Научная статья на тему 'INSON QADRI ULUG‘LANGAN YURT'

INSON QADRI ULUG‘LANGAN YURT Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
527
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Taraqqiyot / inson qadri / mahalla / xalq / qadriyat / tarbiya

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulmira Bektursinova

Ushbu maqolada inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bо‘g‘iniga aylantirish vazifasi bо‘yicha taraqqiyot strategiyasida belgilangan muhim vazifalar va ularning ijrosi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INSON QADRI ULUG‘LANGAN YURT»

INSON QADRI ULUG'LANGAN YURT

Gulmira Bektursinova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yilida mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'iniga aylantirish vazifasi bo'yicha taraqqiyot strategiyasida belgilangan muhim vazifalar va ularning ijrosi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Taraqqiyot, inson qadri, mahalla, xalq, qadriyat, tarbiya.

A COUNTRY IN WHICH HUMAN DIGNITY IS GREATED

Gulmira Joldasbaevna Bektursinova Nukus branch of the Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract. This article provides information on the important tasks set in the development strategy and their implementation in order to glorify human dignity and effectively use the great potential of the mahalla institution in the year of an active mahalla, further expand its powers, make the mahalla a decisive part of our society.

Keywords: Development, human dignity, mahalla, people, values, education.

Bugungi davrda Yangi O'zbekiston "Inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlat" degan muhim g'oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari belgilab bergan bu ulug'vor maqsad asosida xalqimiz yangidan - yangi islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda. "2022- yilga Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili" deb nom berildi. Yangi 2022 yilda mamlakatimizda Harakatlar strategiyasidan Taraqqiyot strategiyasi sari say-harakatlarimiz ko'lami yanada avj oladi. Bunda aynan Inson qadri uchun ezgu g'oyasi muhim vazifani o'taydi. Keyingi ikki yil davomida mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O'zbekston taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarish buyicha amalga oshirilayotgan keng kulamli islohatlar tufayli barcha javhada tub uzgarishlar ruy bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda. Jamiyatimizda yangicha qadriyat va an'analar shakllanmoqda.

Keyingi yillarda O'zbekiston xalqparvar, insonparvar davlat sifatida tilga tusha boshladi. Bunga yurtimizda kam ta'minlangan, nochor oilalarni qo'llab-quvvatlash va kambag'allikni qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni misol qilib ko'rsatsak, o'rinli bo'ladi. Yangi yil arafasida Mehribonlik uylarida tarbiyalangan

bolalar davlat tomonidan yangi uylar bilan ta'minlandi. Faol mahalla bu - katta tushuncha. Faollik faqat mahalla hududini, infratuzulmasini obod qilish emas, balki shu mahallada yashovchi aholini, keksa-yu yoshni jamiyatda faol bo'lishi, yurtga nafi tegishi, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'shishi, bilimli va salohiyatli bo'lishi demakdir.

Har bir fuqaro o'z mahallasi bilan faxrlanishi kerak. Kamchiliklar yoki muammolarni ko'tarib chiqish bilan cheklanib qolmasdan uni bartaraf etish haqida bosh qotirish lozim. Barchamizga ma'lumki, 2020 yilda yuzaga kelgan holat -koronavirus pandemiyasi, global inqiroz insoniyatni jiddiy sinovdan o'tkazdi. Mahalla har bir hududda, hattoki eng chekka qishloqlarda ham fuqarolarning yaqin ko ' makchisiga aylandi [1].

Qat'iy karantin talablari yo'lga qo'yilgan o'tgan davrda maxalla orqali fuqarolarga zarur yordam berildi. Mavsumiy daromadidan ayrilgan, ijtimoiy ta'minotga muhtoj ko'plab insonlarga saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar ko'magi bilan yordam qo'li cho'zildi. Bu borada mahalla fuqarolarning birinchi murojaat qiladigan, ko'mak so'rab boradigan manziliga aylandi. O'z o'rnida oilalarda bo'layotgan turli holatlar, fuqarolarning dardu tashvishi, muammosini yechishda jamiyatimiz asosi bo'lgan mahalla hal qiluvchi o'rin tutadi. Shunday ekan bugun har jihatdan mahalla idoralarining imkoniyatlarini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlash bevosita fuqarolarning huquq va manfaatlarining ta'minlanishi hamda inson qadri ustuvorligiga xizmat qiladi.

Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"ning 3-bandida mahallaning "faol" modelini joriy etish, uni aholi muammolarini bevosita hal qilish hamda hududni rivojlantirish uchun zarur resurs va imkoniyatlar bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.

Mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirilib, ushbu maqsadda mahallaning alohida jamg'armasi tashkil etish amaliyotini joriy etish, mahallalarning "o'sish nuqtalari" va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilishiga alohida ahamiyat qaratiladi. Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta'minlashni nazarda tutamiz [3].

