Научная статья на тему 'BO’LAJAK TARBIYA FANI O’QITUVCHILARINI KASBIY-METODIK RIVOJLANTIRISH ORQALI FANNI O’QITISHGA TAYYORLASH'

BO’LAJAK TARBIYA FANI O’QITUVCHILARINI KASBIY-METODIK RIVOJLANTIRISH ORQALI FANNI O’QITISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
25
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasbiy / metodik / texnikaviy / axborotli / insonparvarlik / model / mas'uliyat / kreativlik / majburiyat / huquqiy ong va madaniyat / ma'rifatparvarlik / innovatsion / interfaol. / professional / methodical / technical / informative / humanitarian / model / responsibility / creativity / commitment / legal consciousness and culture / enlightenment / innovative / interactive.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Yoqubaliyeva D.P.

Ushbu maqolada bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiymetodik tayyorlash nazariyasi va uning o'ziga hos xususiyatlari tahlil qilingan, mazkur masalaga doir metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Maqolada bo’lajak tarbiya fani o’qituvchilarini kasbiy-metodik rivojlantirish orqali tarbiya fanini o’qitishga tayyorlash va o'qituvchilarning darslarda zamonaviy pedagogik texnologiya, interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan foydalanish kabilar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREPARATION OF FUTURE EDUCATION SCIENCE TEACHERS FOR TEACHING SCIENCE THROUGH PROFESSIONALMETHODICAL DEVELOPMENT

In this article, the theory of professional-methodical training of future education science teachers and its specific features are analyzed, methodological recommendations on this issue are presented. The article describes the preparation of future education teachers for teaching education through professional and methodical development, as well as the use of modern pedagogical technology, interactive methods and educational games by teachers.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK TARBIYA FANI O’QITUVCHILARINI KASBIY-METODIK RIVOJLANTIRISH ORQALI FANNI O’QITISHGA TAYYORLASH»

Yoqubaliyeva D.P. Andijon davlatpedagogika instituti, Pedagogika vapsixologiya kafedrasi o'qituvchisi

BO'LAJAK TARBIYA FANI O'QITUVCHILARINI KASBIY-METODIK RIVOJLANTIRISH ORQALI FANNI O'QITISHGA TAYYORLASH

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak tarbiyafani o'qituvchilarini kasbiy-metodik tayyorlash nazariyasi va uning o'ziga hos xususiyatlari tahlil qilingan, mazkur masalaga doir metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Maqolada bo'lajak tarbiya fani o 'qituvchilarini kasbiy-metodik rivojlantirish orqali tarbiya fanini o'qitishga tayyorlash va o'qituvchilarning darslarda zamonaviy pedagogik texnologiya, interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan foydalanish kabilar yoritilgan.

Kalitso'zlar: kasbiy, metodik, texnikaviy, axborotli, insonparvarlik, model, mas'uliyat, kreativlik, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, ma'rifatparvarlik, innovatsion, interfaol.

Yaqubaliyeva D.P.

teacher

Department of Pedagogy and Psychology Andijan State Pedagogical Institute

PREPARATION OF FUTURE EDUCATION SCIENCE TEACHERS FOR TEACHING SCIENCE THROUGH PROFESSIONAL-METHODICAL DEVELOPMENT

Abstract. In this article, the theory of professional-methodical training of future education science teachers and its specific features are analyzed, methodological recommendations on this issue are presented. The article describes the preparation of future education teachers for teaching education through professional and methodical development, as well as the use of modern pedagogical technology, interactive methods and educational games by teachers.

Key words: professional, methodical, technical, informative, humanitarian, model, responsibility, creativity, commitment, legal consciousness and culture, enlightenment, innovative, interactive.

KIRISH. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda mamlakatimizda tarbiya fanining mazmun va mohiyatini barkamol avlodni tarbiyalash va ta'lim berishga qaratilganligini ko'rishimiz mumkin. Yurtimizda sog'lom, yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr texnika asri talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida voyaga yetkazish bo'yicha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.

