TARAQQIYOT STRATEGIYASI - YANGI O'ZBEKISTON BARQAROR TARAQQIYOTINING GAROVI
YUSUBOV Jaloliddin Kadamovich
Mirzo Ulug bek nomidagi O 'zbekiston Milliy universiteti
Huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari bo 'yicha falsafa doktori(PhD) yusubovjaloliddin@gmail.com
ESONALIYEVA Gulnoza Dilmurod qizi
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Milliy g 'oya, ma 'naviyat asoslari va huquq ta 'limi
yo 'nalishi 3-bosqich talabasi esonal iyevagulnoza519@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada bugungi globallashuv va integratsiyalashuv davrida mamlakatimiz taraqqiyotida o'z oldiga qo'ygan strategik maqsadlar, ularning ahamiyati va amalga oshirish mexanizmlari borasida taklif, fikr va xulosalar bayon etilgan. 2022-2026-yillarga mo 'ljallangan Taraqqiyot strategiyasining dolzarbligi va mohiyati to 'g'risida ilmiy qarashlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: globallashuv, strategiya, integratsiya, fuqarolik jamiyati, taraqqiyot, mexanizm, eksport, milliy manfaatlar, umumbashariy muammolar, ma 'naviy taraqqiyot
В данной статье представлены стратегические вопросы, выводы и механизмы реализации, идеи и разработки процесса оказания помощи сегодняшнему глобальному и интеграционному процессу. Описаны работа над стратегией развития на 2022-2026 годы и правильные научные взгляды.
Ключевые слова: глобализация, стратегия, интеграция, гражданское общество, развитие, механизм, экспорт, национальные интересы, общечеловеческие проблемы, духовное развитие.
This article presents proposals, opinions and conclusions regarding the strategic goals set for the development of our country in today's globalization and integration period, their importance and implementation mechanisms. Scientific views on the relevance and essence of the Development Strategy for 2022-2026 are presented.
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
10
www.birunijournal .uz
Key words: globalization, strategy, integration, civil society, development, mechanism, export, national interests, universal problems, spiritual development
KIRISH
Bugunni globallashuv va integratsiyalashuv davrida o'z kelajagiga, ravnaqiga befarq bo'lmagan mamlakatlar, albatta, o'z oldiga yuksak huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati , har jihatdan taraqqiy etgan kuchli davlat bunyod etish maqsadini qo'ygan.Chunki ayni damda faqatgina qudratli davlatlargina turli global va iqtisodiy muammolarni bartaraf etib, o'z aholisi uchun farovon hayotni ta'minlab bera oladi. Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta'kidlaganlaridek, "Taraqqiyotga - faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi."13 Shu bilan birga bu harakat bir vaqtning o'zida tizimlilik, aniq strategik maqsadlarni to'g'ri belgilay olish hamda ularni izchil amalga oshirish mexanizmini ham talab etadi. Jumladan, dunyoning eng rivojlangan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Xitoy kabi davlatlarining bosib o'tgan yo'liga e'tibor qaratadigan bo'lsak ularning muvaffaqiyati asosida ham to'g'ri tanlangan strategik yo'l, mashaqqatli mehnat va harakat yotadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Taraqqiyot - rivojlanishning oddiydan murakkkabga, quyidan yuqoriga yo'nalgan shakli, uning yuksalishi. Ayrim adabiyotlarda taraqqiyotni ko'pincha rivojlanish bilan aynanlashtirib ko'rsatishadi, aslida u rivojlanish falsafasining bir yo'nalishidir.14 Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish ro'y beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulg'ayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot - yaxlit jarayondir.
Zotan, mamlakatimizning hozirgi tinchligi, farovonligi, taraqqiyoti va rivojlanishi zamirida yillar davomida amalga oshirilgan samarali islohotlar yotadi. Mustaqillik yillaridan to bugungi kungacha quyidagi harakatlar dasturlari taraqqiyotga erishish yo'lida yo'l xaritasi bo'lib xizmat qildi:
- Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan "O'zbek modeli" ;
- 2017-2022-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi ;
- 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi".
Yurtimizda yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi, 8 milliard dollar xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa 19 milliard dollarga
13 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. - T.: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, 2022-yil. 17-bet
14 Sh.Mustafakulov. Iqtisodiy atamalarning izohli lug'ati. - T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2019-yil. 213-bet
11
yetdi. Albatta hozirgi kundagi erishilayotgan mazkur yutuqlar 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirilayotganligining samarasidir. Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi O'zbekistonning keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan.15 Ushbu maqsadlarga erishish yo'lida amalga oshiriladigan sa'y-harakatlar ham aniq. Ular o'z navbatida samaradorlik va natijadorlikni nazorat qilishni ancha osonlashtiradi. Unda quyidagi ustuvor yo'nalishlar begilangan :
- Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish ;
- Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish ;
- Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;
- Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish ;
- Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish ;
- Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
- Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Rivojlanish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi inson uchun, uning qadri va farovonligi uchun. "Avval -inson, keyin jamiyat va davlat. " -deydilar yurtboshimiz. Taraqqiyot strategiyasining 1-ustuvor yo'nalishida inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo'lida quyidagi aniq maqsadlar belgilab olingan :
- Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini "fuqaroga xizmat qilishga yo'naltirish" tamoyili asosida transformatsiya qilish ;
- "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish ;
- Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish;
- Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish ;
- Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qat'iy ijrosini ta'minlash.