Ta'kidlash joizki, 73 yil avval qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi dunyoda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish yo'lida yangi imkoniyatlar ochdi. Mamlakatimizda inson huquqi va erkinliklari

demokratik jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida namoyon bo'lishi uchun barcha choralarni ko'rilmoqda.

Fuqoralarning emin - erkin yashash, uy - joy va yer mulkka ega bo'lish, sog'liqni saqlash, bilim olish kabi tabiiy huquq va erkinliklarini ta'minlash sohasida katta islohatlar amalga oshirilmoqda [1]. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko'rsatish, sifatli ta'lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog'lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz.

Bu maqsadga erishish uchun esa dunyodagi noyob demokratik tuzilma bo'lgan mahalla institutining katta imkoniyatlaridan samarali foydalanish, uning vakolatlarini yanada kengaytirish, pirovard natijada mahallani jamiyatimizning hal qiluvchi bo'g'iniga aylantirish vazifasini o'z oldimizga qo'ymoqdamiz. Yurtboshimiz takidlaganlaridek mahalla tinch bo'lsa, yurt tinch bo'ladi. Mahalla obod bo'lsa, butun mamlakat obod bo'ladi. 2022 yilga mo'ljallangan davlat dasturi loyihasining muhokamasi jarayonida aholidan 17 mingdan ziyod taklif kelib tushgan bo'lib, ularning barchasi yo'nalishlar bo'yicha o'rganilib, dastur loyihasi 300 dan ortiq yangi tashabbus bilan to'ldirilgani ma'lum qilindi [2].

"Xalqimizning dastur muhokamasidagi faolligi, ularning islohotlarga bo'lgan ishonchi va daxldorligi ortib borayotgani xalqimiz yurtimizdagi o'zgarishlar jarayonini, tashabbuslarimizni qo'llab-quvvatlayotganidan yana bir bor dalolat beradi", dedi Prezident. Taraqqiyot strategiyasida belgilangan o'zgarishlar mahallalarning ijtimoiy himoya instituti sifatidagi o'rnini yanada mustahkamlaydi. Aholi muammolarini hal etishda sifat va samaradorlikni oshiradi [4].

Fuqarolarning farovon turmushi, oilalarning tinchligi, yoshlarning sog'lom ma'naviy muhitda kamol topishi - bularning barchasi mahallada namoyon bo'ladi. Demakki, inson qadri avvalo, mazkur go'shada tug'iladi, kamol topadi, qadrlanadi va jamiyatning muhim omiliga aylanadi. Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi tayyorlandi. Loyihada mutlaqo yangi yondashuv qo'llanilib, rejalashtirilgan islohotlar natijadorligini taraqqiyotning maqsadlariga erishganlik darajasi asosida baholash tizimi joriy etilmoqda.

Jumladan, Taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi"da mamlakatimizni rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo'nalishi doirasida qariyb 100 ta maqsadlarga erishish nazarda tutilmoqda.

1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 41 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 28 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

3. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida ta'minlash yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 133 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

4. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 55 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

5. Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 33 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

6. Umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 39 ta chora-tadbir belgilanmoqda:

7. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish yo'nalishida quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 77 ta chora-tadbir belgilanmoqda.[4]

Aytish joizki, o'tgan davrda yurtboshimiz rahnamoligida ko'plab keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi, qisqa fursatda yurtimizda hayotning barcha jabhalarida tub burilishlar yo'lida dadil qadam tashlanib, misli ko'rilmagan ishlar qilindi. Boshqacha aytganda, O'zbekiston o'z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qo'ydi.

Har tomonlama rivojlanayotgan, yangilanayotgan O'zbekistonda iqtisodiyot bilan bir qatorda taraqqiy etgan ilm-fan cho'qqilarini egallagan yoshlarga yuksak madaniyat va milliy ma'naviyat ham zurur ekanligini hayotning o'zi taqazo etmoqda. Shu ma'noda mamlakatimiz istiqbolini yaratuvchilari bo'lgan yoshlarimizni vatanparvar, sadoqatli va yuksak ma'naviyatli qilib tarbiyalashda bor kuch-g'ayratimizni safarbar etish barchamizning birinchi galdagi vazifamizdir.

O'zbekistonda bundan besh yil avval Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ijtimoiy va madaniy sohada yangicha dunyoqarash asosida shiddatli islohotlar boshlandi. Mamlakatimizda mohiyatan yangi davlat, yangi ma'rifiy jamiyat barpo etish, unga mos qadriyat va munosabatlar tizimini shakllantirish maqsadida bir qator huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi. Madaniyat va san'at sohasida ijod va ijodkor erkinligi muammolari ham to'liq qaytadan ko'rib chiqildi.