Tarbiya jarayonida o'quvchilarning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish muhim masalalardan biridir. Axloq normalarini o'quvchilar ongiga singdirish zarur. Respublikamizda milliy ta'lim tizimining huquqiy asoslarini shakllantirish uchun keng sharoit yaratilgan. O'z navbatida, islohotlar ta'lim tuzilmasi va mazmun-mohiyatini takomillashtirish imkonini berdi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyev ta'kidlaganidek, "Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz" [1]

Tarbiya - yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat hisoblanadi. Shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo'lib, insonning jamiyatda tutgan o'rni va turmush tarzini yaxshilashini ta'minlash uchun zarur bo'lgan xususiyatlarini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan barcha ta'sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi.

Tarbiya nafaqat oilada, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar bo'libgina qolmay, balki uning yetakchi g'oyalari gazeta va jurnallar, ommaviy axborot vositalari orqali singdirilgan mafkurani ham o'z ichiga oladi. Chunonchi, tarbiya ta'limga nisbatan kengroq bo'lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shunday ekan, tarbiya ta'lim olish bilan uzviy chambarchas bog'liq holda amalga oshirilib kelinadi. Ta'lim-tarbiya orqali shaxsda ezgu ma'naviy-axloqiy sifatlar tarkib topib boradi.

Tarbiya fani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasining bir qismi sifatida o'quvchilarda "Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari" g'oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqotlilik, ma'rifatparvarlik, bag'rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'ygan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. O'rta Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi fikrlari, o'gitlari shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik urug'larining ko'rinishiga, g'ururi hayot yo'liga olib chiqishiga yordam beradi. Shu bois biz uchun qadrli bo'lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Asqar Zununov va boshqalarning ta'lim-tarbiya va ma'rifat haqidagi g'oyalaridan keng foydalanish bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo'lib hisoblanadi.

Oliy ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislarni tayyorlashda kasbiy-metodik tayyorgarlik tamoyili muhim o'rinni egallaydi. Bu tamoyilni tadqiq etgan pedagog olimlar V.A.Suhomlinskiy, V.P. Bespalko V.A.Slastenin, I.YA.Lerner, A.K.Markova, E.F.Zeer, N.N.SHahmatova V.V.Kraevskiy, I.A.Zimnyaya,

A.V.Barannikov, V.A.Adolf, M.V.Dolgih, A.R. Hayrullin[61] kabi pedagog-olimlar shug'ullanishgan[4]. O'zbekistonolimlaridanbo'lajako'qituvchilarni bilim va malakalarni shakllantirish, malakali kadrlar tayyorlash masalasini U.Tolipov, N.Sayidahmedov, F.Yuzlikayev, N.Muslimov, O.Qo'ysinov, D.Himmataliyev,

B.Rahimov, M.Urazova, SH.Urakov, N.Niyazova va boshqalar o'zlarining ilmiy-tadqiqotlarida muammoni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil etishgan[9].

Kasbiy-metodik tayyorgarlik va kasbga yo'naltirilganlik asosida, insonning kelajak kasbiga nisbatan munosabatini ifodalovchi ehtiyojlar, qiziqish va nizomlar tizimi tushuniladi. V.Kuzmina va V.A.Slastenin o'z asarlarida pedagogik mutaxassisliklarga nisbatan kasbiy-metodik tayyorgarlik muammolarini o'rganib chiqadilar[5]. Bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiy-metodik rivojlanishini takomillashtirish jarayonining o'ziga hos xususiyatlarini tahlil etib, ushbu jarayonni amalga oshirish quyidagi tamoyillariga muvofiq amalga oshirilishi kerak deb tahmin qildik:

>hamkorlik faoliyatini yetakchi o'ringa ko'tarish, ta'lim sub'ektlari o'rtasidagi shaxslararo o'zaro munosabatni ta'minlash (professor-o'qituvchi va talabalar o'rtasida);

>talabaning o'quv faoliyatga shaxs sifatida kiritilishini psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlash;

> ta'lim mazmuni va uni ta'limga joylashtirish jarayoni muammosi;

> kasbiy-metodik tayyorgarlik uchun modellash orqali mashg'ulotlarga bosqichma-bosqich o'tish.

