Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA ,,TARBIYA’’ FANINI O’QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ,,TARBIYA’’ FANINI O’QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

21842
1269
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tеxnikaviy / axborotli / audiovizualli faol fuqarolik pozitsiyasi / mas‟uliyat / majburiyat / huquqiy ong va madaniyat / teran dunyoqarash / sog„lom e‟tiqodlilik / ma‟rifatparvarlik / bag„rikenglik / ma'naviy / g„oyaviy / nafosat tarbiyasi / technical / informational / audiovisual active civic position / responsibility / obligation / legal consciousness and culture / deep outlook / healthy beliefs / enlightenment / tolerance / spiritual / ideological / delicate upbringing.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilfuza Kulchayeva

Ushbu maqolada boshlang‟ich sinflarda tarbiya fanini o‟qitishda o‟qituvchilarning darslarda pеdagogik tеxnologiya, boshlang„ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o„yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o„quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o„rganganlarini hayot bilan bog„lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the use of pedagogical technology in the classroom, interactive methods and educational games in primary school, the use of modern information and communication technologies in teaching elementary education in primary school helps students to think independently, creative research and logical thinking. along with the expansion, ideas are articulated that help them relate what they learn in the lessons to life, increasing their interest

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA ,,TARBIYA’’ FANINI O’QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326

BOSHLANG'ICH SINFLARDA ,,TARBIYA'' FANINI O'QITISHNING

ILMIY-METODIK ASOSLARI

Dilfuza Kulchayeva

GulDU Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)

yo'nalishi 2-bosqich magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda tarbiya fanini o'qitishda o'qituvchilarning darslarda pedagogik texnologiya, boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: texnikaviy, axborotli, audiovizualli faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik, ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi.

ABSTRACT

In this article, the use of pedagogical technology in the classroom, interactive methods and educational games in primary school, the use of modern information and communication technologies in teaching elementary education in primary school helps students to think independently, creative research and logical thinking. along with the expansion, ideas are articulated that help them relate what they learn in the lessons to life, increasing their interest.

Keywords: technical, informational, audiovisual active civic position, responsibility, obligation, legal consciousness and culture, deep outlook, healthy beliefs, enlightenment, tolerance, spiritual, ideological, delicate upbringing.

KIRISH

Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326

muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan. Fan va darslik konsepsiyasini yaratishda Yaponiya, Singapur, Angliya, BAA, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarning tajribasidan foydalanildi. Ta'lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo'lganligi uchun ta'lim samaradorligi pedagog va o'quvchi faolliligiga, ta'lim vositalarining mavjudligiga, ta'lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim-tarbiya jarayonini ilg'or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o'qituvchi tomonidan yaratiladi, ta'lim-tarbiya bosqichlarini o'zaro bog'lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta'lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o'quvchida shakllantirish ko'zda

tutilgan ma'naviy sifatlarni o'zlshtirishga yo'naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o'z ichiga oladi.

Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kengayib, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o'zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo'lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni aniq voqelikka aylantirdi.

Ta'lim-tarbiya jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga

ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi. An'anaviy o'qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va o'g'zaki so'zlarga tayanib ish ko'rishi tufayli axborotli o'qitish sifatida tafsiflanadi, chunki o'qituvchi faoliyati birgina o'quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta'kidlagan holda baxolanmoqda.

O'zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko'p asrlar davomida qo'llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o'ziga xos urf-odatlari va an'analari, ta'lim-tarbiya haqidagi g'oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o'tmishda ko'plab alloma-yu donishmandlar etishib chiqishiga asos bo'lgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326

Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega. Ajdodlarimiz bilim o'rgatuvchi ustoz faoliyatiga katta ahamiyat berganlar. Bu pedagogik faoliyatga bo'lgan asosiy talablardan biri edi.

Sharq uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy aqlli, dono va o'tkir fikrlaydigan kishilar to'g'risida shunday deydi: «Aqlli deb shunday kishiga aytiladiki, ular fazilatli, o'tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo'r istidodga ega; yomon ishlardan o'zini chetda olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar». Uning fikricha, «Ta'lim so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tajriba bilan o'rganishdir, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo'lgan ish-harakatga, kasb-hunarga berilgan bo'lishidir. Agar ular ish, kasb-hunarga berilgan bo'lsalar, kasb- hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni butunlay kasb-hunarga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig'i bo'ladilar»

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq ikki faoliyatni - o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o'quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o'quvchida jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e'tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.

Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi.

A) O'quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo'qotish maqsadida rejalashtiriladi.

B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi.

V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326

Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta'lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Boshlang'ich sinflarda kooperativ ta'limning quyidagi metotlaridan samarali foydalanish mumkin:

Vay-fay (Wi-Fi(jimlikni saqlash ishorasi )). l.o'qituvchi qo'lini ko'taradi va Wi-Fi deb aytadi. 2.O'qituvchiga diqqat qarating (ishni to'xtating gaplashmang). 3.O'qituvchining ishorasini ovoz chiqarmasdan takrorlang.

Tarbiya fanini o'qitishda "Ishchanlik o'yini" ssenariysidan foydalanish

texnologiyasi

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.

Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi. Ma'lumki, ta'limda ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o'quv mashg'ulotlarining samaradorligini oshiribgina

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326

qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo'llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda.

XULOSA

Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.

Bizning fikrimizcha, ta'limiy o'yinlarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Ta'limiy o'yinlar o'quvchilar yoshiga mos bo'lishi kerak;

2. O'yinlar o'tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo'lishi lozim;

3. Ta'limiy o'yinlarni o'tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;

4. Ta'limiy o'yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi

kerak;

5. Ta'limiy o'yinlarning o'tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-321-326

Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

2. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash

3. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. . 184-185-b.

4. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. nashriyoti, 1993. 182-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.