Научная статья на тему 'TARIX FANIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI'

TARIX FANIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yondashuv / tahlil / texnika / tizim / mustaqil / dolzarb / pedagog / ta’lim / axborot / approach / analysis / technique / system / independent / actual / pedagogue / education / information

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Userbayeva Feruza Inoyat Qizi

Ushbu maqolada Tarix fanini o‘qitishda mustaqil ta’limni tashkil etishning axamiyati haqida so‘z boradi. Hamda mustaqil ta’limning tashkil etishning yutuqlari borasida ayrim mulohazalarimiz ham ushbu maqolamizda o‘rin olgandir. Mustaqil ta’limni joriy etishda zamonaviy texnologiyalarni o‘rni va axamiyati haqida ham fikr yuritilib, ushbu jorayonga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning natija va yutuqlari borasida fikrlarimiz bayon etiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN ORGANIZING INDEPENDENT EDUCATION IN HISTORY

This article talks about the importance of organizing independent education in the teaching of History. Also, some of our comments on the achievements of the organization of independent education are included in this article. The role and importance of modern technologies in the implementation of independent education are discussed, and our opinions on the results and achievements of applying modern technologies to this process are presented

Текст научной работы на тему «TARIX FANIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI»

TARIX FANIDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY

TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Userbayeva Feruza Inoyat qizi

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti talabasi feruzauserbayeva@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada Tarix fanini o'qitishda mustaqil ta'limni tashkil etishning axamiyati haqida so'z boradi. Hamda mustaqil ta'limning tashkil etishning yutuqlari borasida ayrim mulohazalarimiz ham ushbu maqolamizda o'rin olgandir. Mustaqil ta'limni joriy etishda zamonaviy texnologiyalarni o'rni va axamiyati haqida ham fikr yuritilib, ushbu jorayonga zamonaviy texnologiyalarni qo'llashning natija va yutuqlari borasida fikrlarimiz bayon etiladi.

Kalit so'zlar: yondashuv, tahlil, texnika, tizim, mustaqil, dolzarb, pedagog, ta'lim, axborot.

ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN ORGANIZING INDEPENDENT

EDUCATION IN HISTORY

Userbayeva Feruza Inoyat kizi

Student of Chirchik State Pedagogical University feruzauserbayeva@gmail .com

Abstract: This article talks about the importance of organizing independent education in the teaching of History. Also, some of our comments on the achievements of the organization of independent education are included in this article. The role and importance of modern technologies in the implementation of independent education are discussed, and our opinions on the results and achievements of applying modern technologies to this process are presented.

Keywords: approach, analysis, technique, system, independent, actual, pedagogue, education, information.

РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ПО ИСТОРИИ

Усербаева Феруза Инайят кизи

Студентка Чирчикского государственного педагогического университета

feruzauserbayeva@gmail .com

Аннотация: В данной статье говорится о важности организации самостоятельного образования при преподавании истории. Также в данную статью включены некоторые наши комментарии о достижениях организации независимого образования. Обсуждаются роль и значение современных технологий в реализации самостоятельного образования, а также излагаются наши мнения о результатах и достижениях применения современных технологий в этом процессе.

Ключевые слова: подход, анализ, методика, система, самостоятельный, актуальный, педагог, образование, информация.

KIRISH

Respublikamiz oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi [1]. Bugungi kunda zamonaviy tarix fani darslarining dolzarb muammolari zamonaviy taraqqiyotning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tahlil etish bilan birga, barcha ommaviy axborot vositalari va internet axborotlarini sinchiklab o'rganib, ularga integratsion yondashgan holda, dars jarayonida zarur axborotlarni to'g'ri tahlil etishi, ularni o'quvchi va talabalar ongiga yetkazishi lozim. Yosh avlodni XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga talabalar va ularning bo'lajak o'qituvchi sifatlari, ijtimoiy, falsafiy, psixologik jihatlari, tarix fanlarini o'qitishning huquqiy asoslari hamda bugungi tahlikali zamonda ta'lim va tarbiyaga ta'sir etuvchi omillarining metodologik asoslariga oid bir qator konseptual g'oyalar tahlil etilgan. Uzluksiz ta'lim jarayoni ilmiy-pedagogik tamoyillarga amal qilgandagina, o'z oldiga qo'ygan murakkab muammolarni yecha oladi [2].