Ulkan o'zgarishlarga yo'nalish beradigan farmon va qarorlarning ijrosini o'z vaqtida ta'minlash masalasiga jiddiy ahamiyat qaratildi. Bularning natijasida hozirgi vaqtda soha rivojini ta'minlash yo'lida samarali yutuqlarga erishilmoqda.

Jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti 24 foizga, sanoat 34 foiz, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 3 barobarga o'sgani qo'lga kiritgan

yuqori natijalardan dalolat beradi. Shu davrda o'rtacha oylik ish haqi 2,2 marta ko'paydi.

Ijtimoiy yo'nalishdagi islohotlarda madaniyat va san'at sohasi boshqaruv tizimini yagona davlat siyosatiga aylantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarni ma'naviy-moddiy jihatdan har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kadrlar salohiyatini oshirishda ijodiy jihatdan ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, OTMning yangi filiallari ochildi[5:80].

Bugun o'tayotgan har bir kunimiz olamshumul o'zgarishlarga boy. Yangilanishlar, izchil islohotlarning amaliy samaralari tarixiy voqelik sifatida hayotimiz sahifalarida yorqin iz qoldirmoqda. Ayniqsa, keyingi uch yil davomida barcha sohalarda ro'yobga chiqarilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini va taqdirini, qolaversa dunyoqarashini ham tubdan o'zgartirib yuborayapti.

Albatta, bularning barchasi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan xayrli tashabbuslar, olib borilayotgan ezgu say-harakatlar natijasidir. Xususan, jamiyat taraqqiyotini ta'minlash yo'lidagi bunday ilg'or qadamlar madaniyat va san'at sohasida ham ulkan ma'naviy yuksalishlarga sabab bo'lmoqda. Bularning zamirida davlatimiz rahbari tomonidan ijod ahliga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor va g'amxo'rlik mujassam. Chunonchi, so'nggi uch yilda mazkur sohaga taalluqli 30 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilinganligi yangidan-yangi maqsadlar ro'yobiga keng yo'l ochayapti.

Bugun yangilanayotgan O'zbekiston jahon nigohida. Muhimi - xalqimizning, ayniqsa yoshlarimizning ertangi kunga umidi, ishonchi katta. 2017 yil mamlakatimiz, qolaversa milliy madaniyatimiz tarixida tub burilish yasadi, O'zbekiston milliy davlatchiligi va uning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy-madaniy hayotida inqilobiy o'zgarishlar va qudratli yangilanishlar yili bo'ldi. 2016 yil 4 dekabrda xalqimizning yuksak ishonchi bilan saylangan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda mazmunan yangi davlat, yangicha dunyoqarashga ega bo'lgan farovon jamiyat barpo etish, unga mos milliy-ma'naviy qadriyatlar hamda munosabatlar tizimini tarkib toptirish va shakllantirish borasida shiddatli islohotlar davrini boshlab berdi.

So'nggi to'rt yil mobaynida davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq, qishloq xo'jaligi, madaniyat va san'at sohalarida, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga daxldor bo'lgan barcha yo'nalishlarni isloh qilish va yanada takomillashtirish borasida olamshumul ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston xalqi davlat rahbari bilan birgalikda ajdodlarimiz necha asrlardan buyon orzu qilib kelgan, ammo amalga oshira olmagan adolat, tinchlik, obodlik, farovonlik, hayotdan rozi bo'lish kabi qadriyatlarni o'zida mujassam etgan xalq davlatini barpo etishga jazm qilib, O'zbekiston jamiyati sifat jihatdan mutlaqo yangi davrga qadam qo'yganligini yuksak g'urur va iftixor bilan e'tirof etmoqda. Men madaniyat va san'at sohasida qirq

yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayotgan soha mutaxassisi sifatida davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining ijtimoiy sohani rivojlantirish deb nom olgan to'rtinchi yo'nalishidagi eng muhim masalalardan biri bo'lgan madaniyat va san'atni rivojlantirish borasida muhtaram Prezidentimiz tomonidan so'nggi to'rt yil mobaynida ko'rsatilayotgan katta e'tibor, tashabbus, qo'llab-quvvatlash va amaliy ishlar haqidagi tahliliy mulohazalarimni ochiqlamoqchiman.

