faoliyati esa bilish faoliyatidir.

O'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o'qitishdan ko'zda tutilgan ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi.

O'qituvchi uchun ta'lim jarayoni o'quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog'langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o'zgartirishlar kiritadigan jarayon, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o'quvchilarning bilish faoliyati va o'qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg'un ravishda tashkil etilgandagina o'qitishdan ko'zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin.

Ta'lim-tarbiya jarayonida ustoz va tahsil oluvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlikni tarkib toptirish uchun avvalo, o'sha jarayonni insonparvarlashtirish, ijodiy muhitni yaratishni taqoza etadi. Bebaho milliy qadriyatlarimiz bo'lgan o'rta asrda yashagan allomalarning pedagogik qarashlari, ma'naviyat durdonalari sanalmish hadislar, hikmatli so'zlar va o'zbek halq maqollarida bu borada juda ko'p purma'no fikrlar bildirilgan.

Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida hamkorlikni vujudga keltirish, ijodiy muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan o'qituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, ko'nikma, malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bog'liq bo'ladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonida ijodiy muhitni shakllantirishda o'qituvchi quyidagilarga e 'tibor qaratishi lozim:

• O'qituvchi har doim yangilikka intilishi, o'zi tashkil etgan va boshqarayotgan jarayon orqali ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishishi va barkamol shaxs shakllanishiga imkon yaratayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Bunda ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishi va undan chiqishning eng maqbul yo'lini qo'llashi, ba'zi o'quvchilarning uquvsizligi, o'jarligi, injiqliklariga chidam bilan bardosh berishi tushkunlikka tushmasligi, ularni rivojlantirish va tarbiyalashning eng samarali metodlari va vositalarini qo'llash ko'nikmalarini egallagan bo'lishi lozim.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

• O'qituvchining o'zi o'quvchilarga ijodiy muhit yaratish, ularni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, barkamol shaxs timsoliga aylanishi, ya'ni o'qituvchi o'zining g'oyaviy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy yetukligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga hurmat va ona Vatanga sadoqati, kasbiga va o'quvchilarga bo'lgan mehr-muxabbati bilan shaxsiy namuna ko'rsatishi kerak. Shundagina o 'qituvchi o'zining pedagogik faoliyati va samarali mehnati bilan Vatan ravnaqi va yangi O'zbekistonning buyuk kelajagiga o'z hissasini qo'shadi.

• O'qituvchining yuqori darajadagi ma'naviyati, muloqot va kiyinish madaniyati, qattiqqo'lligi, talabchanligi, vazminligi, kamtarligi, sezgirligi, samimiyligi, ziyoliligi, odamshavandaligi, turmushgavamehnatganisbatanmehr-muxabbati, kelajakkabo'lganishonchi va matonati o'quvchilarni maftun etishi, boshqacha so'z bilan aytganda, o'qituvchi shaxsi o'quvchilarninghayotiy idealiga aylanishi lozim.

O'qituvchining faoliyati yosh avlodning aqliy, axloqiy, ruhiy, jismoniy qobiliyatlarini uyg'un ravishda rivojlantirish maqsadida ta'lim mazmuniga binoan ularning o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish sanaladi. Ushbu faoliyat quyidagi:

- o'quv materialini tanlash, sistemaga solish, mantiqiy ketma-ketlikda loyihalash;

- tahsil oluvchilarning o'quv materialini qabul qilish, anglash va ongli o'zlashtirish imkonini beradigan o'qitishning samarali vositalari, metodlari va shakllarini tanlash;

- pedagogik jarayonni yaxlit holda har bir tahsil oluvchilarning o'qitish maqsadlariga muvofiq o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish, ularning bilimlar tizimi va bilimlarni o'zlashtirish usullarini egallashlariga erishish;

- tahsil oluvchilarning bilimlar va ko'nikmalarni o'zlashtirish usullarini egallashga qaratilgan ongli va faol faoliyatini tashkil etish va rag'batlantirish metodlarini belgilash;

- tahsil oluvchilar tomonidan o'quv topshiriqlarini bajarilish sifatini orttirish yo'llarini belgilash;

- nazorat, o'qitish natijalarini tahlil qilish va tahsil oluvchilar shaxsini rivojlantirish bo'yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlarni belgilash;

- o'qitish jarayonining natijasiga muvofiq mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tegishli o'zgartirishlar kiritish kabi bosqichlardan iborat bo'ladi.

O'qituvchining ta'lim jaryonini boshqarish vazifasi o'qitish jarayoniga faqat tegishli o'zgartirishlar kiritish bilan cheklanmasdan balki, mazkur jarayonning sub'ekti bo'lgan tahsil oluvchilar shaxsida axloqiy sifatlarning shakllanishi, ma'naviy yuksalishni ko'zda tutadi. Bunday faoliyatni boshqarish uchun o'qituvchi avvalofaoliyat turlari, unga ta'sir etuvchi tashqi va ichki omillar, istiqboldagi maqsad va vazifalarni loyihalashi, olinajak natijalarni faraz qilishi zarur.

O'qitish jarayonidagi o'qituvchi faoliyatining har bir bosqichi tahsil oluvchilar faoliyatining xarakteri va shaxsidagi o'zgarishlarga olib keladi. Shu sababli o'qituvchi faoliyatni amalga oshirishda muayyan bosqichdagi, o 'quv fani va uning har bir bo'limidagi o'qitish maqsadlarini aniq bilishi va chuqur taxlil qilishi, ularni evolyusion tarzda amalga oshirish yo'llarini belgilashi lozim.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yilgan buyurtmalarni bajarish uchun avvalo ta'lim jarayonini va pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuvni talab etadi.

Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish o'zida falsafa, psixologiya va pedagogikaning ilg'or insonparvarlik g'oyalarini mujassamlashtiradi. Ushbu g'oya diqqat markazida o'z imkoniyatlarini maksimal darajada amaliyotga qo'llaydigan, ijodiy va ijtimoiy faol,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

turli hayotiy vaziyatlarni anglab, tahlil qiladigan, mo'ljalni ongli ravishda mustaqil, to'g'ri

oladigan shaxsni shakllantirish g'oyasi turadi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. 4-jild.- T.: "O'zbekiston", 2020. - 40 b.

2. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-sonli Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019 y., 06/19/5712/3034-son).

4. J. Tolipova Pedagogik kvalimetriya. TDPU bosmaxonasi. 2015y.10 b.

5. Tolipova J.O. Biologiya o'qituvchisining ilmiy-metodik tayyorgarligi darajasini orttirishning nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. -T.: Fan. 2005. -14 b.

6. http://www.ziyonet.uz/

7. http://www.istedod.uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.