Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF JISMONIY TARBIYA O’QITUVCHISINING PEDAGOGIK MALAKASINI OSHIRISH USULLARI'

BOSHLANG’ICH SINF JISMONIY TARBIYA O’QITUVCHISINING PEDAGOGIK MALAKASINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang’ich sinf / ta’lim / pedagogik-psixologik / o’qituvchi / jismoniy tarbiya / metodik / kasb / takomillashtirish / shaxsiy rivojlanish / ta’lim-tarbiya / ta’lim muassasa.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Musurmonov Husan, Nizomov Behzod, Mamarasulov Shodlik To’Lqin O’G’Li

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf jismoniy tarbiya o’qituvchisining pedagogik madaniyati, ularning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish vazifalari tizimli va uzviy amalga oshirishlari borasida kerakli tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF JISMONIY TARBIYA O’QITUVCHISINING PEDAGOGIK MALAKASINI OSHIRISH USULLARI»

BOSHLANG'ICH SINF JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHISINING PEDAGOGIK

MALAKASINI OSHIRISH USULLARI

1Musurmonov Husan, 2Nizomov Behzod, 3Mamarasulov Shodlik To'lqin o'g'li

1,2O'zbekiston Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi

kafedrasi o'qituvchisi

3O'zbekiston Finlandiya pedagogika instituti Jismoniy madaniyat,sport va maktabgacha ta'lim

fakulteti 2-kurs talabasi 1'2+998939901501, 3+998941224898 https://doi.org/10.5281/zenodo.10680918

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf jismoniy tarbiya o'qituvchisining pedagogik madaniyati, ularning kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish vazifalari tizimli va uzviy amalga oshirishlari borasida kerakli tavsiyalar berilgan.

Kalitso'zlar :boshlang'ich sinf, ta'lim, pedagogik-psixologik, o'qituvchi, jismoniy tarbiya, metodik, kasb, takomillashtirish, shaxsiy rivojlanish,ta'lim-tarbiya, ta'lim muassasa.

Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan ekan, bu xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo'yadi. Mazkur vazifalar umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi.

O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni va mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yil 6 noyabrda qabul qilingan "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-son qarorda mamlakatimiz ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o'qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo'lgan hurmat-e'tiborni yanada oshirish, o'qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Bilimga asoslangan iqtisodiyot ta'lim va kasbiy tayyorgarlikning yangi modellarini talab qiladi. Bunda davriy malaka oshirishdan farqli ravishda ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqlik imkoniyatiga ega bo'lgan «hayot davomida o'qish» tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xorijiy davlatlarda o'qituvchilarning pedagogik faoliyatini takomillashtirishning ilmiy masalalari Marta Ruiz-Corbella1, Cropley A.2, Benjamin Crowell3, John Dirk Walecka4, D.Schaeffer5 tomonidan tadqiq qilingan. MDH mamlakatlarida o'qituvchilarining metodik

tayyorgarligini rivojlantirishga bag'ishlangan ilmiy izlanishlar G.V.Abramyan K.Angelovski, R.S.Arefyev, O.R.Badaguyeva, V.V.Davidov, M.V.Seliverstova, V.D.Shadrikovlar tomonidan olib borilgan.

Tadqiqot doirasida yurtimiz olimlari tomonidan o'qituvchilarning kasbiy ko'nikmalari va metodik tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha olib borilgan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini ham tahlil qildik. Tadqiqot muammosiga oid olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarni kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish masalalari bo'yicha yurtimiz pedagog olimlaridan Z.Artikbayeva malaka oshirish jarayonida maktab matematika o'qituvchilari kasbiy ko'nikmalarini takomillashtirishning pedagogik asoslari, rivojlantiruvchi ta'lim vositasida matematika o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish yo'llari, N.A.Muslimov bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish masalalari, G.E.Karlibayeva bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, I.Y.Raxmonov geometriyani o'qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi, M.l.Toshpo'latova bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish, T.T.Shaymardonov pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish mazmuni, ko'rsatkichlari, infratuzilmasi, dasturiy va metodik ta'minoti, axborot resurslarini shakllantirish tizimi, D.O.Ximmataliyev pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni tizimli va uzviy amalga oshirishlari muhim hisoblanadi:

- o'zini o'zi rivojlantirishga intilish;

- hayotiy va kasbiy tajribalarni o'zlashtirishga intilish;

- ta'lim berish uchun yuqori darajadagi tayyorgarlik va motivatsiyaga ega bo'lish;

- kasbiy faoliyatini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish va o'qitish jarayonini takomillashtirish uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni amaliyotga tatbiq etish.

Asosiysi, o'qituvchini uzluksiz kasbiy rivojlantirish va shu asosda uning kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirishga erishish mumkin. O'z-o'zini kasbiy rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoj, bir tomondan, o'qitishning o'ziga xos xususiyati, uning ijtimoiy roli, ikkinchi tomondan, pedagogik faoliyatning doimiy o'zgarib turadigan sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan "hayot davomida o'qish" tamoyili bilan belgilanadi. O'z-o'zini rivojlantirish uzluksizlik, universallik, maqsadga muvofiqlik, integrativlik, umumiylik, individuallashtirish, o'zaro bog'liqlik va doimiylik, past darajadan yuqori darajaga o'tishning doimiyligi, o'zgaruvchanlik kabi tamoyillarga asoslanadi.