O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim tizimi muassasalarining barcha shakl va turlarida o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy-metodik jihatdan to'la ta'minlagan holda erishish mumkin. Tarix ta'limi tizimi sohasiga tashki tomondan doimo bo'lib turadigan o'zgarishlar amaldagi ta'lim tizimi oldiga fan, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish madaniyat va kundalik pedagogik amaliyot talabalarining ko'nikuvi muammolarini uzluksiz ravishda ko'ndalang qo'ymoqda. Shu munosabat bilan tarix

ta'limi tizimida tarix fanining tadqiqot jarayoni samaradorligini sifat jihatidan yuqori bosqichga ko'tarish, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini zamonaviy o'quv-metodik majmualarni ishlab chiqish, ta'lim mazmunini shakllantirish va uzluksiz ta'lim bo'g'inlariga moslab davlat standartlari tuzib chiqishga kirishilgan va u har fan xususiyatidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizdagi ta'lim tuzilishi va mohiyati, kadrlar tayyorlash isloh qilish tarix fani oldiga ham aniq vazifalar qo'ydi. Bunday vazifalar qatoridagi Respublikaning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi, fan, texnika va texnologiyalar sohasidagi muvoffaqiyatlar istiqbollarini hisobga olgan holda tarbiyalash va ta'lim berishning maqsad, mohiyat, usul, vosita va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash bilan bog6'liq muammolarning barcha majmuasi kiradi [3]. Bugungi kunda yurtimizda ta'lim tizimini samarali va tizimli tashkil etishga axamiyat qaratilmoqdadir. Albattaki ta'lim tizimini zamon talablariga moslash ushbu tizimga yangiliklar olib kirish muhim axamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlar orasida ta'lim tizimini mustaqil holda olib borish ham muhim axamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil qilish turli davrlarda o'qituvchi va uslubchilarning e'tiborini tortib kelgan. Darsdan tashqari ishlarga oid ilk ma'lumotlar XVIII asr rus manbalarida uchraydi.

Bu davrda (zodagonlar pansionlari va umumiy) maktablarda tahsil oluvchilar darsdan bo'sh vaqtlarida o'zlarining tarjima ishlaridan parchalar va insholarini o'qib berishgan. "Sinfdan tashqari ish" tushunchasi esa birinchi marta XIX asrda V.Sheremetevskiy asarlarida uchraydi. XX asrning 60-70 yillarga kelib darsdan tashqari ishlar sovet maktablari, shu jumladan O'zbekiston amaliyotda ham mustahkam o'rnashib, pedagogik jarayonning ajralmas qismiga aylandi. Hozirgi pedagogikada 'sinfdan tashqari ish' atamasining turli ta'riflari mavjud. I.A.Karimov unga shunday ta'rif beradi: 'Sinfdan tashqari mashg'ulotlar maktab tomonidan o'quvchilar bilim ko'nikmalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, o'quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek ularning oqilona dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil qilinadi' [4].

Shu bilan birgalikda ma'lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o'quv jarayoni texnologik vositalari yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlanadi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan "o'qitish texnologiyasi bu o'qitishning maqbulligini ta'minlovchi yo'l- yo'riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi" ekanligi e'tirof qilinadi.

Ta'lim tizimida qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda o'rganilib kelinadi. Natijada o'qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o'quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishga

qaratilgan u yoki bu ilg'or metodikalar texnologiyalar darajasiga ko'tarila olmay asta-sekinlik bilan o'z mavqeini yo'qotib pedagogika fanidan uzoqlashib ketmoqdalar. Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo'lgan "Dasturli ta'lim" yoki 70-yillarda sobiq ittifoq miqyosidagi "Shatalovchilik harakati"ni eslash kifoya. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlari yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanishi pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo'l ochadi [5].

Darsdan tashqari ishlarda ayniqsa tarbiyaviy faoliyatga ham alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Darsdan tashqari ishlarda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va unga qo'yiladigan pedagogik talablar haqida to'xtaladigan bo'lsak, o'quvchilarning dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o'ziga xos qoidalarga ega. Bunda pedagog sinf jamoasi har bir o'quvchining tarbiyalanganlik holati bilan tanishib chiqishi, jumladan, o'quvchilarning oilaviy hayoti va sharoiti, ota-onalarning farzand tarbiyalashdagi burchini his qilishi hamda kundalik o'zgarishlarga o'quvchining munosabati, o'quvchilarning milliy qadriyatlar va urf-odat, an'analar haqidagi bilim darajasi, o'z yurtida yetishib chiqqan olimlar va mutafakkirlar ijodidan namunalar bilishi va boshqalarni o'rganishi va tashxislashi lozim bo'ladi. Tarbiyaviy jarayon va tarbiyaviy ish shakllari hozirgi davr talabiga javob beradigan darajada tashkil qilinishi lozim [6].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida ilmiy va o'quv adabiyotlarini tahlil qilish, qiyosiy tahlil qilish, umumlashtirish, dasturlash va raqamlashtirish modellari kabi usullardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Insonning mustaqil baholay olish qobilyati murakkab ko'rinishga ega bo'lganligi sababli tarix fani o'qituvchilarining ishida asosiy yo'nalishlardan biri o'quvchilarda mustaqil fikrlay olish malakalarini tarkib toptirish bo'lishi lozim. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, boshlangan ishni sabr-toqat bilan mustaqil ravishda tinmay izlanish orqali oxirigi yetganlaridagina hayotda ko'zlangan maqsadlarga erishadilar. O'quvchi talabalarni an'anaviy xislatli tarbiyalashda mustaqil ishlarni tashkil etish o'ziga hos muhim o'rin tutadi. O'quvchi yoshlar hozirgi kunda axborot oqimini nihoyatda kattaligi, fan-texnika taraqqiyoti tufayli ular qanchalik mohir bo'lmasin, dars jarayonida qanchalik bilimga ega bo'lmasin o'z bilimlarini yetkaza olmaydilar. Uni to'ldirishning yagona yo'li o'quvchi talabalarning o'z ustilarida mustaqil ishlaridir.

