Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O‘QITISHGA TAYYORLASH METODIKASI (TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANI MISOLIDA)'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O‘QITISHGA TAYYORLASH METODIKASI (TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1403
238
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BOSHLANG'ICH TA'LIM / O'QITISHGA TAYYORLASH / METODIKA / BARKAMOL AVLOD / TARBIYACHI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qòchqarova F.

Maqolada bugungi kunda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tarbiya fanini o‘qitishga tayyorlash metodikasi haqida bayon etilgan. Bundan tashqari, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF PREPARING FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS FOR TEACHING AN ACADEMIC SUBJECT (FOR EXAMPLE, THE SUBJECT OF METHODS OF EDUCATIONAL WORK)

The article describes the methods of preparing future primary school teachers to teach pedagogy today. In addition, information is provided on the objectives of the subject of methodology of educational work.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O‘QITISHGA TAYYORLASH METODIKASI (TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANI MISOLIDA)»

iff Таълим ва инновацион тадцицотлар (2021 йил №4) ISSN2181-1709 (P)

ER ----

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINI TARBIYA FANINI O'QITISHGA TAYYORLASH METODIKASI (Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani misolida)

DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.39.37.010

Qochqarova Feruza Ма^амматкосимовна,

Andijon davlat universiteti «Umumiypedagogika» kafedrasi dotsenti,

PhD

Аннотация. Maqolada bugungi kunda bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarini tarbiya fanini o'qitishga tayyorlash metodikasi haqida bayon etilgan. Bundan tashqari, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining

vazifalari to'g'risida ma'lumotlar berib o'tilgan. Kalit so'zlar. Boshlang'ich ta'lim, o'qitishga tayyorlash, metodika, barkamol avlod, tarbiyachi.

МЕТОДИКА ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ К ПРЕПОДАВАНИЮ УЧЕБНОГО ПРЕДМЕТА (На примере предмет методики

_воспитательной работы)_

Кучкарова Феруза Махамматкосимовна, Андижанский государственный университет, PhD доктор философии по педагогическим наукам, старший преподаватель

кафедры "Педагогика "

Аннотация. В статье описана методика подготовки будущих учителей начальных классов к преподаванию педагогики сегодня. Кроме того, дается информация о задачах предмета методики воспитательной работы.

Ключевые слова. Начальное образование, подготовка к обучению, методика, гармонично развитое поколение, воспитатель.

METHODS OF PREPARING FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS FOR TEACHING AN ACADEMIC SUBJECT (For example, the subject of methods of educational

_work)_

Kuchkarova Fеruza, Andijan State University, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences PhD, Senior Lecturer of the Department of Pedagogy

Abstract: The article describes the methods ofpreparing future primary school teachers to teach pedagogy today. In addition, information is provided

ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2021 год №4)

-К**

on the objectives of the subject of methodology of educational work.

Key words. Primary education, preparation for teaching, methodology, harmoniously developed generation, educator.

Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlaming mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.

Tarbiya - yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, insonning jamiyatda yashashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan xususiyatlarini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan bo'lib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi.

Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo'libgina qolmay, uning yetakchi g'oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o'z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta'limga nisbatan kengroq bo'lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta'lim olish bilan chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Ta'lim - tarbiya orqali shaxsda ezgu ma'naviy - axloqiy sifatlar tarkib topadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

- maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;

- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;

- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o'qituvchi, ota-ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta'minlash muhimdir.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko'p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog'liq. Ular quyidagi omillarni qo'llash asosida vujudga keladi:

- tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondashuv kabilardir;

- tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta'sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart - sharoitlarni oldindan aniqlab qo'yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;

- tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o'zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqot va munosabatda bo'lishlari,

f""'!^ TabMUM ea umoea^on madK,UK,omnap (2021 uum №4) ISSN 2181-1709 (P)

RJ)----

ruhiy shart - sharoitlar yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.

- O'quvchi - yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda o'quvchi yoshlarning faolligi ko'p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog'liq;

- Tarbiyaviy ishlar ta'lim jarayonida olgan bilimlariga uyg'un bo'lishi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integratsiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi yosh avlodni har tomonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy g'oyani singdirishda har tomonlama ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarga tarbiya berish, ularga ta'lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o'z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O'qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta'lim muassasalari oldiga qo'yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o'quv jarayoni bilan bog'langandir.

Har bir fanning predmeti, o'rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud bo'lganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o'rganish obyekti va amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to'g'ri tashkil qilish, har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yo'nalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo'lajak o'qituvchi-tarbiyachilarga kelajak avlodni ma'naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo'llari hamda bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o'rganish obyektini esa ta'lim muassalaridagi uzluksiz ta'lim -tarbiya jarayoni tashkil etadi.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo'lajak o'qituvchi va tarbiyachilarning tarbiyaviy ish va tadbirlarning mazmunli bo'lishini ta'minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, tarbiyaviy ta'sirga ega bo'lgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining asosiy vazifasi yosh avlodni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy-tarixiy merosimizga, umumbashariy qadriyatlarga, urf-odatlar va an'analarga tayanib, ongli shaxslarni intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashdir.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining vazifalari quyidagilardan iborat:

- o'quvchilar jamoasining tarbiyalanganlik darajasini o'rganib, unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish mahoratiga ega bo'lish;

- tarbiyaviy ish va tadbirlar uchun zarur bo'lgan metodlarni tanlab, ko'zlangan maqsadga erishish chora-tadbirlarini ko'ra bilish;

ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2021 год №4)

-

- ilg'or tajribalarni tahlil qilish va uni o'z faoliyatida ijodiy foydalanish;

- tarbiyaviy ishlarning o'quvchilar ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta'sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'z bilimini doimiy rivojlantirib borishi lozim.

Darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish bilan birga DTS lariga mosligiga e'tibor qaratish zarur bo'ladi.

1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o'rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba'zi bir talablarga ta'sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.

2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e'tiborni qaratish zarur. Shuning uchun o'qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda mahoratlilikka, metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir.

O'quvchilarni to'g'ri tarbiyalash, ularga ta'lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e'tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o'quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta'sir ko'rsatib bo'lmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o'rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham tarbiyaviy ishlar fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog'liq ish ko'radi.

Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o'quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o'ynaydi. Ko'rinib turibdiki, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham bog'langan.

Tarbiya jarayonida o'quvchilarning axloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Axloq normalarini o'quvchilar ongiga singdirish zarur. Axloq normalari va axloqshunoslik bilan etika fani shug'ullanadi. Shunday ekan, tarbiyaviy ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - T.: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 592-b.

2. Jo'rayev R.X. Jaholatga qarshi ma'rifat J. Xalq ta'limi.- T.: 2004. -№4. - B. 9-13-betlar.

3. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: Fan, 2009. -480-b.

4. Ismoilova Z, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T.: Istiqlol, 2003.

5. Hasanboyev J, To'raqulov X., Alqarov I., Usmanov N. Pedagogika. T.: Fan va texnologiya, 2010.

6. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N.Aminov. T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.