Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH SARI
TUTILGAN YO'L
Yuldashev Sobirjon Haqnazarovich
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman kasb-hunar maktabi direktori
93-078-87-88 [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategikyo 'nalishidagi olib borilayotgan islohatlar, o 'quvchi - yoshlarga yarnatilgan imkoniyatlarning huquqiy asoslari yoritilgan, Inson qadrini ulug'lash-yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash demakdir, shuningdek, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish inson kapitalini rivojlantirish yo 'nalishida chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish muammolari tadqiqot qilingan.
Kalit so'zlar: Konstitutsiya, moddalar, ishchi kasb, iqtisodiy qaramlik, iqtisodiy erkinlik, o 'quvchi - yoshlar, professional ta 'lim, ishsizlik, global masala, inson qadri, modernizatsiya, xalqparvar davlat, sharoiti og 'ir tumanlar, kasb egallash.
ABSTRACT
This article describes the ongoing reforms in the strategic direction of economic policy of the state of small business and entrepreneurship development, the legal framework of opportunities for students and youth,Honoring human dignity means ensuring the rights and freedoms and legitimate interests of every person living in our country. Measures for the development of human capital and the problems of their implementation are covered.
Keywords: Constitution, substances, working profession, economic dependence, economic freedom, student - youth, vocational education, unemployment, global issue, human dignity, modernization, people's state, difficult areas, occupation.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассказывается о развитии малого бизнеса и частного предпринимательства, проводимых реформах в стратегическом направлении экономической политики государства, правовых основах возможностей студенческой молодежи и молодежи, поощрении человеческого достоинства -прав и свобод каждого проживания в нашей стране.Изучены обеспечение, а также реализация справедливой социальной политики, меры по развитию человеческого капитала и проблемы их реализации.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ключевые слова: Конституция, статьи, рабочая профессия, экономическая зависимость, экономическая свобода, студенческая молодежь, профессиональное образование, безработица, глобальная проблема, человеческое достоинство, модернизация, народное государство, трудные сферы, оккупация.
KIRISH
Yoshlik chog'ida ilm olib, keksayganda esa ana shu ilmdan zavqlanib yashamoq eng tug'ri yo'ldir
Seneka
Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilanishining ishonchli tayanchi bo'lgan mulkdorlar sinfini shakllantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining o'rni kattadir. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Jamiyatni iqtisodiy rivojlantirishning tarkibiy qismlaridan biri - infratuzilma bo'lib, uning ko'rsatadigan ko'p qirrali xizmatlari tufayli xalq xo'jaligining barcha tarmoq va korxonalarining ichki iqtisodiy huquqiy faoliyatini tashkil etishda asos bo'lib xizmat qiladi. Infratuzilma nima? Infratuzilma (lotincha infra -quyi, struktura- joylashuv, tuzilish) turli tuman xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy texnik ta'minoti, suv bilan ta'minlash, xizmat ko'rsatish, fan, maorif, sog'liqni saqlash va boshqalarni o'z ichiga qamrab oladi. Bir so'z bilan aytganda infratuzilma-iqtisodiy va ijtimoiy ishlab chiqarish uchun me'yoriy shart-sharoitlarni ta'minlovchi majmuadir. Odamlar o'z turmushlarini yaxshi yo'lga qo'yish va farovon hayot kechirmog'i uchun albatda biror kasb turi yoki mutaxassislikni egallashi lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36 moddasida "Har bir shaxs mulddor bo'lishga haqli. Bankka qo'yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi" deb belgilab berilgan. Mulkchilik munosabatlarining shakllanishi va qaror topishi birinchi o'rinda insonlarni iqtisodiy qaramlikdan olib chiqadi natijada jamiyatimizda mulk egalari soni ortib boradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asosiy Qomusimizning 37-moddasida esa "Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir." Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bugungi kunda nafaqat iqtisodiyotni yuksaltirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muxim bo'lgan bandlik va axoli daromadlarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Mazkur soha yangi bosqichga ko'tarilib ta'lim olish bilan birgalikda
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kichik biznes va tadbirkorlik bilan shug'ullanish imkoniyati berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6-sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 5812-sonli Prezident Farmonining asosiy maqsadi boshlang'ich professional ta'limda ya'ni kasb-hunar maktablarida ishchi kasblarga tayorlab chiqarish orqali axolini kambag'allikdan qutqarishga xizmat qiladi. Shuningdek kasb-hunar maktabi o'quvchilari nomlariga bankdan hisob raqami ochilib, plastik kartalariga ega bo'ladi, ular o'qish davomida ish bilan ta'minlanib o'z daromadlariga ega bo'ladi. Bu yoshlarga juda ko'p narsa beradi, ular umumta'lim maktabining 9-sinfini bitirib vaqt ketkizmasdan o'zlari hoqlagan kasblarini tanlaydi va bir vaktda mexnat qilib o'z mablag'lariga ega bo'ladi natijada iqtisodiy erkinlikka erishib boradi.
Inson bolasi xarakatda bo'lar ekan doimo o'z maqsadiga erishadi, Ibn Sino (9801037) fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va o'y - joyga extiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dexqonchilik va xunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak".
Bugun davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlarning negizida kelajak yoshlarimizni dunyodagi eng global masala - ishsizlikdan va axolini kambag'allikdan asrashdir.
Diyorimizda olib borilayotgan har bir islohatda inson manfaatlari yotadi, 2022-yilni "Inson qadrini ulug'lash va faol maxalla yili " deb e'lon qilishni asosli taklif etildi. Inson qadrini ulug'lash-yurtimizda yashayotgan har bir odamning huqu va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash demakdir. Qolaversa, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining yangi loyihasi muxokamaga qo'yilib "Inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlat" muxim g'oyasi negizida barpo etilmoqda. Ayniqsa Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o'sish suratlarini zamon talablari darajasida ta'minlash yo'nalishida qo'yidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan 133 chora-tadbir belgilangan bo'lsa barchasi aholining barcha qatlami qamrab olingan. Sharoiti "og'ir" bo'lgan 14 ta tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun pasaytirilgan soliq stavkalarini o'rnatish alohida e'tiborni tortadi.
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishida 55 ta chora-tadbir ko'zda to'tilgan bo'lsa shulardan Oliy ta'limga qamrov darajasini amaldagi 28 foizdan 50 foizga yetkazish hamda maktab o'quvchilarining kamida bir
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
kasbni egallashga ko'maklashish tizimini joriy etish - aholini iqtisodiy rivojlanishining garovidir.
Bugungi atrofimizdagi taxlikali zamonda O'zbekiston "Harakatlar strategiyasidan- taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasi asosida sog'lom g'oya bilan shiddat bilan rivojlanishiga yetarlicha asoslar mavjud.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-2017 y.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 6 - sentyabrdagi PF-5812 -son "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida" gi Farmoni.
3. Asadov, S. F. O. G. L. (2021). FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLARDA DAVLAT ISHTIROKI (DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 789-799.
4. Koryogdiyev, B. U. O. (2021). BITIMNI HAQIQIY EMAS DEB TOPISH VA UNING OQIBATLARINI QOLLASH FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VOSITASI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 211-225.
5. Abu Ali Ibn Sino "Tanlangan asarlar"