Tarixiy ta'limda o'quvchilarning mustaqil ishlashi o'qitish jarayonining ajralmas elementidir. Mustaqil ishsiz o'qitish va o'quvchilarning mustaqil o'qishlari birligini ta'minlash mumkin emas. Ammo mustaqil ishlashni o'qitish metodi deb

hisoblash mumkinmi? Bu xususda bir nechta nuqtaiy nazar mavjud bo'lgan.Uni ba'zan o'quv ishini tashkil qilish formatlariga, o'qitish turlariga, o'qitishning amaliy metodlari qatoriga kiritishgan. Keyingi yillarda uslubiy mualliflarning ko'pchiligi mustaqil ishlashni o'qitish metodlariga kiritishmoqda, chunki u ta'lim-tarbiyaviy masalalarni, jumladan bilish mustaqilligi va o'qishni bilan masalalarini hal qilishning keng tarqalgan uslublaridan biri rolini bajarmoqda. Shunday bo'lsa ham o'qituvchilar orasida: agar biz amaliy metodlarni, ya'ni amaliy ish jarayonida nazariy bilimlarni qo'llash metodlarini ajratgan bo'lsak, endi nimaga mustaqil ishlash metodini ham ajratishimiz kerakmi? Axir bu yerda ham gap mashqlar, masalalarni yechish, tajribalarni bajarish haqida boradi-ku, degan masala ko'pincha takror va takror ko'tariladi [7]. Mustaqil ishlash metodlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, bu o'quvchilarning bevosita boshqaruvsiz bajarishidir. Mustaqil ishlash o'quvchilar tomonidan darslarda yangi material matnini o'ganish, mashqlarni bajarish, tajribalar, kuzatishlar, mehnat operatsiyalarini o'kazish va shu kabilar orqali amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ishlashning anchagina keng tarqalgan turi uy vazifalarini bajarish hisoblanadi. Mustaqil ishlash metodlari ayniqsa tarix o'qitishdagi ta'limiy tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Mustaqil ishlash tafakkur, ko'nikma va malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsni irodasini chiniqtiradi [8]. Endi tarix o'qitishda mustaqil ishlash metodlarini qo'llash eng maqbul bo'lgan vaziyatlarni ko'rib chiqaylik:

- Qaysi vazifalarni hal etishda bu metod ayniqsa muvaffaqiyatli qo'llanadi?

- Bu metodni o'quv materialining mazmuni qanday bo'lgan hollarda qo'llash ayniqsa samaralidir?

- Material mustaqil o'rganish uchun qulay bo'lgan hollarda.

- Bu metodni o'quvchilar qanday xususiyatlarga ega bo'lganlarida qo'llash samaralidir?

- O'quvchilar mazkur mavzuni mustaqil o'rganishga tayyor bo'lganlarida.

- O'quvchi bu materialdan foydalanish uchun qanday imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak?.

O'quvchilarning mustaqil ishlashi uchun barcha didaktik va metodik materiallar mavjud bo'lib, uni darsda tashkil etish uchun yetarli vaqtga ega bo'lganlarida[9]. Mustaqil ishlashning eng ahamiyatli jihatlari shular hisoblanadi. Hozirgi kunda shu jihatlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Mustaqil ta'limni tashkil etishda va yo'lga qo'yilayotgan ishlar ham shular jumlasidandir. Hozirgi kunda shu jihatlarga katta e'tibor qaratilmoqdadir.