Adolat - oxiratda najot, dunyoda saodat boshi. Adolatli jamiyatda aholi tinch va baxtiyor hayot kechiradi, o'z faoliyatini va kelajagini ishonch bilan quradi. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyilarini taraqqiyotning eng asosiy
15 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. - T.: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, 2022-yil. 17-bet
12
va zarur shartiga aylantirish uchun Taraqqiyot strategiyasida quyidagilar belgilb o'tilgan :
- Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta'minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash ;
- Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o'rnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish ;
- Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yo'naltirish ;
- Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar o'rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish.
2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining 3-ustuvor yo'nalishi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash masalalariga qaratilgan bo'lib bu borada mazkur muhim maqsadlar belgilab olingan :
- Milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish ;
- Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash hamda "Yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish ;
- Raqamli iqtisodiyotni asosiy "drayver" sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish ;
- Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish;
- Barcha transport turlarini uzviy bog'lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar o'rtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish .
Xalq boy , farovon va aholining barcha qatlmalari tuzumdan mamnun holda yashasa davlat ham shuncha kuchli va qudratli bo'ladi. Shunday ekan, mamlakatimizda adolatli ijtimoiy siyosat yuritish masalasiga hamisha muhim ahamiyat qaratiladi. Taraqqiyot strategiyasida bu borada quyidagilar belgilangan :
- Maktabgacha ta'lim tizimida budjet mablag'larining maqsadli va samarali sarflanishini ta'minlash ;
13
www.birunijournal .uz
- Aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag'laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug'urtalash amaliyotini joriy qilish ;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish ;
- Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash ;
- Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ;
Ma'naviyat millat ko'zgusi, uning tayanchi va amalga oshriliayotgan islohotlarning bosh harakatlantiruvchi g'oyasidir. Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqishda quyidagilarni amalga oshirish ustuvorlik kasb etadi :
- Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish ;
- Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarish ;
- Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik muhitini mustahkamlash ;
- Madaniyat va san'at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.
Bugungi globallashuv jarayonida ayrim umumbashariy muammolar ham davlatlarni o'zaro birlashishga, hamkorlik qilishga va birgalikda oqilona chora-tadbirlar ko'rishga da'vat etmoqda. Bular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin :
- xalqaro terrorizmga qarshi kurash va barcha xalqalar uchun tinchlikni ta'minlash ;
- ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish ;
- atrof-muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish ;
- suv tanqisligi ;
- oziq-ovqat, sanoat xomashyosi, energiya manbalari bilan ta'minlash.16
Taraqqiyot strategiyasining 6-ustuvor yo'nalishida milliy manfaatlardan kelib
chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish masalasi bo'yicha bir qator aniq maqsadlar belgilab olingan :
- Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish ;
16 O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, birinchi jild. - T.: Toshkent, 2000-yil. 187-bet
14
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish ;
- Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish ;
- Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ;
- Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta'minlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish.
O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosbatlarning to'la huquqli subyektidir. O'zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, nizolarni tuinch yo'l bilan hal etish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.17 Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish borasida Taraqqiyot strategiyasida quyidagilar belgilangan :
- Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash ;
- Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish ;
- Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniygumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish ;
- O'zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish ;
- Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish ;
- O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O'zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish.
Taraqqiyot strategiyasida, darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz rivojida amalga oshirilish lozim bo'lgan eng muhim maqsad va vazifalar belgilangan.Ularning yanada to'la-to'kis amalga oshirish uchun qo'shimcha tarzda
17 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: Toshkent, 2023-yil . 11-bet
15
quyidagilarni amalga oshirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir :
- Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, jamoaviy murojaatlar asosida hududiy, tarmoq va davlat dasturlari ijro sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish ;
- Ayrim davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish, davlat organlari faoliyatini o'rganishda ijtimoiy so'rovlar o'tkazish hamda aniqlangan kamchiliklarni ochiq muhokama qilish amaliyotini yo'lga qo'yish;
- Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish, odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o'rganishda ularning mehnatidan samarali foydalanish;
- Ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo'llab-quvvatlash hajmini ikki barobarga oshirish.
Shuningdek , strategiyaning ijrosini ta'minlashda barchamiz birdek harakat qilishimiz, mehnat qilishimiz va o'zimizni bu jarayonlarga daxldor his etishimiz lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: Toshkent, 2023-yil . 11-bet.
2. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. - T.: "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, 2022-yil. 17-bet.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasi. - T.: "O'zbekiston", 2022-yil. 9-bet.
4. Sh.Mustafakulov. Iqtisodiy atamalarning izohli lug'ati. - T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2019-yil. 213-bet.
5. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, birinchi jild. - T.: Toshkent, 2000-yil. 187-bet.
6. Ismoilov, N. B. (2023). YANGI O 'ZBEKISTONDA TA'LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI. International scientific journal ofBiruni, 2(1), 81-88.
7. Ismoilov, N. B. (2022). O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY BAG 'RIKENGLIK VA KONFESSIYALARARO HAMKORLIKNI TA'MINLASH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1116-1121.
16
www.birunijournal .uz