Xulosa qilib jamiyatning ehtiyojlari, fan va amaliyotning rivojlanishi, inson shaxsini rivojlantirishga tobora ortib borayotgan talablar, o'zgaruvchan ijtimoiy jarayonlar va vaziyatlarga tez va adekvat javob berish qobiliyati, o'z faoliyatini qayta qurishga tayyorligi va yangi, yanada murakkab muammolarni mohirona hal qilishga tayyorligi bilan belgilanadi. O'z-o'zini rivojlantirishning ma'nosi bilim faoliyati qoniqishida, o'qituvchining ortib borayotgan ehtiyojida, uzluksiz ta'lim orqali o'zini o'zi anglashda namoyon bo'ladi. O'z-o'zini rivojlantirishning mohiyati aqliy mehnatning texnikasi va madaniyatini, muammolarni bartaraf etish, mustaqil ravishda o'z ustida ishlash, shu jumladan kasbiy mahoratni o'zlashtirishdir.

Xulosa

O'rganilgan ilmiy tadqiqot natijalari va tahlillari hamda kuzatishlarimiz natijasida, malaka oshirish jarayonida o'qituvchilarda kasbiy rivojlanishning quyidagi komponentlarining rivojlanishini inobatga olish lozim degan xulosaga keldik:

- pedagogik faoliyatdagi boshqaruvchanlik, texnologik usul va uslublarni ishlab chiqish;

- pedagogik faoliyatning har bir aniq turini loyihalash, tashkillashtirish va amalga oshirish;

- o'qitish jarayoniga mantiqiy yakunlangan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va amalga oshirish;

- pedagogik masalalarni ilgari surishda o'quvchilarning ta'limiy ehtiyojlari va bilim darajasini hisobga olish;

- o'quvchilarning faoliyati natijalarini baholash va hisobga olish;

- o'quvchining motivatsiyasini rivojlantirish;

- o'quvchi bilan ta'lim jarayonida o'zaro munosabatlarni shakllantirish;

- o'quvchilarning ta'limiy ehtiyojlarini va jamiyatning talablarini ko'ra bilish;

- kasbiy kompetensiyaning shakllanish istiqbolini belgilash va uni amalga oshirish;

- o'quvchining samarali ta'lim olishi va natijaga erishishi uchun metodik tizim yaratish;

- o'quvchilarning xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarligining metodik tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, malaka oshirish tizimida o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish jarayonini isloh qilish bo'yicha quyidagilar taklif etiladi: • o'qituvchilarni faoliyat olib borayotgan maktablarining rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, ularning malaka oshirishga bo'lgan ehtiyojlari asosida maqsadli va muammoli kurslarning dasturlarini ishlab chiqish;

• bolalarning individual tipologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, bilim o'zlashtirishga oid motivatsiyasini uyg'otish, o'quv faoliyati va bilish darajasini rivojlantirishga doir akmemashg'ulotlarni tashkil etish;

• o'qituvchilarni o'qitish jarayonini yangi avlod standarti talablariga muvofiq tashkil etishini ta'minlashga doir psixologik treninglar o'tkazish;

• o'qituvchilarning xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko'rish yuzasidan tadqiqot talablari asosida topshiriqlar ishlab chiqishga mo'ljallangan amaliy o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish.

Har bir o'quvchi ko'rsatmalarga erishishi davlat tomonidan talab qilinadi. Olib boriladiga ishlar, avvalo, har bir insonda sihat - salomatlik madaniyatini shakllantirish, jamiyatda sog'lom muhitni yuzaga keltirish, ona tabiatni muhofaza qilish ko'nikmalarini tarbiyalaydi. Boshlang'ich sinf metod birlashma yig'ilishlarida o'qituvchilar sog'lom - turmush tarzini targ'ibot etish bo'yicha taklif etilgan yangiliklar, ilg'or texnologiyalar bo'yicha fikr yuritishlari, tajriba almashishlari lozim.

Ta'lim dasturlariga yangidan kiritilgan "Odobnoma ","Inson va uning salomatligi"predmetlari bu borada eng muhim vosita vazifasini o'tab kelmoqda.

Ozod va obod yurtimizda Vatan, millat, or-nomus kabi muqaddas tuyg'ular kabi sog'lom avlod yaratish tuyg'usi ham xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi va olmoqda. Keng miqiyosida olib borilayotgan harakatlar ijobiy samara berishi shubhasiz.

REFERENCES

1. Salomov S.R. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1 jild. T.: ITA PRESS, 2015.

2. Abdullaev A, "Jismoniy tarbiya vositalari" o'quv qodlanma - Farg'ona, 1999 yilR. Mavlonova, O. To'raeva, Q.Holiqberdiev "Pedagogika". -T. O'qituvchi. 2001 y.

3. Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: TDPU, 2012

4. N.G'aybullaev, R.YOdgorov, R.Mamatqulova, Q.Toshmurodova."Pedagogika". -T. 2000 y.

5. Kerimov F.A. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. T. Zarqalam. 2004 yil.

6. www.gov.uz - O'zbekiston Respublikasi hukumati portali

7. www.Lex.uz - O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

8. ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.