O'tgan davrda mamlakatimizda ma'naviy muhitni yaxshilash va yanada yuksaltirish, madaniyat va san'at sohasini yanada taraqqiy ettirish, ijod ahlining mehnatini qadrlash va rag'batlantirish, ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qirqqa yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda, avvalo, sohani boshqarishni tubdan isloh qilish, madaniyat va san'at muassasalarining moddiytexnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy boshqaruv bilimlariga ega bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, soha menejerlarini tayyorlash, o'qitish, malakasini oshirish va sohasining haqiqiy jonkuyari etib tarbiyalash kabi dolzarb masalalarni hal etish asosiy maqsad va ustuvor vazifa qilib belgilangan. Milliy madaniyatimiz va san'atimizni rivojlantirish maqsadida istiqlol yillarida amalga oshirilgan ishlarning mazmun-mohiyatini tanqidiy tahlil qilish, chuqur o'rganish va shu asosda boshqaruv tizimini qayta shakllantirish va takomillashtirish, bunda madaniyat va san'atning jamiyat siyosiy hayotida namoyon bo'lishi hamda xalqimiz turmush tarzida tutgan ulkan rolidan oqilona foydalanish kabi o'ta muhim jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozimligi kun tartibining asosiy masalasi sifatida ko'rib chiqildi [6]. Ayni paytda dunyo adabtiyoti, madaniyat va san'atidagi ilg'or, umuminsoniy qadriyatlarga yo'g'rilgan g'oyalarni o'rganish, o'zlashtirish talab etiladi.

Har qanday soha boshqalaridan ajralshgan holda yakka o'zi rivojlana olmaydi. Bugun O'zbekistonda milliy madaniyat va san'atni rivojlantirish masalasiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralyapti.

Negaki, madaniyat va san'at millat taraqqiyoti yo'lidagi nihoyatda ahamiyatli va o'ta nozik soha. Chunki bu soha jamiyatning yuragiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladigan, tilagiga ko'chadigan tuyg'ularni tarbiyalaydi.

Aytganingizdek, sohada tubdan yangilanish uchun imkoniyatlar kengaygani barobarida milliy madaniyatimizni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan kamchiliklar ham talaygina. Masalan, madaniyat va san'at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yo'q. Yoki yosh ijodkorlarga ta'lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida tayinli tizim mavjud emas. Busiz madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining madaniy

ehtiyojlarini qondirish, madaniy xizmatlar sifatini oshirish qiyin vazifa. Bundan tashqari, aksariyat madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga mos kelmaydi, bu esa ularning to'laqonli faoliyat ko'rsatishi uchun imkon bermaydi.

Yana bir katta muammo - zamonaviy mediamakonda milliy madaniyatimiz munosib o'rin egallamaganida. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to'liq joriy etilmagani sohani xalqaro madaniy jarayonlarga integratsiya qilishga yo'l bermayapti. Bundan tashqari, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning tuzukroq tizimi yaratilmagan, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ham yetarlicha yo'lga qo'yilmagan. Xullas, masalalar yetarli va ularni tizimli ravishda yechish uchun ham milliy madaniyatimizni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Endi hammamiz uyushib, jon koyitib, milliy madaniyatning barcha yo'nalishlari - moddiy va nomoddiy madaniy meros hamda muzeylar, teatr, kino, sirk, milliy musiqa, estrada, raqs, tasviriy va amaliy san'atlar, madaniyat va istirohat bog'lari hamda madaniyat markazlari, ilm-fan, ta'lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, madaniyat turizmi sohalarida natija, o'zgarishlar qilish, rivojlanish uchun tinmay ishlashimiz kerak[7].

Yana bir narsani aytish joizki, bugun soha xodimlarining tizimga doir farmon va qarorlarlar bilan to'liq tanishmayotgani, ularning ichiga chuqur kirib bormayotgani, shuningdek, ularning mazmun-mohiyati, ijrosi quyi bo'g'inlargacha ham yetib bormayotgani ham tizim rivojiga to'sqinlik qilyapti. Bugun biz Uchinchi Renessansni oldimizga katta maqsad qilib qo'ydik. Bu boradagi islohotlarda madaniyat va san'at sohasi xodimlari eng old safda bo'lishi kerak. To'g'rirog'i, birinchi galda bizning o'zimiz ana shu maqsad mohiyatini chuqur anglab olishimiz kerak.

Fuqarolarimizda ham jamiyat rivojida, uyg'onish davrida mening ham hissam bo'lishi kerak, degan fikrni shakllantira olsak, rejalarimiz, intilishlarimiz yana-da tez va yuqori samara bera boshlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent - 2021. "O'zbekiston" nashriyoti. 22.b

2. Sh.M. Mirziyoyev. 2 dekabr kuni bo'lib o'tgan aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi ijrosini samarali tashkil etish, ipoteka kreditlashni kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag'ishlangan videoselektoridan keltirilgan.

3. Xalq so'zi gazetasi №50 10.03.22 yilgi soni.

4. Xolmo'minov M., A.Qolqanatov. "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobi va madaniy-marifiy ishlar// jur. O'zDSMI Xabarlari. 2021. №4. Toshkent. Donishmand ziyosi.

5. Haydarov A. Madaniyat - milliy yuksalish poydevori. - Toshkent: Oltin meros press. 2021. - B. 478.

6. Mo'minova M. Madaniyat va san'atsiz jamiyat rivojlanmaydi. Manba: https://yuz.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.