Научная статья на тему 'TARBIYA DASRLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI'

TARBIYA DASRLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / zamonaviy o’qitish uslublari / “assessment” / “bumerang” / uzluksiz tarbiya jarayoni / tarbiya klasteri

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Asqaraliyeva Muxtasarxon Azizjon Qizi, Mo’ydinjonov Davlatjon Rafiqjon O’g’li

Ushbu maqolda globallashuv jarayonining ta’lim tizimiga ta’siri, o’quvchilar faoliyatida tarbiya darslarining ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA DASRLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI»

TARBIYA DASRLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI

1Asqaraliyeva Muxtasarxon Azizjon qizi, 2Mo'ydinjonov Davlatjon Rafiqjon o'g'li

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi 2Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13896927 Annotatsiya. Ushbu maqolda globallashuv jarayonining ta'lim tizimiga ta'siri, o'quvchilar faoliyatida tarbiya darslarining ahamiyati haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya, zamonaviy o'qitish uslublari, "assessment", "bumerang", uzluksiz tarbiya jarayoni, tarbiya klasteri

Abstract. This article discusses the impact of the globalization process on the education system, the importance of education classes in the activities of students.

Keywords: education, modern teaching methods, "assessment", "boomerang", continuous education process, education cluster.

Rivojlanib kelayotgan bu davrda sodir bo'layotgan innavatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi zamonaviy muommolarni hal qilish uchun yangi axborotni o'zlashtiradigan va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir bo'lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham ta'lim muassasalarining o'quv tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari, ya'ni, interfaol metodlar innavatsion texnologiyalarning o'rni nihiyatda beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo'llanilishga oid bilimlar, tajriba o'quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. Bugungi kundagi zamonaviy o'qituvchi imidjini shakllantirishda kerak bo'ladigan pedagogik odatlar:

o'zgarish, o'z xatolarini tan olish, rivojlanish,bolalarga hurmat, tolerantlik, o'qituvchi o'zining xizmat ko'rsatayotganini tushunishi,mehnati va bilimi bilan hurmat qozonishi,chegarani his qilish,o'z vazifasini tushunish,o'zini-o'zi tanqid qilish va baholash, o'zini-o'zi o'qitish. Mamalakatimizda ta'sis etilgan "Tarbiya" fanining eng asosiy ilmiy tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat: -tarbiyaga oid pedagogik merosni o'rganish;

-tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o'zlashtirish;

-tarbiyaga oid me'yoriy hujjatlarni bilish;

-tarbiyachining o'z individual tarbiyaviy tajribasining bo'lishi.

Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o'rganish, manbalarni o'zlashtirish va tajriba o'tkazish asoslarida o'rganiladi. Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo'llaniladi. Biroq ushbu metodlardan "Tarbiya" fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor beriladi:

a) tarbiyaga oid pedagogik meros o'rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya g'oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo'llariga alohida e'tibor beriladi;

b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o'zlashtirishda tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o'tganligi va bugungi kun talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi;

v) tarbiyaga oid me'yoriy hujjatlarni o'zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga yo'naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o'qituvchilarga qo'yiladigan pedagogik talablarni o'rganish va ularga amal qilish masalalariga e'tibor beriladi;

g) tarbiyachining o'z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo'lish uchun talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini o'zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy ko'nikmalar bilan qurollanishga diqqat qilinadi.

Bularning barchasi "Tarbiya" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo'yicha bilim va ko'nikmaga ega bo'lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining quyidagi ko'nikmalarga ega bo'lishi taqozo etiladi: tarbiya asoslarini o'zlashtirishga qiziqish; bolaparvarlik sifatiga ega bo'lish; muntazam o'zi ustida ishlab borish;

o'z tajribalarini ommalashtirish. Bular oliy pedagogik ta'lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlarni o'qish, tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish va mustaqil ta'lim mashg'ulotlari vositasida o'zlashtiriladi. Shu jihatdan hozirgi zamon talabalarining faol bo'lishi taqozo etiladi. Bugungi kun talabalari zamonaviy texnik texnologiyalardan foydalanishni yaxshi bilishadi, ayni paytda, ular bilim olish masalasida faollashishi kerak[3].