Shuningdek, bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarining maxsus fanlardan nazariy va amaliy bilimlarni to'liq egallashi bu ularning kelajakdagi faoliyati davomida zarur bo'lgan yuqori darajadagi kasbiy-metodik tayyorgarligiga ega ekanligini ko'rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR. Bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarda kasbiy-metodik rivojlanishini takomillashtirish modelining yana bir asosiy tarkibiy qismlaridan biri-bu ta'lim tamoyillari hisoblanadi. "Princip" atamasi lotincha "principium" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "asos", dastlabki, nazariyaning boshlang'ich holati, ilm-fan, mashqlar" degan ma'noni anglatadi. Principlar -bu asosan nazariya va fanning asosiy tahminlari bo'lib, ular har bir inson javob berishi kerak bo'lgan asosiy talablardir. Pedagogik tamoyillar-bu asosiy g'oyalar bo'lib, unga rioya etilishi pedagogik maqsadlarga erishishga yordam beradi. Oliy ma'lumotli o'quv jarayonini o'rganayotgan olimlar quyidagi didaktik prinsiplarni tanlaydilar:

S onglilik va faollik; S muntazam va izchil; Silmiy tavsif; Sko'rinishi; S mahkamlik; S mavjudlik; S nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqlik [6, 296].

Pedagogik psixologiyasida bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligi modeli kasbiy va ijtimoiy-psixologik sifatlar, bilimlar, malakalar hajmi va strukturasining in'ikosi sifatida ta'riflanadi. Shu nuqtai nazarda bakalavr modeli odatda quyidagi komponentlarni o'zichiga oladi:

-bo'lajak o'qituvchilarining faoliyati taqozo etadigan psixologik normalar -professiogrammasi;

-bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy-lavozim talablari, bakalavr faoliyati mazmunini aniq-ravshan tasvirlash, ya'ni bakalavr muayyan biror lavozimga ega bo'lganda kasbiy vazifalarni qanday hal qilishi;

-kasbiy faoliyatning zaruriy turlari va ular malakasi darajasining qo'shilishi. Ta'lim berish va tarbiyalash usullari bo'lajak o'qituvchilarining kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. O'qituvchilaming kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zaгuг bo'lgan tayanch kompetensiyalami egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jaгayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlaг, zamonaviy pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini гivojlantiгishni talab etadi.

Mavzuga doir ilmiy adabiyotlaг va mavjud holat tahlilidan ko'гinadiki, quyidagilar o'qituvchining metodik tayyoгgaгligini takomillashtirish, o'zini o'zi tahlil qilish va baholash, o'zini o'zi rivojlantirish, uzluksiz malaka oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:

• ta'lim sohasida xalqaro tajribalar va qiyosiy tahlil natijalari;

• zamonaviy texnologiyalaming takomillashuvi;

• jamiyat ehtiyoji hamda ta'limga bo'lgan talabning o'sishi;

• jamiyat ehtiyoji va talablari asosida o'qituvchi rolining o'zgarishi;

• DTS va o'quv dasturiarining optimallashtirilishi [11, 12]. Jamiyatdagi globallashuvning keskin o'sib borishi, jahon miqyosida ta'lim tizimidagi islohotlar mazkur jarayonning faol ishtirokchisi va amaliyotga

tatbiq etuvchi takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishni talab etadi. Buning uchun esa, dunyo ilm-fanida o'qituvchi kompetensiyasini shakllantirish, o'qituvchilaming metodik tayyorgarligini takomillashtirish orqali ularni kasbiy rivojlantirish bo'yicha pedagog va uslubchi olimlar tomonidan olg'a surilgan ilmiy-nazariy qarashlarni o'rganish lozim [13, 14]. Ammo, mazkur tadqiqotlar va boshqa pedagogik-psixologik ilmiy tadqiqot ishlarida bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish ilmiy pedagogik muammo sifatida yetarli darajada tadqiq etilmagan. Xususan: - ayrim tadqiqotlarda bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari keng yoritilgan;