Mustaqil ta'limni tashkil etish hamda yo'lga qo'yish, fan doirasida amalga oshiriladi. Mavzular beriladi, hamda mavzular borasida talabalar mustaqil tatqiqot ishi

olib borishadi. Bu ishning qay tarzda qabul qilib olinishi o'qituvchi tomonidan belgilab beriladi. Quydagi jadval orqali buni asoslantirib o'tishga harakat qilamiz;

1-jadval

Tarix fanida mustaqil ta'limning ishlab chiqishning zamonaviy yondashuvlarga

asoslanishi "Raqamli tarix" misolida1

№ Mustaqil ish mavzusi Qabul qilinishi Mustaqil ishni topshirish shakllari

1 XIX-XX asrlarda Xitoyning iqtisodiy ahvoli elektron 1.Taqtimot 2.Videorolik(mavzu asosida ishlangan) 3.Elektron, mavzuni qamrab olgan holda "quiz" test 4.Ishlangan mavzu asosida (loyiha ishi, hisoboti, dars ishlanma) 5.Ilmiy asosga ega "Referat"

XULOSA

Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta'limning asosiy vazifalaridan biri atrof-olam voqea-hodisalarini mustaqil tahlil qila oladigan shaxsni kamol toptirishda namoyon bo'ladi. Boshqa umum ta'limiy fanlar singari Tarix fani ham o'quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish uchun juda katta imkoniyatlarga ega.

Demokratik jamiyatda erkin fikrlay oladigan shaxslar qadr-qimmatga ega bo'ladilar. O'z navbatida ular boshqalarning intilish va fikrlarini qadrlay oladilar. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va ma'naviy erkinligining muhim tomoni sifatida yuzaga chiqadi. Erkinlik-mustaqil fikrlash uchun qo'yilgan birinchi qadamdir. Mustaqil fikrning mavjudligi va rivojlanishi ko'p jihatdan o'quvchilarning erkinlik darajasiga bog'liq. Mustaqil fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish uchun o'quvchilarning individual va jamoaviy erkinligiga erishish zarur. Chunki mustaqil fikrlash shaxsning xislati sifatida har qanday faoliyat turida individual va jamoaviy yutuqlarga erishishda yuqori ko'rsatkichni ta'minlaydigan muhim omillardan biri bo'lib qoladi. Shu bilan birga, mustaqil fikrlash jamiyat insonga yaratib bergan imkoniyat va erkinliklarning mahsulidir. Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni bo'lib, voqealikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Mustaqil ishlash metodlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, bu o'quvchilarning o'quv topshiriqlarini o'qituvchining bevosita boshqaruvsiz bajarishidir. Mustaqil ishlash o'quvchilar tomonidan darslarda yangi material matnini o'rganish, mashqlarini

1 Muallifning shaxsiy ishlanmasi

bajarish, tajribalar, kuzatishlar, mehnat operatsiyalarini o'tkazish va shu kabilar orqali amalga oshirilishi mumkin. Mustaqil ishlashning anchagina keng tarqalgan turi uy vazifalarini (og'zaki, yozma yoki tajriba eksperimental) bajarish hisoblanadi.

Mustaqil ishlash metodlari ayniqsa tarix o'qitishdagi ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Mustaqil ishlash tafakkur, ko'nikma va malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsning irodasini chiniqtiradi [10]. Albattaki bu jarayonlarni tatbiq qilishda zamonaviy texnalogiyalar ham katta axamiyat kasb qilishini ta'kidlab o'tishimiz joizdir. Ushbu texnalogiyalarni ta'lim tizimida mustaqil ta'lim tizimini tashkil etishga yo'naltirish yaxshi va ijobiy natijalar beradi. Hamda bugungi zamon zamonaviylashuvi asnosida rivojlanishga zamin yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ya.X.G'afforov "Mahsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish usullari", Toshkent-2021, 'Shafoat nur fayz'nashriyoti, 5-bet.

2. S.A.Toshtemirova, F.Sh.Ilmurodova, M.H.Sa'dullayeva, "Tarix o'qitish metodikasi" , Toshkent, 'Yangi chirchiq prints', 2023. 4-bet.

3. Ya.X.G'afforov "Mahsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish usullari", Toshkent-2021, 'Shafoat nur fayz'nashriyoti, 117-bet

4. N.Sayidahmedov "Yangi pedagogic texnologiyalar" Toshkent-2003, 8-9-

betlar

5. Педагогический словар Под редакцией И.А.Каирова -М.: Слово, 2004-

С.12

6. S.A.Toshtemirova, F.Sh.Ilmurodova, M.H.Sa'dullayeva, "Tarix o'qitish metodikasi" , Toshkent,'Yangi chirchiq prints', 2023. 439-bet.

7. Ya.X.G'afforov. Tarix o'qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : 'TURON-IQBOL' 2022-YIL, 59-bet.

8. Ya.X.G'afforov. Tarix o'qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : 'TURON-IQBOL' 2022-YIL, -B.256

9. Yu.K.Babanskiy.Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodikasi.-Toshkent: O'qituvchi, 1990.-B.186.

10. Ya.X.G'afforov. Tarix o'qitish metodikasi. Darslik.-Toshkent : 'TURON-IQBOL' 2022-YIL, 58-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.