Mazkur ko'nikmalarni o'zlashtirishda hozirgi oliy pedagogik ta'lim jarayonida quyidagi mashg'ulotlarning turlari muhim ahamiyatga ega: amaliy mashg'ulotlar; mustaqil ta'lim mashg'ulotlari;

o'quv jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy tadbirlar;

auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida mazkur mashg'ulotlarni tashkil etish va amalga oshirish tizimini ishlab chiqish zaruriyat bo'lib turibdi. Ayni paytda, amaliy va mustaqil ta'lim mashg'ulotlarining topshiriqlarini o'z vaqtida bajarish bilan ta'kidlangan ko'nikmalarni kutilgan darajada o'zlashtirish imkoniyati mavjud. "Boshlang'ich ta'limda "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasi" o'quv fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini idrok etishda milliy va xalqparvarlik tamoyillariga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Bugungi kunda maktablarda amalga oshirilayotgan "tarbiya jarayoni umumxalq xususiyatiga ega bo'lmoqda". Buning ma'nosi shuki, umumta'lim maktablarida o'qitilayotgan "Tarbiya" fani umumxalq xususiyatiga, ya'ni xalqimizga xos bo'lgan fazilatlar, odatlar va turmush-tarz madaniyati asolariga tayanishi lozim.

"Boshlang'ich ta'limda "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasi" fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o'zlashtirish tizimlarini belgilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

davlat ta'lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni birlamchi bilish; pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o'tgan metodlarni qabul qilish; innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy ishlanmadan o'tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish;

o'zining ilmiy maktabiga ega bo'lgan pedagoglarning individual tajribalarini amaliyot sifatida qabul qilish;

milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g'oyalarga asoslanish. Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimiz "Tarbiya" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi shart. O'quvchilarning ruhiyatiga mos ravishda muloqotda bo'lish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va uni o'z o'rnida qo'llay olishi kerakligini

bilamiz. Bugungi kunda an'anaviy ta'limni zamonaviylashtirish yo'lida, o'qitishning noodatiy, rivojlantiruvchi texnologiyalarini ham bilishi zarur. O'qituvchini ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'quv-tarbiya jarayonidagi o'rni ulardan foydalanish hamda usul, metod, texnologiya tushunchalarini farqlay olishlari quyidagi, - "aqliy hujum" - "tarmoqlar(klaster)" -"assessment" - "bumerang" - "skrabey" - "charxpalak" - "rezyume" - "keys-stadi" usul va metodlari, texnologiyalari haqidagi bilimlarga ega bo'lishlari va ulardan o'quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim [4].

Albatta, xislatlarning bariga ega bo'lish oson emas. Ko'p hollarda maktabda, kollej-litseylarda o'qituvchilarni tanlab olish imkoniyati mavjud emas. Biroq shunga qaramay idealga qarab intilish zarur. O'quvchilariga namuna, ibrat bo'la olishi zarur. O'qituvchi o'zida komil inson sifatlarini ko'rsata olsa, o'quvchilar ham ijobiy tomonga qarab rivojlanadilar. O'quvchilar o'rtasida yuzaga keladigan muommolarni qanday hal qilish albatta, o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq. Ta'lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo'nalishlari masalasini o'rganishga kirishishdan oldin "Pedagogik tizim" va "Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish" tushunchasini aniqlab olaylikonsepsiya Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo'lga qo'yiladi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo'lib, ular o'zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o'zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo'lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o'rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig'indisidan iborat bo'lib, ular o'zaro bog'liq holda quyidagi ko'rinishga ega: o'quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o'qituvchilar (yoki TTV - ta'limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo'ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo'lib, yoyib ko'rsatilishi mumkin. Ko'rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko'rsatib o'tilganlarga qo'shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, "natijalar", "o'quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish", "texnologiya"lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko'zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayonni tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to'la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o'lchov ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 592 b.

2. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. «Ma'rifat gulshani» gazetasi, 6 (11) - 2007 yil.

3. To'raqulov X.A. Kamolot sari. Jizzax, 2007, 181-182 betlar.

4. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 8-jild, 270 bet.

5. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika. Toshkent: Fan, 2006, 284 bet.

6. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.