- o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo'lajak mutaxassislar misolida o'rganilgan;

- fanni o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi, shuningdek, pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko'rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta'minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi, pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan;

- bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy tadqiqotchilarning fikrlari umumlashtirilmagan;

- bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirish muammolari alohida qayd etilmagan;

- o'qituvchilarning kasbiy va metodik tayyorgarligiga qo'yiladigan zamonaviy talablar, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, mexanizmi, shartsharoitlari va metodikasi mazkur tadqiqotlarda yoritilmagan;

- bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslanmagan.

Bu esa, o'z vaqtida, o'qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bilan bog'liq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi:

• bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirishga doir tizimli va uzviy amalga oshirish lozim bo'lgan ustuvor vazifalarni aniqlash va belgilash;

• bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish omillari, o'qituvchida professionallikni rivojlantirishga doir kasbiy rivojlanishning bosqichlari va darajalarini aniqlash va belgilash. Bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va kasbiy rivojlantirishning ilmiy pedagogik muammo sifatidagi ahamiyatini tadqiq qilish, bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiy rivojlantirish tamoyillari, nazariy va pedagogik jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.

XULOSA

Bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarini kasbiy-metodikasini oshirish va dars jarayonida interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Bo'lajak tarbiya fani o'qituvchilarining bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini yanada oshirishini kafolatlaydi. bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston va xorijlik pedagog-olimlarning ilmiy ishlaridan kelib chiqib uning didaktik imkoniyatlari va modelini ishlab chiqildi. Unga ko'ra kasbiy-metodik tayyorgarlik jarayonini maqsadi, vazifalari, tamoiyl va mazmun, shakl, uslublar

va vositalarga rioya etilishida pedagogik natijalarga erishiladi. Bunga kasbiy-metodik tayyorgarligi takomillashtirish bevosita ta'lim jarayonini tashkil etishning shakl, usul va vositalarini to'g'ri tanlashga bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.

2. Shavkat Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -T.: «O'zbekiston», 2017. -22-b.

3. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 184-185-b.

4. R.A.Mavlonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU Rizografiyada nashr qilindi. Toshkent, 2004-yil.

5. Forobiy. «Fozil odamlar shahri». - T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. 182-b.

6.Simonenko V.D. Obshaya i professionalnaya pedagogika: uchebnoe posobie dlya studentov pedagogicheskih vuzov / V.D.Simonenko. -M.: Ventana-Graf, 2005. -368 s.

7.Dahin A.N. Modelirovanie v pedagogike / A.N.Dahin // Idei i ideali. -2010. -No1 (3). T. 2. -S. 11-20.

8.HudyakovaG.I. Sistemoobrazuyushayarolprincipa professionalnoy napravlennosti v obuchenii matematike / G.I.Hudyakova // Yaroslavskiy pedagogicheskiy vestnik. -2009. -No 4 (61) (Psixologo-pedagogicheskie nauki). -S. 115-119.

9.SlasteninV.A. Pedagogika: uchebnik dlya stud. uchrejdeniy vissh. prof. obrazovaniya / V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanov; pod red. V.A.Slastenina. -10-e izd., pererab. -M.: Akademiya, 2011. -608 s.

10.Podlasiy I.P. Pedagogika: uchebnik dlya bakalavrov / I. P. Podlasiy. -2-e izd., pererab. i dop. -M.: Izd. -vo Yurayt; ID Yurayt, 2012. -574 s.

11.Hayrov R.Z., Ismatullaeva SH.SH. Professionaltnaya i metodicheskaya podgotovka budushix uchiteley izobrazitelnogo iskusstva//«Matrica nauchnogo poznaniya» Nauchniy elektronniy jurnal // ISSN 2541-8084 No-12-1/2022 S. 405-409https://os-russia.com/SBORNIKI/MNP-2022-12-1.pdf

12. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385

13. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/21811385-2021-11-321-326

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.